O'ZBEKISTONDA TURIZM SOHASIGA JALB QILINGAN INVESTITSIYALARNING HOZIRGI HOLATI
Abstract
Ushbu maqola O’zbekistonda turizm sohasiga jalb qilingan investitsiyalarning hozirgi holati va rivojlanish tendensiyalarini tahlil qiladi.Turizmda investitsiyalarning hajmi, manbalari va ularning turizm infratuzilmasini rivojlantirish,xizmatlar sifatini oshirishdagi o‘rni ko‘rib chiqilgan. Shuningdek, sohadagi ichki va tashqi investitsiyalar, davlat siyosati va iqtisodiy omillarning turizm sektoriga ta’siri kabi jihatlari tadqiq etilgan.
Full text
2025 OKTABR NEW RENAISSANCE INTERNATIONAL SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE VOLUME 2 | ISSUE 10 16 O’ZBEKISTONDA TURIZM SOHASIGA JALB QILINGAN INVESTITSIYALARNING HOZIRGI HOLATI Xazratkulov O’ktamjon Xikmatullayevich https://doi.org/10.5281/zenodo.17277918 Annotatsiya. Ushbu maqola O’zbekistonda turizm sohasiga jalb qilingan investitsiyalarning hozirgi holati va rivojlanish tendensiyalarini tahlil qiladi.Turizmda investitsiyalarning hajmi, manbalari va ularning turizm infratuzilmasini rivojlantirish,xizmatlar sifatini oshirishdagi o‘rni ko‘rib chiqilgan. Shuningdek, sohadagi ichki va tashqi investitsiyalar, davlat siyosati va iqtisodiy omillarning turizm sektoriga ta’siri kabi jihatlari tadqiq etilgan. Kalit so’zlar: Turizm, investitsiya, mamlakat,rivojlanish, infratuzilma, xizmatlar, davlat siyosati, iqtisodiy omillar, investitsiya hajmi, investitsiya manbalari, ichki investitsiyalar, tashqi investitsiyalar, istiqbollar, tendensiyalar,sarmoya, turizm sektori, investitsiya samaradorligi. Аннотация. В статье анализируется современное состояние и тенденции развития инвестиций в сферу туризма в Узбекистане. Рассмотрены объемы, источники инвестиций в туризм, их роль в развитии туристической инфраструктуры и повышении качества услуг. Также были изучены такие аспекты, как внутренние и иностранные инвестиции в отрасль, государственная политика и влияние экономических факторов на туристический сектор. Ключевые слова: Туризм, инвестиции, страна, развитие, инфраструктура, услуги, государственная политика, экономические факторы, объем инвестиций, источники инвестиций, внутренние инвестиции, иностранные инвестиции, перспективы, тенденции, капитал, туристический сектор, эффективность инвестиций. KIRISH Iqtisodiyotdagi tarkib o’zgarishlarning ahamiyati ortib borayotganligi milliy iqtisodiyotning muhim tarkibiy qismi hisoblangan turizmni rivojlantirishni taqazo etmoqda. Turizm dunyo miqyosidagi katta daromad keltiruvchi biznes turlaridan biri bo’lib, u iqtisodiyotning drayver sohasi va hozirgi kunda shiddat bilan rivojlanib borayotgan tarmoqqa aylanib ulgurgan. Turizm nafaqat rivojlangan va rivojlanayotgan, hattoki, rivojlanishi past bo’lgan tetsiyalarninghisoblanadi.Sababi,turizm sohasida yangi ish o'rinlari yaratiladi va yaratilgan bitta ish o’rni sanoat tarmog’iga nisbatan 20 barobarga arzonga tushadi. Dunyoda turizm va rekreatsiya rivojlangan davlatlarning YaIM tarkibida juda katta ulushga ega hisoblanadi. YaIM tarkibida yuqori katta ulushga ega boʻlgan mamlakatlar asosan orol mamlakatlar, ekoturizm imkoniyatlariga ega davlatlar shuningdek uzoq tarixga ega boʻlgan davlatlar iqtisodiyotida turizm yetakchi tarmoq hisoblanandi. TADQIQOT METODOLOGIYASI Ushbu maqolada turizmda investitsiyalarning rolini o’rganish maqsadida iqtisodiy tahlil va statistik ma’lumotlardan foydalanildi.Shuningdek,xalqaro va mahalliy turizm rivojlanishiga oid hisobotlar,Davlat statistika qo’mitasi va Jahon turizm tashkilotining(UNWTO) ma’lumotlari tahlil etildi.Maqolda O’zbekistonning turizm sohasidagi ilg’or tajribalari va muvaffaqiyatli loyihalari misol sifatida keltirildi.
