TURLI MUDDATLARDA TERIB OLINGAN IPAK AKATSIYASI URUG'LARINI LABORATORIYA VA DALA SHAROITIDAGI UNUVCHANLIKKA TA'SIRI
Full text
40 UDK: 634.9 TURLI MUDDATLARDA TERIB OLINGAN IPAK AKATSIYASI URUG‘LARINI LABORATORIYA VA DALA SHAROITIDAGI UNUVCHANLIKKA TA’SIRI Janabayev Naurizbay Jumabayevich, Qoraqalpog‘iston qishloq xо‘jaligi va agrotexnologiyalar instituti doktoranti, e-mail: janabaevnawriz9[email protected] Xamroyev Xusen Fatullayevich, qishloq xо‘jaligi fanlari bо‘yicha falsafa doktori (PhD), dotsent Toshkent davlat agrar universiteti. [email protected] DOI: https://doi.org/10.5281/zenodo.17536530 Annotatsiya. Maqolada Qoraqalpog‘iston sharoitida ipak akatsiyasi urug‘larini terib olish muddatlarini aniqlashga qaratilgan tadqiqot natijalari keltirib о‘tilgan. Tadqiqotlarda ipak akatsiya urug‘larini Qoraqalpog‘iston sharoitida aprel oyining birinchi dekadasida terib olish orqali dala sharoitida 67% unuvchanlikka erish mumkinligi keltirib о‘tilgan. Kalit so’zlar: ipak akatsiyasi, urug‘, terib olish muddatlari, unuvchanlik, laboratoriya sharoiti, dala sharoiti. Аннотация. В статье представлены результаты исследований, направленных на определение сроков заготовки семян акации шелковичной в условиях Каракалпакстана. Исследования свидетельствуют, что заготовка семян акации шелковичной в первой декаде апреля в условиях Каракалпакстана позволяет достичь 67% всхожести в полевых условиях. Ключевые слова: Акация шелковая, семена, сроки сбора, всхожесть, лабораторные условия, полевые условия. Abstract. This article presents the results of research aimed at determining the timing of mulberry acacia seed harvesting in Karakalpakstan. The research shows that harvesting mulberry acacia seeds in the first ten days of April in Karakalpakstan allows for a 67% germination rate in the field. Key words: Mulberry acacia, seeds, collection time, germination, laboratory conditions, field conditions. Kirish. Hozirgi kunda dunyo aholisining 50% shaharlarda iste’qomat qilib, bu kо‘rsatkich 2050 yilga kelib 66% ga yetadi 1 . Aholi sonining bu qadar tez о‘sishi, shaharlar infratuzilmasini yaxshilash va kо‘kalamzorlashtirishda shahar muhitiga chidamli bо‘lgan manzarali о‘simliklardan foydalanishni taqozo etadi. BMTning «Biologik xilma-xillik» tо‘g‘risidagi konvensiyasi ma’lumotlariga kо‘ra sо‘nggi yillarda о‘simliklarning 34000 turi yо‘qolib ketish xavfi ostida turibdi 2 . Dunyoda turli ekologik muammolarning yuzaga kelishi, iqlim о‘zgarishi kabi 1 http://www.fao.org/resources/infographics/infographics-details/ru/c/411601/ 2 https://www.cbd.int/convention/guide/default.shtml?id=changing
41 global muammolar kо‘kalamzorlashtirishda manzarali о‘simliklarni tanlashda va atrof-muhitga estetik kо‘rinish namoyon qilishda bir qator qiyinchiliklar yaratmoqda. Ipak akatsiya dastlab 1698 yilda Leonardo Plyukenet tomonidan Acacia non spinosa deb nomlangan. XVII asr so‘ngi va XVIII asr o‘rtalarigacha uni madaniylashtirish ishlari bajarila boshlangan. 1745 yilda ipak akatsiya AQSH da o‘stirila boshlangan [1]. XVIII asr o‘rtalarida Turkiyada (Kostantinopol), 1749 yildan Italiyada o‘stirila boshlangan. Urug‘lar Antonio Albitssi tomonidan Toskaniyadan olib kelingan, hamda shu vaqtdan boshlab Italiyaning barcha hududlarida va Yevropadagi botanika bog‘larida o‘stirila boshlangan. XIX-asr o‘rtalarida ipak akatsiya O‘rta yer dengizi atrofida keng tarqala boshlandi. Albizzia turkum turlari Nikitin botanika bog‘ida 1812-1820 yillarda o‘stirila boshlangan. Hozirgi kunda O‘rta yer dengizi bo‘ylarida A.Julibrissin keng ko‘lamda o‘stirilmoqda. 1818 yilda A.lophapta o‘stirila boshlangan, lekin u past haroratda qurib qolgan. 1929 – 1930 yillarda ushbu tur yana qaytadan o‘stirilgan. 1935 yilda A.kalkora o‘stirila boshlangan, lekin u ham doimiy yorug‘lik, -10-130S li haroratda zararlangan. [2]. 1875 yilda ushbu turdan tog‘ о‘rmon melioratsiya ishlarida keng kо‘lamda foydalanila boshlangan. 1930 yilda ipak akatsiya Turkmanistonda о‘stirila boshlangan. Lekin u yerda ipak akatsiya yomon о‘sgan va nobud bо‘lgan. Tojikistonda aholi yashash joylarini kо‘kalamzorlashtirish ishlarida foydalanilgan, lekin ular qishki sovuqlardan zararlangan [3]. Drobov V.P [5] ma’lumotiga kо‘ra, Toshkentga ekilgan ipak akatsiya kо‘chatlari kam saqlanganligini va 1940 yilga kelib ular faqat Botanika bog‘ida saqlanib qolgan. Albizzia turkumi “Flora SSSR” kitobida dukkakdoshlar Leguminosae oilasi, mimozadoshlar Mimosoidae oilachasiga kiritilgan. “Derevyax i kustarnikax SSSR” ushbu turkum dukkakdoshlar oilasiga, K.Cherepanov esa mimozadoshlar Mimosaceae oilasiga kiritgan [4]. C.K. Schneider ushbu turkumga 50 turni, A.Rehder esa 25 ga yaqin turni kiritgan. MDH da faqat bitta turi ipak akatsiyasi о‘sib rivojlanadi [6]. Ushbu tur bо‘yicha A.A.Fedorov [8] kо‘plab izlanishlar olib borgan. 1763 yilda ipak akatsiyasini K.Linney Mimosa Arborea deb nomlagan. Albizzia turkumi D.Albitssi tomonidan ilk marotaba Toskaniyada о‘rganilgan. Turkum nomi uning familiyasi bilan nomlangan (A.Julibrissin-ipak gul degan ma’noni anglatadi) [7].
