scieee AI-readable full text Open interactive document viewer

ISLOM HUQUQIDA WAKIL (ADVOKAT) INSTITUTINING RIVOJLANISHI VA ZAMONAVIY ADVOKATURA BILAN QIYOSIY-HUQUQIY TAHLIL

Abdullayev Sanjar Boboismoilovich

Abstract

Mazkur tezisda islom huquqida shakllangan “wakil” instituti va zamonaviy advokatura o‘rtasidagi qiyosiy-huquqiy tahlil yoritilgan. Islom huquqidagi wakillikning Qur’on, hadis va fiqhiy manbalardagi o‘rni hamda uning shaxs huquqlarini himoya qilishdagi ahamiyati ko‘rib chiqiladi. Zamonaviy advokatura institutining huquqiy asoslari, funksiyalari va tamoyillari bilan taqqoslab, o‘xshash va farqli jihatlar aniqlanadi. Tadqiqot natijalarida wakillik konsepsiyasining advokatura institutining tarixiy-huquqiy ildizlaridan biri sifatida qaralishi mumkinligi xulosasi beriladi.

Full text

2025 OKTABR NEW RENAISSANCE INTERNATIONAL SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE VOLUME 2 | ISSUE 10 21 ISLOM HUQUQIDA WAKIL (ADVOKAT) INSTITUTINING RIVOJLANISHI VA ZAMONAVIY ADVOKATURA BILAN QIYOSIY-HUQUQIY TAHLIL Abdullayev Sanjar Boboismoilovich Toshkent davlat yuridik universiteti Strategik rivojlanish va xalqaro reytinglarga kirish bo‘limi uslubchisi https://doi.org/10.5281/zenodo.17277968 Annotatsiya. Mazkur tezisda islom huquqida shakllangan “wakil” instituti va zamonaviy advokatura o‘rtasidagi qiyosiy-huquqiy tahlil yoritilgan. Islom huquqidagi wakillikning Qur’on, hadis va fiqhiy manbalardagi o‘rni hamda uning shaxs huquqlarini himoya qilishdagi ahamiyati ko‘rib chiqiladi. Zamonaviy advokatura institutining huquqiy asoslari, funksiyalari va tamoyillari bilan taqqoslab, o‘xshash va farqli jihatlar aniqlanadi. Tadqiqot natijalarida wakillik konsepsiyasining advokatura institutining tarixiy-huquqiy ildizlaridan biri sifatida qaralishi mumkinligi xulosasi beriladi. Kalit so‘zlar: islom huquqi, wakil, advokat, advokatura, huquqiy himoya, qiyosiy tahlil, sud-huquq tizimi. Abstract. This thesis explores the comparative legal analysis between the institution of “wakil” in Islamic law and modern advocacy. The role of wakil in the Qur’an, Hadith, and fiqh sources, as well as its significance in protecting individual rights, is examined. Modern advocacy is analyzed in terms of its legal framework, functions, and principles, with similarities and differences highlighted. The study concludes that the concept of wakil can be considered one of the historical-legal roots of the modern institution of advocacy. Keywords: Islamic law, wakil, lawyer, advocacy, legal protection, comparative analysis, judicial system. Аннотация. В данной тезисной работе рассматривается сравнительно-правовой анализ института «вакиль» в исламском праве и современной адвокатуры. Анализируется место вакиля в Коране, хадисах и фикхе, а также его значение для защиты прав личности. Современная адвокатура исследуется с точки зрения её правовых основ, функций и принципов. Определены сходные и отличительные черты. В заключение делается вывод о том, что концепция вакиля может рассматриваться как одно из историко-правовых оснований современного института адвокатуры. Ключевые слова: исламское право, вакиль, адвокат, адвокатура, правовая защита, сравнительный анализ, судебно-правовая система. KIRISH Advokatura instituti huquqiy davlatning ajralmas tarkibiy qismi bo‘lib, adolatli sudlov, inson huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilishning muhim kafolatidir. Uning ildizlari qadimiy huquqiy tizimlarda, jumladan, Islom huquqida shakllangan wakillik institutida o‘z ifodasini topgan. Islom huquqida shaxsning huquq va manfaatlarini sudda yoki boshqa huquqiy munosabatlarda ifodalash vakil orqali amalga oshirilgan. “Wakil” tushunchasi Qur’on, hadis va fiqhiy manbalarda keng izohlangan bo‘lib, u moliyaviy bitimlar, nikoh, meros, sud jarayonlari kabi turli sohalarda muhim o‘rin egallagan. 