scieee AI-readable full text Open interactive document viewer

KOMPANIYANING INVESTITSION JOZIBADORLIGIGA TA'SIR ETUVCHI MOLIYAVIY VA NOMOLIYAVIY OMILLAR

Usmanova Yulduzxon

Abstract

Ushbu tezisda kompaniyaning investitsion jozibadorligiga ta’sir etuvchi omillar moliyaviy va nomoliyaviy jihatlar tahlil qilingan. Xususan, tadqiqotda kompaniyaning barqaror daromadlari, rentabellik ko‘rsatkichlari, aktivlarning samarali boshqarilishi va qarz yukining pastligi kabi moliyaviy omillar, korporativ boshqaruv, menejment sifati, innovatsion salohiyat, bozor imiji, huquqiy-muammoli holatlar kabi nomoliyaviy omillar o‘rganilgan.

Full text

INTERNATIONAL SYMPOSIUM “ADVANCED RESEARCH IN ECONOMICS AND BUSINESS MANAGEMENT”, SEPTEMBER 19, 2025 820 KOMPANIYANING INVESTITSION JOZIBADORLIGIGA TA’SIR ETUVCHI MOLIYAVIY VA NOMOLIYAVIY OMILLAR Usmanova Yulduzxon Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti, mustaqil tadqiqotchi https://doi.org/10.5281/zenodo.17317627 Annotatsiya. Ushbu tezisda kompaniyaning investitsion jozibadorligiga ta’sir etuvchi omillar moliyaviy va nomoliyaviy jihatlar tahlil qilingan. Xususan, tadqiqotda kompaniyaning barqaror daromadlari, rentabellik ko‘rsatkichlari, aktivlarning samarali boshqarilishi va qarz yukining pastligi kabi moliyaviy omillar, korporativ boshqaruv, menejment sifati, innovatsion salohiyat, bozor imiji, huquqiy-muammoli holatlar kabi nomoliyaviy omillar o‘rganilgan. Kalit so‘zlar: investitsiyaviy muhit, rentabellik, volatillik, faoliyat shaffofligi Aksiyadorlik jamiyatlari uchun investitsiyaviy jozibadorlik shaffof va samarali korporativ boshqaruv, kuchli bozor ko‘rsatkichlari va aksiyadorlar huquqlarini himoya qiluvchi me’yoriyhuquqiy hujjatlarga rioya qilish orqali ta’minlanadi. Ko‘pgina hollarda, fond bozori vositalari orqali investitsiyalarni rag‘batlantirish kompaniyaning jozibadorligini shakllantirishda hal qiluvchi rol o‘ynaydi. Mamlakatda moliyaviy bozorlarning rivojlanishi kompaniyalarga nafaqat kapital oqimini, balki tashkilotning uzoq muddatli o‘sishi va barqarorligini ta’minlab, ularning investitsiyaviy jozibadorligini oshirish uchun turli yo‘llarni paydo qiladi. Demak, investitsiyaviy jozibadorlik - bu kompaniyaning moliyaviy barqarorlik, rentabellik va o‘sish salohiyatini namoyish etish orqali investorlarni jalb qilish qobiliyatini anglatadi. Investitsiyaviy jozibadorlikka turli omillar ta’sir qilib, ularni tabiati va ta‘siriga qarab turli toifalarga bo‘lish mumkin. Asosiy tasniflarga moliyaviy, iqtisodiy, boshqaruv, bozor, institutsional va tashqi makroiqtisodiy omillar kiradi. Moliyaviy ko‘rsatkichlar kompaniyaning rentabelligi, barqarorligi va investorlar uchun daromad olish qobiliyatini aks ettirishi sababli uning investitsiyaviy jozibadorligining asosi hisoblanadi [1]. Investorlar risklarni va kelajakdagi daromadlarni baholash uchun rentabellik, likvidlik, moliyaviy mustaqillik va aksiyalarning samaradorligi kabi asosiy moliyaviy ko‘rsatkichlarni tahlil qiladilar. Aniqki doimiy daromadga, past qarz darajasiga va shaffof dividend siyosatiga ega bo‘lgan moliyaviy jihatdan kuchli kompaniya uzoq muddatli o‘sish salohiyati va moliyaviy barqarorlikni o‘zida mujassam etgani uchun investitsiyalarni jalb qilish ehtimoli ko‘proq bo‘ladi. Umuman olganda, kompaniyaning investitsiyaviy jozibadorligiga ta’sir qiluvchi moliyaviy omillar 1-rasmda keltirilgan. INTERNATIONAL SYMPOSIUM “ADVANCED RESEARCH IN ECONOMICS AND BUSINESS MANAGEMENT”, SEPTEMBER 19, 2025 821 1-rasm. Investitsiyaviy jozibadorlikka ta’sir etuvchi moliyaviy omillar Kompaniyaning iqtisodiy muhiti uning investitsiyaviy jozibadorligiga sezilarli ta’sir ko‘rsatadigan yana bir omil hisoblanadi. YaIMning o‘sishi, inflyatsiya darajasi, foiz stavkalari va umumiy sanoat tendentsiyalari kabi omillar biznesning barqarorligi va rivojlanish istiqbollarini belgilaydi (2-rasm). Kuchli iste’mol talabi va qulay makroiqtisodiy sharoitlar bilan tez rivojlanayotgan sanoatdagi kompaniya odatda xavfsizroq va istiqbolli sarmoya hisoblanadi [2]. Aksincha, iqtisodiy pasayish, yuqori inflyatsiya yoki bozorning to‘yinganligi noaniqlik va risklarning kuchayishi tufayli investorlarni sarmoya kiritishdan qaytaradigan asosiy sabablar hisoblanadi. 