42 Tadqiqot uslublari. Tadqiqot ishlarini amalga oshirish uchun fiziologik va texnik jihatdan pishib yetilgan urug‘lardan foydalanildi. Bunda ипак акациясининг уруғлари sentabr oyidan boshlab aprel oyigacha bо‘lgan muddatlarda териб олинди ҳамда уларнинг унувчанлиги дала ва лаборатория шароитида аниқланди. Bunda urug‘larni kuzgi va bahorgi ekish natijalari tahlil etildi. Kuzgi ekish ishlari sentabr va oktabr oylarida, bahorgi ekish mart oyining uchinchi dekadasi va aprel oyi davomida amalga oshirildi. Tajriba ishlarini amalga oshirishda 100 donadan iborat bо‘lgan urug‘lardan foydalanildi. Ushbu ekilgan urug‘larning unuuvchanlik kо‘rsatkichlari asosida dala va laboratoriya sharoitidagi унувчанлик aniqlandi. Tadqiqot natijalari va ularning muhokamasi. Tadqiqot ishlarini amalga oshirish uchun ipak akatsiyasining urug‘lari sentabr oyining I dekadasidan oktabr oyining III dekadasigacha, mart oyining III dekadasidan boshlab aprel oyining III dekadasigacha bо‘lgan muddatlarda terib olindi va ularning laboratoriya hamda dala sharoitidagi unuvchanligi aniqlandi. Tadqiqotlarda kuzgi muddatlarda terib olingan urug‘larning laboratoriya sharoitidagi unuvchanligi 20-58%, dala sharoitida esa 14-32% ni tashkil etganligi kuzatildi. Ushbu muddatlarda havo haroratining pasayib borishi natijasida urug‘lar asta-sekinlik bilan tinim davriga о‘ta boshladi. Turli muddatlarda terib olingan ipak akatsiyasi urug‘larini laboratoriya va dala sharoitidagi unuvchanlikka ta’siri, 100 dona hisobida (2022-2024 yy.) № Urug‘ terib olish muddati Unuvchanlik oy dekada Laboratoriya sharoitida Dala sharoitida sentabr I 58 32 II 54 30 III 50 28 oktabr I 50 24 II 48 22 III 20 14 mart III 73 67 Aprel I 75 70 II 72 67 III 70 61 Hududdagi bahorgi muddatda urug‘larni ekish ishlari mart oyining III dekadasidan boshlandi. Bunda ushbu muddatda terib olingan urug‘larda
43 unuvchanlik laboratoriya sharoitida 73%, dala sharoitida esa 67% ni, aprel oyining birinchi dekadasida terib olingan urug‘larning laboratoriya sharoitidagi unuvchanligi 75%, dala sharoitida esa 70% ni tashkil etganligi aniqlandi. Xulosa va takliflar. Qoraqalpog‘iston sharoitida ipak akatsiyasi turidan aholi yashash joylarini kо‘kalamzorlashtirish maqsadlarida foydalanish mumkin. Buning uchun esa uning kо‘chatlarini yetishtirish talab etiladi. Ipak akatsiya kо‘chatlarini yetishtirish uchun urug‘larni aprel oyida terib olish va ekish maqsadga muvofiq hisoblanadi. Foydalanilgan adabiyotlar rо‘yxati: 1. Barlilnikova A. D. O dlitelnosti soxraneniya vsxojesti semyan nekotorix introdusirovannix predstaviteley semeystva bobovix (Leguminosae Juss.).-V kn.: Introduksiya i akklimatizatsiya rasteniy, vip. 14. Tashkent: Fan, 1977, s. 88. 2. Barilnikova A. D. K biologii prorastaniya semyan i morfologii prorostkov nekotorix introdusirovannix predstaviteley semeystva bobovix. –V kn. Introduksiya i akklimatizatsiya rasteniy, vip. 14. Tashkent: Fan, 1977, s. 105. 3. Gayevskaya I. S. Introduksiya drevesnix i kustarnikovix rasteniy semeystva bobovix v Turkmeniyа. –V kn.: Inroduksiya i ekologiya rasteniy, Ashxabad: Ilim, 1968, s. 20-23. 4. Drobov V. P. Drevesnaya i kustarnikovaya rastitelnost Tashkentskogo oazisa. – Byul. SAGU, №18, 1935, s. 35. 5. L.V.Yaskina «Dendrologiya» TashtINP «Matbuot», T. 1980, 147 s. 6. Novoselseva A.I., Rodin A.R. Spravochnik po lesnim kulturam. M., Lesnaya promishlenost. 1984, 308 s.