scieee AI-readable full text Open interactive document viewer

OROLBO'YI SHAROITIDA OZUQA BAZASINI YAXSHILASH MAQSADIDA IQLIM O'ZGARISHLARIGA BARDOSHLI OZUQABOP EKINLAR NAV, NAMUNALARINI SINASH

Kochkarov Farxаd Xo'jamuratovich; Seitmusayev Bayrambay Abatbayevich; Allashov Baxram Davletbayevich; Parmanova Dilnoza Mavlanovna

Full text

72 UO‘K: 633.1-3. OROLBO‘YI SHAROITIDA OZUQA BAZASINI YAXSHILASH MAQSADIDA IQLIM O‘ZGARISHLARIGA BARDOSHLI OZUQABOP EKINLAR NAV, NAMUNALARINI SINASH Kochkarov Farxаd Xo‘jamuratovich Chorvachilik va parrandachilik ilmiy-tadqiqot instituti kichik ilmiy xodimi e-mail: [email protected] Seitmusayev Bayrambay Abatbayevich Qishloq xo‘jaligida bilim va innovatsiyalar milliy markazi huzuridagi Qoraqalpog‘iston Respublikasi agroxizmatlar markazi Allashov Baxram Davletbayevich., Parmanova Dilnoza Mavlanovna Qishloq xo‘jaligi fanlari falsafa doktori, katta ilmiy xodimlari, Chorvachilik va parrandachilik ilmiy-tadqiqot instituti DOI: https://doi.org/10.5281/zenodo.17536625 Annotatsiya. Orol dengizidagi suv sathining kamayib borishi keyingi yillarda iqlim o‘zgarishlariga, tuproqlarning sho‘rlanishiga olib kelmoqda. Tuproq sho‘rlanishi, suv tanqisligi kabi so‘nggi yillarda uchrayotgan muammolar qishloq xo‘jaligi ekinlari, shu jumladan ozuqabop ekinlar hosildorligiga salbiy ta’sir ko‘rsatib kelmoqda. Orolbo‘yi hududida ozuqa bazasini yaxshilashda, ozuqabop ekinlardan olinadigan hosildorlikni oshirishda shu hudud tuproq-iqlim sharoitida turli xil ozuqabop ekinlarni, ularning nav, namunalarini ekib sinash, hamda eng maqbullarini tanlash kerak bo‘ladi. Ushbu maqolada orolbo‘yi hududida sinash uchun ekilgan turli xil ozuqabop ekinlar, ularning nav, namunalari to‘g‘risida ma’lumotlar keltirilgan. Kalit so‘zlar. Orolbo‘yi, iqlim o‘zgarishi, suv tanqisligi, sho‘rlanish, ozuqabop ekinlar, hosildorlik, nav, namuna, sinash. Аннотация. Снижение уровня воды в Аральском море в последние годы привело к изменению климата и засолению почв. Такие проблемы, как засоление почв и дефицит воды, негативно влияют на урожайность сельскохозяйственных культур, в том числе кормовых культур. Для улучшения кормовой базы в Приаралье и повышения урожайности кормовых культур необходимо проводить посев и испытание различных кормовых культур, их сортов и образцов в почвенно-климатических условиях региона и выбирать наиболее подходящие. В данной статье представлена информация о различных кормовых культурах, их сортах и образцах, высаженных для апробации в Приаралье. Ключевые слова. Приаралье, изменение климата, дефицит воды, засоление, кормовые культуры, урожайность, сорт, образец, испытание. Abstract. The decline in the Aral Sea's water level in recent years has led to climate change and soil salinization. Problems such as soil salinization and water scarcity negatively impact crop yields, including forage crops. To improve the forage supply in the Aral Sea region and increase forage yields, it is necessary to sow and test various forage crops, their varieties, and accessions in the region's soil and climatic conditions and select the most suitable ones. This article presents information on various forage crops, their varieties, and accessions planted for testing in the Aral Sea region. 