scieee AI-readable full text Open interactive document viewer

QOʻCHQOR NORQOBIL DRAMATURGIYАSIDA MAVZU VA JANR RANG-BARANGLIGI

Mohlaroy Axmedova

Full text

394 Issue 24(59), Volume 1 | ISSN 3030-377X | 30.10.2025 SCIENCE SHINE INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL QOʻCHQOR NORQOBIL DRAMATURGIYАSIDA MAVZU VA JANR RANG-BARANGLIGI Mohlaroy Axmedova O‘zbekiston davlat san’at va madaniyat instituti, “Teatr san’ati” mutaxassisligi magistri Annotatsiya: maqolada dramaturg Qo‘chqor Norqobilning ayollar mavzusida yaratgan spektakllari bilan teatr san’atining rivojida o‘z hissasini qo‘shganligi, ijodiy faoliyati, dramaturg yozgan asarlari va spektakllari tahlili xususida so‘z boradi. Kalit so‘zlar: aktyor, dramaturg, mavzu, janr, rejissor, harakat, kechinma, xarakter, xarakterlilik, obraz, plastika. Аннотация: в статье говорится о вкладе драматурга Кочкора Норкабила в развитие театрального искусства с его пьесами на женские темы, его творческой деятельности, анализе произведений и пьес, написанных драматургом. Ключевые слова: актер, драматург, тема, жанр, режиссер, действие, опыт, персонаж, характеристика, образ, пластика. Abstract: the article talks about the contribution of the playwright Kochkor Norqabil to the development of theater art with his plays on women's themes, his creative activity, the analysis of the works and plays written by the playwright. Key words: actor, dramatist, theme, genre, director, action, experience, character, characteristic, image, plasticity. Teatr san’ati ma’naviyatning eng yorqin ta’sirchan kо‘rinishlaridan biridir, deb ta’kidladik. Zero, u tomoshabinlarga bevosita ta’sir kо‘rsatadi. Sahna bilan tomoshabin о‘rtasida samimiy bog‘lanish muloqot hosil bо‘lib, ham sahna ijodkorlarini, ham tomoshabinlarni ma’nan boyitadi, ruhini sozlaydi, kо‘ngilini kо‘taradi. Tomoshabin sahnada jonli hayotning badiiy tarzda aks ettirilganini kо‘radi. U ma’lum bir soat ichida tarix yoki zamonaviy mavzuda hikoya qilib tomoshabin qalbida о‘chmas iz qoldirishi mumkin. Sahna san’ati ijodkorlari ezgu g‘oyalarni keng ommaga yetkazishda о‘z oldiga juda katta mas’uliyatli vazifani olgan. Darhaqiqat, “О‘z vaqtida taraqqiyparvar jadidlar ham teatr san’atini maktab va matbuot bilan bir qatorda qо‘yib, uning rivojiga bejiz e’tibor qaratmaganlar. Teatrni minbar, ibratxona, ma’rifat о‘chog‘i, 395 Issue 24(59), Volume 1 | ISSN 3030-377X | 30.10.2025 SCIENCE SHINE INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL odobxona deb bilganlar”. [1.B.22] Aytish joizki, teatr san’ati asrlar davomida xalq orasidan chiqqan qiziqchilar, hofizlar, sozandalar kabi boshqa an’anaviy teatr zahmatkashlarining betakror hayotbaxsh ijodi evaziga rivojlanib kelgan. Bu esa о‘zо‘zidan har bir ijrochining xususan, aktyorning ijro mahorati va о‘ziga xos uslubini shakllanishiga ham xizmat qilgan. Mustaqillik yillarida ijtimoiy-iqtisodiy va madaniy sohadagi oʻzgarishlar keng miqyosdagi islohotlarni amalga oshirish natijasi boʻlib, jamiyatimiz hayotini tubdan oʻzgartirib, muhim yangilanishlar jarayoniga asos soldi. Bu davrda har bir sohada yangidan-yangi islohotlar amalga oshirildi, jumladan dramaturgiya sohasida ham. Taraqqiyotning bozor iqtisodiyoti yoʻliga oʻtgan jamiyatning teatrga munosabati va zamonaviy jarayonlarning badiiy ijodga ta'siri oldingidan oʻzgacha koʻrinish oldi. Bu esa, mustaqillik davri dramaturgiyasini, dastavval, uning tarixiy-nazariy xususiyatlari asosida koʻrib chiqish zaruratini keltirib chiqaradi. Dramaturgiya juda qadimdan nazariyotchilar diqqat-e'tiborida boʻlgan. Uni adabiy tur sifatida adabiyotshunoslik; teatrning muhim komponenti sifatida san'atshunoslik; estetik hamda tafakkurning oʻziga xos xususiyati nuqtai nazaridan falsafa fanlari kesimida oʻrganilib