2025 OKTABR NEW RENAISSANCE INTERNATIONAL SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE VOLUME 2 | ISSUE 10 22 Bugungi kunda esa advokatura xalqaro huquqiy normalar, milliy konstitutsiyalar va maxsus qonunlar asosida mustaqil institut sifatida faoliyat yuritadi. Shu nuqtai nazardan, Islom huquqidagi wakil instituti va zamonaviy advokatura institutini qiyosiy-huquqiy tahlil qilish huquqiy evolyutsiyani chuqur anglash, tarixiy ildizlar va zamonaviy rivojlanish o‘rtasidagi bog‘liqlikni ochib berishga xizmat qiladi. Islom huquqida wakil instituti Islom huquqi (fiqh) shariat normalarining amaliy qo‘llanishini tartibga soluvchi keng qamrovli tizimdir. Unda insonlarning shaxsiy, oilaviy, iqtisodiy va ijtimoiy munosabatlarini tartibga soluvchi ko‘plab institutlar mavjud bo‘lib, shular orasida “wakil” instituti alohida o‘rin tutadi. “Wakil” atamasi arab tilidan olingan bo‘lib, “ishonchli shaxs”, “vakil qilingan”, “boshqa birov nomidan ish yurituvchi” ma’nolarini anglatadi. Ushbu institut shaxsning o‘z huquq va manfaatlarini mustaqil ravishda emas, balki boshqa shaxs orqali amalga oshirish imkoniyatini beradi. Wakillikning manbalari va diniy asoslari. Islom huquqi tarixida wakillik (wakāla) instituti o‘ziga xos huquqiy mexanizm sifatida alohida o‘rin egallaydi. Wakillik tushunchasi Qur’on va Sunnada asoslangan bo‘lib, shaxsning boshqa birov orqali huquqiy munosabatlarda ishtirok etishini anglatadi. “Wakil” so‘zining lug‘aviy ma’nosi “ishonib topshirilgan, vakolatli shaxs” deganidir. Fiqh manbalarida wakil – bu boshqa shaxsning topshirig‘iga binoan uning huquqiy manfaatlarini himoya qiluvchi yoki amalga oshiruvchi shaxs sifatida izohlanadi. Islom huquqidagi wakillik Qur’on, hadis va fiqhiy manbalarda asoslangan. Qur’oni Karimda Alloh taologa “wakil” sifatida murojaat qilish (masalan, “Alloh eng yaxshi wakildir” – Niso surasi, 81-oyat) insonlar o‘rtasida ham wakillik amaliyotining joizligini asoslaydi. Shuningdek, Qur’oni Karimda Alloh taoloning “O‘zaro maslahatlashib ish tutinglar” (Shuro surasi, 38-oyat) degan ko‘rsatmasi huquqiy munosabatlarda hamkorlik va vakillik tamoyillariga asos bo‘ladi. Hadislarda esa Rasululloh (s.a.v.) ba’zan ba’zi shaxslarni o‘z nomidan muayyan ishlarni bajarishga vakil qilganliklari rivoyat qilingan. Masalan, nikoh masalasida vakillik keng qo‘llangan. Hadis rivoyatlarida ayol kishi o‘z otasi yoki yaqin qarindoshini nikoh akdini tuzishda vakil qilishi mumkinligi bayon qilingan. Bu holat fiqhda shaxsiy huquqiy masalalarda ham vakillik amal qilganini ko‘rsatadi. Fiqhda wakillik tushunchasi va turlari Islom huquqi manbalarida wakillik keng tahlil qilingan bo‘lib, u turli shakllarda namoyon bo‘ladi:  Fuqarolik-huquqiy wakillik – savdo bitimlari, mulkni boshqarish, shartnomalar tuzish kabi hollarda qo‘llanilgan.  Sud-huquqiy wakillik – shaxsning sud jarayonida bevosita ishtirok eta olmaganda uning nomidan wakil qatnashgan.  