O'zbekistonda xizmat ko'rsatish sohalarining aholi faravonligi va iqtisodiy o'sishdagi roli
Abstract
Mazkur maqolada O’zbekistondagi xizmat ko’rsatish sohalarining iqtisodiy o’sishga, aholining bandligiga va ularning farovonlikka erishishidagi ahamiyati ko’rib chiqilgan. Mamlakatda xizmat ko’rsatish sohalarining rivojlanishi o’z navbatida aholining farovonligi va iqtisodiy rivojlanishga sabab bo’ladi. Hamda xizmatlar sohasini samarali rivojlantirishning o’ziga xos xususiyatlari tadqiq etilgan.
Full text
Vol.3 №10 (2025). October Journal of Effective innovativepublication.uz Learning and Sustainable Innovation 135 O’zbekistonda xizmat ko’rsatish sohalarining aholi faravonligi va iqtisodiy o’sishdagi roli Tursinbayev Azizbek Nabijon o’g’li Iqtisodiyot yo’nalishi talabasi Namangan davlat universiteti Namangan, O’zbekiston https://orcid.org/0009-0009-5300-9934 Annotatsiya: Mazkur maqolada O’zbekistondagi xizmat ko’rsatish sohalarining iqtisodiy o’sishga, aholining bandligiga va ularning farovonlikka erishishidagi ahamiyati ko’rib chiqilgan. Mamlakatda xizmat ko’rsatish sohalarining rivojlanishi o’z navbatida aholining farovonligi va iqtisodiy rivojlanishga sabab bo’ladi. Hamda xizmatlar sohasini samarali rivojlantirishning o’ziga xos xususiyatlari tadqiq etilgan. Kalit so’zlar: Aholi bandligi, iqtisodiy o’sish, aholi daromadlari, turizm, xizmat ko’rsatish sohalari va aholi farovonligi. Annotation: This article examines the importance of services in Uzbekistan in achieving economic growth, employment of the population and their well-being. The development of service sectors in the country in turn causes the well-being of the population and economic development. As well as the specifics of the effective development of the services sector are studied. Keywords: Population employment, economic growth, population income, tourism, service industries and population welfare. Аннотация: В данной статье рассматривается значение сфер услуг в Узбекистане для экономического роста, занятости населения и их достижения благосостояния. Развитие сферы услуг в стране, в свою очередь, способствует благосостоянию населения и экономическому развитию. Исследованы особенности эффективного развития сферы услуг. Ключевые слова: занятость, экономический рост, доходы населения, туризм, секторы услуг и благосостояние населения. Kirish Hozirgi statistik ma’lumotlarga e’tibor beradigan bo’lsak, O’zbekiston aholisi yiliga o’rtacha 2% dan o’sib kelmoqda. Bunday holat mamlakatda yaratilayotgan tovar va xizmatlarga nisbatan is’temolni oshishiga olib keladi. Aholining ehtiyojlarini maksimal darajada qondirish va hayot farovonligini oshirishda xizmatlar sohasi muhim ahamiyat kasb etishini ta’kidlashmiz darkor. Hozirgi raqobatli muhit sharoitida xizmat ko’rsatuvchi korxona yoki firmalarning
Vol.3 №10 (2025). October Journal of Effective innovativepublication.uz Learning and Sustainable Innovation 136 barqaror rivojlanishi va ularning aholi is’temolini qondirish maqsadida yaratayotgan moddiy ko’rinishdagi xizmatlari ya’ni mahsulotlarini sifatini va miqdorini doimiy bir xil darajada ushlab qolishlik hozirda asosiy muammolardan biri hisoblanib kelmoqda. Hozirgi vaqtda bu muammolarni hal etishga va aholining farovonligini oshishirish ko’plab amaliy ishlar olib borilmoqda. Shuningdek, xizmat ko’rsatish korxonlari faoliyatining samaradorligini oshirish, yaratilayotgan moddiy ne’matlar sifati, mehnat jarayonlari intensivligi va mehnat unumdorligini oshirish hamda iste’molchilarning talab va ehtiyojlarini to’liqroq qondirish bilan bog’liq masalalar hozirda bu sohada amalga oshirilishi kerak bo’lgan asosiy vazifalardan biri hisoblanmoqda. ADABIYOTLAR SHARHI Xizmat ko’rsatish sohalarini