kelingan. Miloddan avvalgi IV asrda yashagan yunon faylasufi Aristoteldan boshlab to bugungi kunga qadar koʻplab olimlar dramaning tuzilishi, tarkibiy qismlari, mavzui-gʻoyaviy yoʻnalishlari, xarakter hamda konflikt xususiyatlari, janrlarning oʻziga xosligi borasida, ma'lum davr va dramaturg ijodiga oid nazariy tadqiqotlarni olib borishgan. Akademik Mamajon Rahmonov “О‘zbek teatri Sharqning qadimiy teatrlaridan bо‘lib, uning dastlabki kelib chiqish tomirlari ibtidoiy jamiyat ichiga kirib boradi. Bu hol uning eng ilk yaralish manbalarini О‘rta Osiyo tuprog‘idan va shu yerda yashagan qadimiy xalqlarning ijtimoiy hayotidan, milliy xususiyat va traditsiyalaridan, tabiatidan qidirishga da’vat qiladi”, [2.B.19.] deb ta’kidlagan O‘zbek dramaturgiyasi tarixi o‘zining salmoqli tarixiga ega. Unda turli janrlarda ijod etgan bir qator dramaturglar bor. Avval boshi Mahmudxo‘ja Behbudiy, Abdulla Avloniydan boshlanib, Hamza Hakimzoda Niyoziy ijodida salmog‘i yuksalgan bo‘lsa, Abdulla Oripov, Erkin Vohidov, Said Ahmad iste’dodi bilan umuman yangi qiyofa kasb etgan. Mustaqillik yillarida teatr san’ati Erkin Xushvaqtov komediyalari bilan qaddini qayta tiklagan bo‘lsa, Usmon Azim o‘zining o‘tkir qalami bilan tarixiy pyesalarni mahorat bilan yarata oldi. Zamonaviy dramaturgiyada eng ko‘zga ko‘ringan dramaturg, adib, shoir esa Qo‘chqor Norqobildir. Dramaturg Qo‘chqor Norqobil serqirra ijod sohibi. Uning turli kasb egasi bo‘lgan zamonamiz qahramonlari timsoli aks etgan bir qator asarlari asosida sahnalashtirilgan spektakllar 396 Issue 24(59), Volume 1 | ISSN 3030-377X | 30.10.2025 SCIENCE SHINE INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL teatr muxlislari e’tirofiga sazovor bo‘lgan. Dramaturg qalamiga “Tog`lardek baland bo‘l!”, “Zamindan olis ketma”, “Taqdir sinovlari”, “Dildagi dog‘”, “Ayyorgina ayollar” deb ataluvchi pyesalari allaqachon teatr sahnasida o‘z muhlislarini topib ulgurgan. Pyesalarda o‘z qat’iyati, insoniy fazilatlari bilan barchaga o‘rnak bo‘luvchi bugungi kun qahramonlarining obrazi yaratilgan. Bu sahna asarlarida og‘ir sanoat tizimida, kon-metallurgiya sohasida faoliyat olib borgan, uzoq hayotiy tajriba va chuqur bilimga ega inson taqdiri bilan birga, turmush qiyinchiliklarini o‘z yelkasiga olib, oilasini saqlab qolishga qat’iy harakat qilgan matonatli ayol, farzandlari kelajagi uchun o‘z orzu-xavaslaridan kechib umr kechirgan oqibatda qiyinchiliklar, g‘ussalar domida qolgan chol, hayotning o‘nqir-cho‘nqirida irodasi toblangan, ezilgan, mahkumlikdan ozor chekkan o‘zbek ayollarining tipik obrazlari o‘rin olgan. Dramada zamonamiz qahramoning tipik vakili o‘zi ishlayotgan soha rivoji uchun barcha qiyinchiliklar va taqdir zarbalariga sobit turgan holda matonat bilan kurashadi. Ya`ni uning og`ir hayotiy yo`lni bosib o`tib, mas`uliyatli rahbar lavozimiga ko`tarilishi, bu insonning pokligi, mehr-murruvvati, xalq va yurt boyligini asrash yo‘lidagi, korrupsiyaga qarshi kurash borasidagi jasorati chuqur tahlil qilinadi. Bir so‘z bilan aytganda, mazkur pyesalarda zamonaviy qahramon qiyofasi nafaqat gap-so‘zlari, xatti-harakatlari, balki uning ichki dunyosi, dardi va qalb iztiroblarini ochib berish orqali aks ettirilgan. Dramaturg o‘z asarlarida hayotga yaqin obrazlar tanlaydi. Uning tanlovi tomoshabinning tipik obrazi bo‘lishi ham mumkin. Zero, adabiyot hayotning in’ikosidir. Masalan “Zamindan olis ketma” dramasida bir qancha obrazlar mavjud bo‘lib, unda dramaturg qatnashuvchilarni tanishtirish chog‘ida personajlarga rejissor va aktyor qiyinchiliksiz tasavvur qila oladigan sifatlarni yuklaydi. Quyida ulardan bir qanchasini ko‘rib chiqamiz: 1. To‘ra-Badavlat, Riyokor, zo‘ravon. 50 yosh. 2. Beg‘am-To‘raning yugurdagi. Badnafs. 40 yosh. 3. Rahim-oromgoh rahbari. Irodasi mo‘rt. Uquvsiz fermer. 