9 https://www.asr-conference.com/ I SHO‘BA: Sifatli ta’lim – barqaror taraqqiyot kafolati: xorijiy tajriba va mahalliy amaliyot MAKTAB YOSHIDAGI BOLALAR IJODIY FAOLIYATLARINING RIVOJLANISHIDA INTEGRATSION MUSIQA DARSINING AHAMIYATI Muallif: Rizayeva Feruza Farxod qizi 1 Affiliyatsiya: Xalqaro Nordik universiteti 2-bosqich magistranti 1 DOI: https://doi.org/10.5281/zenodo.17325979 ANNOTATSIYA Mazkur maqolada maktab yoshidagi bolalarning ijodiy faoliyatlarini shakllantirish va rivojlantirishda integratsion yondashuv asosida tashkil etilgan musiqa darslarining oʻrni ochib berilgan. Tadqiqotda musiqa fanining boshqa fanlar bilan uygʻunlashuvi orqali bolalarda estetik did, musiqiy savodxonlik, emotsional sezgirlik va ijodiy fikrlash kabi kompetensiyalarni rivojlantirish imkoniyatlari tahlil qilingan. Muallif integratsion musiqa darslari nafaqat musiqiy koʻnikmalarni shakllantirish, balki oʻquvchilarda madaniy merosga hurmat, jamoaviylik, va individual ijodiy ifoda kabi ijtimoiy-psixologik xususiyatlarni rivojlantirishda muhim vosita ekanligini asoslab beradi. Maqola tajriba natijalari, pedagogik kuzatishlar va ilgʻor xorijiy amaliyotlarga tayangan holda yozilgan . Kalit so‘zlar: integratsion yondashuv, musiqa darsi, ijodiy faoliyat, maktab yoshidagi bolalar, estetik tarbiya, fanlararo integratsiya, musiqiy rivojlanish, emotsional intellekt. Zamonaviy ta’lim jarayonida oʻquvchilar shaxsini har tomonlama rivojlantirish, ularning ijodiy salohiyatini yuzaga chiqarish eng muhim vazifalardan biridir. Ayniqsa, maktab yoshidagi bolalarda estetik dunyoqarash, musiqiy did va emotsional sezuvchanlikni rivojlantirishda musiqa darslari muhim ahamiyat kasb etadi. Bugungi kunda integratsion yondashuv asosida tashkil etilgan musiqa darslari nafaqat oʻquvchining musiqiy rivojlanishiga, balki uning umumiy ijodiy faoliyatiga ijobiy ta’sir koʻrsatmoqda. Musiqa darsida oʻquv jarayonini tashkil etishda, avvalo, oʻqituvchi hissiy (psixologik) atmosferaga ta’sir oʻtkazishi kerak. Yangi mavzuni zavq bilan oʻtishi, ,,oʻqituvchi-doʻst”, ,,oʻqituvchi-hamkor” formulasi orqali darsda ijodiy muhit yaratish eng samarali yoʻldir. Dars yakuniga qadar oʻqituvchi faqatgina oʻzi soʻzlashi, oʻquvchilarni muloqotga undamasligi aslo mumkin emas. Oʻqituvchi oʻzi berayotgan yangi ma’lumotga oʻquvchilardan qoʻshimcha ma’lumot ham talab etishi kerak. Chunki bugungi davr oʻquvchilari uzluksiz internet tarmogʻi orqali koʻplab yangiliklardan xabardor boʻlib turadi. Hayotimizni musiqasiz tasavvur etolmaymiz. Ammo beixtiyor oʻz istaklarimizga koʻra ularni tanlaymiz. Masalan, bolalarni klassika bilan tanishtirish, ularda bu janrga muhabbat uygʻotish va konsert zallarida tinglash mumkin boʻlgan musiqa ekanligini tushuntirish mumkin. Bunda klassik, pop, rok janrlarining tarkibiy qismini aks ettiradigan asarlarni tanlashimiz samara beradi. Ushbu uslublar yordamida bolalar oʻzlarining ruhiga yaqin ritmlar orqali mumtoz musiqa bilan tanishadi. 1 1 BOSHLANG’ICH SINFLARDA MUSIQA MADANIYATI DARSLARIDA INNOVATSION TEXNOLOGIYALARDAN FOYDALANISH Astanova Durdona Navoiy Davlat Pedagogika Instituti “Musiqa ta’limi” yo‘nalishi 3-kurs talabasi “RAQAMLI TRANSFORMATSIYA DAVRIDA PEDAGOGIK TA’LIMNI RIVOJLANTIRISH ISTIQBOLLARI”
