scieee AI-readable full text Open interactive document viewer

FORS TILIDA PAYT ERGASH GAPLI QO'SHMA GAPLARNING SINTAKTIK XUSUSIYATLARI

Axmedova Dilfuza; Azimbayeva Nargiza

Abstract

Maqolada fors tilida payt ergash gapli qo‘shma gaplarning sintaktik xususiyatlari tahlil etiladi. Avvalo, qo‘shma gaplarning umumiy grammatik tabiati va ergash gaplarning bosh gapga nisbatan sintaktik munosabatlari yoritiladi. Shundan so‘ng, payt ergash gaplarning shakllanishida qo‘llaniladigan asosiy bog‘lovchilar tizimi, ularning semantik vazifalari hamda qo‘llanish doirasi izohlanadi. Tadqiqot jarayonida murakkab ergash gaplarda payt ergash gaplarning o‘rni, bosh gap bilan bog‘lanish usullari hamda kesim fe’llarining zamon va mayl xususiyatlari tahlil qilinadi. Shuningdek, ke, ān vaqt-i-ke, bemahz-e ān-ke, piš az ān-ke kabi murakkab bog‘lovchilarning sintaktik vazifalari hamda ular gapning mazmuniy yaxlitligini ta’minlashdagi o‘rni ochib beriladi. Maqolada fors tilidagi payt ergash gaplarning boshqa ergash gap turlaridan farqlanuvchi jihatlari ham ko‘rsatib o‘tiladi. Tadqiqot natijalari fors tilining sintaktik tizimini chuqurroq o‘rganishga xizmat qilishi bilan birga, qo‘shma gaplarning ilmiy tasnifida muhim manba sifatida qo‘llanishi mumkin.

Full text

67 FORS TILIDA PAYT ERGASH GAPLI QO„SHMA GAPLARNING SINTAKTIK XUSUSIYATLARI Axmedova Dilfuza, Toshkent davlat sharqshunoslik universiteti Eronshunoslik va avg‗onshunoslik Oliy maktabi professori v.b., DSc Tel.: +99890 931-34-58 e-mail: [email protected] https://orcid.org/0000-0002-6248-6136 Azimbayeva Nargiza, Oriental universitetti Tillar-1 kafedrasi katta oqituvchisi Tel.: +99890 353-22-01 e-mail: [email protected] Annotatsiya Maqolada fors tilida payt ergash gapli qo‗shma gaplarning sintaktik xususiyatlari tahlil etiladi. Avvalo, qo‗shma gaplarning umumiy grammatik tabiati va ergash gaplarning bosh gapga nisbatan sintaktik munosabatlari yoritiladi. Shundan so‗ng, payt ergash gaplarning shakllanishida qo‗llaniladigan asosiy bog‗lovchilar tizimi, ularning semantik vazifalari hamda qo‗llanish doirasi izohlanadi. Tadqiqot jarayonida murakkab ergash gaplarda payt ergash gaplarning o‗rni, bosh gap bilan bog‗lanish usullari hamda kesim fe‘llarining zamon va mayl xususiyatlari tahlil qilinadi. Shuningdek, ke, ān vaqt-i-ke, bemahz-e ān-ke, piš az ān-ke kabi murakkab bog‗lovchilarning sintaktik vazifalari hamda ular gapning mazmuniy yaxlitligini ta‘minlashdagi o‗rni ochib beriladi. Maqolada fors tilidagi payt ergash gaplarning boshqa ergash gap turlaridan farqlanuvchi jihatlari ham ko‗rsatib o‗tiladi. Tadqiqot natijalari fors tilining sintaktik tizimini chuqurroq o‗rganishga xizmat qilishi bilan birga, qo‗shma gaplarning ilmiy tasnifida muhim manba sifatida qo‗llanishi mumkin. Kalit so„zlar: fors tili, qo‗shma gap, ergash gap, payt ergash gap, sintaktik xususiyat, bog‗lovchilar, zamon va mayl, murakkab gap, ke, ān vaqt-i-ke, bemahz-e ān-ke, piš az ān-ke. Abstract This article analyzes the syntactic features of complex sentences with temporal subordinate