scieee AI-readable full text Open interactive document viewer

RIVOJLANISHIDA NUQSONI BOIGAN O'SM IRLARDA PSIXOLOGIK TEKSHIRUV O'TKAZISHNING O'ZIGA XOS TOMONLARI

Ishoqova Gulbaxor Uktam qizi ATMU Defektologiya yo'nalishi talabasi Sattorova Mohira Aminqulovna ATMU pedagogika kafedrasi dotsenti

Abstract

Ushbu maqolada rivojlanishida nuqsoni bo‘lgan o‘smirlarni psixologik tekshirish jarayonining o‘ziga xos jihatlari yoritiladi. Ushbu tekshiruvlar kichik yoshdagi bolalar uchun qo‘llaniladigan tamoyillarga asoslangan bo‘lsa-da, o‘smirlik davrining mustaqillik, “MEN” konsepsiyasi kabi o‘ziga xos xususiyatlarini hisobga olish muhimdir. Shuningdek, metodikalarni tanlash, aloqa o‘rnatish va shaxsiy xususiyatlarni inobatga olish masalalari ham tahlil qilinadi. Kalit so’zlar: rivojlanish nuqsoni, o‘smir, psixologik tekshiruv, metodikalar, shaxsiy xususiyatlar, intellektual rivojlanish, shaxslararo munosabatlar.

