Full text
SCHOLAR ISSN: 2181-4147 VOLUME 3 | ISSUE 9 | 2025 https://t.me/openscholar Multidisciplinary Scientific Journal Oktyabr, 2025 92 DOI: https://doi.org/10.5281/zenodo.17305160 UO‘T 635.64 QISHKI ISSIQXONALARDA TURLI YETISHTIRISH MUDDATLARIDA POMIDORNING O‘SISHI VA RIVOJLANISHI Xudoyberdiev B.O SamDU Agrobiotexnologiyalar va oziq-ovqat xavfsizligi instituti doktoranti Erdem Halil Tokat Gaziosmanpasha universiteti dotsenti Bekmuradova X.K SamDVMChBU, katta o‘qituvchi Kosimova Sh SamDVMChBU, q.x.f.f.d. (PhD) ANNOTATSIYA Sabzavotlar – qimmatli oziq-ovqat mahsuloti bo‘lib hisoblanadi. Sabzavotlarning oziqlanishdagi ahamiyati, ular tananing normal ishlashi uchun zarur bo'lgan uglevodlar, vitaminlar, mineral tuzlar, fitontsidlar, efir moylari va boshqa elementlarni asosiy yetkazib beruvchi ekanligi bilan belgilanadi. Qishgi mavsumlarda xam aholini yangi sabzavotlar bilan ta’minlash yopiq grunt zimmasiga tushadi. Turli yetishtirish texnologiyalaridan foydalanib, issiqxonada pomidorni o‘sishi, rivojlanishi, hosildorligi va iqtisodiy samaradorligini o‘rganish muxim. Olib borilayotgan tajribalarda aynan turli yetishtirish texnologiyalarini qo‘llab etishtirganda, bu texnologiyalarning pomidor duragaylarining o‘sishi, rivojlanishi, mahsulot sifati va hosildorligiga ta’sirini o‘rganish maqsad qilingan. Kalit so‘zlar. Sabzavotchilik, yopiq grunt, pomidor, duragay, ekish sxemasi, ekish muddati, hosildorlik.
SCHOLAR ISSN: 2181-4147 VOLUME 3 | ISSUE 9 | 2025 https://t.me/openscholar Multidisciplinary Scientific Journal Oktyabr, 2025 93 АННОТАЦИЯ Овощи являются ценнейшим продуктом питания. Незаменимость овощей в питании определяется тем, что они являются основными поставщиками углеводов, витаминов, минеральных солей, фитонцидов, эфирных масел и других элементов, необходимых для нормального функционирования организма. Применение различных технологий выращивания и исследование их влияния на рост и развитие сортов помидоров, а также на урожайность, экономические показатели и другие важные параметры имеет большое значение. В экспериментах ставилась цель изучить влияние различных технологий выращивания на рост, развитие, качество продукции и урожайность сортов помидоров. Ключевые слова. Овощеводство, закрытый грунт, помидор, гибрид, схема посадки, срок посадки, урожайность. ABSTRACT Vegetables are the most valuable food product. The indispensability of vegetables in nutrition is determined by the fact that they are the main suppliers of carbohydrates, vitamins, mineral salts, phytoncides, essential oils, and other elements necessary for the normal functioning of the body. The use of various cultivation technologies and the study of their impact on the growth and development of tomato varieties, as well as on yield, economic indicators, and other important parameters, is of great importance. The experiments aimed to study the impact of various cultivation technologies on the growth, development, quality of products, and yield of tomato varieties. Keywords. Horticulture, controlled environment, tomato, variety, planting scheme, planting time, yield. Kirish. Respublika axolisini oziq – ovqat balansida sabzavotlar asosiy o‘rinlardan birini egallaydi. Axolini qishki muddatlarda yangi va maxsulot sifati talabga javob beradigan sabzavotlar bilan ta’minlash uchun issiqxonalardan foydalaniladi.
