scieee AI-readable full text Open interactive document viewer

MASSOFAVIY TA'LIMGA BO'LGAN MUNOSABATNI SHAKLLANTIRUVCHI OMILLAR

Atajanova Gulshoda Ikromjon qizi

Abstract

Ushbu maqolada masofaviy ta’lim va masofaviy ta’limning qo’llash usullari yaratish texnologiyalari ta’lim soxalarida tashklillashtirish tamoyillari keltirilgan hamda Informatika fanini o’rgatish bo’yicha uslubiy qo’llanmalar, unga tegishli bo’lgan xulosalar va natijalar olingan.

Full text

VOLUME-3, ISSUE-10 28 MASSOFAVIY TA’LIMGA BO’LGAN MUNOSABATNI SHAKLLANTIRUVCHI OMILLAR Atajanova Gulshoda Ikromjon qizi Qo’qon Universiteti Andijon filliali Masofaviy ta’lim Psixologiya yo’nalishi 1-kurs talabasi telefon:+998 90 768 86 92 Xalimjonov Abduqunduz Rahimjon o’gli “Kompyuter Injinirining va raqamli texnologiyalar “kafedrasi o’qituvchisi Qo’qon universiteti Andijon filiali Email:[email protected] Annotatsiya: Ushbu maqolada masofaviy ta’lim va masofaviy ta’limning qo’llash usullari yaratish texnologiyalari ta’lim soxalarida tashklillashtirish tamoyillari keltirilgan hamda Informatika fanini o’rgatish bo’yicha uslubiy qo’llanmalar, unga tegishli bo’lgan xulosalar va natijalar olingan. Kalit so’zlar: Masofadan o’qitish, masofaviy ta’lim, masofaviy ta’lim texnologiyasi, interfaol metodlar, interfaol texnologiyalar KIRISH Masofadan o‘qitish kunduzgi va mustaqil ta’lim olish, shu bilan bir qatorda o‘qitish jarayonida kompyuter va telekommunikatsiya texnologiyalariga asoslangan eng yaxshi odatdagi va inovatsion (yangi zamonaviy) o‘qitish uslublaridan foydalanuvchi ta’lim olish turidir. Ma’lum maqsadga qaratilgan va nazorat qilib turiladigan jadal mustaqil ish masofadan o‘qitish ta’lim jarayonining asosini tashkil qiladi. Bunda o‘quvchi maxsus o‘qitish vositalari majmuiga va o‘qituvchi bilan telefon, faks, oddiy pochta, elektron pochta orqali bog‘lanish imkoniyatlariga ega bo‘lgan holda o‘ziga qulay bo‘lgan joyda shaxsiy reja bo‘yicha o‘qiydi. Massofaviy ta’lim O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 28-yanvardagi PF-60-son Farmoni bilan tasdiqlangan 2022 — 2026-yillarga mo‘ljallangan Yangi O‘zbekistonning taraqqiyot strategiyasini “Inson qadrini ulug‘lash va faol mahalla yili”da amalga oshirishga oid davlat dasturida belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlash, shuningdek, axborot-kommunikatsiya texnologiyalari imkoniyatlaridan sohada samarali foydalanish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi: 1. Quyidagilarni nazarda tutuvchi Oliy ta’lim tashkilotlarida masofaviy ta’limni tashkil etish tartibi to‘g‘risidagi nizom ilovaga muvofiq tasdiqlansin: axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalanish asosida talabaning turar joyidan qat’i nazar, unga ta’lim dasturlarini o‘zlashtirish uchun imkoniyat taqdim etish; VOLUME-3, ISSUE-10 29 Masofaviy ta’lim shakli joriy etish mumkin bo‘lmagan bakalavriat ta’lim yo‘nalishlari va magistratura mutaxassisliklarini Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi tomonidan belgilash; Masofaviy ta’lim bo‘yicha qabul parametrlarini davlat oliy ta’lim muassasalarida Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi hamda Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi bilan kelishilgan holda bo‘ysunuvi bo‘yicha tegishli vazirlik (idora), moliyaviy mustaqillik berilgan davlat oliy ta’lim muassasalarida tegishli oliy ta’lim muassasasining Kuzatuv