TURK TILIDA QORA VA OQ RANG BILDIRUVCHI LEKSEMALARNING METAFORIK QO'LLANILISHI
Abstract
Ushbu maqolada turk tilida oq va qora rang bildiruvchi leksemalarning jumlada metaforik vazifani o‘tashi tahlili olib borilgan. Turk tilida mazkur rang leksemalarining adabiy va kundalik nutqda turlicha ma’no qatlamlarini hosil qilishi, ijtimoiy hamda madaniy diskursda ijobiy va salbiy semantik yuklamalarni kasb etishi, shuningdek, ularning metaforik qo‘llanishi milliy dunyoqarash bilan chambarchas bog‘liq ekani aniqlangan.
Full text
59 32. Яъқубӣ Аҳмад ибни Возеҳ. Ал-Булдон. Ҳошия Амин Занновӣ. БерутЛубнон, 1422 ҳ,қ. 2002 м. TURK TILIDA QORA VA OQ RANG BILDIRUVCHI LEKSEMALARNING METAFORIK QO„LLANILISHI Selma Ozan Yujel, Oriental Universiteti, Tillar-2 kafedrasi turk tili o„qituvchisi Annotatsiya Ushbu maqolada turk tilida oq va qora rang bildiruvchi leksemalarning jumlada metaforik vazifani o„tashi tahlili olib borilgan. Turk tilida mazkur rang leksemalarining adabiy va kundalik nutqda turlicha ma‟no qatlamlarini hosil qilishi, ijtimoiy hamda madaniy diskursda ijobiy va salbiy semantik yuklamalarni kasb etishi, shuningdek, ularning metaforik qo„llanishi milliy dunyoqarash bilan chambarchas bog„liq ekani aniqlangan. Kalit so‘zlar. Qora, oq, metafora, leksema, ijobiy, salbiy. Abstract This article analyzes the metaphorical function of the Turkish lexemes denoting white and black colors in sentences. It is found that in Turkish, these color lexemes create different layers of meaning in literary and everyday speech, acquire positive and negative semantic loads in social and cultural discourse, and their metaphorical use is closely related to the national worldview. Key words. Black, white, metaphor, lexeme, positive, negative. Metafora jumlada obrazlilikni, asosan his-tuyg„ularni ifodalashda qo„llaniladi. Metaforaning mohiyati bir turdagi narsani boshqasi nuqtai nazaridan tushunish va boshdan kechirishdir 18 . Aytmoqchi bo„lgan so„zingizni metaforasiz to„g„ridan-to„g„ri bayon qilishingiz mumkin biroq metaforani tanlagan bo„lsangiz u qandaydir she‟riy (poetik) yoki ritorik maqsad, shuningdek nafislik hamda tejamkorlik uchundir biroq oddiy nutq yoki oddiy fikr bildirish uchun emasdir 19 . Metaforik iboralar ma‟lum bir tilda rang va hissiyotlar o„rtasidagi munosabatlarni ifodalash xususiyatiga ega. Rang bildiruvchi so„zlar orqali hosil qilingan metaforik birikmalar o„zida ijobiy (baxt, uyalish, sevgi) hamda salbiy (qo„rquv, g„am, g„azab) ottenkalarni hosil qilishi mumkin. Qora leksemasi o„zi birikib kelgan so„z bilan salbiy hamda ijobiy ma‟nolarni keltirib chiqaradi.Turk tilida qora leksemasi kara hamda siyah so„zlari bilan 18 Lakoff G and Johnson M. The metaphorical structure of the human conceptual system. – Chicago: The University of Chicago press, 1980a. – P. 5. 19 Lakoff G. Afigure of thought. Metaphor and Symbolic activity / Nanyang Technological University. – 1986. – №1 (3). – P. 215.