4. Lola-To‘raning qizi. Go‘zal va oqila. Yosh shifokor. 26-yosh. 5. Tolib-Telejurnalist. 25 yosh. 6. Go‘zal-Oromgohda tarbiyachi. O‘qituvchi. Yolg‘iz ayol. 35 yosh. 7. Olim-Hardamxayol, g‘alati fe’l-atvorli. 45 yosh kabi. Umuman olgan ushbu biz misol keltirgan spektakl O‘zbek Milliy Akademik drama teatrida sahnalashtirilgan bo‘lib, spektakl rejissori G‘ofur Mardonov. Rollarni O‘zbekiston xalq artisti Zuhra Ashurova, O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artistlar Tohir Saidov, Mehriddin Rahmatov, Maxfuza Bobotillayeva va boshqalar mahorat bilan ijro etgan. Spektakl bugungi kungacha o‘zining tomoshabiniga ega. Qo‘chqor 397 Issue 24(59), Volume 1 | ISSN 3030-377X | 30.10.2025 SCIENCE SHINE INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL Norqobil dramaturgiyasi zamonaviy teatr san’ati namoyondalari asarlaridan farqli o‘laroq uning qalamiga mansub pyesalar hayotga yuzma-yuzma yaqin. Tomoshabin spektaklni tomosha qilish jarayonida, dialoglar, konfliktlar, paradokslar mavjud sahnada o‘zini begonaday his qilmaydi. Buning sababi esa bitta-u hayotda mavjud, o‘zi guvoh bo‘lgan voqealar qahramonlarini badiiylashtirib qayta jonlantirgan xolos. Qo‘chqor Norqobil dramalaridagi kabi erkin qahramonlar tuzilmasini boshqa dramaturglarda uchratish qiyin. Balki dramaturg hayotiy tajribasining boyligi, urush ko‘rganligi (Qo‘chqor Norqobil “Afg‘on” urushi ishtirokchisi), balki teran fikrlay olish qobiliyati bunday imkon berganidadir. Hozirgi kun dramaturgiyasida Qo‘chqor Norqobil kabi ayollar haqida asarni mo‘l-ko‘l yozgan ijodkor kam. Asosiy bosh qahramoni ayol bo‘lgan p’esalar ham. Rus adabiyoti Chexovni “ayollar bilimdoni” deb nomlagan bo‘lsa, biz Qo‘chqor Norqobilni o‘zbekni Chexovi desak adashmagan bo‘lamiz. U zamonaviy adabiyotda nafaqat dramaturgiyasi bilan, balki tearn poeziya va poetikasi bilan o‘z dastxatini qoldirayotgan serqirra ijodkordir. Dramaturg va aktyor nomlarining yonma-yon kelishi о‘zbek teatrida shu taqlit yuz berdi. Biroq jahon teatri maydonida bu ikki tushunchaning birga kelishi eng qadimgi davrlarga borib taqaladi. Bu borada buyuk faylasuf Aristotelning «Poetika» asari ishonchli manba bо‘la oladi. Unda: “Aktyorlar ishtiroki masalasiga kelganda, Esxil bitta aktyor о‘rniga ikkita kiritdi, xor qismini ozaytirdi va dialogni birinchi о‘ringa qо‘ydi, Sofokl esa aktyorlarni uchtaga yetkazdi va dekoratsiyalar kiritdi” , - [3.B.8.] deyiladi. Muallifning asarlarini o‘rganishda ularning yozilgan davriga va jamiyatga ta’sirini tahlil qilish juda muhimdir. Ular ko‘pincha ijtimoiy adolat, inson huquqlari va xalq hayoti kabi mavzularni ko‘taradi. Ularning asarlari o‘z davrining ijtimoiy muammolarini yoritish orqali adabiyotdagi yangi yondashuvlarni yaratdi. Uning asarlari markazida inson qalbi, uning ichki kechinmalari va ruhiy holati bo‘lib, bunday tahlil uslubi ularning asarlarida chuqur psixologik qatlamlarni yaratdi. Shaxsning ichki dunyosini va uning jamiyatdagi o‘rnini tasvirlash, Norqobilning asarlarini o‘rganishda diqqatga sazovor jihatlardan biridir. U an’anaviy o‘zbek adabiy uslubini modernizm bilan uyg‘unlashtirib ishlatgan. Uning asarlari, ko‘pincha, oddiy xalq tili va adabiy an’analarni zamonaviy adabiy shakllar bilan birlashtiradi. Bu yondashuv uning asarlarini o‘qishga va tushunishga osonlashtiradi, shu bilan birga, o‘zbek adabiyotining yangi bosqichiga o‘tishini ta’minlaydi. Foydalanilgan adabiyotlar 1. Istiqlol va miliy teatr. -T.: Yangi asr avlodi, 2002. 398 Issue 24(59), Volume 1 | ISSN 3030-377X | 30.10.2025 SCIENCE SHINE INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL 2. Rahmonov M. O‘zbek teatri. -T.: Fan. 3. Aristotel. Poetika. -T.: 1980. 4. Qozoqboy Yo‘ldosh, Muhayyo Yo‘ldosh. Badiiy tahlil asoslari. -T.: 2016.