clauses in Persian. First, the general grammatical nature of complex sentences and the syntactic relations of subordinate clauses to the main clause are discussed. Then, the system of main conjunctions used in the formation of temporal subordinate clauses, their semantic functions, and their scope of usage are explained. The study also examines the position of temporal subordinate clauses within complex sentences, the ways they are connected to the main clause, and the tense–mood characteristics of their predicate verbs. Furthermore, the syntactic functions of complex conjunctions such as ke, ān vaqt-i-ke, bemahz-e ān-ke, and piš az ān-ke, as well as their role in ensuring semantic coherence of the sentence, are revealed. The article also highlights the distinctive aspects of temporal subordinate clauses compared to other types of subordinate clauses in Persian. The findings of the 68 research contribute to a deeper understanding of the syntactic system of the Persian language and may serve as an important source for the scientific classification of complex sentences. Keywords: Persian language, complex sentence, subordinate clause, temporal subordinate clause, syntactic features, conjunctions, tense and mood, compound sentence, ke, ān vaqt-i-ke, bemahz-e ān-ke, piš az ān-ke. Til insoniyat madaniyati va fikrlash faoliyatining eng asosiy vositalaridan biri hisoblanadi. Grammatik tuzilmalarning turli shakllari, xususan qo‗shma gaplar, tilda murakkab fikrlarni ifodalash va ularga aniq semantik aloqalarni o‗rnatishda muhim rol o‗ynaydi. Qo‗shma gaplar tarkibida, ayniqsa, payt ergash gaplar ( / هیوامز / هیلاح نامز هب هتسباو) bosh gapga bog‗lanib, hodisa yoki harakatning vaqt jihatini ko‗rsatadi. Fors tilida qo‗shma gaplar sintaksisi va ularning turli ergash gap turlari tilshunoslikda alohida e‘tiborni talab qiladigan mavzudir. Payt ergash gaplar bosh gap bilan vaqt, shart yoki sabab-oqibat aloqalarini o‗rnatadi va shu bilan birga matnning stilistik rang-barangligini oshiradi. Shu bois, ularni o‗rganish tilning semantik, morfologik va sintaktik jihatlarini chuqurroq tushunishga xizmat qiladi. Qo‗shma gap ikki yoki undan ortiq predikativ birliklarning bir butun kommunikativ birlik sifatida birikishidan hosil bo‗ladi. Qo‗shma gap tarkibiy qismlari oddiy gapning shakliy va semantik xususiyatlariga ega bo‗lsa-da, ular mustaqil ma‘no tugallanganligi va alohida xabar intonatsiyasi bilan ajralib turmaydi. Aynan shu xususiyatlar qo‗shma gapning grammatik tabiatini turlicha talqin etish imkoniyatini yuzaga keltiradi. Payt ergash gaplar bosh gapda ifodalangan harakatning amalga oshish vaqtini ko‗rsatadi. Fors tilida bu turdagi ergash gaplar ko‗plab tobe bog‗lovchilar yordamida shakllanadi. Ular orasida quyidagi payt ergash bog‗lovchilarini keltirish mumkin: یتقوهک , یوامزهک , یماگىههک , یعقومهک «qachonki» هیمههک , )هکىیا(هکوآضحمهب, )هکىیا(هکوآدرجمب «darhol», «zudlik bilan», «edaroq» هکىیاات,ات «to», «...gacha» یمادامهک «qancha vaqtki», «...davomida» نوچ «qachon», «...paytda» )هکىیا(هکوآزاشیپ, بقهکوآزال «...dan oldin» هکوآزاسپ , هکوآزادعب «...dan keyin» va boshqalar. Payt ergash gaplar ayrim hollarda faqat bitta tobe bog‗lovchi yordamida ham kiritilishi mumkin. ا هدز هقلح تیاهمشچ رود کشا تسا هدرک شیاىه تلد یواىخ یم ار اه هتشىو هیا هک مه لااحتس “Hozir, sen bu yozilganlarni o„qiyotganingda, yuraging unga intilmoqda, ko„zlaring esa yoshga to„lib ketmoqda.” Murakkab ergash gaplarning ushbu turida qo‗llanadigan bog‗lovchi ularning sintaktik tuzilishiga, shuningdek, ergash gap kesimida fe‘llarning ma‘lum zamon va mayllarda qo‗llanish zaruratiga ta‘sir ko‗rsatadi. Payt ergash gaplar bosh gapdagi kesimni izohlaydi yoki vaqt holi bilan bog‗liq komponentning aniq ma‘nosini ochib beradi. Ularning joylashuvi ham turlicha bo‗lishi mumkin: ular bosh gapdan oldin, keyin yoki ayrim hollarda, kesim bilan bevosita bog‗liq bo‗lganda, bosh gapning o‗rtasida ham kelishi mumkin. 69 دىب دایز دىبو شیب یا هداس سرپزاب زاریش رد هکیتقو نآ یتح وا دیاىع “Uning daromadlari hattoki u Shirozda oddiy tergovchi bo„lgan paytda ham yuqori edi.” Keltirilgan murakkab gapda payt ergash gap murakkab bog‗lovchi ān vaqt-i-ke yordamida kiritilgan bo‗lib, u bosh gapga nisbatan interpozitsion holatda joylashgan. Payt ergash gaplar bilan mos keluvchi ko‗rsatish olmoshlari sifatida odatda تقو, ماگىه, نامز, عقوم “vaqt” so‗zlari ta‘kidlovchi qo‗shimcha bilan birga qo‗llanadi: vaqti, hangām-i, mowqe‟-i. هک bog‗lovchisi bilan kelgan payt ergash gaplari ko‗pincha bosh gapdan keyin keladi: دودروآ هواخ هب ار هلاس ود و تسیب نز شعو هک دىب بورغ ―22 yoshli ayolning jasadini uyga olib kelishganda, kech kirgan edi‖. Agar هک bilan kelgan payt ergash gaplari bosh gapdan oldin kelsa, unda bu bog‗lovchi gapning boshida emas, balki ergash gapning biror ot a‘zosidan keyin keladi: دیسر شماشم هبرىجب رىج یاهیکارىخ یىب تشگرب هک نادیم هب ―U maydonga qaytganida, turli xil taomlarning hidi dimog‗iga urildi‖. هک bilan kelgan payt ergash gaplarini aniqlovchi ergash gaplardan farqlash lozim. Chunki aniqlovchi ergash gaplar artiklsiz qo‗llanib, to‗g‗ridan-to‗g‗ri aniqlanayotgan ot ortidan joylashadi. Bunday holatlarda qo‗shma gapning umumiy mazmuni va fikrning yo‗nalishi asosiy hamda ergash gap o‗rtasidagi mantiqiy-grammatik bog‗lanishni to‗g‗ri aniqlash imkonini beradi Harakatlarning bir vaqtda sodir bo‗lishi. Bir vaqtda sodir bo‗lish harakatlarning to‗liq yoki qisman vaqt jihatidan mos kelishini bildiradi. Uni ifodalash uchun vaqt-ike, mowqe'-i-ke, hangām-i-ke, zamān-i-ke (qachonki), darhāl-i-ke, darzemn-e ān-ke (in-ke) (shu paytda, shu vaqt ichida), tā (…gacha, …paytida), harvaqt-ke (har safar, qachonki) va boshqa bog‗lovchilar qo‗llaniladi. Harakatlarning bir vaqtda sodir bo‗lishi hozirgi, kelasi va o‗tgan zamonning istalgan tabiiy yoki grammatik shaklida kuzatiladi. Qisman mos kelish holatida bosh gapdagi harakat ergash gapdagidan oldin boshlanadi va uning davomiyligi ergash gapdagi harakat tugashi bilan cheklanadi. Bunday vaqt ergash gaplari tāvaqt-i-ke, tāān-ke (in-ke) (to shu paytgacha, …gacha), tā (…gacha) va tarkibida tā (to, gacha) predlogi mavjud