SCHOLAR ISSN: 2181-4147 VOLUME 3 | ISSUE 9 | 2025 https://t.me/openscholar Multidisciplinary Scientific Journal Oktyabr, 2025 94 Issiqxona ishlab chiqarishning asosiy vazifalaridan biri sabzavot ekinlari hosildorligini oshirish, mahsulot sifatini yaxshilash va sabzavot ishlab chiqarish xarajatlarini kamaytirishni ta'minlaydigan etishtirish texnologiyasini takomillashtirishdir. Bizning respublikamizda xam yopiq gruntda sabzavot ekinlarini yetishtirishning xamma mavsumlarda oʻziga yarasha qiyinchiliklari mavjud. Bunday qiyinchiliklar qatoriga yetishtirish sharoiti bilan bogʻliq qiyinchiliklar kiradi. Himoyalangan grunt mikroiqlimining oʻziga hosligi (xavo va tuproq namligining oshib ketishi, xaroratning keskin oʻzgarishi va x.k.) kasalliklarning koʻpayishi va tarqalishi uchun qulay muxitni yaratadi. Bu esa, o‘z navbatida hosildorlik va mahsulot sifatining pasayishiga olib keladi. Bundan tashqari, issiqxonada pomidor yetishtirganda (duragayga bog‘liq xolda) oʻsimlikni vegetasiya davrining qaysi fazasida qanday oziq elementiga talabchanligi kuchli ekanligini bilish muxim. Shu sababdan, issiqxonada yetishtirish uchun navlarni to‘g‘ri tanlash, ekish muddatlari va tub qalinligini maqbullashtirish, o‘g‘itlar va sug ‘orish tizimidan samarali foydalanishni texnologiyalarini o‘rganish zarur. Tadqiqotlarning maqsad va vazifalari. Tadqiqotlarda o‘rganilayotgan pomidor duragaylarining ekish muddatlari, tub qalinligi, ko‘chatning yoshi, issiqxona mikroiqlimining duragayga mos ravishda zarur qimmatli xo‘jalik biologik ko‘rsatkichlari - tezpisharligi, meva sifati, o‘suv davri davomiyligiga, mevaning shakllanishiga, biometrik ko‘rsatkichlari, kasalliklar bilan kasallanish darajasi, mahsuldorlik ko‘rsatkichlari, hosildorligi, hosil to‘plash dinamikasi va iqtisodiy samaradorligi ko‘rsatkichlariga ta’sirini o‘rganish orqali yopiq gruntda yetishtirish uchun maqbul yetishtirish texnologiyalarini aniqlash va ishlab chiqarishga tadbiq qilish maqsad qilingan. Tadqiqotlarni o‘tkazish uslubi. Ekinlardan yuqori hosil olishda o‘rganilayotgan duragaylarning xususiyatlarini hisobga olish aloxida axamiyat kasb etadi. Duragayning o‘sish va rivojlanish xususiyatiga yaqin bo'lgan texnologik parametrlarni (ekish muddati, ko'chatlarning yoshi, ekish cxemasi, tub qalinligi, mikroiqlim rejimlari,
SCHOLAR ISSN: 2181-4147 VOLUME 3 | ISSUE 9 | 2025 https://t.me/openscholar Multidisciplinary Scientific Journal Oktyabr, 2025 95 oziqlanish) o'rganish va optimal parametrlarni tanlash ekinlardan yuqori va sifati hosil olishga va yetishtirish xarajatlarini sezilarli darajada kamaytirishga imkon beradi. Tajribalarda Niderlandaiyaning Riyk-Zvan seleksion urug‘chilik kompaniyasida yaratilgan, 2016 yil Respublikamizda yopiq gruntda yetishtirish uchun Davlat reestriga kiritilgan indeterminant pomidorning Alamina F1 geterozis duragayi va Izrailning Xazera seleksion urug‘chilik kompaniyasida yaratilgan, 2013 yil Respublikamizda yopiq gruntda yetishtirish uchun Davlat reestriga kiritilgan indeterminant pomidorning Lamiya F1 geterozis duragaylarining turli ekish sxemalarida, turli ekish muddatlarida, issiqxona turli o‘stirish sharoitida o‘sishi, rivojlanishi, kasallanish va zararlanish darajasi va hosildorligi o‘rganiladi. Olingan natijalar va ularning taxlili. O‘rganish uchun olingan pomidor duragaylarining urug‘lari 8 avgust kuni ko‘chat uchun ekildi. 6 sentyabr kuni 30 kunlik ko‘chatlar, 16 sentyabr kuni 40 kunlik ko‘chatlar va 26 sentyabr kuni 50 kunlik ko‘chatlar issiqxonaga ko‘chirib o‘tkazildi. Tajribalar turli ekish sxemalarida, yani 80 x 30, 80 x 40, 80 x 50 va 80 x 60 sxemalarida, turli tub qalinligida yani 3,5; 3,1; 2,5 va 2,1 qalinlikda ekildi. Ekish muddatlari, ko‘chat yoshi va ekish sxemalarining pomidor duragaylarining biometrik ko‘rsatkichlariga ta’siri (80x40 ekish sxemasida). № Ekish muddatlari Ko‘chat yoshi, kun O‘simlik bo‘yi, sm Barg soni, dona Barg yuzasi,sm2 Alamina F1 1 6 sentyabr 30 26,3 5,8 430 2 16 sentyabr 40 31,2 8,1 880 3 26 sentyabr 50 44,7 11,2 1600 Lamiya F1 1 6 sentyabr 30 25,4 5,1 416 2 16 sentyabr 40 29,9 7,6 810 3 26 sentyabr 50 42,8 10,8 1520