73 Keywords. Aral Sea region, climate change, water scarcity, salinization, forage crops, yield, variety, accession, testing. Kirish. Bugungi kunda Orol dengizidagi suv hajmi bundan 65-yil oldingi darajasining 10 dan bir ulushidanham kamrog‘ini tashkil etmoqda. Suv hajmi 15 martaga kamaygan. Katta butun bir dengiz bugungi kunga kelib 3 ta havzaga bo‘lingan: G‘arbiy dengiz, Sharqiy dengiz va Kichik Orol. So‘nggi 55-yilda Orol dengizining qurigan tubida 5,2 million gektar maydonda yangi Orolqum cho‘li paydo bo‘ldi. Dunyoning boshqa har qanday cho‘llarida bo‘lgani kabi Orolqumda ham odamlarning to‘kis hayot kechirishi, ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish, biologik xilmaxillik va ekotizimni qo‘llab-quvvatlash uchun kerak bo‘lgan infratuzilma, shuningdek, ijtimoiy taraqqiyot va farovonlik uchun zarur boshqa shart-sharoitlar mavjud emas. Orolbo‘yi mintaqasining katta qismi qurg‘oqchil hudud bo‘lib, cho‘llanishga moyil bo‘lgan qurg‘oqchil zona sifatida tasniflanadi. Suv tanisligi, qurg‘oqchilik, qum va tuz bo‘ronlari kabi hodisalarning tez-tez yuz berishi, sho‘rlanish aholi salomatligi uchun sezilarli darajada xavf-xatarlarning oshishiga va qishloq xo‘jaligi ekinlari, jumladan ozuqabop ekinlar hosildorligining pasayishiga olib kelmoqda. Shulardan kelib chiqqan holda orolbo‘yi hududida ozuqabop ekinlarning nav, namunalarini ekib sinash, ularni qimmatli xo‘jalik belgilari bo‘yicha va o‘rganish bugungi kunda dolzarb ahamiyatga ega bo‘lgan vazifalardan hisoblanadi. Materiallar va uslublar. Tadqiqot materiallari sifatida ozuqabop ekinlarning mahalliy va xorijiy nav, namunalari qo‘llanildi. Ilmiy tadqiqotlarda dala, laboratoriya tajribalari, fenologik kuzatuvlar umumqabul qilingan uslubiy qo‘llanma va urug‘likning sifat ko‘rsatkichlari O‘zDSt 2823:2014 dan foydalanildi. Natijalar va munozara. Ozuqabop ekinlarning Chorvachilik va parrandachilik ilmiy-tadqiqot instituti olimlari tomonidan yaratilgan yangi nav, tizma va namunalari, Milliy genbankdan olingan namunalar, hamda xorijdan olib kelingan nav va namunalari tadqiqot ishlariga jalb etildi. Bularning ayrimlari Sirdaryo viloyatida sho‘rlangan tuproqli yerlarda ham ekib o‘rganilgan va ijobiy natijalar olingan. Ammo aynan Orolbo‘yi hududi tabiiy tuproq-iqlim sharoitlarida ekib sinalmagan. Ularni aynan Orolbo‘yi hududida sinash, hududga mos ozuqabop ekin turi, nav yoki namunasini tanlash, kelgusida ular ustida seleksiya ishlarini davom ettirish maqsadida Qoraqalpog‘iston Respublikasi Xo‘jayli tumani, Samanko‘l MFY hududida joylashgan “Sobir ota” fermer xo‘jaligi yer 74 maydonlarida ham quyidagi ozuqabop ekinlar nav, namunalari sinash uchun ekildi.Quyidagi 1-sxemada turli xil ozuqabop ekinlarni ekish tasvirlangan. 1-sxema. Xo‘jayli tumanida tashkil etilgan tajriba ko‘chatzori 14 13 12 11 10 9 8 7 6 5 4 3 2 1 2-qator 2-qator 3-qator 1-qator 1-qator 5-qator 3-qator 1-qator 3-qator 5-qator 5-qator 4-қатор 2-qator 5-qator Fatseliya yangi xorijiy namuna Barg karam yangi xorijiy namuna Raps Paolo navi Beda Toshkent 3091 navi Beda yangi xorijiy namuna Qizil sebarga yangi namuna Esparset yani namuna Қирғизистон намунаси) Sariq qashqarbeda yangi namuna Qishgi no‘ xat Arkta navi Xantal yangi xorijiy namuna Esparset mahalliy tizma Arpa yangi namuna Burchoq (konskiy bob)- Tundra navi Esparset yangi tizma Sxemada keltirilganidek 11 turdagi ozuqabop eknlarning 14 ta nav, namunalari sinash uchun ekildi. Ularda fenologik kuzatuvlar olib boriladi, qimmatli xo‘jalik belgilari o‘rganiladi. Xulosa va tavsiyalar. Orolbo‘yi hududi tabiiy tuproq-iqlim sharoitida ozuqabop ekinlarning turli xil nav, namunalarini sinash shu hududga mos ekin turi va navini tanlash, kelgusida Orolbo‘yi hududida ushbu ekinlar navlarini ekib ko‘paytirish imkoniyatlarini beradi. Foydalanilgan adabiyotlar: 1. B.D.Allashov, M.X.Zulfikarov, M.N.Sattarov. Primary seed production of fodder crops. IOP Conference Series: Earth and Environmental Science 614 (1), 012160 https://iopscience.iop.org/article/10.1088/1755-1315/614/1/012160 2. B.D.Allashov Milliy genbankdan olingan oqjo‘xori namunalarini ayrim qimmatli xo‘jalik belgilari bo‘yicha o‘rganish. 2024Ж. Science and innovation. Том 3. №Special Issue 47. 574-579 b. 3. Dala tajribalarini o‘tkazish uslublari. O‘zPITI, Toshkent. 2007, 147 b. 4. Доспехов Б.А. «Методика полевого опыта. 5-е изд.» - М.: Агропромиздат, 1985. 351 с.