2025 OKTABR NEW RENAISSANCE INTERNATIONAL SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE VOLUME 2 | ISSUE 10 17 TADQIQOT NATIJALARI O'zbekistonda turizm sohasi oxirgi yillarda tez sur'atlar bilan rivojlanmoqda. Mamlakat boy tarixiy merosi, madaniyati va tabiiy go'zalliklari bilan sayyohlar uchun jozibador manzilga aylanmoqda. Toshkent, Samarqand, Buxoro, Xiva kabi shaharlar ko'plab sayyohlarni o'ziga jalb qiladi. O'zbek hukumati turizmni rivojlantirish uchun infratuzilmani yaxshilash, mehmonxonalar, transport va xizmat ko'rsatish sohasida investitsiyalarni ko'paytirish bo'yicha qator dasturlarni amalga oshirmoqda. Investitsiya faoliyati - investitsiya jarayoni ishtirokchilarining kapitalni to‘plash, o‘zgartirish, joylashtirish, qo‘yish va ulardan foydalanish bilan bog‘liq holda yuzaga keladigan, iqtisodiy tizimda maksimal ijobiy iqtisodiy va ijtimoiy natija olishga qaratilgan munosabatlari yig‘indisi hisoblanadi. Turizm moliyasida investitsiyalarning roli juda muhim bo'lib, u sohaning uzoq muddatli rivojlanishi va iqtisodiy samaradorligini ta'minlash uchun asosiy omillardan hisoblanadi. Hukumatimiz turizm sektorida olib borilayotgan islohotlar bu borada katta yutuqlarga erishishga yordam bermoqda. Kelgusida investitsiyalarni yanada kengroq jalb qilish orqali mamlakat o'zining turizm salohiyatini to'liq amalga oshirishi mumkin. Jahonda turizm sohasidagi investitsiya loyihalari va kapital xarajatlarining pasayishi mintaqalar bo'yicha farq qiladi. G'arbiy Evropada turizm kapitali 2020 va 2021 yillar oralig'ida atigi 2 foizga kamaydi, Yaqin Sharqda esa ayni shu davrda 70 foizga o'sdi. Bundan tashqari, Afrika 2021-yilda 2020-yilga nisbatan ikki baravar koʻproq investitsiya loyihalarini eʼlon qilib, investitsiyalarning tiklanishining dastlabki belgilarini boshdan kechirdi. Boshqa tomondan, Xitoyning “0-COVID” siyosati butun Osiyo va Tinch okeani boʻylab tiklanishiga toʻsqinlik qildi va hududdagi toʻgʻridan-toʻgʻri investitsiya loyihalari 2021-yilda 2020-yilga nisbatan 60 foizga kamaydi. Ko'proq investitsiyalar jalb qilingan kichik tarmoqlarga nazar tashlaydigan bo'lsak, e'lon qilingan loyihalarning 59 foizi bilan turar joy eng dolzarb bo'lib qolmoqda. Biroq, boshqa rivojlanayotgan kichik tarmoqlar mavjud, jumladan, sayohat texnologiyalari va dasturiy ta'minot, ular kapital oqimi nuqtai nazaridan ortib bormoqda. Misol uchun, sayohatlarni tashkil etish va bron qilish xizmatlari 2019-2021 yillar oralig'ida sarmoya kiritish uchun asosiy yo'nalishlar ma'lumotlarini hisobga olgan holda e'lon qilingan investitsiyalarning umumiy 21 foizini tashkil etdi. So‘nggi yillarda O’zbekistonning turizm eksporti 1,6 marta oshib, 3 milliard 500 million dollarga yetdi, bu sohada 2 mingdan ortiq yangi tadbirkor ish boshladi. 