60 ifodalanadi. Biroq kara 20 leksemasi haqiqiy turkcha so„z bo„lib siyah leksemasi fors tilidagi حای س so„zidan 21 o„zlashgandir. Qora leksemasi turli so„zlar bilan jumladan kara gün (qora kun), kara haber (qora xabar), kara canavar (qora mahluq) singari metaforik birikma hosil qilib o„zida salbiy ottenkalarni ifodalaydi. Misol tarzida quyidagi jumlani havola qilamiz: Kara haber en uzak köylere kadar ulaşmış, yakın köylerin ağıtçı kadınlarının bir kısmı çoktan gelmişler, işlerine başlamışlardı bile 22 . (Muallif tarjimasi) Qora xabar uzoqdagi qishloqlargacha yetib borgan, yaqin qishloqdagi marsiyachi ayollarning ayrimlari allaqachon kelgan hatto o„z ishlarini boshlagan edi. Ushbu misolda qora rang bildiruvchi leksema o„z ma‟nosida emas balki kara haber birikmasi tarzida metafora hosil qilgan bo„lib, “qora” leksemasidan habarning aynan g„amli va qayg„uli ekanligiga , motamga ishora qilish maqsadida foydalanilgan. Darhaqiqat, kara leksemasi turk tilida juda ko„plab so„zlar bilan birikib kelib, (kara bayram, kara dam, kara çıkın, kara toprak kara orun, kara gün, karalar giymek) motam, qabr hamda o„limni ifodalaydi shuningdek metafora vazifasini bajaradi. Shuningdek, kara toprak birikmasi kontekstga ko„ra ham ijobiy ham salbiy ma‟nolarni ifodalashi mumkin. Bir kulaç, kara toprak içinde filizimi sürmek, dal ve budaklarımı aydınlığa doğru uzatmak, meyvemi vermek için Allah‟ın rahmetini bekliyorum 23 . (Muallif tarjimasi) Bir qarich qora tuproq qarida unib chiqib, shoxlarimni ko„kka qarab uzatish, meva hosil berish uchun Allohning rahmatini (karamini) kutmoqdaman. Ushbu jumlada qora leksemasi o„z ma‟nosida emas balki tuproq so„zi bilan birikkan holda ijobiy metafora hosil qilgan bo„lib unumli, serhosil yer maynonini anglatgan. Ben şu gözlerimi yummadan, üstümü kara topraklar örtmeden gelecek. 24 . (Muallif tarjimasi) Men ko„zlarimni yummasdan, ustimni qora tuproq qoplamasdan keladi. Ushbu misolda esa qora leksemasi tuproq leksemasi bilan birikkan holda qabr, o„lim ma‟nolarini o„zida aks ettirib, salbiy metafora hosil qilgan. Qora leksemasi orqali hosil qilingan metaforalarning salbiy ma’nolari Kara bayram Motam , aza Kara cahil Uquvsiz Kara gün Musibat Kara ağızlı Shumxabar 1-jadval Qora leksemasi orqali hosil qilingan metaforalarning ijobiy ma’nolari 20 Çağbayır Y. Ötüken türkçe sözlük. 5-x cilt. – Istanbul: Ötüken neşriyat, 2007. Cilt. 2. – S. 2408. 21 Çağbayır Y. Ötüken türkçe sözlük. 5-x cilt. – Istanbul: Ötüken neşriyat, 2007. Cilt. 4. – S. 4269. 22 Kemal Y. Ince Memed (3). – Istanbul:Yapı kredi yayınları, 1954. – S. 16. 23 Karaosmanoğlu Y. K.Yaban .– Istanbul: İletişim yayınları, 2007. – S. 67. 24 Kemal Y. İnce Memed (2). – Istanbul: Yapı kredi yayınları, 1954. – S. 206.
61 Kara toprak Serhosil yer Kara yağ yoqilg„i, moy Kara cüppeli Ilm sohasiga mansub kimsa Kara gün dostu Qora kun do„sti 2-jadval Kara leksemasining fors tilidan o„zlashgan siyah so„zi ham xuddi qora leksemasidek jumla ichida metafora vazifasini bajaradi. Siyah leksemasi siyah baht, siyah dil, siyah ırk 25 shakllarida qo„llaniladi. Turk tilida oq rangni bildiruvchi ak 26 leksemasi eski turk tilida ağ shaklida qo„llanilgan bo„lib, sinonimi hisoblangan beyaz leksemasi esa arabchadan (beyâz / beyâd ي بضا) 27 o„zlashgan. Shuning uchun ham beyaz leksemasiga nisbatan ak leksemasi ko„proq qo„llaniladi. Türlü türlü