scieee AI-readable full text Open interactive document viewer

O'ZBEKISTON SHAROITIDA BALIQCHILIK SOHASI: AHAMIYATI, DOLZARBLIGI VA RIVOJLANISH YO'NALISHLARI

Yuldoshev X.T.; Safarov X.A.

Abstract

Ushbu maqolada O’zbekiston Respublikasida baliqchilikning rivojlanishi, uning istiqbollari, oxirgi yillarda baliqchilik yo’nalishi rivoji uchun chiqarilgan Qarorlar haqida fikr-mulohazalar yuritiladi. Qolaversa, maqola matni Statistika agentligi va Qishloq xo’jaligi vazirligining hisobotlaridan foydalangan holda tayyorlangan.

Full text

RESEARCH FOCUS ISSN: 2181-3833 Parranda, baliq, asalari va mo‘ynali hayvonlar kasalliklari bilan qarshi kurashishda dolzarb muammolar va уechimlar | KONFERENSIYA | Research Focus National Scientific Journal, Samarkand 2025 | 28 UDK: 639.3(575.1) O‘ZBEKISTON SHAROITIDA BALIQCHILIK SOHASI: AHAMIYATI, DOLZARBLIGI VA RIVOJLANISH YO‘NALISHLARI Yuldoshev X.T. b.f.f.d. Safarov X.A. v.f.f.d. katta ilmiy xodim Veterinariya ilmiy-tadqiqot instituti https://doi.org/10.5281/zenodo.17320348 Annotatsiya Ushbu maqolada O’zbekiston Respublikasida baliqchilikning rivojlanishi, uning istiqbollari, oxirgi yillarda baliqchilik yo’nalishi rivoji uchun chiqarilgan Qarorlar haqida fikr-mulohazalar yuritiladi. Qolaversa, maqola matni Statistika agentligi va Qishloq xo’jaligi vazirligining hisobotlaridan foydalangan holda tayyorlangan. Kalit so‘zlar: baliq, baliqchilik, xo‘jalik, import, eksport. Аннотация В данной статье рассматривается развитие рыбной отрасли в Республике Узбекистан, её перспективы, а также обсуждаются Постановления, принятые в последние годы для продвижения рыбоводства. Кроме того, материал статьи подготовлен с использованием отчетов Агентства статистики и Министерства сельского хозяйства. Ключевые слова: рыба, рыболовство, экономика, импорт, экспорт. Annotation This article discusses the development of the fishery sector in the Republic of Uzbekistan, its prospects, and the recent government resolutions aimed at promoting aquaculture. Additionally, the content is based on reports from the Statistics Agency and the Ministry of Agriculture. Keywords: fish, fisheries, economy, import, export. Kirish. O‘zbekiston Respublikasi ichki suv zaxiralariga boy bo‘lib, baliqchilik sohasining rivojlanishi mamlakat oziq-ovqat xavfsizligini ta’minlash, aholini yuqori sifatli oqsilli mahsulotlar bilan ta’minlash va yangi ish o‘rinlarini yaratishda muhim o‘rin tutadi. Bugungi kunda baliqchilik O‘zbekistonda qishloq xo‘jaligining muhim tarmoqlaridan biri sifatida tez sur’atlar bilan rivojlanib bormoqda. Baliqchilik xo‘jaliklari nafaqat ichki bozor talabini qondirish, balki eksport salohiyatini oshirishga ham hissa qo‘shmoqda. Bu borada prezident va hukumat darajasidagi muhim farmon va qarorlar ishlab chiqilmoqda. Jumladan, muhtaram yurtboshimiz tomonidan chiqarilgan 2017-yil 1-maydagi “Baliqchilik tarmogʻini boshqarish tizimini takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PQ-2939-sonli, 2028-yil 