scieee AI-readable full text Open interactive document viewer

KARTOSHKANING HALQALI CHIRISH KASALLIGI: ETIOLOGIYASI, PATOGENEZI VA OLDINI OLISH CHORALARI

Guliston Davlat Universiteti Musurmonov Xasan Sherqul o'g'li Xudoyberganova Asalxon Davlatboyevna

Abstract

Ushbu maqolada kartoshkaning halqali chirish (Clavibacter michiganensis subsp. sepedonicus) kasalligi haqida batafsil ma’lumot beriladi. Kasallikning etiologiyasi, patogenezi va ekologik sharoitlarga bog‘liqligi tahlil qilinadi. Shuningdek, kasallikning oldini olish va unga qarshi kurash choralari, jumladan, biologik, kimyoviy va agrotexnik usullarning samaradorligi muhokama qilinadi. Kalit so‘zlar: kartoshka, halqali chirish, Solanum tuberosum, Clavibacter michiganensis, patogenez, infektsiya, profilaktika, bakterial kasallik

Full text

ZAMONAVIY TA'LIMDA FAN VA INNOVATSION TADQIQOTLAR http://zamtadqiqot.uz/index 3-son 5–to’plam 2025 y. Sahifa: 36 KARTOSHKANING HALQALI CHIRISH KASALLIGI: ETIOLOGIYASI, PATOGENEZI VA OLDINI OLISH CHORALARI. Guliston Davlat Universiteti Musurmonov Xasan Sherqul o’g’li Xudoyberganova Asalxon Davlatboyevna Annotatsiya: Ushbu maqolada kartoshkaning halqali chirish (Clavibacter michiganensis subsp. sepedonicus) kasalligi haqida batafsil ma’lumot beriladi. Kasallikning etiologiyasi, patogenezi va ekologik sharoitlarga bog‘liqligi tahlil qilinadi. Shuningdek, kasallikning oldini olish va unga qarshi kurash choralari, jumladan, biologik, kimyoviy va agrotexnik usullarning samaradorligi muhokama qilinadi. Kalit so‘zlar: kartoshka, halqali chirish, Solanum tuberosum, Clavibacter michiganensis, patogenez, infektsiya, profilaktika, bakterial kasallik. Kirish Kartoshka (Solanum tuberosum) qishloq xo‘jaligining muhim ekinlaridan biri bo‘lib, uning hosildorligi va sifati turli patogen mikroorganizmlar ta’sirida kamayishi mumkin. Halqali chirish kasalligi bakterial kasallik bo‘lib, kartoshka o‘simligi va tuganaklariga jiddiy zarar yetkazadi. Etiologiya: Halqali chirish kasalligini Clavibacter michiganensis subsp. sepedonicus bakteriyasi keltirib chiqaradi. Ushbu patogen ksilem to‘qimalarida rivojlanib, suv va oziqa moddalarining o‘simlik bo‘ylab harakatlanishini buzadi. Kasallik asosan urug‘lik materiallari, tuproq, sug‘orish suvlari va qishloq xo‘jalik texnikasi orqali tarqaladi. Patogenez: Kasallik dastlab kartoshka barglarining sarg‘ayishi va so‘lishi bilan namoyon bo‘ladi. Keyinchalik, tuganaklarning ichki halqa to‘qimalari yumshaydi va jigarrang tusga kiradi. Infeksiya rivojlangan sari, halqali chirish hosil bo‘lib, natijada tuganaklar yemiriladi va chiriy boshlaydi. ZAMONAVIY TA'LIMDA FAN VA INNOVATSION TADQIQOTLAR http://zamtadqiqot.uz/index 3-son 5–to’plam 2025 y. Sahifa: 37 Oldini olish va kurash choralari: Halqali chirish kasalligiga qarshi quyidagi usullar samarali hisoblanadi;Agrotexnik usullar,kasallikka chidamli kartoshka navlarini ekish, sog‘lom urug‘lik materialidan foydalanish, siderat ekinlari ekish va almashlab ekish tizimini qo‘llash Biologik usullar: Antagonistik bakteriyalardan foydalanish, biologik preparatlar bilan ishlov berish. Kimyoviy usullar: Bakteritsidlar bilan urug‘lik kartoshkani qayta ishlash, tuproq va o‘simliklarni mis tarkibli preparatlar bilan ishlov berish. Xulosa Kartoshkaning halqali chirish kasalligi hosildorlik va mahsulot sifatiga jiddiy zarar yetkazadi. Kasallikka qarshi samarali kurashish uchun agrotexnik, biologik va kimyoviy usullar kompleks ravishda qo‘llanilishi lozim. Kasallikning oldini olish uchun profilaktik chora-tadbirlarni o‘z vaqtida bajarish katta ahamiyatga ega. FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO’YXATI: 1. Zaprometov N.G. Diagnostika i sostav bolezney s.x. rasteniy Uzbekistana i Sredney Аzii (1950-1973gg.). TashSXI. Str. 139-143 v sb.: Materialы yubileynoy respublikanskoy konf. po mikrobiologii, alьgologii i mikologii, posvyaщennoy 50-letiyu UzSSR i KP Uzbekistana. Tashkent: «Fan», 1974,199 s. 2. Gaponenko N.I., Аxmedova F.G., Ramazanova S.S., Sagdullaeva M.Sh., Kirgizbaeva X.M. Flora gribov Uzbekistana. Tom 1. Muchnisto-rosyanыe gribы. Tashkent: «Fan», 1983, 362 s. 3. Kirgizbaeva X.M., Sagdullaeva M.Sh., Ramazanova S.S., Gaponenko N.I. Flora gribov Uzbekistana. Tom 2. Nizshie gribы. Tashkent: «Fan», 1985, 200 s. 4. Sagdullaeva M.Sh., Ramazanova S.S., Kirgizbaeva X.M., Gulyamova M., Fayzieva F.X. Flora gribov Uzbekistana. Tom 5. Gifalьnыe gribы (Moniliaceae). Tashkent: «Fan», 1989, 284 s. ZAMONAVIY TA'LIMDA FAN VA INNOVATSION TADQIQOTLAR http://zamtadqiqot.uz/index 3-son 5–to’plam 2025 y. Sahifa: 38 5. Sagdullaeva M.Sh., Kirgizbaeva X.M., Ramazanova S.S., Gulyamova M., Fayzieva F.X. Flora gribov Uzbekistana. Tom 6. Gifalьnыe gribы (Dematiaceae). Tashkent: «Fan», 1990, 132 s. 6. Sattarova R.K., Raximov U.X., Xakimova N.T. Virusologiya, bakteriologiya va mikoplazma. (Talabalar uchun maʼruza matnlari). Toshkent: ToshDАU nashr tahririyat boʼlimi, 2003, 63 b. 7. Boʼriev H., Joʼraev R., Аlimov O. Meva-sabzavotlarni saqlash va ularga dastlabki ishlov berish. Toshkent: “Mehnat”, 2002, 184 b. Mavlyanov O. Gallovыe nematodы – opasnыe parazitы rasteniy. Tashkent.