arılar, binlerce, ak sıcaklarda uğuldayarak, ak sıcaklar demek Memedin hoşuna gidiyordu, çiriş çiçeklerinin yörelerinde dolaşıyorlardı 28 . (Muallif tarjimasi) Turfa xilli arilar, minglab, oq issiqlarda (jazirama issiqda) vizillab, oq issiq deyish Memedga yoqar edi, piyoz gullarining atrofida kezayotgan edi. Yuqorida keltirilgan ushbu jumlaning so„zma so„z ma‟nosiga qaraydigan bo„lsak, “ak” oq, “sıcak” issiq ma‟nolarini anglatib, ak ya‟ni oq leksemasi sıcaklar so„zi bilan birikib kelib jazirama issiq hamda yondiruvchi quyoshni ifodalab metafora vazifasini o„tagan. Ak, uzun bir sakal gözlerinin önünden bir su gibi aktı: Ne oldu sana böyle yavrum? dedi ak sakal 29 . (Muallif tarjimasi) Oq, uzun soqol hayolidan suvdek oqib o„tdi: Nima bo„ldi senga bolaginam? dedi oq soqol. Yuqorida keltirilgan jumlada ak sakal metafora hisoblanib oq va sakal leksemalarining birikuvidan hosil bo„lgan. Shuningdek ko„pni ko„rgan, keksa ma‟nolarini anglatgan. Qolaversa ak pürçekli, ak saçlı birikmalari ham jumlada ijobiy ma‟noda metafora vazifani bajarib oq soqol, qariya ma‟nolarini anglatadi. Salbiy metafora hosil qilgan oq leksemasiga misol keltiradigan bo„lsak: Söz konusu yarar olunca, bu tip beyaz yalanlar onun vicdanında yaralar açmazdı 30 . (Muallif tarjimasi) Foyda haqida gap ketar ekan, bunday oq yolg„onlar uning vijdonini yaralamas edi. Ushbu jumladagi beyaz yalan birikmasi aslida salbiy metafora hisoblanadi. Chunki “beyaz” leksemasi odatda soflik, mas‟umiyat va poklini anglatsada “yalan” leksemasi bilan birikkan holda zarar keltirmaydigan yolg„on sifatida qo„llaniladi. Biroq har ikki holatda ham haqiqat yashirilganligi uchun salbiy ottenkani yuzaga keltiradi. Oq leksemasi orqali hosil qilingan metaforalarning ijobiy ma’nolari 25 Ayverdi I. Misali büyük türkçe sözlük. – Istanbul: Kubbealtı yayınları, 2010. – S. 1116. 26 Çağbayır Y. Ötüken türkçe sözlük. 5-x cilt. – Istanbul: Ötüken neşriyat, 2007. Cilt. 1.– S. 162. 27 Ayverdi I. Misali büyük türkçe sözlük. – Istanbul: Kubbealtı yayınları, 2010. – S. 140. 28 Kemal Y. İnce Memed (2). – Istanbul: Yapı kredi yayınları,1954. – S. 110. 29 O„sha asar. – S. 157. 30 Betts H. Çevir.: Samanlı Z. Seviyor sevmiyor. – Istanbul: Deniz Ofset, 2012. – S. 6.
62 Ak gün Baxtli kun Ak sakal Ko„pni ko„rgan, qariya Ak süt emmiş Oq sut emgan Ak yüzlü Pok, durust kimsa 3-jadval Oq leksemasi orqali hosil qilingan metaforalarning salbiy ma’nolari Aktan karadan haberi yok Johil kimsa, dunyodan bexabar Ak kaya bülbülü (sheva) Qo„pol, beadab kimsa Ak yavan (sheva) Noo„rin gapiradigan kimsa Ak cinni /cinli (sheva) Aroq 4-jadval ADABIYOTLAR 1. Lakoff G., Johnson M. Metaphors we live by. – Chicago and London: The University of Chicago press, 1980. – 308 p. 2. Lakoff G. Afigure of thought. Metaphor and Symbolic activity / Nanyang Technological University. – 1986. – №1 (3). – P. 215-225. 3. Çağbayır Y. Ötüken türkçe sözlük. 5-x cilt. – Istanbul: Ötüken neşriyat, 2007. –5744 s. 4. Kemal Y. Ince Memed (3). – Istanbul: Yapı kredi yayınları,1954. – 517 s. 5. Kemal Y. İnce Memed (2). – Istanbul: Yapı kredi yayınları, 1954. – 357 s. 6. Karaosmanoğlu Y. K. Yaban . – Istanbul: İletişim yayınları, 2007. – 220 s. 7. Ayverdi I. Misali büyük türkçe sözlük. – Istanbul: Kubbealtı yayınları, 2010. – 1412 s. 8. Betts H. Çevir.: Samanlı Z. Seviyor sevmiyor. – Istanbul: Deniz Ofset, 2012. – 320 s.