scieee AI-readable full text Open interactive document viewer

MAISHIY LEKSIKA MAZMUNIY MAYDONIDA UY-RO'ZG'OR BUYUMI NOMLARINING O'RNI VA TARAQQIYOTI

Suyunova, Tilloxon

Abstract

This article deals with the issue of the integration of technology into language teaching and its role in improving writing and reading skills in EFL classes. There were introduced the importance of technological tools and some practical implementations in using them for enhancing learners’ writing and reading skill.

Full text

SCHOLAR ISSN: 2181-4147 VOLUME 3 | ISSUE 11 | 2025 https://t.me/openscholar Multidisciplinary Scientific Journal Oktabr, 2025 112 DOI: https://doi.org/10.5281/zenodo.17534932 MAISHIY LEKSIKA MAZMUNIY MAYDONIDA UY-RO‘ZG‘OR BUYUMI NOMLARINING O‘RNI VA TARAQQIYOTI Suyunova Tilloxon NAVDPI 2-kurs o‘zbek tili va adabiyoti fakulteti 2-kurs magistranti ANNOTATSIYA Bu maqola kundalik nutqimizda kamdan-kam ishlatiladigan uy jihozlari nomlarining etimologik tahlilini taqqoslashni taqdim etadi. Keywords: nonpar, deccha, yogloqi, sanoch, tuwoq, obcash Obyektiv olamda har bir xalqning shakllanishi,ma’lum bir guruhga uyushganligi, uyushuv kechimi va o‘sha olamdagi mavjudodni, mavjudoddagi har bir holat hodisalar,ulardagi bor qismlar,tafsilotlarni qanday idrok etganligi,o‘rganilganligi, bilganligi,ular o‘rtasidagi munosabat to‘g‘risida mushohada yuritganligi yuzasidan ma’lumotga ega bo‘lish uchun murojaat etiladigan nuqtalaridan biri,to‘g‘rirog‘i, asosiysi ham o‘z tili yuzasidan amalga oshirgan tadqiqotidir 7 . Shu o‘rinda biz ham ushbu maqola orqali o‘zbek tili uy-ro‘zg‘or buyumlari nomlaridan ayrimlarining ma’no taraqqiyoti va lingvomadaniy xususiyatlariga to‘xtalib o‘tmoqchimiz. Xalq hayoti, turmush tarzi va ijtimoiy muhit bilan o‘zaro chambarchas bog‘liq bo‘lgan maishiy leksika so‘zlari, xususan, uy-ro‘zg‘or buyumi nomlari boy va rangbarang bo‘lib, ular qo‘llanilishi jihatidan ancha faol leksik qatlamni tashkil etadi.Tarixiy evrilishlar, iqtisodiy va siyosiy jarayonlar,madaniy hayotning taraqqiy etishi hisobiga ushbu leksik qatlam so‘zlari boyib bormoqda, albattaki,turmush tarzi 7 Юнусалиев Б.M.Киргизская лексикология Ч. 1. Фрунзе, КГУПИ, 1959, с. 11. SCHOLAR ISSN: 2181-4147 VOLUME 3 | ISSUE 11 | 2025 https://t.me/openscholar Multidisciplinary Scientific Journal Oktabr, 2025 113 o‘zgarishi bilan ularning ayrimlari iste’moldan chiqqan,ba’zilarining ma’no attenkasi toraygan. Nonpar-ishlov berilgan xamirga bezak bosish buyumi. Nonparlar dealektal variantda nonpat shaklida ham qo‘llanilgan .Parrandalarning patlarini jamlab bog‘lashgan va nonga gul bosilgan. Shevalarda nonparlar nanpar\chikach,chaqchuqa(qushning don cho‘qishiga