scieee AI-readable full text Open interactive document viewer

ABIOTIK OMILLARGA BARDOSHLI TURLI OZUQABOP EKINLAR NAV, NAMUNALARINI SINASH

Kochkarov Farxаd Xo'jamuratovich; Seitmusayev Bayrambay Abatbayevich; Allashov Baxram Davletbayevich; Parmanova Dilnoza Mavlanovna

Full text

108 UO‘K: 633.1-3. ABIOTIK OMILLARGA BARDOSHLI TURLI OZUQABOP EKINLAR NAV, NAMUNALARINI SINASH Kochkarov Farxаd Xo‘jamuratovich Chorvachilik va parrandachilik ilmiy-tadqiqot instituti kichik ilmiy xodimi e-mail: [email protected] Seitmusayev Bayrambay Abatbayevich Qishloq xo‘jaligida bilim va innovatsiyalar milliy markazi huzuridagi Qoraqalpog‘iston Respublikasi agroxizmatlar markazi e-mail: [email protected] Allashov Baxram Davletbayevich,. Parmanova Dilnoza Mavlanovna Chorvachilik va parrandachilik ilmiy-tadqiqot instituti DOI: https://doi.org/10.5281/zenodo.17536783 Annotatsiya. Chorvachilikni rivojlantirishda, chorva mollari mahsuldorligini, sohadan keladigan daromadni yaxshilashda ozuqa bazasi muhim ahamiyatga ega. Ozuqa bazasini mustahkamlash uchun har bir gektar yerdan yetishtirib olinadigan ozuqa birligini oshirish, ya’ni abiotik omillarga bardoshli ozuqa ekin turi, ularning nav, namunalarini to‘g‘ri tanlash choralarini ko‘rish muhim. Buning uchun ozuqabop ekinlarning abiotik omillarga bardoshli bo‘lgan yangi navlarni yaratish, boshlang‘ich ashyolar tanlash, yangi navlarni yetishtirish agrotexnikasi ishlab chiqish lozim bo‘ladi. Ushbu maqolada abiotik omillarga badoshli bo‘lgan ozuqabop ekinlarning turli xil nav, namunalarini sinash, ayrim qimmatli xo‘jalik belgilari bo‘yicha o‘rganish bo‘yicha olib borilgan tadqiqotlar natijalari keltirilgan. Kalit so‘zlar. Ozuqa bazasi, abiotik omillar, suv tanqisligi, sho‘rlanish, ozuqabop ekinlar, hosildorlik, nav, namuna, sinash. Аннотация. Кормовая база имеет большое значение в развитии животноводства, повышении продуктивности скота и доходов от отрасли. Для укрепления кормовой базы важно принимать меры по увеличению производства кормовой единицы с каждого гектара земли, то есть правильно подбирать вид кормовых культур, их сорта и образцы, устойчивые к абиотическим факторам. Для этого необходимо создавать новые сорта кормовых культур, устойчивые к абиотическим факторам, подбирать исходныйматериал и разрабатывать агротехнику выращивания новых сортов. В данной статье представлены результаты исследований, проведенных по испытанию различных сортов и образцов кормовых культур, устойчивых к абиотическим факторам, и изучению некоторых хозяйственно ценных признаков. Ключевые слова. Кормовая база, абиотические факторы, дефицит воды, засоление, кормовые культуры, продуктивность, сорт, образец, испытания. Abstract. The forage base is of great importance for the development of livestock farming, increasing productivity and livestock income. To strengthen the forage base, it is important to take measures to increase the production of forage units per hectare of land, i.e., to correctly select forage crop species, varieties, and accessions resistant to abiotic factors. This requires the development of new forage crop varieties resistant to abiotic factors, the selection of source material, and the development of breeding methods for these new varieties. This article 109 presents the results of research conducted on testing various forage crop varieties and accessions resistant to abiotic factors and the