kengashi, nodavlat oliy ta’lim tashkilotlarida nodavlat oliy ta’lim tashkiloti muassisi tomonidan belgilangan tartibda tasdiqlash hamda ta’lim jarayonini to‘lov-kontrakt asosida amalga oshirish; Masofaviy ta’limning turlari Masofaviy ta’lim bir necha turlarga bo‘linadi: sinxron, asinxron va aralash ta’lim. Sinxron ta’lim real vaqtda o‘qituvchi va o‘quvchilarning onlayn uchrashuvini o‘z ichiga oladi. Masalan, videokonferensiya orqali darslar sinxron ta’limdir. Asinxron ta’lim o‘quvchilarning oldindan yozib olingan materiallar bilan mustaqil ishlashini anglatadi. Videodarslar, elektron kitoblar va testlar asinxron ta’limning misollaridir. Bu o‘quvchilarga o‘z tezligida o‘qish imkonini beradi. Aralash ta’lim sinxron va asinxron usullarni birlashtiradi. Masalan, o‘quvchilar haftada bir marta onlayn darsda ishtirok etib, qolgan vaqtda mustaqil ishlaydi. Bu usul moslashuvchanlik va tizimlilikni ta’minlaydi. Har bir tur o‘z afzalliklariga ega. Sinxron ta’lim o‘zaro muloqotni kuchaytirsa, asinxron ta’lim vaqt erkinligini beradi. Ta’lim muassasasi maqsadlariga qarab usul tanlaydi. Masofaviy ta’lim texnologiyalari Masofaviy ta’lim zamonaviy texnologiyalarga tayanadi. Videodarslar, onlayn platformalar va mobil ilovalar o‘quv jarayonini ta’minlaydi. Bu vositalar orqali o‘qish osonlashadi. Bulutli texnologiyalar materiallarni saqlash va ulashishni qulaylashtiradi. Talabalar istalgan vaqtda dars materiallariga kira oladi. Bu mustaqil o‘rganishni qo‘llab-quvvatlaydi. Sun’iy intellekt o‘quvchilarga individual yondashuv yaratadi. Platformalar o‘rganish darajasiga mos tavsiyalar beradi. Bu bilimni chuqurlashtirishga yordam beradi. Virtual va kengaytirilgan reallik darslarni interaktiv qiladi. Talabalar mavzularni amaliy ko‘rib chiqish imkoniga ega bo‘ladi. Bu usullar o‘quv jarayonini yanada qiziqarli qiladi. Masofaviy ta’limning afzalliklari Masofaviy ta’limning asosiy afzalligi uning moslashuvchanligidir. O‘quvchilar o‘z vaqtlarini mustaqil rejalashtirib, istalgan joydan o‘qishi mumkin. Bu ishlaydigan talabalar uchun qulaydir. Masofaviy ta’lim ta’lim resurslariga keng kirish imkonini beradi. Onlayn platformalarda minglab kurslar va materiallar mavjud. Bu o‘quvchilarga xilma-xil bilim olishga yordam beradi. Masofaviy ta’lim xarajatlarni kamaytiradi. O‘quvchilar transport yoki yoto_=O‘quvchilar sayohat va turar joy xarajatlarni tejaydi. Shu sababli, masofaviy ta’lim iqtisodiy jihatdan foydali. Masofaviy ta’lim global ta’limni rivojlantiradi. U turli mamlakatlardan talabalarni bir platformada birlashtiradi. Bu xalqaro hamkorlikni kuchaytiradi. Masofadan o‘qitish tizimlari Mamlakatimiz ta’lim tizimida sezilarli o‘zgarishlar ro‘y berayotgan bugungi kunda, turli ta’lim shakllari qatori ayniqsa, masofadan o‘qitish keng qo‘llanilayotganligi ham quvonchli hol. VOLUME-3, ISSUE-10 30 Ko‘pchilik intеrnеtdan faqatgina yangiliklar bilan tanishish, axborot qidirish, elеktron pochtadan foydalanish yoki gap sotish uchun foydalanishi hech birimizga sir emas. Intеrnеtning imkoniyatlari kundan - kunga oshib bormoqda. Bunga misol qilib: masofadan o‘qitish, elеktron kutubxonalar, tеlеmеditsina, tеlеmеtrologiya, elеktron tadbirkorlik, elеktron magazinlar va boshqa sohalarni aytishimiz mumkin. Quyida biz ushbu tеxnologiyalarning qisqacha, lеkin asosiy bo‘lgan tavsiflarini kеltiramiz. Bugungi kunda taraqqiyot juda tеz rivojlanmoqda va o‘zgarmoqda. Dеyarli