scieee AI-readable full text Open interactive document viewer

AN'ANAVIY XONANDALIK IJROCHILIGINI RIVOJLANTIRISHDA ZAMONAVIY YONDASHUVLAR VA OVOZ XUSUSIYATLARI

Axmatov Shaxzod Akramovich

Abstract

Ushbu maqolada an’anaviy o‘zbek xonandalik ijrochiligini zamonaviy bosqichda rivojlantirish masalalari va ovoz xususiyatlari tahlil etiladi. Xususan, milliy vokal san’atining tarixiy ildizlari, ovoz chiqarish texnikasi, tembr va diapazon kabi ovoz xususiyatlari o‘rganilib, ularni saqlab qolish va takomillashtirishda zamonaviy yondashuvlarning ahamiyati yoritiladi. Maqolada innovatsion pedagogik usullar , raqamli texnologiyalar va zamonaviy musiqa vositalarining an’anaviy ijrochilik bilan uyg‘unlashuvi bo‘yicha amaliy tavsiyalar keltiriladi. Shuningdek, yosh avlod xonandalarini tayyorlashda milliy qadriyatlar asosidagi yondashuv bilan birga, zamonaviy estetik talablarni ham inobatga olish zarurligi asoslab beriladi. Tadqiqot natijalari an’anaviy san’atning barqaror rivoji va uning zamonaviy musiqiy makonda munosib o‘rin egallashiga xizmat qilishi mumkin.