rivojlantirishga oid nazariy fikrlarni va sohaning ijtimoiyiqtisodiy ahamiyatini mahaliy va xorijiy olimlar: A. Marshall, F. Kotler Kostyukovskiy Y, Kotova L.R, M.Porter, J. Hampelman D.M.Keyns, Abdurahmanov K, S.S G’ulomovlarning o’z maqolalari va o’rganishlari natijasida chiqargargan xulosalarida ko’rishimiz mumkin. TADQIQOT METODLARI Maqolada ilmiy abstraksiyalash, sintez usullari shu bilan brigalikda qiyosiy va statistik tahlillardan foydalanilgan. TAHLIL VA NATIJALAR Hozirgi vaqtda, mamlakatimizning iqtisodiyotini rivojlantirish uchun iqtisodiyotning har bir tarmoqlarida islohotlar olib borilmoqda shu jumladan, xizmat ko’rsatish sohalarini yanada kuchaytirish uchun ko’plab chora va tadbirlar olib borilmoqda. O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh . Mirziyoyev xizmat ko’rsatish sohalarining keng qamrovligi, u nafaqat iqtisodiyotda balki, aholi hayotida muhim o’rin tutish, bu sohada yangi ish o’rinlarini kam xarajatlar bilan va tez muddatda tashkil eta olish va aholi daromadlarining real o’sishiga erisha olishligimiz haqida ta’kidlab o’tdilar. O’zbekistonda xizmatlar ko’rstatish sohasini 2021-2023-yillarga mo’ljallangan dastur asosida 2021-yilda xizmatlar ko’rsatish xajmini 20%ga oshirishga erishildi. Shu bilan birgalikda, 2022-yilda xizmat ko’rsatish sohalarini yaxshilagan va turli yangicha yondashuvlarni amalga oshirgan holda xizmatlar hajmini 1,5 baravarga oshirildi va 1.5 mln yangi ish o’rinlarini yaratish imkoniyatlari paydo bo’ldi. Xizmat ko’rsatish sohasi sohalar ichida o’ziga xosligi bilan ajralib turadi. Buning asosiy sababi shundaki, xizmat ko’rsatuvchi korxonalar va tashkilotlar va xizmat ko’rsatuvchi ishchi va xodimlar aholining moddiy, ma’naviy va ijtimoiy ehtiyojlarini katta qismini qondiradi.
Vol.3 №10 (2025). October Journal of Effective innovativepublication.uz Learning and Sustainable Innovation 137 Xizmat ko’rsatish sohasiga aniq berilgan ta’rif mavjud bo’lmagani uchun iqtisodchi olimlar tomonidan turlicha ta’riflar berilgan. Amerikalik iqtisodchi olim Flipp Kotler “Xizmatbir tomon boshqasiga taklif qilishi mumkin bo’lgan va asosan nomoddiy bo’lgan har qanday tadbir yoki foyda va ular hech narsaga egalik qilishga olib kelmaydi. Xizmatlarni ishlab chiqarish tovar bilan moddiy shaklga bog’liq bo’lishi yoki bo’lmaslig mumkin”, - deb tarif bergan. M. Porter va J. Happelmanning xizmat ko’rsatish sohalari hozirda yartilgan aqilli texnologiyalar ta’siri ostida “… yangi xizmatlar, yangi tarmoqlar va yangi vazifalar paydo bo’ladi va bu ko’proq insonlarga iqtisodiyotda o’z o’rnini topishga yordam beradi “,- deb o’z qarashlarini qayd etishgan 1 . Xizmat ko’rsatayotgan sanoat va korxonalar ilg’or fan-texnika yutuqlari asosida yaratilayotgan texnologiyalar ta’sirida ishlab chiqarayotgan tovar va xizmatlar miqdorini yanada oshirishga shu bilan bilan birgalikda korxonada mehnat unumdorligini oshirilishiga ham erishiladi. Buning natijasida ko’plab yangi ish o’rinlarini yaratish imkoniyatlari paydo bo’ladi. Bizning fikrimizcha, “Xizmat bu jamiyat a’zolarining, ya’ni, xizmat ko’rsatuvchi xodimlar va iste’molchilar o’rtasidagi iqtisodiy munosabat tushuniladiki, bunda birinchi tomon ikkinchi tomonning ma’naviy, ijtimoiy ehtiyojlari hamda iste’moli qondirish maqsadida amalga oshiradigan mehnat faoliyati asosida paydo bo’ladigan iqtisodiy munosabatdir”. Xizmat ko’rsatish sohalari iste’molchilarning cheksiz ehtiyojlarini qondirish maqsadida bajarilayotgan faoliyat turlarining majmuasidan iborat ekaligini ko’rishimiz mumkin. 1-rasm. Xizmatlarning tasnifiy belgilari bo’yicha guruhlari 2 1 Портер М., Хаппелманн Дж. Указ. соч. – С. 93 2 B.A. Ismailov, Xizmat ko’rsatish sohasi rivojlanishining ijtimoiy-iqtisodiy ahamiyati va tamoyillari.