har daqiqada sayyoramizning turli burchaklarida o‘zgarishlar, yangilanishlar va kutilmagan voqеa hodisalar sodir bo‘lmoqda. Har bir kunimiz kuchli yangilik oqimi ostida kеchmoqda. Axborot oqimi bizni har joyda, uyda, ishxona va hattoki ta’tilda ham ta’qib etadi. Inson axborot ta’siridan holi normal faoliyat yurita olmaydi. Hayotni anglash, uni o‘rganish axborotlarni yig‘ish va o‘zlashtirish orqali kеchadi. Insonning bilimlilik darajasi ham ma’lum davr ichida shaxs tomonidan o‘zlashtirilgan axborotlarning ko‘p yoki ozligi bilan bеlgilanadi. Shuning uchun zamonaviy bilimlar sari kеng yo‘l ochish ta’limotni takomillashtirishda yangi axborot tеxnologiyalardan unumli foydalanish bugungi kunning talabiga aylandi, desak mubolag’a bo‘lmaydi. Vaholanki, ta'lim tizimida sеzilarli o‘zgarishlar ro‘y bеrmoqda. Ta’lim tizimida masofadan o‘qitish uslubi shakllari qo‘llanilmoqda. Masofaviy ta’lim uslubi bu sirtqi o‘qishning yangi shakli va mustaqil o‘qishdir. Bu insonning mustaqil fikrlash, holatni baholash, xulosa va bashorat qilish qobiliyatlarini rivojlantiradi. Masofadan turib yoki odatdagidek sinfxonalarida ta’lim olish - bu ko‘plab abituriyentlarni qiynayotgan savol. Ko‘pincha o‘quvchilar masofaviy ta’lim olishni tanlashdan qo‘rqishadi, chunki ular ushbu ta’lim usulining ijobiy va salbiy tomonlariga aniqlik kiritmaydilar. Agar siz shu tartibda bilim olishni xohlasangiz, masofaviy bilim olishning afzalliklari va kamchiliklarini tushunib olishingiz lozim. Masofaviy ta’lim bir qator muhim afzalliklarga ega: • moslashuvchanlik: o‘quvchilar o‘zlariga mos vaqtda va qulay joyda ta’lim olishlari mumkin; • masofa: o‘quvchilar masofa jihatidan cheklanmaydilar va yashash joyidan qat’i nazar, o‘qish imkoniyatiga egalar; • tejamkorlik: transport xarajatlarini kamaytirish imkoniyati bor. Masofaviy ta’limdan nazariy bilimlar qo‘shimcha kuch talab qilmaydi va o‘quv mashqlari bilan uzviy bog‘langan holda o‘zlashtiriladi. Nazariy va amaliy ko‘nikmalarni shakllantirish materiallarni muntazam o‘rganish va dinamik asosda audio va video media orqali tinglash va takrorlash mashqlari orqali amalga oshiriladi. Masofaviy ta’limning quyidagi shakllari bor: Chat darslari — chat texnologiyalari yordamida olib boriladigan o‘quv mashg‘ulotlari. Chat darslari sinxron ravishda o‘tkaziladi, ya’ni, barcha ishtirokchilar bir vaqtning o‘zida suhbatga VOLUME-3, ISSUE-10 31 kirish imkoniga ega. Masofaviy ta’limdan foydalanadigan ko‘plab ta’lim muassasalarida o‘qituvchilar va talabalar uchun chatlar mavjud. Internetga-darslar — onlayn konferensiyalar, seminarlar, biznes o‘yinlar, laboratoriya ishlari, mahorat darslari va boshqa turdagi o‘qitish turlari telekommunikatsiya va internet tarmog‘ining boshqa funksiyalari yordamidagi masofaviy darslarni o‘z ichiga oladi. Veb-sinflar uchun maxsus veb-forumlari — ma’lum bir mavzu bo‘yicha maxsus saytlarda qoldirilgan xabarlardan foydalangan holda foydalanuvchi bilan ishlash shakli. Veb-forumlar chat sessiyalaridan uzoq vaqt davomida (ko‘p kunlik) ishlash imkoniyati mavjudligi, talabalar va o‘qituvchilar o‘rtasidagi o‘zaro ta’limda asinxronlik (bir vaqtda birga ishlay olmaslik) xarakteri borligiga ko‘ra farqlanadi. Telekonferensiya — elektron pochtadan foydalangan holda havola yuborish asosida o‘tkaziladi. Shuningdek, masofaviy ta’limning o‘quv materiallari hududlardagi pochtalarga yuboriladigan shakli ham majvud. Bunday