scieee AI-readable full text Open interactive document viewer

MAHMUD ZAMAXSHARIYNING "ASOSU-L-BALOGʻA" LUGʻATI XUSUSIYATLARI

Salima Rustamiy

Abstract

Maqolada Mahmud Zamaxshariyning “Asosu-l-balog‘a” asarida qo‘llangan tilshunoslik va balog‘at ilmiga doir ayrim jihatlar tahlil qilingan.

Full text

63 BIRINCHI KENGASH. TILSHUNOSLIKNING DOLZARB MASALALARI MAHMUD ZAMAXSHARIYNING “ASOSU-L-BALOGʻA” LUGʻATI XUSUSIYATLARI Salima Rustamiy, Filologiya fanlari doktori, professor Oriental universiteti, +998946082236 ANNOTATSIYA Maqolada Mahmud Zamaxshariyning “Asosu-l-balog„a” asarida qo„llangan tilshunoslik va balog„at ilmiga doir ayrim jihatlar tahlil qilingan. Kalit so„zlar: omonim, sinonim, balog„at, ishtiqoq, majoz. ABSTRACT The article analyzes some aspects of linguistics and the science of balagah used in the work of Mahmud Zamakhshari “Asas al-balagah”. Keywords: homonym, synonym, science of balagah, derivation, metaphor. O„zining beqiyos ilmi va ma‟rifati bilan dunyoga tanilgan mashhur olim Abulqosim Mahmud bin Umar bin Ahmad Zamaxshariy (1075-1144) “Al-mufassal fi-n-nahv”, “Muqaddamatu-l-adab”, “Asosu-l-balog„a”, “Ad-durru-d-doiru-lmuntahab min kinoya va istiora va tashbihati-l-arab”, “Risola fi-l-majoz va-l-istiora” kabi asarlari bilan arab tilshunosligi va balog„at ilmi rivojiga munosib hissa qo„shgan olimlardan hisoblanadi. Ma‟lumki, Mahmud Zamaxshariy o„zining “Asosu-l-balog„a” asari bilan arab lug„atshunosligini yangi bosqichga ko„tardi. Olim lug„atni tuzishda va so„zlarni izohlashda o„ziga xos yo„l tutdi. Makur asar arabcha so„zlarning izohli lug„atidir. Bu asar o„zining lug„atlik jihati bilan arab tilshunosligi va so„zlarning majoziy ma‟nolariga o„rin berilgani bilan balog„at ilmiga dahldor manba hisoblanadi. Asar haqida tadqiqotchilardan biri doktor Fozil Solih Samaroiy shunday deydi: “Asosu-l-balog„a” boshqa lug„atlardan ajralib turadi. Undan avval ham, keyin ham lug„atshunoslik ilmida bunday uslubda lug„at tuzilmagan. Bu lug„at so„zlarning joylashtirilish tartibiga ko„ra ajralib turadi, boshqa lug„atlar uning o„rnini bosa olmaydi. Agar boshqa lug„atlar kuchini yo„qotsa ham, “Asosu-l-balog„a” o„z kuchida qolsa kerak” [4:147]. Bu lug„at haqida adib Jurji Zaydon shunday fikr bildiradi: “Bu lug„at arab uslubiyati bo„yicha o„xshashi yo„q lug„atdir, chunki u so„zlarni ularning asl va majoziy ma‟nolariga ko„ra qo„llanish usullarini ko„rsatadi, bu uning afzal jihatlaridandir” [4:147]. Yana bir olim Toha Roviy bu lug„atga quyidagicha ta‟rif beradi: “U o„z bobida tuzilgan lug„atlarning eng yaxshisidir, unda so„zlarning haqiqiy ma‟nosidan majoziy ma‟nosi ajratib ko„rsatiladi. Sen undan foydalanishing kerak, chunki u eng asl manbadir” [4:147]. 