G'O'ZA KOLLEKCIYASI NAV, NAMUNALARI VA MAHALLIY NAVLAR ISHTIROKIDA OLINGAN F3 DURAGAYLARIDA O'SIMLIK BO'YI VA TEZPISHARLIGI BELGILARINING IRSIYLANISHI
Full text
57 УЎК: 631.631.527.8+631.529 G‘O‘ZA KOLLEKCIYASI NAV, NAMUNALARI VA MAHALLIY NAVLAR ISHTIROKIDA OLINGAN F3 DURAGAYLARIDA O’SIMLIK BO’YI VA TEZPISHARLIGI BELGILARINING IRSIYLANISHI Jolimbetova Rawiya Majit qizi Qoraqalpog’iston qishloq xo‘jaligi va agrotexnologiyalar instituti assistenti e-mail: [email protected] Saylibaeva Armanay Ǵabit qizi., Saparbayeva Aziza Muzaffar qizi Qoraqalpog’iston qishloq xo‘jaligi va agrotexnologiyalar instituti talabalari DOI: https://doi.org/10.5281/zenodo.17536572 Annotatsiya. G’o’za kollekciyasi nav, namunalari va mahalliy navlar ishtirokida olingan duragaylarning o’simlik bo’yi va tezpisharligi belgilarining irsiylanishi o‘rganildi. Kalit so‘zlar. Ertapishar, serhosil, hosil shox, o’simlik bo’yi va tezpisharligi. Abstract. The inheritance of plant height and early maturity traits in hybrids obtained from cotton collection varieties, samples, and local varieties was studied. Keywords. Early-ripening, high-yielding, fruiting branches, plant height and early maturity. Kirish. Dunyoda paxta etishtirish bo‘yicha 80 don ortiq mamlakatlarida har yil 33 million gektarga yaqin er maydonga paxta ekiladi. Jumladan paxta etishtirish bo‘yicha etakchi davlatlar qatoriga kiradigan Xitoy (6,4 mln.t), Hindiston (6,1 mln.t), AQSH (3,2 mln.t), Afrika (2,5-3 mln.t), Avstraliya (1,2mln.t) Pokiston (981 ming.t) va O‘zbekiston (940 ming.t) davlatlari etakchi hisoblanadi. G‘o‘za kolleksiyasidan foydalangan holda ushbu davlatlar namunalaridan foydalanib yangi mintaqa tuproq-iqlim sharoitlariga mos, tuproq sho‘rlanishiga bardoshli, ertapishar, kasallik va zararkunandalarga bardoshli, serhosil, tola sifati jahon andozalari talablariga javob beradigan yangi g‘o‘za navlarini yaratish dolzarb masalalaridan bo‘lib hisoblanadi. F.X.Jumaev va boshqa [1; 42-45-b.] mualliflarning ta’kidlashicha, nav qancha tezpishar bo‘lsa, ularda birinchi hosil shoxi joylashishi (hs) pastdagi bo‘g‘inlarda hosil bo‘lib, unda bir ko‘sakdagi paxtaning og‘irligi va 1000 dona chigit vazni ham nisbatan engilroq bo‘lishi, g‘o‘za navlarining tezpisharligi ulardagi morfobiologik va asosiy xo‘jalik belgilari bilan uzviy bog‘liq bo‘lishi kuzatilgan. X.Munasov, U.Muratov, O.Qo‘chqorov va S.S.Alixadjaeva [2; 104110-b.] lar tajribalarga asoslanib sho‘rlangan fonda ertapisharlik belgisi irsiy belgi bo‘lib, u avloddan-avlodga beriladi shu bilan birga tashqi muhit hamda agrotexnik tadbirga uzviy bog‘liq, hosildorlik agrotexnikaga hamda o‘rganilayotgan tizmalarning irsiyatiga bog‘liq, deb hisoblaydilar.
58 Tahlil va natijalar. Qoraqalpog’istonning o’rtacha sho’rlangan tuproq sharoitida F3 duragaylarini o’simlik bo’yi va tezpisharligi belgilari ota-ona shakllariga taqqoslanib irsiylanishi tahlil qilindi. Ma`lumki tajribalarimiz da, g’o’za o’simliklari bo’yi mahsuldorlik elementlari bilan chambarchas bog’liqdir. Tadqiqotlarda 10 ta xorijdan keltirilgan nav, namunalar, 3 ta mahalliy navlar va ular ishtirokida olingan 13 ta F3 oddiy duragaylarini o’simlik bo’yi bo’yicha irsiylanishi tahlil qilindi. Qoraqalpog’istonning o’rtacha sho’rlangan tuproq sharoitida o’rganilgan xorijiy nav, namunalarda o’simlik bo’yi 108,6 santimetrdan (Xitoy. 06144), 120,6 santimetrgacha (Hindiston. 16461) bo’lganligi mahalliy navlarda esa 115,8-117,2 santimetr oralig’ida bo’ldi. F3 oddiy duragaylarini o’simlik bo’yi 110,6-121,5 santimetr oralig’ida hamda andoza sifatida olingan S4727 navida 116,8 santimetrni tashkil etdi. Ushbu belgi bo’yicha F3 duragaylarini ota-ona shakllariga nisbatan irsiylanishi matematik tahillariga ko’ra, o’rganilgan 13 ta duragaylardan 3 ta duragaylarda salbiy geterozis holati, ya`ni dominantlik koefficienti (hp)=-1,91 dan, (hp)=-4,61 gacha bo’lganligi aniqlandi. Ota-ona shakllaridan ustun bo’lgan 10 ta duragaylarda irsiylanish (hp)=0,37 dan, (hp)=7,66 gacha bo’lib, ijobiy geterozis holati qayd etildi. O’simlik bo’yi bo’yicha F1 (Xitoy. 