QORAQALPOG'ISTONDA G'O'ZANING MEKSIKA NAMUNALARI VA MAHALLIY NAVLAR ISHTIROKIDA OLINGAN F1 DURAGAYLARINING OTA-ONA SHAKLLARIGA NISBATAN BIR DONA KO'SAK VAZNI BELGISI BO'YICHA IRSIYLANISHI
Full text
44 UO‘T: 631.527:633.51(575.1):631.531.02 QORAQALPOG‘ISTONDA G‘O‘ZANING MEKSIKA NAMUNALARI VA MAHALLIY NAVLAR ISHTIROKIDA OLINGAN F1 DURAGAYLARINING OTA-ONA SHAKLLARIGA NISBATAN BIR DONA KO‘SAK VAZNI BELGISI BO‘YICHA IRSIYLANISHI Ramazanov Daniyar Baxitbay ulı Qoraqalpog’iston qishloq xo‘jaligi va agrotexnologiyalar instituti asisstenti e-mail: daniyar.bakhitovi[email protected] Qutlimuratova Fotima Qoʻziboy qizi., Tõxtabayeva Guljamila Ochil qizi Qoraqalpog’iston qishloq xo‘jaligi va agrotexnologiyalar instituti talabalari DOI: https://doi.org/10.5281/zenodo.17536541 Abstract: In countries with a developed cotton industry, such as Australia, Mexico, the USA, Brazil, India, and others, many achievements have been made in obtaining high and quality cotton yields through the application of modern breeding methods. Scientists-breeders, based on various selections, pay special attention to the creation of early-ripening, large-boll, productive, high-yielding varieties with high economic traits. Keywords: cotton, hybridization, quality indicator, variety creation, valuable and unique traits, F1 hybrids, cotton breeding, initial material, economically valuable traits, G.hirsutum L., varieties and lines, cotton in one boll. Kirish (adabiyotlar sharhi). G‘o‘zaning morfologik va fiziologik xususiyatlari uning paxta ishlab chiqarishdagi sifat va samaradorligiga bevosita ta’sir ko‘rsatadi. Xususan, ko‘sk vazni belgisi – bu g‘o‘zani baholashda fundamental ko‘rsatkich bo‘lib, u ko‘skning o‘lchami, zichligi hamda tolalar hajmi va sifatini aniqlashda muhim rol o‘ynaydi. Ko‘sak vaznining aniq va ishonchli o‘lchovlari qishloq xo‘jaligida ilmiy asoslangan texnologiyalarni joriy etish, hosildorlikni optimallashtirish va sanoat jarayonlarini takomillashtirish imkonini beradi. B.O‘rozov va boshqalar [1; 7-8-b.] olib borgan tadqiqotlarda duragaylash natijasida hosil qilingan tizmalardan ayrim biotik omillarga yuqori chidamlilikka ega bo‘lgan, mahsuldorligi yuqori, o‘rtacha bir dona ko‘sak vazni 5,7 grammdan oshadigan, tola hosildorligi va 1000 dona chigit vazni yuqori bo‘lgan o‘simliklar ajratib olingan. Shuningdek, ko‘sk vaznining o‘zgaruvchanligi turli agroekologik sharoitlar ta’sirida qanday o‘zgarishini aniqlash, selektsiya va ekin parvarishida samarali strategiyalar ishlab chiqish uchun muhim hisoblanadi. Z.Yu.Maqsudov [2; 17-23-b.] mahalliy 108-F, S-4727, S-450-455, KK-1543 navlari bilan AQSHning Akala-44, Akala1517, Akala 2-42, Durango, Sherman, Texas navlarini chatishtirib F1-F3 duragaylarida ertapisharlik, bir
45 ko‘sakdagi paxta vazni va boshqada belgilarni o‘rgangan. Ota-ona namunalari bir xil ko‘rsatkichga ega bo‘lganda, yoki farqi juda kam bo‘lganda F1 da (108-F x S450-455) irsiylanishi belgining ota-ona namunalari oralig‘ida bo‘lgan. F2 da ham xuddi shunday irsiylanish yuz bergan. F.X.Jumayev va boshqalarning yozishicha [3; 37-40-b.] yozishicha g‘o‘zada birinchi hosil shoxi qanchalik pastki bo‘g‘imlarda joylashgan bo‘lsa, shunchalik tezpishar bo‘ladi, shuningdek qanchalik tezpishar bo‘lsa ko‘sak vazni va 1000 dona chigit og‘irligi shunchalik past bo‘ladi. Materiallar va uslublar. Ma’lumki, g‘o‘za kolleksiyasida saqlanayotgan xorijiy davlatlarga mansub nav va namunalardan foydalanib, ularni mahalliy navlar bilan chatishtirish hamda hosil bo‘lgan duragay avlodlarni tahlil qilish natijasida tez pishuvchi, yuqori hosildorlikka ega, biotik va abiotik stresslarga chidamli bir dona ko‘sak vazni yo‘qori bo‘lgan yangi g‘o‘za navlari, tizmalari va boshlang‘ich shakllarini yaratish mamlakatimiz seleksiya fanining dolzarb vazifalaridan biri hisoblanadi. Bizning tadqiqotlarimiz doirasida esa, g‘o‘zani kelib chiqish markazlaridan biri