scieee AI-readable full text Open interactive document viewer

TA`LIM JARAYONIDA RAQAMLI TEXNOLOGIYALAR DAVRIDA BOSHLANG`ICH TA`LIM O`QUVCHILARINING O`QUV-BILUV FAOLIYATINI TAKOMILLASHTIRISH

Javliyeva Gulnoza Maxmudovna

Abstract

Boshlang`ich sinf o’quvchilarining ona tili fanini o`rgatishda qiziqarli didaktik o`yinlar orqali o`rgatish , boshlang`ich sinflarda ona tili darslarini raqamli tashkil etishdagi pеdagogik mahorat ustuvorligi, o`quvchilarda ona tili faniga oid bilimlarini rivojlantirish masalasi, o’quv faoliyatiga ta’sir etuvchi psiхologik va pеdagogik omillar, o`quvchilarga ona tili fanini o`rgatishda dars jarayonida tushunarli va oson usullar orqali darslarni tashkil etishga amaliy takliflar ko`rsatilgan.

Full text

9 https://www.asr-conference.com/ I SHO‘BA: Sifatli ta’lim – barqaror taraqqiyot kafolati: xorijiy tajriba va mahalliy amaliyot TA`LIM JARAYONIDA RAQAMLI TEXNOLOGIYALAR DAVRIDA BOSHLANG`ICH TA`LIM O`QUVCHILARINING O`QUV-BILUV FAOLIYATINI TAKOMILLASHTIRISH Muallif: Javliyeva Gulnoza Maxmudovna 1 Affiliyatsiya: Xalqaro Nordik unversitetining magistranti 1 DOI: https://doi.org/10.5281/zenodo.17320170 ANNOTATSIYA Boshlang`ich sinf o’quvchilarining ona tili fanini o`rgatishda qiziqarli didaktik o`yinlar orqali o`rgatish , boshlang`ich sinflarda ona tili darslarini raqamli tashkil etishdagi pеdagogik mahorat ustuvorligi, o`quvchilarda ona tili faniga oid bilimlarini rivojlantirish masalasi, o’quv faoliyatiga ta’sir etuvchi psiхologik va pеdagogik omillar, o`quvchilarga ona tili fanini o`rgatishda dars jarayonida tushunarli va oson usullar orqali darslarni tashkil etishga amaliy takliflar ko`rsatilgan. Kalit so‘zlar: ta’lim jarayoni, o`quvchi, o’zlashtirish, boshlang`ich sinf, o`qituvchi, didaktik vositalar, intellektual, mustaqil fikrlash, sifat, samardorlik. KIRISH Mamlakatimizda innovatsion taraqqiyot, raqamli texnologiya bilan rivojlanib borayotgan bir davrda kelajagimiz davomchilari bo`lgan yoshlarning ijodiy g`oyalari va ijodkorligini har tomonlama qo`llab-quvvatlash o`quvchilar tafakkurini rivojlantirish, shu yo`lda xalqaro tajribalarni o`rganish, intellektini boyitish,mantiqiy – qiyosiy fikrlashga o`rgatishimiz lozim. Ilm har qanday zamon va makonda ham najot yo`li, zulmatlarni yorituvchi nur,insonni kamolatga yetaklovchi buyuk ne`mat bo`lgan. Barcha davrlarda bobolarimiz ilmning millat va davlat kelajakdagi o`rnini juda yaxshi anglaganlar. Buning yorqin misoli sifatida Imom Buxoriyning o`n ikki asr oldin “Dunyoda ilmdan boshqa najot yo`q va bo`lmag`ay”,degan fikrlarini keltirish mumkin. Globallashuv va raqamli texnologiyalar davrida ham ta`lim, bilim, zakovat tushunchalari o`z qiymatini yo`qotmaydi, aksincha, dolzarbligi yanada oshadi. Ilmni saodat deb bilgan xalq borki, rivojlanishga yuz tutishi muqarrar. Asosiy invistitsiyani ta`lim tizimiga kiritadigan mamlakat, albatta, ulkan yutuqlarga erishadi. O`zbekiston ta`lim tizimida umumiy o`rta ta`limning sifatini oshirish, o`quv jarayoniga kriativ pedagogik va axborot texnologiyalarini joriy etishdagi keng qamrovli islohotlar natijasida boshlang`ich ta`limda, sifatli ta`lim xizmatlari samaradorligini oshirish, shiddat bilan rivojlanib borayotgan globallashuv va raqamli texnologiyalar jarayonida ongli yashashga qodir shaxsni kamol toptirish salmog`i kengaydi. Zamonaviy platformalar orqali pedagoglarning dars o`tish jarayonlari yanada qiziqarli tarzda olib borilmoqda. Prezidentimizning 2022-yil 28-yanvar kuni maktab ta`limini rivojlantirish masalalari bo`yicha o`tkazilgan videoselektor yig`ilishida “Najot ta`limda,najot tarbiyada,najot bilimda”degan so`zlari yuqoridagi “RAQAMLI TRANSFORMATSIYA DAVRIDA PEDAGOGIK TA’LIMNI RIVOJLANTIRISH ISTIQBOLLARI” 10 https://www.asr-conference.com/ I SHO‘BA: Sifatli ta’lim – barqaror taraqqiyot kafolati: xorijiy tajriba va mahalliy amaliyot fikrimizga yaqqol misol bo`lib, zamirida juda katta ma`no