tizimning asosida "tabiiy o‘rganish jarayoni" deb nomlangan o‘qitish usuli yotadi. Masofaviy ta’limning kamchiliklari Masofaviy ta’limning ba’zi kamchiliklari ham mavjud. O‘quvchilar o‘z-o‘zini tartibga solishda qiynalishi mumkin. Mustaqil o‘qish intizom talab qiladi. Texnik muammolar ta’lim jarayoniga xalaqit berishi mumkin. Internet aloqasi yoki qurilma nosozliklari dars sifatiga ta’sir qiladi. Bu muammo ayniqsa qishloq joylarda keng tarqalgan. Masofaviy ta’limda ijtimoiy muloqot cheklangan. Talabalar o‘qituvchi va sinfdoshlari bilan kam muloqot qiladi. Bu ularning ijtimoiy ko‘nikmalariga ta’sir qilishi mumkin. Masofaviy ta’lim sifatini baholash qiyin bo‘lishi mumkin. Onlayn testlar va vazifalar adolatli baholanmasligi mumkin. Bu ta’lim sifatiga shubha uyg‘otadi. Chalg‘ish ehtimoli yuqori. Yuzma-yuz muloqot qilish uchun o‘qituvchilar va kutilayotgan topshiriqlar haqida doimiy ravishda eslatuvchi kursdoshlar yo‘q. Agar talaba masofaviy o‘qitish kursini muvaffaqiyatli yakunlamoqchi bo‘lsa, o‘zini g’ayratli va diqqatli qilishi kerak; Tarmoqdan ayrilish. Onlayn bilim olishning eng katta dushmani bu internet provayderlarining sekin ishlashi yoki aloqa uzilib qolishi. Bu vaziyatda talabaning ta’lim olishga bo‘lgan intilishi so‘nishi yoki asabiylashishiga olib keladi. • Internetga kirish imkoniyati: Ko‘pgina chekka hududlarda sifatli internet mavjud emas. Bu masofaviy ta'limga qo‘shilishni qiyinlashtiradi va ta'lim olish imkoniyatini cheklaydi. • Qimmat jihozlar: Kompyuter, planshet yoki smartfon kabi texnologik vositalar ko‘p oilalar uchun moliyaviy yuk bo‘lishi mumkin. Ayniqsa, ko‘p bolali oilalarda bitta qurilma yetarli emas. • Texnik bilimlarning yetishmasligi: Ba'zi talabalar va o‘qituvchilar VOLUME-3, ISSUE-10 32 texnologiyalardan foydalanishda yetarli bilim va ko‘nikmaga ega emaslar. Ijtimoiy muloqotning yetishmasligi. An'anaviy ta'lim o‘quvchilarga do‘stlari va o‘qituvchilari bilan jonli muloqot qilish imkonini beradi. Masofaviy ta'lim esa bu imkoniyatni cheklaydi. Bu quyidagilarga olib kelishi mumkin: • Motivatsiya pasayishi: O‘quvchilar o‘zlarini ta'lim jarayonidan uzoqroq his qilishi va darslarga qiziqish yo‘qolishi mumkin. • Jamoaviy ishlash ko‘nikmalarining rivojlanmasligi: Talabalar guruhda ishlash va muhokama yuritish imkoniyatlaridan mahrum bo‘lishadi. • Yolg‘izlik hissi: Ayniqsa yosh bolalar uchun psixologik salomatlikka ta'sir ko‘rsatishi mumkin. O‘quv jarayonini nazorat qilish qiyinchiliklari. Masofaviy ta'limda o‘qituvchi o‘quvchilarning bilim olish jarayonini to‘liq nazorat qila olmaydi. Bu quyidagi muammolarga olib keladi: • Uyda chalg‘ituvchi omillar: Talabalar dars paytida oila a'zolari, telefon yoki boshqa chalg‘ituvchi omillar bilan mashg‘ul bo‘lishi mumkin. • Adolatli baholash muammosi: Onlayn testlar va imtihonlar davomida talabalar mustaqil ishlamasligi ehtimoli yuqori. • Darsga jalb qilish qiyinligi: Ayniqsa yosh o‘quvchilarni darsga jalb qilish qiyinlashadi. • Texnik nosozliklar. Masofaviy ta'lim texnik nosozliklar tufayli ko‘pincha qiyinchiliklarni keltirib chiqaradi. Bu quyidagilarni o‘z ichiga oladi: • Internet aloqasining uzilishi: Past sifatli yoki barqaror bo‘lmagan internet sababli darslar to‘xtab qolishi mumkin. • Kompyuter yoki dasturiy ta'minotdagi muammolar: O‘qituvchilar va talabalar dasturiy xatoliklar, platformalarning noto‘g‘ri ishlashi kabi texnik muammolarga duch