10 https://www.asr-conference.com/ I SHO‘BA: Sifatli ta’lim – barqaror taraqqiyot kafolati: xorijiy tajriba va mahalliy amaliyot Pedagogik faoliyatning maqsadi jamiyat tomonidan belgilanadi, ya’ni pedagogik faoliyatning natijasi jamiyat manfaatlari bilan bogʻliqdir. Pedagogik faoliyat avlodning ijtimoiy uzviyligi (ketma-ketligi)ni taʼminlaydi. Pedagog oʻz faoliyati maqsadini va unga erishish yoʻllarini aniq tasavvur qilishi hamda bu maqsadga erishish oʻquvchilar uchun ham ahamiyatli ekanligini ularga anglata olishi zarur. Gyote ta’kidlaganidek: ,,Ishonch bilan gapir, ana shunda soz ham, tinglovchilarni mahliyo qilish ham oʻz-oʻzidan kelaveradi”. Shunday qilib, pedagogik faoliyat maqsadining oʻziga xosligi oʻqituvchidan quyidagilarni talab qiladi: - jamiyatning ijtimoiy vazifalarini toʻla anglab, oʻz shaxsiga qabul qilishi. Jamiyat maqsadlarining ,,oʻsib”, uning pedagogik nuqtai nazariga aylanishi; - muayyan harakat va vazifalarga ijodiy yondashishi; - oʻquvchilar qiziqishlarini e’tiborga olish, ularni pedagogik faoliyatning belgilangan maqsadlariga aylantirish. Integratsion yondashuvning mohiyati. Integratsion yondashuv — bu bir nechta fanlarni oʻzaro bogʻliq holda, yagona maqsad sari yoʻnaltirib, oʻquvchilarda koʻp qirrali kompetensiyalarni shakllantirishga xizmat qiluvchi pedagogik uslubdir. Musiqa darslarida adabiyot, tasviriy san’at, tarix, geografiya kabi fanlar bilan integratsiya qilish orqali oʻquvchilar mavzularni chuqurroq anglaydilar va ular oʻz musiqiy tajribasini boshqa fanlar bilan bogʻlab, ijodiy ifodalay boshlaydilar. Maktab yoshidagi bolalarning xususiyatlari. Maktab yoshidagi bolalar (7–11 yosh) emotsional jihatdan faol, obrazli fikrlash kuchli boʻlgan, eshitish va tasavvur qilish imkoniyatlari yuqori boʻlgan shaxslar hisoblanadi. Bu yoshda musiqiy materiallar orqali ularni oʻrganishga, obraz yaratishga va ijodiy ifodalashga yoʻnaltirish katta samaralar beradi. Aynan integratsion darslar ushbu yoshdagi bolalarning qiziqishlarini uygʻotadi, yangi gʻoyalarni mustaqil yaratishga undaydi. Ijodiy faoliyatni rivojlantirishda musiqa darsining oʻrni Musiqa darslari orqali oʻquvchilar quyidagi yoʻnalishlarda ijodiy faoliyat olib boradilar: • Musiqiy improvizatsiya: bolalar musiqa asboblarida erkin improvizatsiya qilish orqali oʻz fikrini ifodalaydi. • Qoʻshiq ijodi: oʻzlari she’r yozish, unga mos ohang tanlash yoki yaratish orqali musiqiy kompozitsiyalar yaratadilar. • Harakatli faoliyat: raqs, ritmik harakatlar orqali musiqiy obrazni jonlantirish, oʻziga xos sahna chiqishlarini tayyorlash. • Fanlararo loyihalar: musiqa bilan bogʻliq ilmiy-ijodiy ishlar, sahna koʻrinishlari yoki integratsion loyiha ishlarini amalga oshirish. Ilgʻor tajribalar asosida xulosalar Tadqiqotlar shuni koʻrsatadiki, integratsion musiqa darslari orqali oʻquvchilar: • musiqiy madaniyatga chuqurroq kirib boradilar; • oʻz fikrlarini erkin va estetik ifodalashni oʻrganadilar; • boshqa fanlarga nisbatan ham qiziqishi ortadi; • ijodiy fikrlash, muammoni hal qilish, estetik baholash kabi koʻnikmalarga ega boʻladilar. Xususan, tajriba darslari asosida aniqlanishicha, integratsiyalashgan musiqa darslarida qatnashgan oʻquvchilarning 78 foizi ijodiy faoliyatga faolroq jalb boʻlgan. Musiqaning madaniy hayotda tutgan oʻrni muhim boʻlib, musiqiy taʼlim tarbiyani amalga oshirishda uning bosh maqsad va vazifalarini toʻliq anglab mashgʻulotlarni samarali tashkil etish, oʻqituvchining dolzarb vazifalaridandir. Musiqa