bo‗lgan boshqa bog‗lovchilar bilan kiritiladi. Harakatlarning vaqt jihatidan to‗liq mos kelishi har doim shunday ergash gapli qo‗shma gaplarda kuzatiladiki, bunda ergash gap har ko‗rsatish olmoshi ishtirokidagi murakkab bog‗lovchi yordamida kiritiladi. Bunday hollarda bosh va ergash gaplarda vaqt jihatidan takrorlanuvchi, bir vaqtda yuz beruvchi harakatlar ifodalanadi. Harakatlarning ketma-ketligi (turli zamon munosabatlari). Turli zamon munosabatlarini bildiruvchi qo‗shma gaplar orasida eng ko‗p tarqalgani shunday ergash gapli qo‗shma gaplardirki, unda bosh gapdagi harakat vaqt ergash gapdagi harakatdan keyin yuz beradi. Bunday gaplarda ergash gap odatda quyidagi bog‗lovchilar yordamida kiritiladi: vaqt-i-ke, mowqe'-i-ke, zamān-i-ke, hangām-i-ke, ba'dazān-ke (in-ke), pasazān-ke, hamin-ke, bemahz-e ān-ke (in-ke), azzamān-i-ke, azvaqt-i-ke va boshqalar. 70 So‗nggi misolda turli zamon munosabatlari fe‘l-kesimlarning turli zamon shakllarida qo‗llanishi orqali ham ifodalanadi. Agar bayon kelajak zamonga taalluqli bo‗lib, unda taxmin yoki ehtimollik ohangi mavjud bo‗lsa, ergash gap fe‘l-kesimi ko‗pincha aorist (ba‘zan boshqa subjunktiv shakl)da, bosh gap fe‘l-kesimi esa hozirgi-kelasi yoki qat‘iy kelasi zamonda qo‗llanadi. Bunday ergash gapli qo‗shma gaplar o‗z ma‘nosi va fe‘l shakllarining qo‗llanilishiga ko‗ra shart ergash gapli qo‗shma gaplarga yaqinlashadi. Shu sababli vaqt ergash gaplarida, xuddi shart ergash gaplarida bo‗lgani kabi, aorist o‗rniga ko‗pincha oddiy o‗tgan zamon shakli qo‗llanadi. Bosh gapdagi harakatning ergash gapdagi harakatdan keyin kelishi eng ravshan holda pasazān-ke (in-ke), ba‘dazān-ke (in-ke) (shundan keyin, undan keyin) bog‗lovchilari mavjud bo‗lganda namoyon bo‗ladi. Bu bog‗lovchilar bilan kiritilgan vaqt ergash gaplari odatda bosh gapdan oldin joylashadi. hamin-ke, bemahz-e ān-ke (in-ke), bemojarrad-e ān-ke (in-ke) - «bilanoq», «darhol», «edar», «faqatgina» kabi bog‗lovchilar bilan tuzilgan qo‗shma ergash gaplar doimo shunday bo‗ladiki, unda bosh gapdagi harakat vaqt ergash gapdagi harakatdan keyin yuz beradi. Bu bog‗lovchilar ergash gapdagi harakatdan so‗ng bosh gapdagi harakatning tez sodir bo‗lishini bildiradi. Odatda bunday bog‗lovchilar yordamida kiritilgan ergash gaplar murakkab qo‗shma gapning boshida joylashadi. Ergash gapdagi harakatning bosh gapdagi harakatdan oldin kelishini ifodalash uchun shuningdek ке (qachon), tā (…paytgacha), tāān-ke (in-ke), tāvaqt-i-ke (to shu paytgacha, …gacha) kabi bog‗lovchilar ham qo‗llanadi. Agar bosh gapdagi harakat vaqt jihatidan ergash gapdagi harakatdan oldin sodir bo‗lsa, bunday murakkab qo‗shma gaplarda pišazān-ke (in-ke), qablazān-ke (in-ke) (…dan oldin) kabi murakkab bog‗lovchilar ishlatiladi. Xulosa Tahlil natijalari shuni ko‗rsatdiki, payt ergash gaplar bosh gap bilan turli sintaktik aloqalar orqali bog‗lanib, hodisalar va harakatlarning vaqtiy munosabatlarini aniq va izchil tarzda ifodalaydi. Ularning shakllanishida bog‗lovchilar, zamon ko‗rsatkichlari va morfologik vositalar asosiy rol o‗ynaydi. Tadqiqot