kelishadi. O‘qituvchilarning moslashishdagi qiyinchiliklari. Masofaviy ta'limda muvaffaqiyatli ishlash uchun o‘qituvchilar yangi ko‘nikmalarni o‘zlashtirishi zarur: Korrespondentlik ta'limi. Korrespondentlik ta'limi. T'yutorlar(Ta'lim beruvchi) va ta'lim oluvchilar orasidagi o'zaro faoliyat to'lig'icha pochta orqali yozishmalar vositasida o'tadi. Bu usuldan hozirgi kunda deyarli foydalanilmaydi, lekin imkoniyati cheklangan o'quvchilarni sog'lom o'quvchilar bilan birgalikda o'qishini tashkil etish maqsadida foydalanish maqsadga muvofiq. Keysli o'qitish. Bu texnologiyada o'quv-metodik materiallar maxsus to'plam “keys” ko'rinishida ta'lim oluvchiga mustaqil o'rganish uchun beriladi va unga t'yutor tomonidan vaqti-vaqti bilan maslahatlar berib, o'zlashtirilgan bilim, ko'nikma va malakalar belgilangan jadval asosida nazorat qilib boriladi. Turiga qarab 1 oydan 6 oygacha bajaradigan keyslar bo'lishi mumkin. Televizion o'qitish. Ta'lim jarayonini tashkil qilish uchun radiotranslyatsiya tarmoqlari va televideniening quvvatlari, imkoniyatlari va resurs potentsialidan foydalanish orqali masofadan o'qitish nazarda tutiladi. Tarmoqli o'qitish. Tarmoqli texnologiya Global tarmoq orqali ta'lim oluvchilarni o'quv-metodik materiallar bilan ta'minlash hamda turli xil interfaol aloqalar vositasida t'yutor bilan ta'lim oluvchining o'zaro o'quv faoliyatini tashkil VOLUME-3, ISSUE-10 33 etish orqali amalga oshiriladi. Bu bugungi kunda istiqboli porloq va rivojlanib borayotgan masofaviy o'qitish texnologiyasi hisoblanadi. Birinchi navbatda, Masofali tizimlarda ishlash uchun mumkin qadar shaxsiy komp'yuter yoki Noutbuk va Internet zarur. Xulosa Masofaviy ta’lim zamonaviy ta’lim tizimining muhim qismidir. U moslashuvchanlik, qulaylik va keng imkoniyatlar beradi. Masofaviy ta’lim ta’limni hamma uchun ochiq qiladi. Masofaviy ta’limni rivojlantirish texnologiya va intizom talab qiladi. U ta’lim sifatini oshirishga xizmat qiladi. Masofaviy ta’lim kelajakda yanada muhim bo‘ladi. Ushbu maqola masofaviy ta’limning mohiyati va ahamiyatini yoritdi. Endi siz uning turlari va ta’limdagi o‘rnini yaxshiroq tushunasiz. Masofaviy ta’limdan foydalanib, bilim oling va rivojlaning. Shunga qaramay, universitet ma'muriyati va ilmiy xodimlar tomonidan takomillashtirish va biroz fidoyilik talab etiladi. Agar ilovalar va platformalar o'z imkoniyatlaridan to'liq foydalanilsa, darslarning samaradorligi sezilarli darajada oshadi. Foydalangan Adbiyotlar 1. Akhmedov, B. A., Makhkamova, M. U., Aydarov, E. B., Rizayev, O. B. 2.(2020). Trends in the use of the pedagogical cluster to improve the quality of information technology lessons. Экономика и социум, 12(79). Akhmedov, B. A., Majidov, J. M., Narimbetova, Z. A., Kuralov, Yu. A. 3.(2020). Active, interactive and distance forms of the cluster method of learning in development of higher education. Экономика и социум, 12(79). Akhmedov, B. A., Eshnazarova, M. Yu., Rustamov, U. R., Xudoyberdiyev, 4.R. F. (2020). Cluster method of using mobile applications in the education process. Экономика и социум, 12(79). 5.Akhmedov, B. A., Kuchkarov, Sh. F., (2020). CLUSTER METHODS OF LEARNING ENGLISH USING INFORMATION TECHNOLOGY. SCIENTIFIC PROGRESS, 1(2), 40-43. 6.Zamonaviy axborot texnologiyalari.Zahidova M.F 7.O’zbekiston Respublikasining “ta’lim to’g’risidagi qonuni.” O’zbekiston taraqqiyotining poydevori-T.sharq.Ahmedova.A (2020).