Full text

9 https://www.asr-conference.com/ I SHO‘BA: Sifatli ta’lim – barqaror taraqqiyot kafolati: xorijiy tajriba va mahalliy amaliyot AN’ANAVIY XONANDALIK IJROCHILIGINI RIVOJLANTIRISHDA ZAMONAVIY YONDASHUVLAR VA OVOZ XUSUSIYATLARI Muallif: Axmatov Shaxzod Akramovich 1 Affiliyatsiya: Xalqaro Nordik universiteti “Musiqa ta’limi va san’ati” yo’nalishi magistratura II-bosqich talabasi 1 DOI: https://doi.org/10.5281/zenodo.17311471 ANNOTATSIYA Ushbu maqolada an’anaviy o‘zbek xonandalik ijrochiligini zamonaviy bosqichda rivojlantirish masalalari va ovoz xususiyatlari tahlil etiladi. Xususan, milliy vokal san’atining tarixiy ildizlari, ovoz chiqarish texnikasi, tembr va diapazon kabi ovoz xususiyatlari o‘rganilib, ularni saqlab qolish va takomillashtirishda zamonaviy yondashuvlarning ahamiyati yoritiladi. Maqolada innovatsion pedagogik usullar , raqamli texnologiyalar va zamonaviy musiqa vositalarining an’anaviy ijrochilik bilan uyg‘unlashuvi bo‘yicha amaliy tavsiyalar keltiriladi. Shuningdek, yosh avlod xonandalarini tayyorlashda milliy qadriyatlar asosidagi yondashuv bilan birga, zamonaviy estetik talablarni ham inobatga olish zarurligi asoslab beriladi. Tadqiqot natijalari an’anaviy san’atning barqaror rivoji va uning zamonaviy musiqiy makonda munosib o‘rin egallashiga xizmat qilishi mumkin. Kalit so‘zlar: Ta’lim, innovatsiya, texnologiya, xonandalik, tenor, bariton, yo‘g‘on bas, ashula, Ovoz tembri, ijro uslublari. Bugungi kunda ta’lim jarayonida zamonaviy pedagogik, innovatsion va axborot texnologiyalaridan foydalanish masalasiga katta e’tibor qaratilmoqda. An’anaviy ta’lim metodlarining o‘rnini asta-sekin o‘zlashtirishga yo‘naltirilgan, interaktiv va mustaqil izlanishga asoslangan yondashuvlar egallab bormoqda. Bu yondashuvlar talabalarning tayyor bilimlarni yod olishiga emas, balki ularni mustaqil topish, tahlil qilish, xulosa chiqarish kabi ko‘nikmalarini shakllantirishga xizmat qiladi. O‘qituvchi esa bu jarayonda bilim beruvchi emas, balki o‘quvchi shaxsini rivojlantirishga yo‘naltirilgan vositachi sifatida ishtirok etadi. Shu nuqtai nazardan, oliy ta’lim tizimida ta’lim-tarbiya jarayonini takomillashtirish, zamonaviy texnologiyalarni samarali joriy etish, ilg‘or pedagogik tajribalarni o‘rganish va ularni amaliyotga tatbiq etish dolzarb ahamiyat kasb etmoqda. Ayniqsa, san’at ta’limida, jumladan, an’anaviy xonandalik ijrochiligini o‘qitishda innovatsion yondashuvlardan foydalanish — nafaqat ijro mahoratini oshiradi, balki milliy musiqa merosimizni zamonaviy talablar asosida yangicha ifoda etish imkonini ham yaratadi. Insoniyat tarixida qo‘shiq va musiqa eng yaqin hamroh, ruhiy tayanch va madadkor sifatida muhim o‘rin egallab kelgan. Musiqa va ashulaning betakror kuchi odamzotni hayotga muhabbat, ezgulikka intilish va yuksak g‘oyalarga undagan. Sozlar chalinganda inson tanasidagi ruhiy quvvat uyg‘onib, qo‘l-oyoq, tana harakatlari, yuz va ko‘z ifodalarida, eng avvalo esa ovozda o‘z ifodasini topgan. “RAQAMLI TRANSFORMATSIYA DAVRIDA PEDAGOGIK TA’LIMNI RIVOJLANTIRISH ISTIQBOLLARI” 10 https://www.asr-conference.com/ I SHO‘BA: Sifatli ta’lim – barqaror taraqqiyot kafolati: xorijiy tajriba va mahalliy amaliyot Qadimiy manbalardan biri bo‘lmish “Avesto” dagi madhiyalar qo‘shiq shaklida kuylanib ijro etilgan. Qolaversa o’rta asrlarda harbiy maqsadlarda aynan musiqadan harbiy yurishlar jangga kirish oldidan maxsus harbiy ansambllar askarlarga ruhiy madad berish maqsadida turli kuylar ijro etishgan. Shuningdek, “Qur’oni Karim” ham Payg‘ambarimizga ovoz va ohang orqali nozil bo‘lib, uning oyatlari xush ovoz va qiroat bilan tilovat qilinganda yanada ta’sirchan bo‘lishi qayd etiladi. Azonni baland pardalarda go‘zal ohang bilan aytish an’anasi esa Hazrati Bilol orqali davom etib kelayotgani ma’lum. Demak, insoniyat azaldan muqaddas g‘oyalarni kuchli so‘z va ohang vositasida o‘z qalbi va boshqalarga singdirib kelgan. Ovozning tembri va jarangdorligi ko‘pincha inson yashaydigan hududning tabiiy-iqlimiy sharoitiga bog‘liq bo‘ladi. Masalan, dengiz va okean bo‘ylarida yashovchi xonandalar ovozi odatda keng ko‘lamli, jarangdor va turli tembr boyligiga ega bo‘ladi. Issiq iqlimli hududlarda esa ovoz biroz quruqroq va kamroq jarangdor bo‘lib, ko‘pincha tenor va bariton diapazonlari uchraydi. Shimoliy mintaqalarga qarab borgan sari esa ovoz turlari chuqurlashib, tenor, bariton, bas hamda yo‘g‘on bas kabi diapazonlarning ustunligi kuzatiladi. Hatto Shimoliy Muz okeani yaqinida bas ovozli xonandalar ko‘plab uchrashi ma’lum. Shu bois xonanda ovoziga uning jismoniy tuzilishi va tabiiy muhit katta ta’sir