Jinoyat ishlari bo‘yicha himoya – ayrim fuqaro yoki jinoiy ishlar yuzasidan shaxs o‘z manfaatini himoya qilish uchun wakil tayinlash huquqiga ega bo‘lgan. Fiqh olimlari, xususan, Imom Abu Hanifa, Imom Shofe’iy va boshqa mashhur fuqaholar wakillikning shartlari, huquqiy oqibatlari va doirasi haqida keng qoidalarni ishlab chiqqanlar. Wakilning vazifalari va huquqiy maqomi 2025 OKTABR NEW RENAISSANCE INTERNATIONAL SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE VOLUME 2 | ISSUE 10 23 Wakil mijoz (muwakkil) manfaatini himoya qiluvchi shaxs sifatida o‘z zimmasiga bir qator majburiyatlarni oladi. Uning asosiy vazifalari:  mijozning topshirig‘ini qonuniy asosda bajarish;  uning manfaatlarini himoya qilish;  bitim yoki sud jarayonida halollik va adolat tamoyillariga amal qilish. Shu bilan birga, fiqh manbalarida wakilning o‘z manfaatini ustun qo‘yishi, vakolatini suiiste’mol qilishi qat’iyan man qilingan. Bu qoidalar zamonaviy advokaturadagi “advokat etikasi” va “kasbiy sirni saqlash” prinsiplari bilan yaqinlik kasb etadi. Islom huquqida wakillik institutining mavjudligi huquqiy munosabatlarda shaxslar o‘rtasidagi tenglik, adolat va huquqiy himoya tamoyillarining amalga oshishini ta’minlagan. Wakillik nafaqat iqtisodiy bitimlarda, balki sud jarayonlarida ham shaxsning huquqiy himoyasini kafolatlagan. Bu esa shaxsiy manfaatlarning daxlsizligi va adolatli sudlovning islomiy huquqiy tizimda qanchalik muhim bo‘lganini ko‘rsatadi. Shu tarzda, islom huquqidagi wakil instituti shaxs huquqlarini himoya qilish, sud jarayonida adolatni ta’minlash va taraflarning manfaatlarini muvozanatlashtirish vazifasini bajargan. Ushbu institut mohiyatan zamonaviy advokaturaning asosiy funksiyalariga yaqin bo‘lib, u advokatura institutining tarixiy-huquqiy ildizlaridan biri sifatida qaralishi mumkin. Agar wakil o‘tmishda diniy-huquqiy asoslarda shakllangan bo‘lsa, bugungi advokatura xalqaro standartlar va milliy qonunchilik asosida rivojlangan. Shu bois, islom huquqidagi wakillik konsepsiyasini zamonaviy advokatura bilan qiyoslash advokat institutining tarixiy ildizlarini, huquqiy asoslarini va amaliy vazifalarini chuqurroq anglash imkonini beradi. Islom huquqidagi wakil instituti o‘z davri uchun inson manfaatlarini himoya qilishda muhim huquqiy mexanizm vazifasini bajargan bo‘lsa, zamonaviy davrda bu vazifani advokatura instituti bajaradi. Advokatura — shaxsning huquq va erkinliklarini himoya qilish, qonun ustuvorligini ta’minlash hamda sud-huquq tizimida adolatli jarayonni kafolatlash uchun tashkil etilgan mustaqil va professional institutdir. Wakil va advokaturaning qiyosiy-huquqiy tahlili Islom huquqida shakllangan wakil instituti va zamonaviy advokatura o‘rtasida umumiylik ham, farqlilik ham mavjud. Ularni qiyosiy-huquqiy tahlil qilish advokatura institutining tarixiy ildizlarini chuqurroq anglash va uning bugungi kun mazmunini kengroq ochib berish imkonini beradi. O‘xshashliklar:  Maqsad va vazifa birligi. Har ikkala institutning bosh maqsadi shaxs huquq va manfaatlarini himoya qilishdir. Wakil muwakkil (mijoz)ning huquqiy manfaatlarini fiqh asosida himoya qilgan bo‘lsa, advokat zamonaviy qonun va xalqaro huquqiy hujjatlar asosida himoya qiladi.  Sud jarayonida ishtirok etish. Wakil qadimdan sud-huquq jarayonlarida mijoz nomidan qatnashgan. Advokat esa bugungi kunda sudlarda vakillik va himoya faoliyatini amalga oshiradi.  Etika va halollik talabi. Fiqh olimlari wakilning halolligi va adolatini ta’kidlagan, zamonaviy advokat esa kasb etikasi, mijoz sirini saqlash va halollik prinsiplari asosida faoliyat 2025 OKTABR NEW RENAISSANCE INTERNATIONAL SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE VOLUME 2 | ISSUE 10 24 yuritadi.  