taqlidan),par, chekich, Farg‘onalik viloyati Quva tumani nutqida non qog‘irma varianti uchraydi. “Devoni lug‘atit turk” da bu so‘z tiküch deyilishi ta’kidlanadi.Xorazm viloyati Urganch shahri va Navoiy viloyati Qiziltepa tumanida nonpar so‘zi tikach shaklida hozirgi kunda ham yuritiladi Dekcha –“kichkina qozon, qozoncha.Qudrat.. yangi o‘choqda osig‘liq dekcha qopqog‘ini ochib ko‘rdi:dekcha bo‘sh edi.H.Nazir. So‘nmas chaqmoqlar. 8 Bu so‘z bugungi kunda arxaik birlikka aylangan.XX asrda yaratilgan asarlarda faol bo‘lganligiga qaraganda dekcha so‘zi yaqin o‘tmishgacha qozon so‘zi bilan tengmateng ishlatilgan.SH.Rahmatullayev : “Bu ot qozon ma’nosini anglatadigan tojikcha deg otiga kichraytirish ma’nosini ifodalaydigan –cha qo‘shimchasini qo‘shib hosil qilingan bo‘lib, o‘zbek tiliga g tovushi k tovushiga almashgan; “kichkina qozon” ma’nosini anglatadi”,- deya ta’rif beradi 9 . Koshg‘ariyning “Devoni lug‘atit turk” asarida qozon ma’nosida ishlatilgan ashїch va shu bilan birgalikda buqach so‘zlariga duch kelamiz. Misol: “ Ashїch ajyр tübüm аltun, qamїch ajyp mеn qаjdаmаn ” (Qozon maqtanib aytadi tubim oltun, shunda cho‘mich aytadi unda men qaydaman). Dekcha so‘zi hozirgi kunda xalq og‘zaki ijodi namunasi sanalgan ayrim topishmoqlarda uchraydi: Kichkina dekcha, ichi to‘la mixcha Tuvoq –Qozonning qopqog‘i . Mis qozonga loy tuvoq. Maqol – Qozon tuvoqsiz, uning yonida bir o‘g‘ir, bitta kuv turibdi.G‘.G‘ulom, Shum bola. Feruzaning o‘chog‘ida yana olov,tuvog‘i yopiq dekchadan bug‘ ko‘tariladi.S.Anorboyev.G‘o‘zallik izlab 10 .SH.Rahmatullayev bu so‘zni quyidagicha izohlaydi:Qadimgi turkiy tilda “suvni toza saqlash uchun suvni og‘zini berkitishga 8 O`zbek tilining izohli lug`ati,I tom, 220-bet. 9 Sh.Rahmatullayev O`zbek tilining etimologik lug`ati,I tom 86-bet, 10 O`zbek tilining izohli lug`ati,I tom, 216 – bet. SCHOLAR ISSN: 2181-4147 VOLUME 3 | ISSUE 11 | 2025 https://t.me/openscholar Multidisciplinary Scientific Journal Oktabr, 2025 114 mo‘ljallab hozirlangan yog‘och” ma’nosini anglatgan bu so‘z aslida tug‘aqlыq tarzida talaffuz etilgan.Bu so‘z oxiridagi “xos”, “atalgan” ma’nosini ifodalovchi –liq qo‘shimchasi tashlansa tug‘aq oti qoladi.Bu ot aslida yasama bo‘lib,qadimgi turkiy tilda “yop”, “to‘s”ma’nosini ifodalovchi -tu fe’lining takror ma’nosini ifodalovchi – g‘ȁ qo‘shimchasi bilan hosil qilingan shaklidan –q qo‘shimchasi bilan yasalgan, keyinchalik q v ga almashgan;q undoshi oldidagi ȁ unlisi a ga almashgan (tu- +g‘ȁ=tug‘a)+q=tug‘aq-tuvoq. Tuvoq hozirgi kun so‘zlashuv nutqida so‘z birikmasi ko‘rinishini olgan va “qozonning qopqog‘i” tarzida qo‘llaniladi.Xorazm viloyati Xonqa tumanida duvoq shakli saqlanib qolgan.Ayrim sheva vakillari xususan forsiy