ko‘rsatadi. Ba’zan gastrol safarlari vaqtida xonandaning ovozi moslashmay qolishi, bo‘g‘ilib qolishi kuzatilsa, ayrim holatlarda aksincha, boshqa mamlakatlarda uning ovozi yanada ochilib, o‘z yurtida sezilmagan jarangdorlik kasb etishi mumkin. Bunda nafaqat iqlim va havoning tozaligi, balki xonandaning kayfiyati, xordiq chiqarganligi, hatto iste’mol qilgan ovqati ham muhim ahamiyatga ega. Kayfiyati tushkun bo‘lgan xonandaning ijrosi ham xiralashadi. Shuning uchun sahnaga chiqayotgan ijrochi o‘zini ruhan tetik va ko‘tarinki ruhda his qilishi zarur hisoblanadi. O‘zbek milliy musiqa ijrochiligi qadimiy an’analar va boy madaniy merosga asoslanadi. Xususan, xonandalik san’ati ovozning xilma-xilligi, rang-barang ijro uslublari hamda keng badiiy imkoniyatlari bilan alohida ajralib turadi. Shu boisdan ushbu masalani nazariy va amaliy jihatdan o‘rganish, ularning o‘ziga xos xususiyatlarini ilmiy asosda tahlil qilish va zamonaviy kasbiy ta’lim jarayoniga tatbiq etish bugungi kunda muhim ahamiyat kasb etmoqda. Tadqiqotchilarning ta’kidlashicha, milliy musiqiy merosni ilmiy izlanishlar orqali chuqur o‘rganish nafaqat san’at rivoji, balki yosh avlodning ma’naviy kamoloti uchun ham muhim omil hisoblanadi. O‘zbekiston hududida shakllangan musiqiy maktablar — Farg‘ona–Toshkent, Buxoro–Samarqand, Xorazm va Surxondaryo–Qashqadaryo an’analari — umumiy mushtaraklik bilan bir qatorda, o‘ziga xos ijro uslublariga ega. Har bir hududning ashulachilik maktabi o‘ziga xos vokal uslub, ovoz imkoniyatlari va badiiy talqin uslublari bilan ajralib turgan. Shu bois masalani Farg‘ona vodiysi misolida tahlil qilish ilmiy jihatdan alohida qiziqish uyg‘otadi. Farg‘ona–Toshkent maktabi ashulachilik an’analarida xonandalar ovoz sifatlariga ko‘ra bir necha turkumlarga ajratilgan: nor ovoz, tik yoki jarangdor ovoz, jarangdor kuvrak ovoz, kuyuk tik (jarangsiya) ovoz, bo‘zak yoki moda ovoz, pang ovoz hamda ishkami ovoz. Ushbu tasnif xonandalar vokal imkoniyatlarini belgilash, ularning ijro doirasini aniqlashda muhim o‘rin tutgan. Ma’lumki, vokal ijrochilikda ovoz diapazoni, tembr, kuch va jarangdorlik ijro sifatining asosiy mezonlaridan biri sanaladi. 11 https://www.asr-conference.com/ I SHO‘BA: Sifatli ta’lim – barqaror taraqqiyot kafolati: xorijiy tajriba va mahalliy amaliyot An’anaviy musiqiy merosda ovozning rangi, jarangdorligi, kuchi, shiradorligi shu bilan birga badiiy imkoniyatlari turlicha bo‘lgan. O‘tmishda musiqashunoslar va ijrochilar ovoz turlarini tavsiflashda maxsus atamalar va iboralardan foydalanishgan bo‘lib, bu terminologiya xonandalik san’atining o‘ziga xos nazariy asosini tashkil qilgan. Shu jihatdan qaraganda, milliy musiqa ijrochiligi tajribasida ovoz turlari bo‘yicha mavjud tasnif nafaqat ijro amaliyoti, balki musiqiy ta’lim jarayonida ham alohida metodik ahamiyatga ega bo‘lishi mumkin. XULOSA Bugungi globallashuv davrida ta’lim jarayonini takomillashtirish, xususan, san’at va xonandalik ijrochiligi sohasida innovatsion yondashuvlarni joriy etish muhim ahamiyat kasb etmoqda. An’anaviy ustoz–shogird tajribasi asrlar davomida milliy musiqiy merosimizni avloddan-avlodga yetkazishda asosiy vosita bo‘lib kelgan bo‘lsa, hozirgi davrda uni zamonaviy pedagogik va axborot texnologiyalari bilan uyg‘unlashtirish zaruriy vazifalardan biridir. Maqom ijrochiligida ustoz–shogird tizimi azaldan muhim o‘rin egallagan. Bu tizim nafaqat ijro mahoratini, balki badiiy tafakkurni shakllantirishda ham asosiy vosita bo‘lib kelgan. Zamonaviy davrda esa mazkur an’anani innovatsion metodlar bilan uyg‘unlashtirish, xususan, raqamli texnologiyalar, audio-video materiallar va interaktiv pedagogik usullarni qo‘llash ta’lim samaradorligini oshirishga xizmat qiladi. Shu tariqa, milliy qadriyatlar asosida shakllangan ustoz–shogird tajribasini zamonaviy pedagogik yondashuvlar bilan uyg‘unlashtirish o‘zbek musiqiy merosini saqlash va rivojlantirishda muhim bosqich hisoblanadi. Tadqiqotlar ham ko‘rsatadiki, an’anaviy ijrochilikni innovatsion yondashuvlar bilan uyg‘unlashtirish yosh kadrlarni tayyorlashda samarali natijalar beradi. FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR 1. Ф.Мамадалиев. “Миллий мусиқа ижрочилиги масалалари” 2001 й.10-11 бетлар 2. Qodirov R. O‘zbek xalq musiqa ijrochiligi tarixi. – Toshkent: Fan, 2015. 3. Abdurashidov Sh. O‘zbek xonandalik maktablari va ularning o‘ziga xos xususiyatlari. – Toshkent: O‘zbekiston milliy ensiklopediyasi, 2012. 4. Xalilov N. O‘zbek vokal ijrochiligi: an’analar va zamonaviylik. – Toshkent: San’at, 2018. 5. Turanova I. OLIY TA’LIMTIZIMIDA INNOVATSION TEXNOLOGIYALARDAN FOYDALANISH