2-rasm. Investitsiyaviy jozibadorlikka ta’sir etuvchi investitsiyaviy muhit omillari Samarali boshqaruv va korporativ boshqaruv investitsiya jozibadorligini oshirishda hal qiluvchi rol o‘ynovchi yana bir muhim omil hisoblanadi. Investorlar ko‘pincha tajribali yetakchilik, aniq strategik yo‘nalish va kuchli risklarni boshqarish siyosatiga ega kompaniyalarni qidiradi. Shaffof hisobot, axloqiy biznes amaliyoti va innovatsiyalarga e’tibor ham investorlarning ishonchini oshirishga xizmat qiladi. To‘g‘ri qaror qabul qilish va bozor o‘zgarishlariga moslashish obro‘siga ega bo‘lgan yaxshi boshqariladigan kompaniya kapitalni jalb qilish va uzoq muddatli muvaffaqiyatni saqlab qolish ehtimoli ko‘proq bo‘ladi. Kompaniyaning bozordagi o‘rni va raqobatbardosh ekanligi uning investorlar uchun jozibadorligiga to‘g‘ridan-to‘g‘ri ta’sir qiluvchi yana bir muhim omil hisoblanadi [3]. Bozor bilan bog‘liq omillarga brend obro‘si, bozor ulushi, mijozlarning sodiqligi va mahsulotni diversifikatsiya qilish kiradi. O‘z sohalarida yetakchilik qiladigan, kuchli raqobatbardosh INTERNATIONAL SYMPOSIUM “ADVANCED RESEARCH IN ECONOMICS AND BUSINESS MANAGEMENT”, SEPTEMBER 19, 2025 822 ustunlikka ega bo‘lgan hamda mahsulot va xizmatlarda innovatsiyalarni namoyish etuvchi kompaniyalar investorlarni ko‘proq jalb qilishi aniq. Investitsiyaviy jozibadorlikka ta’sir qiluvchi yana bir muhim omil bu mamlakatda iqtisodiy o‘sish, kompaniyaning va investorlarning huquqlarini himoya qilishga qaratilgan huquqiy va tartibga soluvchi muhitning yaratilgani hisoblanadi. Investorlar investitsiya qarorlarini qabul qilishda biznes yuritishning qulayligini, soliq siyosatini, investorlarni himoya qilish normalari va davlat imtiyozlarini sinchiklab o‘rganadi. Kuchli va puxta qonunchilik bazasi, shaffof tartib-qoidalar va qulay soliq siyosatiga ega mamlakatlar biznesning rivojlanishi uchun sharoit yaratadi, bu esa bunday manzillarda faoliyat yuritayotgan kompaniyalarni sarmoya uchun jozibador ob’ektga aylanish imkoniyatini beradi (3-rasm). 3-rasm. Investitsiyaviy jozibadorlikka ta’sir etuvchi institutsional omillar Siyosiy barqarorlik, valyuta kursining o‘zgarishi va global savdo siyosati kabi kompaniyaning nazorati ostida bo‘lmagan makroiqtisodiy sharoitlar investitsiya qarorlariga sezilarli ta’sir qiluvchi muhim omillardan hisoblanadi. Investorlar, rejalashtiriladigan iqtisodiy siyosatga ega siyosiy barqaror mintaqalardagi kompaniyalarga kapital ajratishga ko‘proq moyil bo‘lib, davlatning ichki va tashqi siyosatidagi har qanday noaniqlik ularni sarmoya kiritishdan qaytaradi. Shuningdek, savdo kelishuvlari va ta’minot zanjiri barqarorligi kabi global iqtisodiy tendensiyalar, xalqaro aloqalari o‘rnatilgan, tovar va xizmatlarni chet elda ayirboshlay oladigan kompaniya uchun investitsiyaviy jozibadorlik nihoyatda muhim ahamiyat kasb etadi (4-rasm). 4-rasm. Investitsiyaviy jozibadorlikka ta’sir etuvchi tashqi siyosiy va iqtisodiy omillar Muxtasar qilib aytganda, barqaror va investorlar uchun qulay muhitda ishlaydigan kompaniyalar ko‘proq uzoq muddatli investitsiyalarni jalb qila oladi. FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR INTERNATIONAL SYMPOSIUM “ADVANCED RESEARCH IN ECONOMICS AND BUSINESS MANAGEMENT”, SEPTEMBER 19, 2025 823 1. 1.Вербин, Н. Е. "Анализ факторов, влияющих на инвестиционную привлекательность ценных бумаг." Национальные экономические системы в контексте формирования глобального экономического пространства. 2016. 2. Karimov, N. G. (2007). Iqtisodiy integratsiyalashuv sharoitida investitsiya faoliyatini moliyalashtirishning bozor mexanizmlarini joriy etish masalalari. T.: Fan va texnologiya, 240. 3. Mansur, E. (2016). Investment and market structure deployment in the implementation of enterprise value advancement: Case of Uzbekistan. Journal of Management Value and Ethics, 6(1).