RIVOJLANGAN MAMLAKATLAR TAJRIBASIDA FUQAROLARNING ELEKTORALLIK KOMPETENSIYASINI RIVOJLANTIRISH MEXANIZMLARI
Abstract
Mazkur maqolada ilg’or xorijiy mamlakatlarning fuqarolar elektoral madaniyatini rivojlantirish bo’yicha tajribasi hamda uning joriy etilishi, funksiyalari to’g’risida aytiladi. Shuningdek maqolada ilg’or davlatlarning tajribasini amalga tadbiq etish mehanizmlari ta’kidlanadi
Full text
INTERNATIONAL CONFERENCE OF NATURAL AND SOCIAL-HUMANITARIAN SCIENCES Volume 02, Issue 08, 2025 Belgium, Brussels 3 INTERNATIONAL CONFERENCE OF NATURAL AND SOCIAL-HUMANITARIAN SCIENCES universalconference.us RIVOJLANGAN MAMLAKATLAR TAJRIBASIDA FUQAROLARNING ELEKTORALLIK KOMPETENSIYASINI RIVOJLANTIRISH MEXANIZMLARI Kimsanboyev Rahmonjon Valizoda Oliy Majlis Qonunchilik palatasi huzuridagi Yoshlar parlamenti a’zosi O'zXDP Sergili tumani kengashi raisi Kimsanboyevrahmonjo[email protected]om Annotatsiya: Mazkur maqolada ilg’or xorijiy mamlakatlarning fuqarolar elektoral madaniyatini rivojlantirish bo’yicha tajribasi hamda uning joriy etilishi, funksiyalari to’g’risida aytiladi. Shuningdek maqolada ilg’or davlatlarning tajribasini amalga tadbiq etish mehanizmlari ta’kidlanadi. Kalit so’zlar: saylov, fuqoro, davlat, xorijiy, elektoral, madaniyat, jamiyat, tizim. Erkin saylov huquqining amalga oshirilishi, erkin hamda chinakamiga ifoda etiladigan xalq irodasi hokimiyat va har qanday hukumat qonuniyligining asosi ekanligi va har bir shaxsning o’z davlatini boshqarishda bevosita yoki o’z vakillari orqali qatnashish huquqi ko’pgina xalqaro hujjatlarda, jumladan, EXHTning Kopengagenda qabul qilingan hujjatida ham ta'kidlangan. Ushbu hujjat talablariga ko'ra, “Ishtirok etuvchi davlatlar tegishlicha o'z fuqarolarining bevosita yoki haqiqiy saylov jarayonida o'zlari erkin saylaydigan vakillari orqali mamlakatni boshqarishda qatnashish huquqlarini hurmat qiladilar”. Saylovlar – bu xalqning ovoz berish orqali davlatni boshqarishda bevosita ishtirok etishining eng muhim usulidir. Mamlakatimizda saylovlarning muntazam o‘tkazilishi demokratik jamiyat qurish yo‘lidagi muhim qadamdir. Xalqaro saylov standartlari bir vaqtning o‘zida huquqiy va tartibga soluvchi ikkita muhim vazifani bajaradi. Bir tomondan, bu standartlar fuqarolarning saylash va saylanish huquqlarini aniq belgilab berib, ularning amalda ro‘yobga chiqishini ta’minlaydi. Boshqa tomondan, ushbu standartlar davlatlarni fuqarolarga demokratik saylov jarayonida ishtirok etish uchun zarur bo‘lgan barcha sharoitlarni yaratishga majbur qiladi. Xalqaro saylov standartlari turli mamlakatlarning saylov qonunchiligini bir-biriga yaqinlashtirib, ularni demokratik davlatlar jamiyatiga integratsiyalashish jarayonini tezlashtiradi. Bu standartlar saylov jarayonining barcha ishtirokchilarining huquq va manfaatlarini himoya qilishga qaratilgan. Ushbu standartlar siyosiy va saylov
INTERNATIONAL CONFERENCE OF NATURAL AND SOCIAL-HUMANITARIAN SCIENCES Volume 02, Issue 08, 2025 Belgium, Brussels 4 INTERNATIONAL CONFERENCE OF NATURAL AND SOCIAL-HUMANITARIAN SCIENCES universalconference.us jarayonlariga bevosita va bilvosita ta’sir ko‘rsatib, ularning demokratik tamoyillarga mos kelishini ta’minlaydi. Xalqaro saylovlar degan termin huquqiy adabiyotlarda alohida ajralib ko‘rsatilmasa-da, bu uning mavjud emasligini anglatmaydi. Aksincha, bunday holatda umum tan olingan prinsip va institutlar doirasida tahlil qilish maqsadga muvofiq. Birlashgan Millatlar Tashkilotining tashkil topishi va uning inson huquqlarini himoya qilishga qaratilgan faoliyati natijasida bir qator xalqaro normalar qabul qilindi. Xususan, 1966 yil 19 dekabrda qabul qilingan “Fuqarolik va siyosiy huquqlar to‘g‘risida”gi Xalqaro pakt insonlarning siyosiy huquqlarini mustahkamlovchi muhim hujjatdir. BMT xotin-qizlarning huquqlarini himoya qilishga qaratilgan bir qator muhim hujjatlarni qabul qilgan. Masalan, "Ayollarning siyosiy huquqlari to‘g‘risida"gi 1952 yilgi Konvensiya 1-moddasida xotin-qizlar erkaklar bilan teng sharoitlarda ovoz berish huquqiga ega ekani ta’kidlanadi. 