06058xKK-3535), F3 (Avstraliya. 09801xKK-3535, va F3 (Pokiston. 07291xKK3535) duragaylari yaqqol ustunlik qilib yuqori darajada geterozis holatida bo’ldi 1jadval. G’o’za navlarida ham boshqa qishloq xo’jalik ekin turlari kabi asosiy vegetaciya davri asosiy ko’rsatkichlaridan biri hisoblanadi. Tezpisharlik belgisi bo’yicha Qoraqalpog’istonning o’rtacha sho’rlangan tuproq sharoitida o’simliklarni 50 foiz ochilishi bo’yicha fenologik kuzatuvlar olib borildi. Turli davlatlardan keltirilgan nav namunalarda vegetaciya davri 114 kundan (Afrika) 06199 va (Pokiston) 07291 namunalarida, 122 kungacha (Xitoy) 06058 namunasida, mahalliy navlarda esa 117 kun KK-3535 navida, 116 kun Chimboy5018 navida va 120 kun Sulton navida ekanligi qayd etildi. O’rganilgan 13 ta F3 oddiy duragaylarda vegetaciya davri 112-123 kun oralig’ini, andoza navida 119 kunni tashkil etdi. Xulosa. Tadqiqot natijalaridan quyidagicha xulosaga kelib, Tezpisharlik belgisi bo’yicha o’rganilgan duragaylardan 2 ta duragaylarda oraliq holda irsiylanganligi, 7 ta duragay kombinaciyalarda ota-ona shakllaridan vegetaciya davri qisqa bo’lib, ijobiy geterozis holatida bo’ldi. Vegetaciya belgisi bo’yicha o’rganilgan duragaylardan F3 (Afrika. 06199xSulton), F3 (Afrika. 06201xChimboy-5018), F3 (Avstraliya. 09801xKK-3535), F3 (Hindiston. 16461xSulton) va F3 (AQSh. 011597xChimboy-5018) kombinaciyalari boshqa F3 duragaylari va ota-ona shakllariga nisbatan tezpishar, ya`ni 112-114 kunni tashkil
59 etdi. G’o’za kollekciyasi namunalari va mahalliy navlar ishtirokida olingan F3 duragaylarning Qoraqalpog’istonning o’rtacha sho’rlangan tuproq maydonlarida o’simlik bo’yi va vegetaciya davri belgilarining irsiylanishi. № Ota-ona shakllari va F3 duragaylar O’simlik bo’yi (sm) hp Vegetaciya davri (kun) hp 1 (Xitoy) 06058 112,2 122 2 (Xitoy) 06144 108,6 120 3 (Afrika ) 06199 114,8 114 4 (Afrika ) 06201 117,3 115 5 (Avstraliya) 06830 115,6 117 6 (Avstraliya) 09801 116,4 116 7 (Hindiston) 16461 120,6 115 8 (Pokiston) 07291 118,5 114 9 (AQSh) 011571 113,7 120 10 (AQSh) 011597 114,6 119 11 KK-3535 115,8 117 12 Chimboy-5018 116,4 116 13 Sulton 117,2 120 14 F3 (Xitoy. 06058 x KK-3535) 109,2 2,66 115 1,8 15 F3 (Xitoy. 06144 x Sulton) 110,6 0,53 118 0 16 F3 (Afrika. 06199 x Sulton) 118,3 -1,91 113 1,33 17 F3 (Afrika. 06201 x Chimboy-5018) 116,7 0,33 112 7,0 18 F3 (Avstraliya. 06830 x Chimboy-5018) 112,4 9,0 121 -9,0 19 F3 (Avstraliya. 09801 x KK-3535) 113,8 7,66 114 5,0 20 F3 (Hindiston. 16461 x Sulton) 116,8 1,23 113 1,8 21 F3 (Hindiston. 16461 x KK-3535) 117,3 0,37 119 -3,0 22 F3 (Pokiston. 07291 x Chimboy-5018) 121,5 -3,85 120 -5,0 23 F3 (Pokiston. 07291 x KK-3535) 114,3 2,11 116 1,0 24 F3 (AQSh. 011571 x KK-3535) 119,6 -4,61 123 -3,0 St. S-4727 116,8 119 Vegetaciya belgisi bo’yicha o’rganilgan duragaylardan F3 (Afrika. 06199xSulton), F3 (Afrika. 06201xChimboy-5018), F3 (Avstraliya. 09801xKK3535), F3 (Hindiston. 16461xSulton) va F3 (AQSh. 011597xChimboy-5018) kombinaciyalari boshqa F3 duragaylari va ota-ona shakllariga nisbatan tezpishar, ya`ni 112-114 kunni tashkil etdi. Adabiyotlar ro‘yxati: 1. Jumaev F.X., Abzalov M.F., Orazboeva G., Xolov Yo., G.hirsutum L. ga mansub navlar duragay bo‘g‘inlarida tezpisharlikni genotipga bog‘liqligi. G‘o‘za va boshqa qishloq xo‘jalik o‘simliklarida tezpisharlikni hamda moslanuvchanlikni evolyutsion va selektsion qirralari nomli xalqaro ilmiy konferentsiya materiallari. - Toshkent, 2005. –B. 42-45. 2. Munasov X., Alixodjaeva S.S., Muratov U., Ko‘chqarov O. Sho‘rlangan va suv tanqisligi fonlarida ustirilgan tizmalarning ayrim qimmatli xujalik ko‘rsatkichlari. //Fo‘za genetikasi, selektsiyasi, urugchiligi va bedachilik masalalari to‘plami. - Toshkent.2002.- B.104-110.