UZUM BARGIDAN QURUQ EKSTRAKTNI OLISH, TARKIBIDAGI TEMIR MIQDORINI ANIQLASH
Full text
281 Volume 5, Issue 10: Special Issue (EJAR) ISSN: 2181-2020 MPHAPP THE 6TH INTERNATIONAL SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE “MODERN PHARMACEUTICS: ACTUAL PROBLEMS AND PROSPECTS” TASHKENT, OCTOBER 17, 2025 in-academy.uz UZUM BARGIDAN QURUQ EKSTRAKTNI OLISH, TARKIBIDAGI TEMIR MIQDORINI ANIQLASH A.K.Saidvaliev M.M.Mirzaeva Toshkent Farmatsevtika Instituti, Toshkent shahri, O’zbekiston Respublikasi e-mail: [email protected] https://doi.org/10.5281/zenodo.17334377 Dolzarbligi. So’nggi yillarda yosh bolalarda, ayniqsa xomilador ayollarda, organizmda temir moddasi yetishmasligi natijasida kamqonlik kasalligi ko’payib bormoqda. Bu kasalliklarda xozirgi kunda temir (II) tuzlari qo’shilgan xar xil nomlardagi dori vositalari mavjud bo’lib, bemorlar tomonidan qabul qilinib kelinmoqda. Shuni aytish mumkinki, xozirgi kunda temir saqlovchi o’simliklar deyarli o’rganilmagan. Uzum-(Vitis viniferab) katta barglari ko’p yillik o’simlik bo’lib,15-20 sm va undan ortiq bo’lishi mumkin. Uzumdoshlar oilasiga mansub bo’lib, muylovchalari bilan chirmashib o’sadi. Yosh novdalari biroz jigar rang, qari novdalari po’stlog’i хаm jigar rangda bo’ladi. Asosan novdalari yordamida ko’paytiriladi. Mevalari turli rangda bo’lishi mumkin. Ayrim turlarida urug’lari, ayrimlarida urug’i yo’q. Uzumlar quvvat beruvchi xususiyatiga ega. Kimyoviy tarkibida flavanoidlar 20%, qandlar 10-33% (glyukoza, fruktoza, olma, vino, limon, yantar, shavel, glyukuron, gall, salitsil kislotalar) uchrashi mumkin. Tadqiqot olib borishda uzum navlaridan Rizamat ota va qora shaxzoda uzumlarini barglari yig’ib olinib, taxlil olib borildi. Tadqiqotninig maqsadi. Organik birikkan temir saqlovchi o’simliklarni o’rganib, ulardan quruq ekstrakt olib, taxlil usulini ishlab chiqish, mineralizatsiya usullarini o’rganib, temirni % miqdorini aniqlash tadqiqotning maqsadi xisoblanadi. Usul va uslublar. 1) Sulfat kislota va kaliy permanganat bilan mineralizatsiya qilish. 0,025 gr ekstrakt olib, 250 ml xajmli konussimon kolbaga solib,5 ml konsentrlangan sulfat kislota qo’shib, qaynab turgan suv xammomida 10 daqiqa davomida isitib, ustiga 10 ml 0,1 M kaliy permanganat eritmasidan qo’shildi , suv xammomida 10 daqiqa davomida isitildi, so’ngra 10 ml suv,10 ml 16% sulfat kislota eritmasi, 2-3 ml kraxmal,1 ml 10% kaliy yod eritmasidan qo’shib, ajralib chiqqan yodni 0,01 M natriy tiosulfat eritmasi bilan eritmani rangi o’chgunicha titrlandi.1 ml natriy tiosulfat 0,0005585 g yodni o’ziga biriktiradi. Uzum bargidan olingan quruq ekstrakt tarkibidagi temir miqdorini quyidagi xisoblash formulasi bo’yicha xisoblab topiladi: %= 𝑉∗𝐾∗𝑇∗100 𝑎 a-olingan tortma, gr V-sarf bo’lgan natriy tiosulfat xajmi, ml K-tuzatish koeffitsienti T-yodni titri Taxlil natijalari shuni ko’rsatdiki, sulfat kislota va kaliy permanganat bilan mineralizatsiya qilinganda, temir miqdori 4,2% bo’lishi aniqlandi. 2) Esktraktni konsentrlangan nitrat kislota yordamida mineralizatsiya qilinganda, temir miqdori 4,0 % gacha bo’lishi aniqlandi.
282 Volume 5, Issue 10: Special Issue (EJAR) ISSN: 2181-2020 MPHAPP THE 6TH INTERNATIONAL SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE “MODERN PHARMACEUTICS: ACTUAL PROBLEMS AND PROSPECTS” TASHKENT, OCTOBER 17, 2025 in-academy.uz Natijalar. Uzum bargidan quruq ekstrakt olishda quruq xom-ashyoni suv yordamida qaynab turgan suv xammomida 1 soat davomida isitilib, so’ngra paxta orqali filtrlab, chinni kosachaga o’tkazilib, bug’latilib, ekstrakt olindi.Olingan quruq ekstrakt yig’indisi 30% ni tashkil qildi. Xulosalar. Uzum bargidan quruq ekstrakt olindi. Xozirda ushbu tadqiqot ishlari davom etmoqda.