Vol.3 №10 (2025). October Journal of Effective innovativepublication.uz Learning and Sustainable Innovation 138 Yuqorida aytib o’tilgan xizmatlarning belgilariga qo’shimcha ravishda AKT sohasini qo’shishimiz kerak. Hozirgi texnologik rivojlangan zamonda, axborotkommunikatsiya texnologiyalar sohasiga bo’lgan talab hozirda keskinlik bilan o’sib bormoqda. Bu sohada ko’plab xizmatlar yaratilmoqda, shunga qaramay bu sohada yaratilayotgan xizmatlarga talab o’sib bormoqda. Hozirda millionlab yangi ish o’rinlarini paydo bo’lishiga olib kelmoqda. 2015-yil O’zbekistonda AKT sohasida 33,4 ming kishi ishlagan bo’lsa, 2021-yilda bu ko’rsatkich 53,8mingga yetdi. O’sish sur’ati 161%ni ko’rsatmoqda 3 . Xizmat ko’rsatish sohalarini rivojlanishi iqtisodiyotni rivojlanishiga shu bilan birgalikda, jamiyatda yashovchi insonlarning iste’mol quvvatini ham ijobiy o’sishiga ta’sir ko’rsatadi. Bozor iqtisodiyoti sharoitida aholining farovonligini oshirish eng katta vazifa hisoblanadi. Aholining farovonligini oshirish maqsadida ularga iste’mol xizmatlari hamda ijtimoiy xizmatlar taqdim etilmoqda. Rivojlangan mamlakatlarning YaIM mahsulotga e’tibor beradigan bo’lsak, xizmat sohalari bu davlatlarning YaIMning eng katta ulushini tashkil qiladi. Bu ko’rsatkich rivojlangan mamlakatlarda 75 %ni rivojlanayotgan mamlakatlarda esa 55% ni tashkil etmoqda. Rivojlanayotgan mamlakatlarda xizmat ko’rsatish sohasida band bo’lgan aholi soni 45%yetdi. 3 AKT sohasining rivoji O‘zbekistondagi ishsizlik darajasiga qanday ta’sir ko‘rsatadi. Ekspert fikri
Vol.3 №10 (2025). October Journal of Effective innovativepublication.uz Learning and Sustainable Innovation 139 2023-yilning yanvar-iyun oylari yakunlariga ko’ra, O’zbekistonning yalpi ichki mahsulotida xizmtlar ulushi 44.1% dan 47,1% ga o’sdi. Hozirda mamlakatimida faoliyat yuritayotgan korxonalarning 70.4%i xizmatlar yaratish faoliyati bilan shug’ullanayotgan bo’lsa, aholining 55% dan ortiqroq qismi shu sohada faoliyat ko’rsatmoqda. 2-rasm Xizmatlar sohasining asosiy ko’rsatkichlari 4 Yuqoridagi grafa xizmatlar hajmini yillar mobaynida o’zgarish tendensiyalarini ko’rsatib bermoqda. Xizmatlar hajmi 2023-yilda 2019-yilga nisbatan deyarli 3 martaga o’sgan. 2023-yilda xizmatlar hajmi 18.2 % ga o’sgan keyingi yillarda ham xizmatlar hajmini o’sishini prognoz qilinmoqda. Hozirda xizmat sohasini rivojlantirish uchun hukumatimiz tomonidan turli xil imtiyozli kreditlar va subsiydalar berilmoqda. Shuningdek, moliya, transport, qurilish, turizm,AKT xizmtalari jadallik bilan rivojlanmoqda va ularning hajmi yil sayin ortib bormoqda shuningdek raqobat natijasida har xizmat korsatuvchi subyektlar tomonidan xizmatlar sifati ham oshib bormoqda bu esa o’z navbatida