study of certain economically valuable properties. Keywords. Forage base, abiotic factors, water stress, salinity, forage crops, productivity, diversity, accessions, testing. Kirish. Yildan yilga aholi soni ortib borgani sari, oziq-ovqat mahsulotlariga jumladan go‘sht va sut kabi chorvachilik mahsulotlariga bo‘lgan ehtiyojlari ortib bormoqda. Aholining chorvachilik mahsulotlariga bo‘lgan extiyojlarini qondirishdi chorva mollari mahsuldorligini oshirib borish lozim bo‘ladi. Chorva mollari mahsuldorligi ularni to‘g‘ri va to‘laqonli oziqlantirishga bog‘liq. To‘g‘ri oziqlantirishni yo‘lga o‘yish uchun ozuqa bazasi mustahkam bo‘lishi, ozuqabop ekinlardan yuqori va sifatli hosil olish choralarini ko‘rish kerak. Biotik va abiotik omillar ozuqabop ekinlar hosildorligiga turlicha ta’sir ko‘rsatadi. Ozuqabop ekinlar hosildorligini yaxshilashda, biotik, abiotik omillarga bardoshli bo‘lgan ozuqabop ekin turlari, ularning nav, namunalarini sinash, qimmatli xo‘jalik belgilari bo‘yicha o‘rganib borish dolzarb ahmiyatga ega hisoblanadi. Materiallar va uslublar. Tadqiqot materiallari sifatida ozuqabop ekinlarning mahalliy va xorijiy nav, namunalari qo‘llanildi. Jumladan makkajo‘xori, oqjo‘xori, Afrika qo‘nog‘i kabi ozuqabop ekinlarning bir qancha nav va duragaylari, hamda yangi namunalari bo‘ldi. Ilmiy tadqiqotlarda dala, laboratoriya tajribalari, fenologik kuzatuvlar umumqabul qilingan “Metodika polevix opitov s kukuruzoy” (Dnepropetrovsk. 1984) uslubiy qo‘llanmasi va urug‘likning sifat ko‘rsatkichlari O‘zDSt 2823:2014 “Semena selskoxozyaystvennix kultur, metodi opredeleniya vsxojesti”dan foydalanildi. Olingan natijalar B.A.Dospexov “Metodika polevogo opita” (M.1985) va zamonaviy dispersion uslublarida statistik tahlil qilindi. Natijalar va munozara. Chorvachilik va parrandachilik ilmiy-tadqiqot instituti tajriba dalasida ozuqabop ekinlarning 27 ta mahalliy va xorijiy nav, namunalarini sinash uchun 4 ta takrorlanishda ekib o‘rganildi. Agrotexnik tadbirlar bir xil qo‘llanildi. Barcha namunalar bo‘yicha fenologik kuzatuvlar olib borildi. Bir qator qimmatli xo‘jalik belgilari bo‘yicha o‘rganildi. Ushbu namunalar boshpoya balandligi, boshpoya qalinligi, birinchi bo‘g‘in joylashish balandligi kabi ko‘rsatkichlar bo‘yicha o‘rganildi va ularning o‘rtacha ko‘rsatkichlari hisoblab chiqildi. Ozuqabop ekinlarning ushbu belgilar bo‘yicha o‘rtacha ko‘rsatkichlari natijalari quyidagi 1-jadvalda keltirilgan. Ozuqabop ekinlarning mahalliy va xorijiy nav, namunalarini ayrim qimmatli xo‘jalik belgilari bo‘yicha baholash natijalari 110 T/r Ekinturi, navi O‘rtacha ko‘rsatkichlar Boshpoya balandligi, sm Boshpoya diametri, sm Birinchi bo‘ g‘ in balandligi, sm 1 Makkajo‘xoriyangi tizma 315,9 10,1 21,8 2 Makkajo‘xori NS-3023 duragayi 125,6 5,6 19,6 3 Makkajo‘xori AGN-290 duragayi 151,2 6,3 20,4 4 Makkajo‘xori AGN-340 duragayi 220,6 10,7 11,3 5 Makkajo‘xori Dilshod navi 211,8 9,7 8,2 6 Makkajo‘xori O‘zbekiston-300 241,6 5,8 14,8 7 Makkajo‘xori Kolumet duragayi 232,6 9,0 11,0 8 Oqjo‘xori–Susu duragayi 262,6 7,5 9,4 9 Oqjo‘xori –yangi namuna 261,9 7,8 13,2 10 Afrika qo‘nog‘i Nis-1103 241,7 5,3 21,1 11 Oqjo‘xori -NutriTopStar 322,6 5,2 11,1 12 Oqjo‘xori -Hunnigreen duragayi 322,2 10,9 16,9 13 Oqjo‘xori -Nudan duragayi 263,2 7,9 14,7 14 Oqjo‘xori –yangi tizma 232,2 6,8 16,8 15 Oqjo‘xori -Revolution duragayi 293,2 7,1 23,2 16 Oqjo‘xori +sudan o‘ti-NsDjin 299,9 