scieee AI-readable full text Open interactive document viewer

"PADARKUSH" DRAMASINING BADIIY G'OYASI XUSUSIDA

Yulduz Xaitova

Abstract

Jadidchilik harakati xalqni jaholatdan uyg'otish, ma'rifatli qilishni o'z oldiga maqsad sifatida qo'ygan. Xalqning ijtimoiy rivojlanishi va mustamlakachilikka qarshi ma'rifatparvarlik g'oyalarini ilgari surgan Mahmudxo'ja Behbudiy bu yo'lda teatr san'atidan xalqqa ko'zgu tutish yo'lida foydalangan. Uning “Padarkush” dramasi ana shu g'oyalarni o'zida mujassam etgan, o'qimagan bolaning ahvolini ifoda etadi. Maqolada dramaning badiiy g'oyasi haqida tahlillar va mulohazalar bildiriladi.

Full text

ISSN: 2181-3906 2025 International scientific journal «MODERN SCIENCE АND RESEARCH» VOLUME 4 / ISSUE 10 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ 166 “PADARKUSH” DRAMASINING BADIIY G'OYASI XUSUSIDA Yulduz Xaitova filologiya fanlari bo‘yich falsafa doktori (PhD) Termiz davlat universiteti, O‘zbekiston. https://doi.org/10.5281/zenodo.17308494 Annotatsiya. Jadidchilik harakati xalqni jaholatdan uyg'otish, ma'rifatli qilishni o'z oldiga maqsad sifatida qo'ygan. Xalqning ijtimoiy rivojlanishi va mustamlakachilikka qarshi ma'rifatparvarlik g'oyalarini ilgari surgan Mahmudxo'ja Behbudiy bu yo'lda teatr san'atidan xalqqa ko'zgu tutish yo'lida foydalangan. Uning “Padarkush” dramasi ana shu g'oyalarni o'zida mujassam etgan, o'qimagan bolaning ahvolini ifoda etadi. Maqolada dramaning badiiy g'oyasi haqida tahlillar va mulohazalar bildiriladi. Kalit so'zlar: jadidchilik harakati, jaholat, drama, "Padarkush", teatr, ma'rifatparvarlik g'oyasi, “milliy fojia”, dramaturgiya, ziyoli, boy, Toshmurod. DRAMA “PADARKUSH” IS AN ARTISTIC IDEA Abstract. The Jadid movement set itself the goal of awakening the people from ignorance and becoming enlightened. Mahmudho'ja Behbudiy, who put forward the ideas of social development of the people and the fight against colonialism, held a mirror to the people through theatrical art. His drama "Padarkush" embodied these ideas and expressed the situation of an uneducated child. The article analyzes and comments on the artistic idea of the drama. Keywords: Jadid movement, ignorance, drama, "Padarkush", theater, the idea of enlightenment, “national tragedy”, dramaturgy, intellectual, rich, Tashmurod. ON THE ARTISTIC IDEA OF THE DRAMA “PADARKUSH” Аннотация. Движение джадидов ставит своей целью пробудить людей от невежества и просветить их. Махмудходжа Бехбудий, пропагандировавший идеи социального развития народа и борьбы с колониализмом, через театральное искусство поднес к народу зеркало. Его драма «Отцеубийца» воплощает эти идеи, изображая тяжелое положение необразованного ребенка. В статье анализируется и комментируется художественная идея драмы. Ключевые слова: джадидское движение, невежество, драма, “Падаркуш”, театр, идея просвещения, «национальная трагедия», драматургия, интеллигент, богатый, Ташмурод. Jadіdchіlіk harakatі qoloqlіk va jaholat, o‘lka aholіsіnіng ayanchlі ahvolі, Turkіstonnіng Yevropa va jahon sіvіlіzatsіyasіdan orqada qolіb ketіshі, іslom va sharіatnіng oyoq ostі qіlіnіshі va bunday og‘іr hayotdan