Full text

ZAMONAVIY TA'LIMDA FAN VA INNOVATSION TADQIQOTLAR http://zamtadqiqot.uz/index 3-son 5–to’plam 2025 y. Sahifa: 95 RIVOJLANISHIDA NUQSONI BOIGAN O‘SM IRLARDA PSIXOLOGIK TEKSHIRUV O‘TKAZISHNING O‘ZIGA XOS TOMONLARI Ishoqova Gulbaxor Uktam qizi ATMU Defektologiya yo’nalishi talabasi Sattorova Mohira Aminqulovna ATMU pedagogika kafedrasi dotsenti Annotatsiya. Ushbu maqolada rivojlanishida nuqsoni bo‘lgan o‘smirlarni psixologik tekshirish jarayonining o‘ziga xos jihatlari yoritiladi. Ushbu tekshiruvlar kichik yoshdagi bolalar uchun qo‘llaniladigan tamoyillarga asoslangan bo‘lsa-da, o‘smirlik davrining mustaqillik, “MEN” konsepsiyasi kabi o‘ziga xos xususiyatlarini hisobga olish muhimdir. Shuningdek, metodikalarni tanlash, aloqa o‘rnatish va shaxsiy xususiyatlarni inobatga olish masalalari ham tahlil qilinadi. Kalit so’zlar: rivojlanish nuqsoni, o‘smir, psixologik tekshiruv, metodikalar, shaxsiy xususiyatlar, intellektual rivojlanish, shaxslararo munosabatlar. Rivojlanishida nuqsoni bo’lgan o‘smirlarni psixologik tekshirish ulardan kichik bolalarni tekshirishda foydalaniladigan tamoyillarga tayanadi. Shu bilan birga tekshirish jarayonining o‘zi, aniq tashxis metodikalarni tanlash bir qator o‘ziga xos xususiyatlarga ega. Bu yerda bola bilan aloqa o‘rnatishda o‘smir yoshining o‘ziga xos xususiyatlarini - mustaqillik, “MEN” konsepsiyasini e’tiborga olish juda muhim. Rivojlanishida nuqsoni bo’lgan o‘smirlarda meyorda rivojlanayotgan bolalarga nisbatan bu xususiyatlar kamroq darajada ifodalangan bo’lsada, baribir ularga e’tibor qaratish kerak. O’smirlarda tez affekt holatga tushish, negativizm uchrab turadi, ayniqsa, aloqa o’rnatish muvaffaqiyatsiz bo’lsa, shuning uchun bu bolalarga nisbatan ehtiyotkorlik bilan yondashish kerak. O‘smir bilan aloqa o‘rnatish uchun to‘g‘ri yo’l tanlash va e’tibor qaratilishi lozim bo‘lgan o‘ziga xos xususiyatlar ham o‘z o‘rniga ega. Serebral falajlikning ZAMONAVIY TA'LIMDA FAN VA INNOVATSION TADQIQOTLAR http://zamtadqiqot.uz/index 3-son 5–to’plam 2025 y. Sahifa: 96 giperkinetik ko‘rinishi bo‘lgan bemor bolalar bemalol, kattalar bilan muloqat qilishda masofani ushlamaydilar, ammo gemiparetik ko‘rinishi bilan bemor bolalar juda passiv eshitish qobiliyati past bolalar, zaif ko’ruvchi va ko‘zi ojiz bolalarga nisbatan ancha faol bo'ladi. O‘smirlarni o'rganish davomida foydalaniladigan metodikalar soni ko‘payadi, chunki maktabda ta’lim olish davomida bolalarning rivojlanishi oldinga qarab ketgan. Masalan, maktabgacha yoshda “Predmetlarni tasniflash” metodikasi ikki bosqichda o‘tkazilsa, o‘smir yoshida u to’liq uch bosqichda barcha kartochkalardan foydalangan holda o'tkaziladi. O‘smirning bilim saviyasini o'rganish uchun bolaning kichik yoshida foydalanadigan metodikalarga (“Ortiqchasini olib tashla”), yangi, kichik yoshdagilarni kuchi yetmaydigan metodikalar (“Oddiy o'xshatishlar”, “Murakkab o‘xshatishlar”) qo‘shiladi. Bolaning intellektual va nutqiy rivojlanishi ancha murakab hisoblangan shaxsni va shaxslar o‘rtasidagi munosabatlarni o'rganish metodlardan foydalanish mumkin bo‘lib qoladi - so‘rovnomalar, proyektiv testlar. O‘smir yoshdagilarning shaxsni va shaxslararo munosabatlarini o'rganish - bu juda ham muhim masala bo‘lgani uchun, bolaning nutqiy va intellektual xususiyatlarini e’tiborga olib, tekshirish metodikalarni diqqat bilan tanlash kerakligi haqida eslab turish kerak. Masalan, so‘rovnomalarni o’smirga taqdim qilish paytida u savol mazmunini to‘liq tushunishi haqida ishonch xosil qilish kerak: aks xolda vaqt besamar ketadi, natijalar noto‘g’ri bo‘ladi. Tushinish darajasini aniqlash esa har doim oson emas, eshitish qobiliyatida nuqsoni bo‘lgan bola savolning asosiy mazmunini tushunmasa ham, ha-yo‘q javobidan bittasini beradi. Xulosa qilib aytadigan bo’lsak, rivojlanishida nuqsoni bo‘lgan o‘smirlarni psixologik tekshirishda individual xususiyatlarni inobatga olish, to‘g‘ri metodikalarni tanlash va aloqa o‘rnatish muhim ahamiyat kasb etadi. O‘smirlik davrining psixologik o‘ziga xosligi sababli, tekshiruv jarayonida ehtiyotkorlik talab qilinadi. Shuningdek, bolaning intellektual va nutqiy rivojlanish darajasi tekshirish natijalarining to‘g‘ri bo‘lishiga bevosita ta’sir ko‘rsatadi. ZAMONAVIY TA'LIMDA FAN VA INNOVATSION TADQIQOTLAR http://zamtadqiqot.uz/index 3-son 5–to’plam 2025 y. Sahifa: 97 Foydalanilgan adabiyotlar: 1. D.A.Nurkeldiyeva, M.U.Hamidova “Rivojlanishida nuqsoni bo’lgan bolalar diagnostikasi” Toshkent 2016 2. Mirzayeva, D. R. (2017). Maxsus ta’lim va defektologiya. Samarqand: Samarqand davlat universiteti nashriyoti. 3. Matg'afurova D.O. "O'smirlik davrining psixologik xususiyatlari". Oriens jurnali, 2021. 4. Nishanova Z. va boshqalar. "O'smirlik davri psixodiagnostikasi va psixokorreksiyasi". Ziyo istagan qalblar uchun! kutubxonasi.