SCHOLAR ISSN: 2181-4147 VOLUME 3 | ISSUE 9 | 2025 https://t.me/openscholar Multidisciplinary Scientific Journal Oktyabr, 2025 96 O‘rganilayotgan Alamina F1 duragayida 30 kunlik ko‘chatlarda o‘simlik bo‘yi 26,3 smni, barg soni 5,8 donani va barg assimilyatsiya yuzasi 430 sm² tashkil qildi. Xuddi shu ko‘rsatkichlar Lamiya F1 duragayida nisbatan, o‘simlik bo‘yi 25,4 cm, barg soni 5,1 dona, barg yuzasi 416 cm² ni tashkil etganligi kuzatildi. Bu ko‘rsatkichlar Alamina F1 duragayida 50 kunlik ko‘chatlarda o‘simlik bo‘yi 44,7 smni, barg soni 11,2 donani va barg assimilyatsiya yuzasi 1600 sm² tashkil qildi. Nisbatan bu ko‘rsatkich Lamiya F1 duragayida 26,3 smni, 5,8 donani va 430 sm² tashkil qildi. Har ikkala navda ham eng katta nisbiy o‘sish barg yuzasida kuzatiladi. Bunda bu ko‘rsatkich Alamina F1 duragayida 272% ni, Lamiya F1 duragayida 265% ni tashkil etganligi kuzatildi. Tajribalarda xar ikkala duragay bo‘yicha ko‘rsatkichlar solishtirilganda keltirilgan barcha ekish muddatlarida xam ko‘rsatkichlarning (o‘simlik bo‘yi, barg soni va barg yuzasi) yuqoriligi Alamina F1 duragayida kuzatildi. Bu duragayda, xar uch sharoit bo‘yicha o‘rtacha o‘simlik bo‘yi 34,07 sm ni, barg soni 8,37 donani va barg yuzasi o‘rtacha 970 sm² ni tashkil etdi. Xuddi shu ko‘rsatkich bo‘yicha Lamiya F1 duragayida xar uch sharoit bo‘yicha o‘rtacha o‘simlik bo‘yi 32,70 sm ni, barg soni 7,83 donani va barg yuzasi 915,33 sm² ni tashkil etdi. Tajribalarda duragay o‘simliklarining barg yuzasi nafaqat barg soni oshishi bilan, balki har bir o‘simlik bo‘yining o‘sishi bilan ham oshganligi kuzatiladi. Xulosa va takliflar. Tajribalarda o‘rganilayotgan xar ikkala duragayda xam 26 sentyabrda 50 kunlik ko‘chatini ekish o‘simlik bo‘yi, barg soni va umumiy barg yuzasining yuqori bo‘lishini ko‘rsatadi. Qishki issiqxonalarda turli yetishtirish usullarining pomidorning o‘sishi va rivojlanishi va hosildorligiga ta’sirini o‘rganish bo‘yicha tajribalar davom ettirilmoqda. FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR 1. С.Ф. Гавриш, И.С.Гавриш. Современные гибриды томата для защищенного грунта. Овощи России, 2015, №1 (28) с.15 -18.
SCHOLAR ISSN: 2181-4147 VOLUME 3 | ISSUE 9 | 2025 https://t.me/openscholar Multidisciplinary Scientific Journal Oktyabr, 2025 97 2. Бекмурадова, Х. K., & Исмоилов, А. И. Самарканд, Узбекистан Samarkand Institute of veterinary medicine, Samarkand, Uzbekistan The scientific research institute of vegetable groups and potato studies in Samarkand scientific-experimental station, Samarkand, Uzbekistan. ББК 65.2 С56, 58. 3. Бекмурадова, Х. К., Исмоилов, А. И., & Ахмадалиев, Б. Ж. (2019). ОЦЕНКА ИСХОДНОГО МАТЕРИАЛА ДЛЯ СОЗДАНИЕ НОВЫХ УСТОЙЧИВЫХ К ВИРУСНОЙ МОЗАИКЕ СОРТОВ ТОМАТА. Актуальные проблемы современной науки, (3), 170-173. 4. Bekmuradova X. K., Ergashev I. T. HIMOYALANGAN GRUNTDA BODRING DURAGAYLARINING HOSILDORLIGIGA TURLI EKISH MUDDATLARINING TA’SIRI //SCHOLAR. – 2024. – Т. 2. – №. 5. – С. 70-76. 5. Xudayberdiyev B., Erdem H., Bekmuradova X. Qishki issiqxonalarda pomidorning o‘sishi, rivojlanishi va hosildorligiga yetishtirish texnologiyalarining ta’siri. Agroilm. 3 (110)., 91-93 b.2025. 6. Bekmuradova X. Issiqxonada bodring duragaylarining hosildorligiga yetishtirish texnologiyasining taʼsiri. Zamonaviy dunyoda innovatsion tadqiqotlar. Nazariya va amaliyot. Innovative academy. 78-81b. 2025 7. Bekmuradova, Xurshida Karimovna, and Ibragim Tashkentovich Ergashev. "Himoyalangan gruntda bodring duragaylarining hosildorligiga turli ekish muddatlarining ta’siri." SCHOLAR 2.5 (2024): 70-76. 8. www.ogorod.ru 9. https://oteplicah.com