qutulіsh, erk va ozodlіkka erіshіsh uchun o‘z zamonasіnіng іlg‘or zіyolі qatlamlarі qarashlarіda vujudga keldі. Jaholat uyqusіdan uyg‘onіsh, tarіxіy zaruratga aylangan edі. Boshqacha qіlіb aytganda, jadіdchіlіk harakatі іjtіmoіy rіvojlantіrіshnіng, tarіxіy taraqqіyotnіng talab va ehtіyojlarіga javob sіfatіda maydonga kelgan ulkan іjtіmoіy-sіyosіy harakat edі. Tarіxnіng murakkab, mas’ulіyatlі burіlіsh davrіda mіllatnіng ongіnі yuksaltіrіsh, mіllіy іftіxor tuyg‘usіnі kuchaytіrіsh bіrіnchі darajalі vazіfalardan ekanlіgіnі anglab yetganlіklarі uchun ham bu boradagі barcha іshlarnі o‘zіmmalarіga oldіlar. ISSN: 2181-3906 2025 International scientific journal «MODERN SCIENCE АND RESEARCH» VOLUME 4 / ISSUE 10 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ 167 Mіntaqa xalqlarіnіng mіllіy-ma’navіy manfaatlarі hamda qadrіyatlarі poymol etіldі, ularnіng hatto, eng oddіy haq-huquqlarіga hammensіmaslіk kayfіyatі bіlan qaralіb, ular ommavіy ravіshda asoratga solіndі. Turkiston o'lkasida keng quloch yoygan jadidchilik harakatining asosiy maqsadi xalqni o'rta asrchilik an'analari bo'lmish xurofotlar va feodal qoloqliklardan olib chiqish, millatni zamonaviy taraqqiyot yo'liga olib chiqish hamda milliy davlatchilikni bunyod etishda ziyoli avlodni tarbiyalash uchun imkoniyat yaratishdan iborat edi. Ushbu harakatning yoyilishi sekin-astalik bilan milliy mafkuraga aylandi. "Bu jarayon o’lkadagi maxalliy xalqning ongiga o’z ta‘sirini o’tkaza boshladi. Natijada ular Turkistonda mustaqillik, milliy taraqqiyot uchun, xalqning manfaatlari uchun kurash olib borishga milliyozodlik harakati uchun zamin tayyorlashga muvaffaq bo’ldilar. Yerli xalqlar orasida mustamlakachilikka qarshi ma‘rifatchilik g‘oyalari tarqala boshladi, yangi ta‘lim-tarbiya shaxobchalari, yangi maktab, maorif, madaniy targ'ibot, jadidchilik harakati rivoj topdi" 1 . Xalq ma'rifati, bilimli ziyolilarni tarbiyalash maqsadini ko'zlagan ma'rifatparvar Mahmudxo'ja Behbudiy o'zbek adabiyoti tarixida ilk drama yaratgan yozuvchi sifatida ham mashhurdir. Ma’rifat uchun maorif-u matbuotdan keng foydalangan Behbudiy san'at - teatr vositasidan ham xalqni jaholatdan qutqarish sari yo'l boshladi. Zamon va dunyo voqealari bilan tanishib bormoq, millat va Vatanning ahvolidan, kundalik hayotidan ogoh bo‘lmoq uchun adib bir oyna yaratdi, desak mubolag'a bo'lmaydi. Binobarin, millat uchun shunday oyna kerak ediki, unda uch o‘z qabohatini ham, malohatini ham ko‘rsata olsin. Mana shu ehtiyoj va zarurat Behbudiyni teatr sari boshladi. “Padarkush” shu tariqa maydonga keldi. Biroq uning dunyo ko‘rishi oson kechmadi. 1911yilda yozilgan “Padarkush” dramasi 1913-yildagina bosilib chiqdi. Kitob jildidagi “Borodina jangi va Rusiyaning frantsuzlar bosqinidan xalos bo‘lishining yubiley sanasiga bag‘ishlanadi” degan yozuv uni chor Rossiyasi senzurasidan o‘tib chop etilishiga olib keldi. Pyesa bosilib chiqqandan keyin ham uni sahnaga qo‘yish uchun yaqin bir yil vaqt ketgan. “Padarkush” – o‘zbek dramaturgiyasining hamma yakdil e’tirof etgan birinchi namunasi sifatida o'zbek adabiyoti uchun ham muvaffaqiyatli asar bo'ldi. Mutaxassislar uni ham janr, ham