3-fevraldagi RESEARCH FOCUS ISSN: 2181-3833 Parranda, baliq, asalari va mo‘ynali hayvonlar kasalliklari bilan qarshi kurashishda dolzarb muammolar va уechimlar | KONFERENSIYA | Research Focus National Scientific Journal, Samarkand 2025 | 29 “2018 yilda baliq mahsulotlari etishtirish hajmini oshirish boʻyicha qoʻshimcha choratadbirlar toʻgʻrisida”gi PQ-3505-sonli, 2018-yil 6-apreldagi “Baliqchilik tarmogʻini jadal rivojlantirishga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi PQ-3657-sonli, 2018-yil 6-noyabrdagi “Baliqchilik sohasini yanada rivojlantirishga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi PQ-4005-sonli, 2023-yil 18-avgustdagi “Baliqchilik xo‘jaligi ehtiyojlari uchun suv havzalaridan foydalanish tartibi takomillashtirish hamda baliq ovlash va suv bo‘yi turizimi maskanlarini rivojlantirish chora tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-281-sonli Prezident Qarorlari, 2017-yil 7-avgustdagi “Tabiiy suv havza uchastkalarini baliq ovlash xoʻjaliklariga ijaraga berish va baliqchilikni rivojlantirish jamgʻarmasini tashkil etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi VM-593-sonli, 2017-yil 13-sentabrdagi “Baliqchilik tarmogʻini kompleks rivojlantirish choratadbirlari toʻgʻrisida“gi VM-719-sonli Vazirlar mahkamasining qarorlari buning yorqin isboti. Mavzuning dolzarbligi. O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligining 2023-yilgi yillik hisoboti bo‘yicha 2023-yil hisobida Respubilkamizda Chorvachilik subyektlari soni jami 18 971 taga yetkazilgan bo‘lsa, shundan 5 317 ta baliqchilik subyektlari faoliyati yoʻlga qoʻyildi. Baliqchilik tarmogʻida 2023-yilda suv bilan bogʻliq muammolarga qaramasdan, ovlangan baliq miqdori oʻtgan yilgidan 7,4 foizga koʻpayib, 198,9 ming tonnani tashkil etdi (1-rasm). 1-rasm. Ovlangan baliq, 2018-2023 y. O‘zbekiston Respublikasi Statistika agentligi ma’lumotlariga ko‘ra ovlangan baliqlarni hududlar bo‘yicha tahlilini kuzatadigan bo‘lsak Xorazm viloyati 32 ming tonna bilan eng yuqori o‘rinda, 5 ming tonna bilan Qashqadaryo viloyati eng pastki o‘rinni egallab turibdi (1-jadval). RESEARCH FOCUS ISSN: 2181-3833 Parranda, baliq, asalari va mo‘ynali hayvonlar kasalliklari bilan qarshi kurashishda dolzarb muammolar va уechimlar | KONFERENSIYA | Research Focus National Scientific Journal, Samarkand 2025 | 30 1-jadval Respublika miqyosida 2023-yil bo‘yicha ovlangan baliq miqdori, tonna 1. Qoraqalpog‘iston Respublikasi 12 146,6 2. Andijon 21 149,7 3. Buxoro 5 949,9 4. Jizzax 15 853,4 5. Qashqadaryo 5 001,1 6. Navoiy 14 556,7 7. Namangan 15 564,6 8. Samarqand 18 509,4 9. Surxondaryo 6 807,5 10. Sirdaryo 9 960,2 11. Toshkent 24 828,6 12. Farg‘ona 13 533,5 13. Xorazm 32 022,0 Ovlangan baliqning asosiy 49,6 foizi fermer xoʻjaliklari tomonidan, 45,2 foizi baliq xoʻjaligi faoliyatini amalga oshiruvchi qishloq xo‘jaligi tashkilotlari tomonidan, 5,2 foizi dehqon va tomorqa xo‘jaliklari tomonidan yetishtirilgan (2-rasm). 