Mijoz manfaatining ustuvorligi. Har ikki institutda ham mijozning huquqlari va manfaatlari ustuvor hisoblanadi. Farqli jihatlar  Huquqiy asoslar. Wakillik asosan Qur’on, Sunnat va fiqhiy qoidalarga asoslangan. Advokatura esa konstitutsiya, milliy qonunlar va xalqaro huquqiy hujjatlar asosida faoliyat yuritadi.  Tashkiliy shakl. Wakil odatda yakka tartibda faoliyat yuritgan, uning faoliyati jamiyat yoki davlat tomonidan institutsional darajada tartibga solinmagan. Advokatura esa kasbiy uyushmalar, advokatlar palatasi va davlat tomonidan tartibga solingan professional institut hisoblanadi.  Kasbiy mustaqillik. Wakil ko‘proq diniy-huquqiy qoidalarga bo‘ysungan, uning faoliyati ma’lum cheklovlarga ega bo‘lgan. Advokat esa davlatdan mustaqil faoliyat yuritishi huquqiy kafolatlangan professional shaxsdir.  Funksional doira. Wakillik ko‘proq shaxsiy va iqtisodiy bitimlar, sud jarayonlarida qo‘llanilgan bo‘lsa, advokatlik faoliyati jinoyat ishlari, ma’muriy ishlar, xalqaro arbitraj va boshqa keng qamrovli sohalarni ham qamrab oladi. Xulosa Islom huquqida shakllangan wakil instituti va zamonaviy advokatura o‘rtasidagi qiyosiy-huquqiy tahlil shuni ko‘rsatadiki, insoniyat tarixida shaxs manfaatlarini himoya qilish g‘oyasi doimiy ravishda muhim o‘rin egallab kelgan. Wakillik instituti fiqh manbalarida shaxs huquqlarini himoya qilishning dastlabki shakllaridan biri sifatida shakllangan bo‘lsa, advokatura instituti bugungi kunda huquqiy davlat va fuqarolik jamiyatining ajralmas qismi sifatida rivojlanmoqda. Qiyosiy tahlil natijalariga ko‘ra: O‘xshashliklar – Har ikkala institutning bosh maqsadi shaxs manfaatlarini himoya qilishdir. Ularning faoliyatida halollik, adolat va mijoz sirini saqlash tamoyillari ustuvor bo‘lgan. Farqliliklar – Wakillik diniy-huquqiy asoslarda shakllangan bo‘lsa, advokatura zamonaviy konstitutsiyaviy va xalqaro-huquqiy me’yorlarga asoslanadi; advokatura professional va institutsional darajada rivojlangan bo‘lsa, wakillik yakka tartibdagi faoliyat sifatida mavjud bo‘lgan. Ilmiy va amaliy ahamiyati – Wakillik konsepsiyasi advokatura institutining tarixiy ildizlaridan biri sifatida qaralishi mumkin. Advokatura esa ushbu konsepsiyani rivojlantirgan holda huquqiy himoyaning keng qamrovli va zamonaviy mexanizmlarini taqdim etadi. Shunday qilib, wakillik va advokatura o‘rtasidagi bog‘liqlik ularning maqsad va mohiyatidagi uyg‘unlikda namoyon bo‘ladi. Advokatura institutini insoniyatning huquqiy merosiga tayanib, xususan, islom huquqidagi wakillik konsepsiyasini inobatga olgan holda yanada takomillashtirish mumkin. Bu esa, o‘z navbatida, huquqiy davlat qurilishi, inson huquqlari kafolatlari va adolatli sudlovni ta’minlash jarayoniga ijobiy ta’sir ko‘rsatadi. 2025 OKTABR NEW RENAISSANCE INTERNATIONAL SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE VOLUME 2 | ISSUE 10 25 Foydalanilgan adabiyotlar: Qur’oni Karim va fiqhiy manbalar 1. Qur’oni Karim. – Toshkent: «Hilol-Nashr» nashriyot-matbaasi, 2. Al-Buxoriy, Imom Ismoil ibn Muhammad. Al-Jome‘ as-Sahih 3. Abu Hanifa an-Nu‘mon. Fiqh al-Akbar. – Bayrut: Dar al-Kutub al-Ilmiyya, 2007. Xalqaro huquqiy hujjatlar 4. Universal Declaration of Human Rights. United Nations, 1948. 5. International Covenant on Civil and Political Rights. United Nations, 1966. 6. Basic Principles on the Role of Lawyers. United Nations Congress, Havana, 1990. Milliy huquqiy manbalar 7. O‘zbekistin Respublikasi Konstitutsiyasi. – Toshkent: O‘zbekiston, Qonun hujjatlari milliy bazasi. https://lex.uz/docs/-6445145 8. O‘zbekiston Respublikasi “Advokatura toʻgʻrisida” Qonun. Qonun hujjatlari milliy bazasi. https://lex.uz/uz/docs/-54503