mujassam bo`lgan desak, xato qilmagan bo`lamiz. Asosiy qism: Y.A.Komeniskiy O`rta asrning so`ngi davrlarida bolalar ta`lim olayotgan barcha muassasalarni “insonparvarlikni tarannum etuvchi ustaxonalar” kabi bo`lishi lozim deb hisoblagan. Shu sababli o`quvchilarga har bir fanni mukammal tarzda o`rgatish lozim. Ayniqsa ona tili va o`qish fani to`g`ri fikrlash, yozish va nutq madaniyatini shakllantiradi. O`quvchilarga nutqiy faoliyatda akustik tomondan o`zgarishlarni ona tili fanini o`qitish davomida raqamli texnologiyalardan samarali foydalanish orqali tushuntirish mumkin.Masalan, Kahoot, Quizizz, Flippity kabi platformalar orqali dars jarayonini yanada qiziqarliroq olib borish mumkin . Quyida ona tili faniga oid topshiriqlardan namunalar ko`rib chiqamiz. 1. Talaffuzida jarangsiz, ammo yozilishida jarangli bo`lgan so`zlarni toping. 2. So`zlarni to`g`ri joylashtirib gap tuzing .Gapdagi harf birikmalarini toping va belgilang. 3. Harflarni shunday to`g`ri joylashtiringki o`zbek xalq maqollari kelib chiqsin. 11 https://www.asr-conference.com/ I SHO‘BA: Sifatli ta’lim – barqaror taraqqiyot kafolati: xorijiy tajriba va mahalliy amaliyot 1-savolga javob topamiz. Talaffuzi Yozilishi bant band javop javob obot obod balant baland kitop kitob ozot ozod oftop oftob maqsat maqsad ziyot ziyod bant band Ona tilimizda bunga o`xshash so`zlar juda ham ko`p shu sababli o`quvchilarga boshlang`ich sinfdan to`g`ri imloviy yozishni o`rgatishimiz lozim.Yuqoridagi aylana shaklni Flippity platformasi orqali yaratishimiz mumkin. Bunda aylana shaklga mavzuga oid so`zlar yoziladi “Generate” tugmasi bosiladi. Hosil bo`lgan so`zlarni barabanni aylantirish orqali o`quvchilar bilan tahlil qilinadi. 2-savolga javob topamiz. Bolalar ensiklopediyasidan sharsharalar haqida qiziqarli ma`lumotlar o`rgandim. Ko`chada kulrang mushukni ko`rdim. Matematika fanidan uchburchak mavzusini o`rgandik. Yuqoridagi so`zlardan foydalanib gaplar tuziladi. Bu o`quvchilarda so`zlarni ma`no jihatidan moslashtirish ko`nikmasini shakllantiradi. Gaplardagi harf birikmasini belgilash esa o`quvchilarda harf birikmalarini farqlay olishni o`rgatadi. 3-savolga javob topamiz. Yon qo`shni-jon qo`shni. Bir bolaga yeti mahalla ota-ona. Avval o`yla keyin so`yla. Do`st yomon kuningda bilinadi. Qo`shning tinch, sen tinch. Bu mashg`ulot orqali o`quvchilar harflardan foydalanib so`zlar hosil qilishni va bu so`zlardan gaplar tuzishni o`rganishadi natijada o`zbek xalq maqollari kelib chiqadi. O`zbek xalq maqollari o`quvchilarda axloqiy tarbiyani shakllantiradi, milliy 12 https://www.asr-conference.com/ I SHO‘BA: Sifatli ta’lim – barqaror taraqqiyot kafolati: xorijiy tajriba va mahalliy amaliyot qadryatlarni singdiradi, aqliy tafakkurini boyitadi va nutq boyligini oshirishga yordam beradi. XULOSA Xulosa qilib aytganda o`quvchilarning bilim salohiyatini takomillashtirishni bog`cha va boshlang`ich sinfdan boshlashimiz lozim va shunday bo`lmoqda . Ona tili fanidagidagi mashqlarni milliy ruhda va zamonaviy raqamli texnologiyalar orqali olib borilsa maqsadga muvofiq bo`ladi. Ona tili darsini zamonaviy axborot texnologiyalari asosida tashkil etish – bu darsni qiziqarli, intiraktiv va samarali o`tishning eng yaxshi usullaridan biridir. Bunday yondoshuvlar o`quvchilarning nutq madaniyatini, tafakkurini va ijodiy fikrlash qobiliyatini rivojlantiradi. Shuningdek, zamonaviy hayotda axborot texnologiyalaridan to`g`ri foydalanishni o`rganadilar. FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR 1. A`zam Xoliqov “Pedagogik mahorat”darslik 2025249-b 2. Karima Qosimova, Safo Matjonov, Xolida G`ulomova, Sharofat Yo`ldosheva, Sharifjon Sariyev “Ona tili o`qitish metodikasi” darslik 2009212-b. 3. “Ta`limdagi xalqaro tadqiqotlarning yangi O`zbekiston taraqqiyotidagi o`rni” mavzusidagi xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya ilmiy ishlar to`plami 2024-47-b 4. “Flippity” platformasi.