mazmuniga ko‘ra yangi o‘zbek adabiyotini boshlab bergan bir asar sifatida baholaydilar. Muallif “Milliy fojia” atagan 3 pardali 4 manzaradan iborat bu drama hajman juda ixcham, mazmunan nihoyatda sodda bo'lishiga qaramasdan, "kosa ortida nimkosa" iborasi bilan ifodalanadigan badiiy g'oyaga egadir. U jaholat va nodonlik, o‘qimagan bolaning buzuq yo‘llarga kirib, o‘z otasini o‘ldirgani haqida hikoya qiladi. Bu orqali Behbudiy Turkistonning fojiasi ham uquvsizlikda ekanligini ko'rsatib berishga harakat qilgan va buning uddasidan chiqqan deb o'ylaymiz. Spektakl o‘z jamiyatiga o‘ralib dunyoni unutgan millatdoshlarga chaqmoqdek ta’sir etdi. “Padarkush” dastlab Samarqandda 1914 -yilda 15yanvarda sahnaga qo‘yildi. Toshkentda esa 1914yilning 27 -fevralda qo‘yildi. 1 Muhammadjonova Jadid mutafakkirlarining axloqiy qarashlari L.. –T.: O’zMU, 2007. – B.17. ISSN: 2181-3906 2025 International scientific journal «MODERN SCIENCE АND RESEARCH» VOLUME 4 / ISSUE 10 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ 168 Avloniyning “Turon” truppasi o‘z faoliyatini Kolizeyda shu asar bilan boshladi. “Turon” truppasi 1914-16-yillarda bu spektakl bilan butun Farg‘ona vodiysini aylanib chiqdi. Bu asarning o‘z davrida adabiy harakatchilikka yetkazgan ta’siri haqida qaydlar ko‘p. Buning dalili sifatida Abdulla Qodiriyning mashhur “1913-yillarda chiqqan “Padarkush” pesasi ta’sirida “Baxtsiz kuyov” degan teatr kitobini yozib yuborg‘onimni o‘ziga ham payqalib qoldim” degan e’tirofini eslash kifoya. “Pyesaning “Padarkush” deb nomlanishiga eʼtiroz bildirishi mumkin. Chunki Behbudiyning tasvirlashicha “Boyning asosiy qotili uning oʻgʻli emas, balki Tangriqul, lekin ikkinchi jihatdan oʻgʻil bu jinoyatning asosiy ishtirokchisi ekanligiga hech kim shubha qilmaydi. Demak, chuqurroq qaralganda, dramaning bunday nomlanishi asosli eʼtiroz uygʻotmaydi. Jinoyatchini mavhum bir kimsa sifatida koʻrsatilishida ham muallifning oʻz masadi bor. U dramada faqat otaning fojiali taqdiri misolida majoziy ravishda ota-ona. Ona Vatan va Turkiston musulmonlarining qismatiga ham ishora qiladi”. 2 Biz asar boshlanmasidanoq Toshmurod personajining xarakteri bilan tanishishimiz mumkin. Boy va domullaning salom-alik so'rashuvidan so'ng tanavvul qilish jarayonida "Toshmurod kirar, salomsiz, beadabona" va uning "Ota, tomoshag'a boraman, pul bering" jumlasi orqali kitobxon bu qahramonning qiziqishi-yu fe'l-atvori xususida tushuncha hosil qiladi. Yoki keyingi o'rinda boyning farzandiga pul berib, yomon joylarga bormasligi va erta qaytishini aytganda, Toshmurodning "Xayr, xayr hov ko'p gapiru(r)sizda " deya javob qilishidanoq mazkur qahramonning erka, tantiq, ta'lim ko'rmagani-yu tarbiya olmaganini bilish mumkin. Nega, biz uni ta'lim ko'rmagan demoqdamiz? Bunga javobni Behbudiyning o'zi Toshmurod obrazining hatti-harakatlari orqali ko'rsatib beradi. Dramada otaning o'limi sabablarini ko'rsatib berish orqali adib ma'naviy qolnaviy natijasida Turkiston o'lkasining ham inqirozga yuz tutgani-yu turmush tarzini bunday davom ettirib bo'lmasligini uqtirgandek bo'ladi. Asar orqali Behbudiy o'z davrining nozik muammolarini o'rtaga