zabon aholi dekpo‘sh variantini o‘z nutqlarida ishlatadilar. Yog‘loqi – idishdan idishga suv olib solish uchun ishlatiladigan uy-ro‘zg‘or buyumi – katta cho‘mich. – Voy dazmolim esimdan chiqibdi, - dedi yugurib kirgan Ra’no va o‘rtasi xinaday sarg‘ayib ketgan galstukni yog‘loqidagi suvga tiqib akasiga aybdorlarcha tikildi.H.Nazir so‘nmas chaqmoqlar 11 . Yog‘loqi so‘zining bu ma’nosi o‘rnida rus tilidan o‘zlashgan krushka so‘zi horizgi kunda ishlatiladi:yelim krushka,nerjavika krushka.SH.Rahmatullayev yog‘loqi so‘ziga quyidagicha ta’rif beradi: “Cho‘michga o‘xshash, lekin undan kattaroq ro‘zg‘or buyumi.Bu so‘z o‘zbek tiliga yag‘ oti bilan qizdirilgan ma’nosini ifodalovchi dag‘ so‘zining birlashuvidan yuzaga kelgan, birlashuv –i egalik qo‘shimchasini qo‘shish bilan tugallangan; keyinchalik d undoshi l undoshiga almashgan: (Yag‘+dag‘=yag‘dag‘)+i=yag‘dagi=yag‘lagi.Bu so‘zni yag‘ otidan –la qo‘shimchasi bilan yasalgan fe’ldan –g‘i qo‘shimchasi bilan yasalgan deb izohlash ham mumkin.Yag‘la+g‘i=yag‘lag‘i=yag‘laqi 12 Xo‘sh,yog‘loqi so‘zi eskirib va tushuncha saqlanib , krushka so‘zi uning o‘rnini egallagan ekan, shevalarda bu so‘zning muqobil varianti bormi? Ayrim forsiyzabon aholi bu so‘zni choygardon tarzida o‘z nutqlarida qo‘llash holatlari uchraydi.O‘zbek 11 O`zbek tilining izohli lug`ati, I tom,267-bet. 12 SH.Rahmatullayev. O`zbek tilining etimologik lug`ati,178-bet. SCHOLAR ISSN: 2181-4147 VOLUME 3 | ISSUE 11 | 2025 https://t.me/openscholar Multidisciplinary Scientific Journal Oktabr, 2025 115 tilining izohli lug‘atida esa choygardon oshpazlarning katta cho‘michi ma’nosini ifodalashi qayd etilgan. Obkash – Ikki uchidagi ilmog‘iga chelak osib,yelkada suv va boshqa narsalar tashish uchun moslangan yog‘och asbob.Bir obkash suv.Obkash bilan suv tashimoq. – Ertasiga ertalab Elmurod yelkasiga katta chelaklar ilingan obkashni qo‘yib, machit huzuriga borayotgan edi. 13 Ana endi yana o‘sha manba, ya’ni SH.Rahmatullayevning kitoblarida : “ Bu ot tojikcha ob suv otiga tashi ma’nosini ifodalovchi kashidan fe’lining kash hozirgi zamon asosini qo‘shib hosil qilingan bo‘lib,ikki uchidagi ilmoqqa chelak osib yelkada suv (suyuqlik) tashiydigan yog‘ochdan yasalgan asbob ma’nosini ifodalaydi.Bu ot o‘zbek so‘zlashuv tilida abkash tarzida ham aytiladi. Maishiy hayot darajasi ko‘tarilib xonadonlarga suv yetkazib berish tizimi o‘rnatilishi bilan, uzoqdan suv tashib kelishga ehtiyoj qolmadi.Shu tariqa obkash yaqin o‘tmishda qo‘llanilgan tarixiy so‘zga aynalib ulgurdi. Obkash so‘zi ko‘chma ma’noda ham qo‘llaniladi:qaddi-qomati bukilib qolgan, kuchdan qolgan ma’nosida.Obkashdek yelkasida uni dast ko‘tartib boraverdi. Sanoch – umuman teridan qilingan idish ,teri to‘rva. U chekkaroqdagi keng bir karovatda yoniga bir sanoch tanga bilan qora qo‘yni qo‘ygan, ikkinchi yonida cho‘t, oldida daftar, dovot, qalamdon bilan o‘tirardi.Yoki suyuqliklar saqlash uchun teridan qilingan to‘rva, mesh. U bir sanoch qimiz bilan katta zarang kosada yaxna go‘sht, non olib chiqdi.Sh.Burxonov.Birinchi parvoz. 