aholining farovon yashashi uchun xizmat qilmoqda. Xulosa Hozirgi bozor muhiti sharoitida, yaratilayotgan tovar va xizmatlarga bo’lgan talabni, aholining ehtiyojlarini o’rganishimiz natijasida aniqlay olamiz. Ya’ni, aholi ko’p talab qilayotgan xizmatlar hamda tovarlarni ishlab chiqarishimiz va yaratishimiz nafaqat uni yarayotgan subyektlar uchun ko’proq foyda olishiga balki iste’molchilarning ehtiyojlarini qondirish imkonini beradi va shu bilan birgalikda yanada ko’proq ish 4 Manba: daryo.uz sayti
Vol.3 №10 (2025). October Journal of Effective innovativepublication.uz Learning and Sustainable Innovation 140 o’rinlarini yaratilishiga imkon beradi. Kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni rivojlantirish bozorda yaratilgan tovar xizmatlar ulushini oshishiga olib keladi. Bu esa ko’plab mavjud bo’lgan iqtisodiy muammolarni yumshatishga yordam beradi. Ayniqsa, aholining bandlilik darajasi va farovonligi oshadi. Yaratilayotgan tovar va xizmatlarning va unga ketgan xarajatlarni oshirmagan holda sifati oshirishimiz bu tovar va xizmatlarga bo’lgan talabni o’sishiga olib keladi hamda bu xizmat ko’rsatuvchi korxona yoki shaxslarning bozorda qolgan raqobatchilaridan ustun bo’lishligini ta’minlaydi. Infratuzilmalarni yaxshilash, madaniy hordiq chiqaruvchi maskanlar soni oshirish va tarixiy obidalarni asrab-avaylash orqali nafaqat ichki balki, chet el mamlakatlaridan ham kirib keluvchi turistlar oqimini o’stirish imkoniyati paydo bo’ladi. Buning natijasida yaratilgan tovar va xizmatlarga nisbatan iste’mol oshadi.Bu esa mamlakatimizning YaIM hajmi o’shiga hamda iqtisodiyotimizning barqarorlashiga turki boladi. FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO’YXATI 1. F.Kotler. Основы маркетинга. Qo’llanma, 2007, 597 2. B.A. Ismailov Xizmat ko’rsatish sohasi rivojlanishining ijtimoiy-iqtisodiy ahamiyati va tamoyillari. Maqola.Oila, xotin-qizlar va ijtimoiy hayot 4/2022 81-94 betlar. ISSN 9874-4126 3. O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Oliy Majlisga Murojaatnomasi. Xalq so'zi, 2020 yil 30 dekabr, № 276 4. Портер М., Хаппелманн Дж. Указ. соч. – С. 93 5. Капелюшников Р. И. Технологический прогресс пожиратель рабочих мест?/ Р. И. Капелюшников // Вопросы экономики. 2017. № 11. С. 116. 6. Xizmat ko’rsatish sohasini rivojlantirish bo’yichaqo’shimcha chora tadbirlar. 22.04 .2021 vedio selektr https://president.uz/oz/lists/view/4300 7. World bank group. https://www.worldbank.org/en/country/uzbekistan/overview 8. Xizmat ko’rsatish sohasini rivojlantirish bo’yichaqo’shimcha chora tadbirlar. 22.04 .2021 vedio selektr https://president.uz/oz/lists/view/4300 9. Manba: stat.uz. 2023 10. Manba: daryo.uz internet sayti. https://daryo.uz/2023/09/28