hisoblangan, “Paxta seleksiyasi, urug‘chiligi va etishtirish agrotexnologiyalari” ilmiy-tadqiqot institutining kolleksiyasida saqlanayotgan ekologo-geografik xilma-xillikka ega bo‘lgan, ya’ni Meksika hududidan olingan namunalar institutining eksperimental tajriba xo‘jaligi dalalarida ekilib o‘rganildi. Natijalar va munozara. Mamlakatimiz g‘o‘za seleksioner olimlari tomonidan yaratilayotgan yangi g‘o‘za navlarining asosiy ko‘rsatkichlaridan ko‘saklar yirikligi kabi morfoxo‘jalik belgilar katta ahamiyat kasb etadi. Ma’lumki, bir dona ko‘sakdagi paxta xomashyosi etishtiriladigan paxta hosildorligini oshirishda asosiy omillardan biri hisoblanadi. Ko‘saklar yirikligi bo‘yicha ekolo-geografik uzoq namunalar, mahalliy navlar va ular ishtirokida olingan F1 duragaylar hamda andoza sifatida olingan S-4727 navi tahlil qilinganida. Meksikadan keltirilgan namunalarda bir dona ko‘sak vazni 4,3 gr dan Nazar 87 (010203, Meksika) namunasida, 5,5 gr gacha Holland 1806 (010239, Meksika) namunasida, mahalliy navlarda 5,7 gr dan KK-3535 navida,5,9 gr gacha Sulton navida bo‘ldi. O‘rta tolali ekolo-geografik uzoq namunalar (Meksika) bilan mahalliy navlar ishtirokida olingan duragaylarning ko‘saklar yirikligi belgilarini irsiylanishi. № Ota-ona shakllari va F1 duragaylar Bir dona ko‘sak vazni (g) hp 1 Nazar 87 (010203, Meksika) 4,3 - 2 HS-23 (010236, Meksika) 5,6 -
46 3 Holland 1806 (010239, Meksika) 5,5 - 4 Oclock 1518 (010309, Meksika) 5,3 - 5 Sulton 5,9 - 6 KK-3535 5,7 - 7 Chimboy-5018 5,8 - 8 F1 [Nazar 87 (010203, Meksika) x KK-3535] 5,8 1,14 9 F1 [HS-23 (010236, Meksika) x Sulton] 6,2 3,0 10 F1 [HS-23 (010236, Meksika) x KK-3535] 6,0 7,0 11 F1 [Holland 1806 (010239, Meksika) x KK-3535] 5,7 1,0 12 F1 [Holland 1806 (010239, Meksika) x Chimboy-5018] 5,9 1,66 13 F1 [Oclock 1518 (010309, Meksika) x KK-3535] 6,1 3,0 14 St. S-4727 5,4 - EKF 05 (NSR05) 0,1 - Ko‘saklar yirikligi bo‘yicha 6 ta F1 duragaylardan 1 ta (Nazar 87 (010203, Meksika) x KK-3535) va boshqada duragay kombinatsiyalarda ijobiy holatda, ya’ni hp=1,0-7,0 oralig‘ida ijobiy irsiylanganligi aniqlandi. F1 duragaylardan otaona shakllariga nisbatan. F1 duragaylaridan bir dona ko‘sak vazni belgisi F1 (HS23 x Sulton),F1 (HS-23 x KK-3535), F1 (Oclock 1518 x KK-3535) va boshqada kombinatsiyalarida ota-ona shakllariga nisbatan 1-1,5 gr yuqori bo‘lganligi aniqlandi. Xulosa va tavsiyalar. Meksikadan keltirilgan namunalarda bir dona ko‘sak vazni 4,3 gr dan Nazar 87 (010203, Meksika) namunasida, 5,6 gr gacha HS-23 (010236, Meksika) namunasida, mahalliy navlarda 5,7 gr dan KK-3535 navida, 5,9 gr gacha Sulton navida bo‘ldi. F1 duragaylarda esa 5,7 gr dan F1 (Holland 1806 (010239, Meksika) x KK-3535) kombinatsiyasida, 6,2 gr gacha F1 (HS-23 (010236, Meksika) x Sulton) kombinatsiyasida hamda andoza navida 5,4 gr tashkil etdi. F1 duragaylarida ota-ona shakllariga nisbatan birmuncha yuqori ko‘rsatkichlarga ega bo‘lganligi kuzatilib, ushbu belgilar bo‘yicha irsiyanishi yuqori bo‘lgan oilalar ajratib olindi. Foydalanilgan adabiyotlar: 1. O‘rozov B., Shodmonova G., F.Toreyev F., Egamberdiyev R. G‘o‘zani duragaylash natijasida yaratilgan tizmalarning tezpisharlik, ko‘saklar va chigitlar yirikligi, tola chiqimi belgilari shakllanishi // O‘zbekiston qishloq va suv xo‘jaligi. Toshkent. №2, 2025. – B. 7-8. 2. Мақсудов З.Ю. Изучение гибридов полученных от скрещивания экологических отдаленных сортов хлопчатника G.hirsutum L // Автореферат.дис., канд. с-х. наук. – Ташкент, 1967. – С. 17-23. 3. Jumayev F.X., Abzalov M.F., Orazbayeva G., Xolov Yo. G.Hirsutum L. ga mansub navlarda duragay bo‘g‘inlarda tezpisharlikni genotipga bog‘liqligi // “G‘o‘za va boshqa qishloq xo‘jalik o‘simliklarida tezpisharlikni hamda moslanuvchanlikni evolyutsion va seleksion qirralari” nomli akademik S.S. Sodiqov tavalludining 95 yilligiga bag‘ishlangan xalqaro ilmiy konferentsiya materiallari. Toshkent. Fan – 2005. – B. 37-40.
47