2-moddada esa, xotin-qizlar milliy konunchilik asosida saylanishlari mumkinligi keltirilgan. 1979 yilda qabul qilingan "Xotin-qizlar huquqlari kamsitilishining barcha shakllariga barham berish" Konvensiyasining 7moddasida, ayollarga teng sharoitlarda siyosiy va jamoat hayotida ishtirok etish huquqlari ta’minlanishi ta’kidlangan. Shuningdek, 1965 yilda qabul qilingan “Irqiy kamsitishning barcha shakllarini tugatish to‘g‘risida"gi Konvensiya fuqarolarning siyosiy huquqlarini himoyalashni alohida e’tirof etadi, irq, tananing rangi, urug‘chilik yoki etnik kelib chiqishdan kelib chiqqan kamsitishlarga yo‘l qo‘ymaslikka chaqiruvchi normalarni o‘z ichiga oladi. 1991 yil 17 dekabrda BMT Bosh Assambleyasi 46/130-sonli Rezolyusiyani qabul qildi. Ushbu Rezolyusiyada saylov jarayoniga oid institutlarni shakllantirish va ularni o‘tkazish usullarini tanlash xususida qarorlar xalq zimmasiga bo‘lishi muhim ekanligi ta’kidlangan. Rezolyusiyada o‘z milliy suveren huquqini hurmat qilish talab qilinadi, ya’ni, davlatlar xalq irodasi asosida saylovlarni erkin o‘tkazish huquqiga ega. Bu jarayon boshqa davlatlarning ijtimoiy-iqtisodiy, siyosiy va madaniy tizimlarini rivojlantirishga aralasha olmaydi. Saylovlarni arzon va odilona o‘tkazish uchun asosiy mas’uliyat davlatlarga yuklatilishi, shu bilan birga, ularning ichki ishlariga aralashmaslik tamoyiliga rioya qilinishi shart. Ushbu Rezolyusiya saylov jarayonida milliy suverenitetni qo‘llab-quvvatlaydi. BMT o‘z faoliyatining dastlabki yillaridanoq saylovlar sohasida xalqaro huquqiy normalarni ishlab chiqishda va milliy saylovlarni kuzatishda faol ishtirok etib kelmoqda. Tashkilot ilk bor 1948 yilda Koreyada saylovlarni kuzatgan bo‘lib, shundan buyon turli mamlakatlarda erkin va adolatli saylovlar o‘tkazilishiga ko‘maklashmoqda. Ilg‘or xorijiy mamlakatlar tajribasi asosida O‘zbekistonda ham demokratik
INTERNATIONAL CONFERENCE OF NATURAL AND SOCIAL-HUMANITARIAN SCIENCES Volume 02, Issue 08, 2025 Belgium, Brussels 5 INTERNATIONAL CONFERENCE OF NATURAL AND SOCIAL-HUMANITARIAN SCIENCES universalconference.us tamoyillarga asoslangan saylov tizimi shakllantirildi. Xususan, Germaniya, Shveysariya va Skandinaviya davlatlari tajribasidan andoza olinib, proporsional vakillik, fuqarolik jamiyati ishtiroki va saylov yaxlitligi tamoyillari milliy tizimga tatbiq etildi. O‘zbekiston bugungi kunda ijtimoiy-iqtisodiy va siyosiy-ma’naviy islohotlarda xorijiy tajribalarni o‘z sharoitiga moslashtirib qo‘llashga alohida e’tibor qaratmoqda. Birinchi Prezident I.A. Karimov ta’kidlaganidek, “boshqa davlatlarning ijobiy tajribalaridan foydalanish kerak, biroq ularni ko‘r-ko‘rona ko‘chirib olish emas, balki milliy sharoitga moslashtirish lozim.” Mazkur yondashuv mamlakatning barqaror taraqqiyotini ta’minlash, xalq farovonligini oshirish va milliy istiqbollarni mustahkamlashga xizmat qilmoqda. O‘zbekiston o‘zining bozor iqtisodiyotiga bosqichma-bosqich o‘tish yo‘lini tanlab, mavjud tabiiy, moliyaviy va mehnat resurslaridan oqilona foydalanish orqali iqtisodiy taraqqiyot va jamiyat farovonligiga erishishni maqsad qilgan. Foydalanilgan adabiyotlar 1. Mirziyoyev Sh. “Milllatlararo do'stlik va hamjihatlikxalqimiz tinchligi va farovonligining hayotbaxsh manbai” -Respublika baynalmilal madaniyat markazi tashkil etilganligining 25 yilligiga bag'ishlangan uchrashuvdagi nutq. 2017 —yil 24 yanvar. 2. Саидов А. Бирлашган Миллатлар Ташкилоти томонидан қабул қилинган “Фуқаролик ва сиёсий ҳуқуқлар тўғрисида”ги ҳалқаро шарт/ ўзбекистон Республикаси бўйича ҳалқаро шартномалар –Т, “Адолат” 2002. –Б.54-74. 3. https://www.an.org 4. https://www.an.org 5. Насриддинов Ф. Ўзбекистонда сайлов комиссиялари фаолиятининг ташкилий-ҳуқуқий асосларини такомиллаштириш. Юридик фанлар бўйича фалсафа доктори (PhD) даражасини олиш учун тайёрлаган диссертацияси. – Тошкент, 2019. –Б.102. 6. Каримов И.А. Ўзбекистоннинг ўз истиқлол ва тараққиёт йўли. –Т, “Ўзбекитон” 1992. –Б.36.