2-rasm. Ovlangan baliq, ming tonna Ovlangan baliqlarning aholi jon boshiga 5,4 kg dan toʻgʻri keldi (3-rasm). Intensiv usulda sovuq suv baliqlarini (forel, losos, osyotr) yetishtiruvchi xoʻjaliklar soni 20 taga yetkazildi va yillik oʻrtacha 5 ming tonna baliq yetishtirilmoqda. Baliqchilik xoʻjaliklarini chavoq baliqlari bilan toʻliq taʼminlash uchun 286 ta RESEARCH FOCUS ISSN: 2181-3833 Parranda, baliq, asalari va mo‘ynali hayvonlar kasalliklari bilan qarshi kurashishda dolzarb muammolar va уechimlar | KONFERENSIYA | Research Focus National Scientific Journal, Samarkand 2025 | 31 xoʻjaliklardagi 7,3 ming gektar reproduktor havzalarida 482 million dona baliq chavoqlari yetishtirish yoʻlga qoʻyildi. 3-rasm. Aholi jon boshiga to‘g‘ri kelgan ovlangan baliq miqdori, kg Oʻzbekistonning geografik joylashuvi va qurgʻoqchil iqlimi tufayli baliqchilik xoʻjaliklari baliq yetishtirishning intensiv usulini (60 foizdan ortiq) qoʻllashni afzal koʻradi. Bu usul keng suv resurslaridan foydalanishni talab qilmaydi, u arzon boʻlib, investitsiyalarni tez qaytarish imkonini beradi. Mamlakatda doʻngpeshana baliq, zogʻorabaliq, oq qayroq baliq, ilon boshi, laqqa baliq kabi mahalliy baliq turlaridan tashqari, tropik turlar — Afrika laqqa baligʻi, tilapiya, gulmohi, shuningdek, Sibir bakra baligʻi yetishtiriladi. Bunday rivojlanish o‘z navbatida aholini sifatli va parhezbop baliq go‘shtiga bo‘lgan talabini qondirishda muhim rol o‘ynaydi. Baliq go‘shti o‘zining yuqori biologik qiymati, to‘liq qimmatli oqsil, omega-3 yog‘ kislotalari, vitaminlar (A, D, B guruhi) va minerallar (fosfor, kalsiy, selen)ga boyligi bilan ajralib turadi. Shu sababli baliq mahsulotlari sog‘lom ovqatlanishning ajralmas qismi bo‘lib, yurak-qon tomir kasalliklari, semirish va boshqa ko‘plab kasalliklarning oldini olishda tavsiya etiladi. Baliq go‘shtining hazm bo‘lishi oson, undagi oqsillar inson organizmi tomonidan tez o‘zlashtiriladi. Bu, ayniqsa, bolalar, qariyalar va kasallikdan keyingi tiklanish davridagi bemorlar uchun juda muhimdir. O‘zbekistonda baliqchilik asosan quyidagi usullar orqali rivojlantirilmoqda: hovuz (prudo) baliqchiligi, intensiv baliqchilik (sun’iy oziqlantirish va kislorod bilan ta’minlash yo‘li bilan yuqori zichlikda baliq yetishtirish), kooperativ va klaster asosidagi baliq yetishtirish tizimlari. So‘nggi yillarda akvakultura va intensiv texnologiyalardan foydalanishga alohida e’tibor qaratilmoqda. Jumladan, issiq suvli (gidroponika asosidagi) basseynlarda, polietilen havzalarda, qishki issiqxonalar va yopiq suv aylanish tizimlarida baliq yetishtirish yo‘lga qo‘yilmoqda. Bunday tizimlar RESEARCH FOCUS ISSN: 2181-3833 Parranda, baliq, asalari va mo‘ynali hayvonlar kasalliklari bilan qarshi kurashishda dolzarb muammolar va уechimlar | KONFERENSIYA | Research Focus National Scientific Journal, Samarkand 2025 | 32 baliq yetishtirish samaradorligini oshirish, suvdan tejab-tergab foydalanish va yil bo‘yi sifatli mahsulot olish imkonini beradi hamda baliqchilikning qo‘shilgan qiymat zanjiridagi foizlarini pasaytirish imkoniyatini beradi. Baliqchilikning qo‘shilgan qiymat zanjiri 2012-yilda 45,5 foizga to‘g‘ri kelgan bo‘lsa, 2023-yilga kelib bu ko‘rsatgich 7,4 foizga tushdi (4-rasm). 