64 Olimlar Zamaxshariy lug„atdagi so„z sirasiga undan foydalanishni osonlashtiradigan yangi tartibni joriy qilgan deb hisoblaydilar. Bu muallifning so„zlarni birinchi va undan keyingi o„zak harflarni e‟tiborga olgan holda arab alifbosi tartibida joylashtirganidandir. Asarning shu xususiyatidan kelib chiqqan Husayn Nassor Zamaxshariyni arab lug„atnavisligida yangi maktab asoschisi deb e‟tirof etadi. Biroq Zamaxshariy “Asosu-l-balog„a”ning [2:16] kirish qismida ushbu lug„at tuzish uslubi unga qadar ham ma‟lum bo„lganini yozadi. Shuningdek, u lug„atning undan keyingi olimlar ta‟kidlab o„tgan uchta xususiyatini ko„rsatadi: asarda tilni buzmaydigan, aksincha go„zallashtiradigan so„z va iboralar tanlangan; ibora va jumlalarni tuzish usullari bilan tanishtirilgan; jumlalarda so„zlarning haqiqiy ma‟nosi majoziysidan ajratib berilgan. Lug„at arab tili alifbosiga muvofiq tarzda yigirma sakkiz bobdan iborat. Zamaxshariy har bir harf uchun alohida bob ajratadi, bu boblar o„z navbatida fasllarga bo„linadi. Lug„at maqolasi, asosan, fe‟l yoki ismdan boshlanadi. Masalan, fe‟ldan boshlangan lug„at maqolasida shu fe‟lning sifatdosh va hosila fe‟l shakllari beriladi. Agar mavjud bo„lsa, berilgan fe‟lning sinonimi, omonim yoki antonimlari, fe‟lni jumlada qo„llash holatlari uchun misollar keltiriladi. Bu misollar oddiy jumlalar, shuningdek, Qur‟on, hadislar yoki arab she‟riyatidan olingan bo„lishi mumkin. Maqola oxirida o„sha fe‟lning majoziy ma‟nosi ham misollar bilan keltiriladi. “Asosu-l-balog„a”da so„zlarning morfologik va leksik xususiyatlari ko„rsatilgan. “Asosu-l-balog„a”da so„zlar tasrifi (ismlarning turlanishi, fe‟llarning tuslanishi), o„zakdosh so„zlar, so„zlarning ko„plik shakllari, hosila fe‟llar o„rin olgan bo„lib, bu so„zlarning ma‟nolari o„z o„rnida tartib bilan yoritilgan. Ma‟nolarni ifodalashda asl va majoziy ma‟noni ochib beruvchi va zarur hollarda bu ma‟nolarni farqlashga xizmat qiluvchi bir nechta ibora misol qilingan. Asarda, zarurat bo„lmasa, so„zning ma‟no beruvchi shakllarini keltirish bilan kifoyalangan. Masalan, “ َذَصَح” – “yig„moq, termoq” maqolasida ma‟noda farq qiluvchi bir nechta so„z bor, lekin misollar har bir so„zga emas, ayrimlariga keltirilgan. Bu maqolada so„z ma‟nosi, jumladan, shunday ifodalangan: :)َذَصَح(¸ و ٌٕ ّمح إحآٔ( :داصحنا ٌايس اذْٔ ،ذئاصح ُّؼًَْجٔ ،ذٍصح ٕٓف ِّشج :عرشنا َذَصَح ...)