2024-yili xorijiy sayyohlar tashrifi ilk bor 10 milliondan oshdi. Hududlarda turizm va servis infratuzilmasi juda tez rivojlanmoqda. Xususan, o‘tgan yillarda 6 milliard 500 million dollar sarmoya kiritilib, 130 mingta mehmon o‘rni ochildi. Mamlakatimiz turizm sektoriga jalb qilinayotgan investitsiyalar infratuzilma rivojlanishini ta'minlamoqda. Jumladan, "Uzbekistan Airways" havo flotining modernizatsiyasi, xalqaro aeroportlarning yangilanishi va yangi mehmonxona tarmoqlarining qurilishi sayyohlarni oqimini sezilarli darajada oshirdi. XULOSA Keyingi yillarda iqtisodiy jarayonlarning globallashib borayotganligi turizm sohasining rivojlanishiga ijobiy ta’sir ko‘rsatmoqda. Jahonda iqtisodiy taraqqiyotning yuksalishi kishilarning ma’lum maqsadlarda bir mamlakatdan ikkinchisiga qatnab turish ko‘lamining kengayishini taqozo
2025 OKTABR NEW RENAISSANCE INTERNATIONAL SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE VOLUME 2 | ISSUE 10 18 etadi. Bu esa turizmni milliy iqtisodiyotning eng istiqbolli yo’nalishlaridan biriga aylantirmoqda. Turizm sohasiga investitsiyalar hajmining sezilarli darajada ortishi sharoitida ularni samarali taqsimlash va ulardan foydalanish, investitsiya faoliyati mexanizmini shakllantirish yo‘nalishlarini belgilash masalalarini hal etishning dolzarbligi tobora ortib bormoqda. Turizm sohasida investitsion faoliyatni rivojlantirish, faol investitsiyalar jalb etishni takomillashtirishda turizm infratuzilmasi faoliyatini taraqqiy ettirish maqsadga muvofiq hisoblanadi. Zero, turizmda investitsion faoliyatni rivojlantirish orqali sohani iqtisodiyotning strategik tarmoqlaridan biriga aylantirishga erishish mumkin. Foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati: 1. United Nations World Tourism Organization (UNWTO). (2022). Tourism Trends and Statistics 2022 2. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023–2025 yillarda turizmni rivojlantirish strategiyasi. Tashqi iqtisodiy aloqalar va investitsiyalar bo‘yicha qarorlar. 3. Рахимбердиева, З. А., & Артикова, Д. М. (2020). Шагазатова Барно Хабибуллаевна. EDITOR COORDINATOR, 468. 4. O‘zbekiston Respublikasi Davlat statistika qo‘mitasi (2023). Turizm sektori bo‘yicha hisobotlar 5. Matkabulova, D. (2022). The Relationship Between Investment And Tourism: Insights From The Literature // Theoret¬ical & Applied Science Uchrediteli: Teoreticheskaya i prikladnaya nauka 6. Xazratqulov, O. K. (2024). THE MECHANISM OF FORMATION OF THE NATIONAL MODEL OF TOURISM. Modern Science and Research, 3(1), 123-129. 7. Djurayev, M. E., & Kurbanova, C. T. (2024). Protected areas in wilderness landscapes and ensuring ecological security in Uzbekistan. Journal of Geography and Natural Resources, 4(01), 146-152. 8. Egamberdiyevich, D. M., & Jahongir Qo‘shmurod o‘g, H. (2025). TURIZM SOHASIDA GAT TEXNOLOGIYASINING O ‘RNI. YANGI O ‘ZBEKISTON, YANGI TADQIQOTLAR JURNALI, 2(1), 256-257.