4,9 8,4 17 Oqjo‘xori -АҒ-7102 duragayi 203,1 7,0 8,7 18 Oqjo‘xori -Nis-1501 duragayi 162,4 10,7 9,6 19 Oqjo‘xori -Nis-1502 duragayi 162,6 11,6 23,1 20 Oqjo‘xori о-Jambostar duragayi 299,0 10,0 30,9 21 Oqjo‘xori –Macia duragayi 121,5 9,3 21,1 22 Oqjo‘xori –Kirgiziya navi 250,9 8,5 20,9 23 Oqjo‘xori – yangi tizma 312,9 8,0 28,0 24 Oqjo‘xori –Zumbra duragayi 159,0 9,9 25,5 25 Oqjo‘xori –Santinel duragayi 127,1 8,8 16,7 26 Oqjo‘xori о-Biyanka duragayi 181,4 3,8 10,4 27 Oqjo‘xori -AF-8301 duragayi 111,9 4,1 21,9 O‘lchov va kuzatuvlarga ko‘ra boshpoya balandligi 111,9 sm dan 322,6 sm gacha, boshpoya diametri 3,8 sm dan 11,6 sm gacha, birinchi bo‘g‘in joylashish balandligi 8,2 sm dan 30,9 sm gacha oraliqda bo‘lganligi kuzatildi. Boshpoya balandligi bo‘yicha yuqori ko‘rsatkich oqjo‘xorining NutriTopStar, Hunnigreen duragaylarida, makkajo‘xorining mahalliy yangi tizmasida, boshpoya qalinligi bo‘yicha yuqori ko‘rsatkichlar oqjo‘xorining Nis-1502, Nis-1502, Hunnigreen duragaylarida, birinchi bo‘g‘in joylashish balandligi bo‘yicha yaxshi ko‘rsatkichlar oqjo‘xorining Ns Djin, AF-7102 duragaylarida bo‘ldi. Xulosa va tavsiyalar. Olib borilgan tadqiqotlar natijasida olingan natijalarga asoslanib shunday xulosa qilish mumkinki, sinalgan nav, namunalar 111 ichida boshpoya balandligi oqjo‘xorining NutriTopStar, Hunnigreen duragaylarida, boshpoya qalinligi bo‘yicha yuqori ko‘rsatkichlar oqjo‘xorining Nis-1502, Nis1502, Hunnigreen duragaylarida, birinchi bo‘g‘in joylashish balandligi bo‘yicha yaxshi ko‘rsatkichlar oqjo‘xorining Ns Djin, AF-7102 duragaylarida bo‘ldi. Foydalanilgan adabiyotlar: 1. B.D.Allashov, M.X.Zulfikarov, F.Toreev. Effective agrotechnology for cultivation of forage crops. IOP Conference Series: Earth and Environmental Science, 2020, 614 (1), 012159 https://iopscience.iop.org/article/10.1088/1755-1315/614/1/012159 2. B.Allashov, S.Jamolov Ozuqabop ekinlarning issiqqa va suv tanqisligiga bardoshli nav, namunalarini tanlash. J. Актуальные проблемы пустынного животноводства, экологии и создания пастбищных агрофитоценозов." (2023). 3. BD.Allashov, S.G.Jamolov, D.R.Jurayeva Suvsizlikka va issiqqa chidamli bo‘lgan ozuqabop ekinlarning xorijiy nav yoki namunalarini tanlash. Ж.Science and innovation. Special №8, С.285-296 4. B.D.Allashov, S.G.Jamolov. Ozuqabop ekinlarda ayrim xo‘jalik belgilari bo‘yicha olib borilgan seleksiya ishlari. 2023/11/11 Ж. Актуальные проблемы пустынного животноводства, экологии и создания пастбищных агрофитоценозов. Том 1.№1.Ст. 227-230 5. B.D.Allashov Milliy genbankdan olingan oqjo‘xori namunalarini ayrim qimmatli xo‘jalik belgilari bo‘yicha o‘rganish. 2024Ж. Science and innovation. Том 3. №Special Issue 47. 574-579 b. 6. Доспехов Б.А. «Методика полевого опыта. 5-е изд.» - М.: Агропромиздат, 1985. 351 с. 7. D.R.Jo‘rayeva, B.D.Allashov Makkajo‘xori yetishtirishda innovatsion usulda tayyorlangan kompostdan foydalanish. 2023 Ж.Science and innovation. Том 2. №Special Issue 8. 297301 b. 8. S.Jamolov, B.Allashov Makkajo‘horining xorijiy tizmalari rivojlanish davrlari. 2023/11/11 Ж. Актуальные проблемы пустынного животноводства, экологии и создания пастбищных агрофитоценозов. Том 1.№1.Ст. 236-239 9. S.G‘.Jamolov, B.D.Allashov Kuzgi va bahorgi muddatlarda ekilgan ozuqabop ekinlarda olib borilgan seleksiya va birlamchi urug‘chilik ishlari. Ж.Science and innovation. 2023 Том 2. №Special Issue 8. 302-306 бетлар