4-rasm. Baliqchilikning qo‘shilgan qiymatining yillik o‘sishi, foizda Baliqchilik sohasining dolzarbligi O‘zbekistonda suv resurslaridan oqilona foydalanish, qishloq joylarda bandlikni oshirish va ichki bozorni arzon, to‘yimli oqsilli mahsulotlar bilan ta’minlash kabi vazifalar bilan chambarchas bog‘liqdir. Davlat tomonidan soha rivojiga qaratilgan qator dasturlar, subsidiyalar, kreditlar va ilmiytadqiqot ishlari olib borilmoqda. Xususan, baliqchilikning yangi texnologiyalarini joriy etish, baliq turlarini ko‘paytirish, ularni kasalliklardan himoya qilish bo‘yicha ilmiy yondashuvlar kengayib bormoqda. Hozirgi kunda baliq va baliq mahsulotlari ko‘proq xorijiy mamlakatlardan import qilinmoqda va bu raqamlar yildan yilga sezilarli darajada ortmoqda (2-jadval). 2-jadaval № Import qilinayotgan baliq va baliq mahsulotlari nomi 2022 yil (ming AQSH doll.) 2023 yil (ming AQSH doll.) 1. Muzlatilgan baliq 13 457,5 15 385,3 2. Yangi yoki sovutilgan, tirik baliq 1 904,9 2 493,2 3. File 2 235,4 3 040,4 4. Baliq va qisqichbaqasimonlardan tayyor yoki konservalangan mahsulotlar 552,8 1 084,7 5. Qisqichbaqasimonlar, molyuskalar va boshqa suv umurtqasizlari 243,2 297,1 RESEARCH FOCUS ISSN: 2181-3833 Parranda, baliq, asalari va mo‘ynali hayvonlar kasalliklari bilan qarshi kurashishda dolzarb muammolar va уechimlar | KONFERENSIYA | Research Focus National Scientific Journal, Samarkand 2025 | 33 Baliq va baliq mahsulotlari import qilinayotgan mamlakatlar ichida Rossiya Federatsiyasi yetakchi o‘rinni egallab kelmoqda, bu boroda Qozog‘istonning o‘rni o‘tgan yilning shu davriga nisbatan pasayish kuzatilmoqda (3-jadval). 3-jadval № Baliq va baliq mahsulotlari importi, davlatlar kesimida 2022 yil (ming AQSH doll.) 2023 yil (ming AQSH doll.) 1. Rossiya Federatsiyasi 5984,1 5739,1 2. Norvegiya 3585,4 5276,2 3. Vetnam 3196,8 5152,0 4. Litva 2705,1 3138,9 5. Belarus 134,8 866,3 6. Qozog‘iston 477,2 284,5 Kelgusida O‘zbekiston baliqchilik sohasida nafaqat ichki bozor, balki xalqaro bozor uchun ham sifatli baliq va baliq mahsulotlari ishlab chiqarishni kengaytirishga intilmoqda. Bu esa mamlakatning iqtisodiy barqarorligi va aholining sog‘lom turmush tarzini ta’minlashda muhim o‘rin tutadi. Xulosa Baliqchilik sohasi aholini sifatli, foydali, parhezbop go‘sh bilan ta’minlashdagi o‘rni juda katta bo‘lib, baliqlarni turli yuqumli, yuqumsiz va parazitar kasalliklardan asragan holda rivojlantirish muhum ahamiyat kasb etadi. FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR 1. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Statistika agentligi 20202023 yillar tahlili hisoboti. O‘zbekiston qishloq xo‘jaligi. Toshkent 2024. 2. O‘zbekiston Qishloq xo‘jaligining yillik hisoboti. Erishgan natijalar, tahlillar va tendensiyalar. Toshkent 2023. 3. www.lex.uz