11 https://www.asr-conference.com/ I SHO‘BA: Sifatli ta’lim – barqaror taraqqiyot kafolati: xorijiy tajriba va mahalliy amaliyot pedagogikasi, uslubiy va moddiy taʼminot, musiqa folklori, iqtidori cheklangan bolalar, vorislik qilish, spetsifik xususiyatlar, aralash dars, faol, emotsional taʼsir, ruhiy taʼsir, taʼlim-tarbiya kontseptsiyasi, pedagogik tafakkur egasi, badiiy ehtiyoj, badiiy baholash, kuyning oʻzgarmas va oʻzgaruvchan qaytarilishi, notaga qarab kuylash. Musiqa madaniyati oʻquv predmeti oʻquvchilarning maʼnaviy, badiiy va axloqiy madaniyatini shakllantirishga, milliy gʻurur va vatanparvarlik tarbiyasini amalga oshirishga mahorat, nafosat, badiiy didni oʻstirishga, fikr doirasini kengaytirishga, mustaqillik va tashabbuskorlikni tarbiyalashga xizmat qiladi. Musiqa madaniyati oʻquv fani umumiy taʼlim maktablarida oʻqitiladigan barcha oʻquv fanlari, jumladan adabiyot, tasviriy sanʼat, jismoniy tarbiya, mehnat va boshqa fanlar bilan bogʻlanadi. Hozirgi zamon musiqa muallimi yuksak madaniyatli, oʻz kasbiga cheksiz sadoqat, ilgʻor pedagogik tafakkur egasi boʻlmogʻi lozim. U oʻzining uzluksiz kasbiy madaniy rivojlantirish qobiliyatiga ega boʻlishi shart. U musiqa, nafosat, pedagogika va psixologiya-fiziologiya fanlaridan, xususan, musiqa oʻqitish uslubiyotidan kompleks tarzda chuqur bilim va malakalar egasi boʻlmogʻi darkor. Ayniqsa, musiqa oʻqituvchisi ixtisosida zarur meʼyorda cholgʻuchilik, xonandalik, xor dirijerligi va musiqa nazariyotchiligi sifatlari mujassam boʻlmogʻi lozim. U milliy musiqa hamda oʻzbek adabiy tilini mukammal bilmogʻi, umumbashariy musiqa madaniyatidan, kundalik musiqiy-madaniy hayotdan voqif boʻlishi shart. Musiqa muallimi pedagogik muloqot ustasi boʻlishi, har qanday vaziyatda ham pedagogik taʼsir usullaridan unumli foydalanish qobiliyatiga ega boʻlmogʻi lozim. 2 Oʻqituvchining yuksak pedagogik mahorati, bilim darajasi shubhasiz ta`lim– tarbiyaning muhim omillaridan biridir. Pedagogik mahorati yuqori, tajribali o`qituvchi darsni shunchaki bayon qilib bermaydi. Buni musiqa darslari misolida izohlaydigan bo`lsak, o`qituvchi avvalo o`zining so`z mahorati, cholg`u asbobida chalish, qo`shiq kuylash, turli ko`rgazmali, texnik vositalardan foydalanishi darsni qiziqarli va mazmunli kechishida katta rol o`ynaydi. FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR 1. Sh.M.Mirziyoyev. Buyuk kelajagimizni mard va oliyjanob xalqimiz bilan quraylik. – T.: “Oʻzbekiston”, 2017. 2. Ishmuxamedov R.J. Innovatsion texnologiyalar yordamida ta’lim samaradorligini oshirish yoʻllari. T.2004. 3. .L.B.Umurzoqova “Роль музыкального образования развитии личности” 2022. 4. Abralova M, Soliyeva D. Musiqa. Oʻqituvchilar uchun metodik qoʻllanma. Toshkent, Gʻ. Gʻulom nomidagi nashriyot – matbaa ijodiy uyi, 2008 – yil. 5. Qoraboyev U. Oʻzbek xalq oʻyinlari. – Toshkent, “San’at” – 2001-yil. 6. Qodirov R.Boshlangʻich maktabda koʻp ovozli kuylash. – Toshkent, “Gʻ. Gʻulom.” Nomidagi adabiyot va san’at nashiryoti, 1997-yil. 7. Akrashina O.A. Методика музыкального воспитания в школе. Москва, Просвешение, 1983-yil. 8. Гулов, С. Н. (2018). РОЛЬ ЛИДЕРА НАЦИИ В РАЗВИТИИ ЭЛЕКТРОННЫХ СРЕДСТВ МАССОВОЙ ИНФОРМАЦИИ. Вестник Таджикского национального университета. Серия филологических наук, (2), 256-259. 2 UMUMTA’LIM MAKTABLARIDA MUSIQA MADANIYATI DARSLARINI TASHKIL ETISHNING ASOSIY SHAKLLARI Sadritdin Niyozivich Gulov Buxoro davlat universiteti San’atshunoslik fakulteti Musiqa ta’limi kafedrasi o’qituvchisi
[email protected], «SCIENTIFIC PROGRESS» Scientific Journal ISSN: 2181-1601 ///// \\\\\ Volume: 1, ISSUE: 5