ِداصح[2:192] Bu yerda "ذصح" o„zagidan yasalgan tub fe‟l “ َذَصَح” va uning ma‟nosini yoritish uchun “عرشنا َذَصَح” – “ekinni yig„di” misoli va ma‟nodosh so„z “ ّشج” – “uzmoq, termoq”, harakat nomi “ذٍصح” – “hosil”, ko„plik “ذئاصح” – “hosillar”, zamonni bildiruvchi “داصح” – “terim vaqti” shakllari ko„rsatilgan, oxirgi so„z uchun misol tariqasida “al-An‟am” surasining 141-oyati “ِداصح وٌٕ ّمح إحآٔ” – “Hosil yig„ish kunida (muhtojlarga) haqqini (ushri va xirojini) beringlar” [1:146] ilova qilingan. Lug„atdagi ma‟nodosh so„zlar orqali izohlangan maqolalarga quyidagilarni misol qilish mumkin: قزش– ؼهط :الٔزش ضًشنا جلزش ثءاضأ :جلزشأ ٔ ج[2:504] . Ya‟ni, (quyosh) chiqdi va ko„tarildi: yoritdi. Bu misolda quyoshga nisbatan “قزش” fe‟liga “غهط” va “ءاضأ” fe‟llari sinonim qilingan. غخي– تؼحاي تهخَ ٔ .غفحزي ٌمٌَٕط : ٌغِحاي ٌمَبَج[4:192]. 65 Ya‟ni, “غخي” – “baland bo„lmoq” fe‟lidan olingan “ ٌغحاي” so„ziga sinonim “ ٌمٌَٕط” berilgan. مْٔ– ًاذٌذَش ًلأََْ ُجهَِْٔ ذل ٔ , ٌع ِ شَف :ٌمَِْٔ ٌمِ جَٔ ٌمجر[3:358] . Misoldagi “ َمَِْٔ” – “qo„rqmoq” so„zining masdari “ ٌمَِْٔ” ning sinonimi “ ٌع ِ شَف” so„zidir. ذًك– ب ٔ ,ٌٍشَح :ٌذًَِك ٌمجَر ىَغ :ُّى ٓنا َُِذًَْكأ ٔ ,ٌذًَك ٔ ٌ فطأ ّ[3:146] . “ َذًَِك” – “hafa bo„lmoq” fe‟liga “ذًك مجر” – “hafa odam” misol qilingan, uning sinonimi “ ٌٌٍشح” so„zidir. “Asosu-l-balog„a”da bir qancha so„zlarning ma‟nolarini yoritishda ularning antonimlaridan ham foydalanilgan. Masalan: ضحَ– ٔ ٌ ضِ حََٔ ٌ ضحََ ٕٓ ف َ ضِ حََ ٔ ّيٌٕ َ ضِ حَُ ٔ ، ٌ صٕحُي ٔ دٕؼظي ٕٓف ، َ ضُحََ ٔ ّيٕل ىهػ ٌٌلاف َذِؼُط ِّذَج َ ضَحَخَئ ٔ ، َ ضَكَخَئ ٔ ٌٌلاف َ ضَحَخَئ ٔ ، َ ضحاُي ٔ صٕحَُ ٔ ٍ ضحََ وٌٕ ْٕ ٔ ، ٌ صٕحُي[3:602]. “ َ ضُحََ” – “baxtsiz bo„lmoq” fe‟liga antonim sifatida “ َذِؼَط” – “baxtli bo„lmoq” fe‟li berilgan: “ َ ضُحََ ٔ ِِّيْ َٕل ىهػ ٌٌلاُف َذِؼُط” – “falonchi o„z qavmida baxtli bo„ldi, baxtsiz bo„ldi” . Shuningdek, bu misolda boshqa ko„pgina maqolalardagi kabi fe‟lning sifatdoshlari, fe‟l masdarining birlik va ko„plik shakllari va hosila boblarni ko„rish mumkin: “صٕحُي ٔ دٕؼظي ْٕ” – “u baxtli va baxtsiz”; “ّيٌٕ َ ضِ حَُٔ” – “uning kuni baxtsiz, omadsiz bo„ldi”; “ ٍ ضحََ وٌٕ ْٕ” – “u baxtsiz kun”; “ضحاُي ٔ صٕحَُ” – “ضحَ” so„zinig ko„pligi “صٕحَُ” so„zidir. “ضحاُي” so„zi “baxtsizlik, omadsizlik keltiruvchi narsalar ” ma‟nosini anglatadi. “ِّذَج َ ضَحَخَئٔ ، َ ضَكَخَئ ٔ ٌٌلاف َ ضَحَخَئ” – “falonchi baxtsiz, omadsiz bo„lib, orqaga ketdi”. Lug„atda bir nechta ma‟noga ega bo„lgan shakldosh so„zlarning har bir ma‟nosi yoritilgan va ko„p hollarda o„sha ma‟nolarga ma‟nodosh bo„lgan so„zlar ko„rsatib o„tilgan. Masalan, طًش [2:521] – “sochi oqarmoq” ma‟nosini anglatuvchi fe‟lni quyidagicha beradi: “ءاطًش ةأزيئ ٔ طً شأ مجر” – “sochi oqargan kishi va ayol”. Muallif ushbu so„zning sinonimi borligi, ammo u qo„llanmasligini aytib o„tadi: ٌبٍش ,ءابٍش , بٍشأ :ُلامٌ لا Zamaxshariy bu so„zning “aralashtirmoq” ma‟nosi borligini ta‟kidlaydi va misollar keltiradi: “ضاٍب ٔ دإط آ ٍف :ىباَذنا طًٍشن َّئ” – “u (qush)ning dumi qora va oq (ranglar) aralash” yoki “ّيازحب ّنلاح طهخ :ّناي طًش” – “u pulini aralashtirib yubordi, halol harom bilan aralashib ketdi”. Keyingi misoldan “طًش” so„zining bu ma‟nosiga “طهخ” (“aralashtirmoq”) so„zi ma‟nodosh ekani ko„rinadi. Lug„atning “رذب” [2:51] maqolasida bu fe‟lning “sepmoq, sochmoq” ma‟nosidan tashqari “tarqatmoq” ma‟nosi ham mavjud ekani ko„rsatilgan: “ضرلاا ًف بحنا رذب” – “yerga urug„ sepdi” misolida “sepmoq” ma‟nosida bo„lsa, “ ْىَُٓل زَف : ِ ضْرلاا ًف َكْهَخنا الله َرَذَب” – “Alloh xalqni yer yuziga tarqatti” va “ :ٌرِذَب ٌمُجَر ُُّناي ُرِّذَبٌُ” – “molini tarqatuvchi odam” misollarida “tarqatmoq” ma‟nosini ko„rish mumkin. Shuningdek, mazkur so„zning bu ma‟nosiga sinonim sifatida “ َق زَف” fe‟li ham beriladi. Bu kabi misollarni ko„plab keltirish mumkin. “Asosu-l-balog„a”ning diqqatga sazovor jihatlaridan biri unda so„zlarning majoziy ma‟nosiga ham e‟tibor qaratilganidir. Ma‟lum bo„lganidek, Mahmud Zamaxshariy bu asarida so„zning, avval asl, so„ngra majoziy ma‟nolarini bayon 66 qiladi. Masalan: “بمث” [2:110] o„zakli maqolani undan yasalgan tub so„z “ َبَمَث” – “teshmoq, yormoq” bilan boshlab, “بمثًناب ءًشنا َبَمَث” – “biror narsani burg„i bilan teshdi” tarzida bu so„zning asl ma‟nosini keltiradi. So„ngra “بمث” o„zagidan “fa‟‟ala” vaznida yasalgan fe‟l va bu fe‟lning sifatdosh shakllarini va ularning asl ma‟nolarini “بّمثي ٌّرُدٔ ، رذنا ُللآ نا بّمثٔ” – “durfurush durni teshdi, teshilgan dur” misollari orqali ifodalaydi. Bulardan so„ng “ساجًنا ٍئ” – “majozda” ta‟kidi bilan uning “porlamoq, charaqlamoq” kabi majoziy ma‟nosiga “ ٌّيردٔ بلاث بكٕك” – “charaqlagan yulduz, porlagan dur” misollarini keltiradi va buni “ آٍف ذفٍُف تًهظنا بُمثٌ َّّأك ،إنلؤخنأ ةءاضلإا ذٌذش اْؤرذٌٔ” – “yorug„lik va yog„duning ko„pligi, go„yo u qorong„ilikni yorib, unga kirib borishi va (zulmatni) yo„qotishi kabi” tarzida izohlaydi. Ma‟joz ma‟noli so„zlarga ko„plab misollar keltirish mumkin, jumladan, “ٍجط” [2:440] – “qamamoq” fe‟li: ” ِزًضأ :ىٓنا ٍجط ٔ "ٌاظن ٍي لٕطب كحأ ئش ضٍن " ثٌذحنا ىف ٔ .