14 Izohli lug‘atda sanoch bilan birgalikda to‘rsiq, mesh,burduq so‘zlari o‘zaro sinonimlik munosabatida bo‘lganligini ko‘ramiz. Meshkob so‘zi ham mesh so‘zining varianti sifatida ishlatiladi. “Devoni lug‘atit turk” da sanoch so‘zining bir qancha funksiyalarni bajarish jihatidan farqlanadigan turlari uchraydi:sanchkiciplü 15 ,tuqluq 16 ,qasuq 17 13 O`zbek tilining izohli lug`ati,I tom, 516-bet. 14 O`zbek tilining izohli lug`ati, I kitob,19-bet. 15 Devoni lug`atit turk,170-bet 16 Devoni lug`atit turk,162-bet 17 Devoni lug`atit turk, 363-bet SCHOLAR ISSN: 2181-4147 VOLUME 3 | ISSUE 11 | 2025 https://t.me/openscholar Multidisciplinary Scientific Journal Oktabr, 2025 116 Sanchkiciplüni Koshg‘ariy qizil teridan umuman narsa solish uchun foydalanilishini ta’kidlaydi. Tuqluq shishintirilgan mesh, tulum deyiladi ,qasuq esa sut va qimiz solish uchun xizmat qilishini ta’kidlaydi. Sanoch o‘rta asrlarda suyuqlikni sifatli saqlash va tashish uchun xizmat qilgan va bu so‘z o‘zi tashigan ma’nosi bilan birgalikda tarix qatlamlariga muhrlangan. Har qanday bilim yo‘qlikdan voqelikka ko‘chadi.Yuqoridagi kabi so‘zlarni o‘rganish tarixning, muqaddas tilimizning ,umuman, madaniyatimizning boyishiga xizmat qiladi. FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO‘YXATI 1. Rahmatullayev, Sh. O‘zbek tilining etimologik lug‘ati. – Toshkent: O‘zbekiston milliy ensiklopediyasi, 2000. 2. Mahmud Koshg‘ariy. Devonu lug‘otit turk. 3 jildlik. – Toshkent: Fan nashriyoti, 1960–1963. 3. Rahmatullayev, Sh. O‘zbek tili leksikologiyasi. – Toshkent: O‘qituvchi, 1982. 4. Burxonov, Sh. Birinchi parvoz. – Toshkent: G‘afur G‘ulom nomidagi adabiyot va san’at nashriyoti, 1970. 5. G‘ulom, G‘. Shum bola. – Toshkent: Yangi asr avlodi, 2005. 6. Nazir, H. So‘nmas chaqmoqlar. – Toshkent: Yozuvchi nashriyoti, 1976. 7. Anorboyev, S. Go‘zallik izlab. – Toshkent: Adabiyot va san’at nashriyoti, 1983. 8. Rahmatullayev, Sh. Hozirgi o‘zbek adabiy tili. Leksikologiya. – Toshkent: O‘zbekiston, 1992. 9. O‘zbek tilining izohli lug‘ati. 5 jildlik. – Toshkent: O‘zbekiston milliy ensiklopediyasi, 2006–2008. 10. Jo‘rayev, M. O‘zbek tili tarixiy leksikologiyasi. – Toshkent: Fan, 2014. 11. Xudoyberganova, D. Leksik-semantik maydon va uning o‘zbek tilidagi ifodalanishi. – Toshkent: Fan, 2010. 12. To‘xliyev, B. Til va madaniyat munosabatlari. – Toshkent: Fan, 2007.