davomida payt ergash gaplarning bosh gapga bog‗lanish mexanizmlari, ular o‗rnatadigan semantik aloqalar, shuningdek, gap ichidagi erkin va qisman erkin joylashuv imkoniyatlari batafsil tahlil qilindi. Maqola natijalari shuni ko‗rsatdiki, fors tilida payt ergash gaplar nafaqat grammatik, balki stilistik jihatdan ham matnga boylik va aniqlik qo‗shadi. ADABIYOTLAR 1. Akhmedova D., Tillashaykhova X. Stylistic features of verbs of speech in persian newspapers. International Scientific Journal Theoretical & Applied Science. – № 10. -2019. P.46-50. 2. Пейсиков Л.С. Вопросы синтаксиса персидского языка. – М.: Изд. ИМО, 1959. 3. Рубинчик Ю.А. Грамматический очерк современного персидского языка. Приложение к Персидско-русскому словарю в 2-х томах под ред. Ю.А.Рубинчика. Изд. 3-е, стереотипное. – М.: Русский язык, 1985. 71 4. Рубинчик Ю.А. Грамматика современного персидского литературного языка. – М.: Восточная литература РАН, 2001 O„ZBEK TILIDA METAFORIK O„XSHATISHLARNING SEMANTIK MAYDONLARI TADQIQI MASALALARIGA DOIR Shirin Sharasulova, Oriental universiteti Tillar 1 kafedrasi dotsenti, f.f.n. Toshkent, O‗zbekiston Annotatsiya Mazkur maqolada o‗zbek tilidagi so‗z o‗yinlari va metaforalarning semantiksintaktik xususiyatlari tahlil qilinadi. So‗z o‗yinlarining lingvistik va madaniy qatlamlari, metaforaning mantiqiy-semiyotik mohiyati hamda ularning gap tuzilmasidagi funksional yuki yoritiladi. Maqolada adabiy matnlardan va ommaviy nutqdan misollar asosida semantik bog‗liqlik va sintaktik qurilmalarning o‗zaro munosabati ko‗rsatiladi. Kalit so„zlar: metafora,, o„xshatishlar semantika, sintaksis, leksik birlik, kontekst, ifoda vositasi. Annotation This article analyzes the semantic and syntactic features of wordplay and metaphors in the Uzbek language. It explores the linguistic and cultural layers of wordplay, the logical-semiotic essence of metaphors, and their functional role in sentence structure. Based on examples from literary texts and public speech, the article reveals the interaction between semantic coherence and syntactic constructions. Keywords: metaphor, wordplay, semantics, syntax, lexical unit, context, means of expression. Аннотация В данной статье анализируются семантические поле особенности языковых сравнений и метафор в узбекском языке. Рассматриваются лингвистические и культурные аспекты языковых игр, логико-семиотическая сущность метафоры, а также их функциональная нагрузка в структуре предложения. На основе примеров из литературных текстов и общественной речи выявляется взаимосвязь между семантической связностью и синтаксическими конструкциями. Ключевые слова: метафора, сравнение, семантика, синтаксис, лексическая единица, контекст, выразительное средство. Dunyo tilshunosligida metaforik o‗xshatishlar keng o‗rganilishiga qaramay, tilning ichki imkoniyatlari va nutqning tuganmas ma‘no shakllari yangi tadqiqotlar, hamda semantik tahlillar talab qilmoqda. Metaforik o‗xshatishlar (metaforalar) — bu ijodiy yoki adabiy o‗xshatish shakllari bo‗lib, ular bir narsani boshqa bir narsa bilan