tashlaydi, xalqni ramziy ma'nodagi ushbu asari bilan uyg'oqlikka chaqiradi. Savodsizlik va ma'rifatsizlik barcha jinoyat-u balolarning asosiy quroli ekanligi asar provardida ochib beriladi. Behbudiy "Padarkush" dramasi orqali yoshlarning ma'rifatga oshno bo'lib kamolga yetishishida ijtimoiy va oilaviy muhitning o'rni katta ekanligini ko'rsatib beradi. Dramaturg ilgari surgan ma’rifatparvarlik g‘oyasi shu obrazlarning o‘zaro suhbatlari, bahs-munozaralari jarayonida namoyon bo‘ladi. Har bir obraz tabiatiga xos fazilat, xususiyat va qusurlar ularning gap-so‘zlari, xattiharakati, muallif tomonidan berilgan kichik izohlar yordamida ko‘rsatiladi. Asar didaktik ruhda ekanligi bilam ham ahamiyatlidir. Pyesa yakunida bu qotillikning bevosita guvohi bo'la turib qo'lidan hech ish kelmagan Ziyoli tilidan asar g'oyasi ochib beriladi: "Ilm va tarbiyasiz bolalarni(ng) oqibati shuldir. Agarda bularni otasi o‘qutsa edi, bu jinoyat va padarkushlik alardan sodir bo‘lmas va bular ichkilikni bo‘yla ichmasdi, xun beg‘ayri haqqin qilmas edi. Bizlarni xonavayron, bachagiryon va bevatan va bandi qilg‘on tarbiyasizlik va jaholatdur: bevatanlik, darbadarlik, asorat, faqr-u zarurat va xorliklar hammasi ilmsizlik va betarbiyalikning mevasi va natijasidur. 2 Olvort E. Birinchi oʻzbek dramasi // Jahon adabiyoti. 2009. №8. – B.112 ISSN: 2181-3906 2025 International scientific journal «MODERN SCIENCE АND RESEARCH» VOLUME 4 / ISSUE 10 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ 169 Dunyoga taraqqiy qilgan xalq ilm vositasi ila taraqqiy qiladi. Asir va zabun bo‘lganlar-da beilmlikdan. Modomiki, bizlar tarbiyasiz va bolalarimizni o‘qutmaymiz, bul tariqa yomon hodisalar va badbaxtliklar oramizda doimo hukmfarmo bo‘lsa kerak. Bu ishlarni yo‘q bo‘lmog‘iga o‘qumoq va o‘qutmoqdan boshqa iloj yo‘qdur" 3 . Teatrni ibratxona deya atagan Behbudiy o'z zamonasining ahvolini xalqqa "Padarkush" dramasi orqali ko'zgu tutib ko'rsata oldi, dramadan ibrat olish esa muxlisga havola etildi. Qolaversa, “Padarkush” dramasi orqali o‘zbek teatriga tamal toshini qo‘yildi. Birinchi o'zbek dramasi sifatida asar o'z davrining fojiaviy ahvolini aks ettirdi. Bu asarda u ilmsizlik, jaholatning qanday fojealarga sabab bo‘lishi mumkinligi haqida aytib o‘tadi. Dramadagi har bir obraz o'z davri voqeligini holisona aks ettiradi, fojianing asosiy sababi sifatida esa ilmsizlik va tarbiyasizlik ko'rsatiladi. Ushbu dramaning dastlabki satrlaridanoq Toshmurodning tarbiyasiz ekanligi aniq sezilib turadi. Adib ushbu drama vositasida Turkiston xalqiga ma'naviy ko'zgu tutadi, ma'rifatsizlik va jaholatdan qochishga chaqiradi. FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR: 1. Muhammadjonova L. Jadid mutafakkirlarining axloqiy qarashlari. –T.: O’zMU, 2007. 2. Olvort E. Birinchi oʻzbek dramasi // Jahon adabiyoti. 2009. №8. 3. Mahmudxo'ja Behbudiy. Tanlangan asarlar. Toshkent.: "Ma'naviyat",2009. 4. Abdirashidov Z. Jadidlar. Mahmudxo'ja Behbudiy. Risola. Toshknt.: Yoshlar nashriyot uyi,2022 5. Aliyev A. Mahmudxoʻja Behbudiy. -Toshkent: - Yozuvchi. 1994 yil 3 Mahmudxo'ja Behbudiy. Tanlangan asarlar. Toshkent.: "Ma'naviyat", 2009. – B. 50.