كَاظن ٍجطأ ٔ ،َّاظن ٍجط“ Bu yerda “ طكَاظن ٍجطأ ٔ ،َّاظن ٍج ” – “tilini tiydi, tilingni tiy”, ya‟ni “tiymoq” ma‟nosiga “ٌاظن ٍي ٍجط لٕطب ك حأ ءًش ضٍن” – “tilni tiyishdan ortiq qaxramonlikka loyiq bo„ladigan narsa yo„q” hadisi misol qilinadi. Mahmud Zamaxshariy lug„atning “ضًش” [2:521] – maqolasida bu fe‟lning “yorug„ bo„lmoq” ma‟nosidan tashqari birov dushmanlik qilganda qo„llanadigan majoziy ma‟nosi ham borligini “ٌلؤف ىن ضًش” – “falonchi menga dushmanlik qildi” misolida, shu o„zakdan yasalgan “صًٕش” so„zi esa “قلاخلأا صًٕش مجر” – o„jar, qaysar xulqli odamga nisbatan ham aytilishini ta‟kidlaydi. Shuningdek, “ َذُؼَج” fe‟li aslida “sochning jingalak bo„lishi” ma‟nosiga ega ekanini ko„rsatib shunday deydi: ذؼج – زؼش ٔ ,ٌداؼ ِج ٌوٕل ٔ زؼشنا ُذْؼَج ٌمُجَر ٔ , ةدُٕؼُج َذُؼَج ْذَل ٔ ٌذْؼَج ٌزْؼَش اذٍؼْجح ِ[2:141] . (Ya‟ni: jingalak soch; jingalak bo„ldi; jingalak; jingalak sochli kishi; jingalak sochli qavm; uning sochi jingalak qilingan). So„ngra “ذؼج” so„zi “غباصلاا” yoki “ٌاُبنا” bilan birga “baxil” majoziy ma‟noni anglatishini ta‟kidlaydi: .مٍخبهن :ٌاُبنا ذؼج ٔ غباصلأا ذؼج مجر .... :ساجًنا ٍئ “Asosu-l-balog„a” asarida so„z ma‟nolarining sinonim, antonim va omonimlar orqali yoritilishi, ularning majoziy ma‟nolariga ham e‟tibor berilgani hamda foydalanish uchun qulay bo„lgan alifbo tartibida joylashtirilgani, misollarning asl manbalardan tanlangani asar muallifi bo„lgan Mahmud Zamaxshariyning yuksak ilmiy salohiyati va nozik dididan darak beradi va asarning arab tilshunosligi va balog„at ilmi rivojida tutgan yuqori mavqeini belgilaydi. ADABIYOTLAR 1. Abdulaziz Mansur. Qur‟oni Karim ma‟nolarining tarjimasi. –T.: Toshkent islom universiteti. 2001. 2. ثٔزٍب .لٔلأا ءشجنا .تغلابنا صاطأ .يزشخيشنا ،ذً حأ ٍب ٔزًػ ٍب دًٕحي ىطامنا ٕبأ- . ٌاُبن8991 (https://ia600904.us.archive.org/10/items/FP76215/assb1.pdf). 3. ثٔزٍب .ًَاثنا ءشجنا .تغلابنا صاطأ .يزشخيشنا ،ذًحأ ٍب ٔزًػ ٍب دًٕ حي ىطامنا ٕبأ- . ٌاُبن 8991 (https://ia800904.us.archive.org/10/items/FP76215/assb2.pdf). 4. .داذغ ب .ي زشخيشنا ذُػ تٌٕغهنا ٔ تٌٕحُنا ثاطارذنا .ًئازًظنا حناص مضاف8991 .