scieee AI-readable full text Open interactive document viewer

ODDIY LOVIYA TURI BOSHLANG'ICH MANBALARI VA F1, F2 DURAGAYLARIDA URUG' TARKIBIDAGI ERKIN AMINOKISLOTALAR MIQDORI

Tursunova Nilufar Mo'ydinovna

Full text

128 UO‘T: 635.652.2:581.19+575.22.2 ODDIY LOVIYA TURI BOSHLANG‘ICH MANBALARI VA F1, F2 DURAGAYLARIDA URUG‘ TARKIBIDAGI ERKIN AMINOKISLOTALAR MIQDORI Tursunova Nilufar Mo‘ydinovna Biologiya fanlari falsafa doktori (PhD) Chirchiq davlat pedagogika universiteti [email protected] DOI: https://doi.org/10.5281/zenodo.17536828 Annotatsiya. Ushbu maqolada oddiy loviya turining mahalliy va xorijiy navlari, ulardan olingan F1-F2 duragaylarining urug’ida aminokislotalar miqdori natijalari tahlil qilinganda, ota-ona manbalardan Belaya fasol navida boshqa navlarga nisbatan yuqori koʻrsatkichlarni, ya’ni, asparagin kislota (1,047 mg/g), glutamin (8,47 mg/g), treonin (1,39 mg/g), alanin (7,96 mg/g), metionin (1,00 mg/g), gistidin (6,38 mg/g) miqdorining yuqori ekanligi, F1 duragaylaridan glitsin (0,993 mg/g), alanin (6,393 mg/g), prolin (1,66 mg/g), sistein (2,167), F2 duragaylarda alanin (7,170 mg/g), fenilalanin (3,976 mg/g) erkin aminokislotlar miqdori yuqori boʻlishi qayd etildi. Kalit so‘zlar: oddiy loviya, duragay, nav, oqsil, aminokislota, alanin, gistidin, valin, treonin. Abstract. In this article, when analyzing the results of amino acid content in the seeds of local and foreign varieties of common bean and their F1–F2, hybrids, it was found that among the parental sources, the “Belaya fasol” variety showed higher values compared to other varieties. Specifically, it had higher levels of aspartic acid (1.047 mg/g), glutamine (8.47 mg/g), threonine (1.39 mg/g), alanine (7.96 mg/g), methionine (1.00 mg/g), and histidine (6.38 mg/g).Among the F1 hybrids, higher amounts of glycine (0.993 mg/g), alanine (6.393 mg/g), proline (1.66 mg/g), and cysteine (2.167 mg/g) were recorded, while in the F2 hybrids, increased levels of alanine (7.170 mg/g) and phenylalanine (3.976 mg/g) of free amino acids were observed. Keywords: common bean, hybrid, variety, protein, amino acid, alanine, histidine, valine, threonine. Kirish. Olimlar tomonidan oddiy loviya o‘simligining xo‘jalik, morfofenologik, molekulyar-genetik va ozuqaviy qiymati yuqori bo‘lgan elita navlarini yaratishga qaratilgan zamonaviy uslublardan foydalanib ilmiy tadqiqotlar olib borilgan [2]. Oddiy loviya o‘simligining abiotik stresslarga ko‘proq bardoshli genotiplarining rivojlanishida ular ildizlarining tarqalish xususiyatining yuqori bo‘lishi ahamiyatli ekanligi 6 ta boshlang‘ich manbalar va 30 ta F1 duragaylarda ildiz tarqalishida geterozis holatining paydo bo‘lishiga qaratilgan. Natijada ildizlarda geterozisning kuzatilmaganligi gen guruhlari o‘rtasidagi qarindoshlik darajasi, shuningdek, ba’zi o‘zaro epistatik ta’sirlar bilan izohlangan [5]. 129 Shuningdek tepariy loviyasi issiq va quruq iqlim sharoitiga moslashgan. Bu turdan genetika va molekulyar biologiya sohasida to‘liq foydalanilmagan. So‘nggi yillarda tepariy loviyasi ustida genetik tadqiqotlar ko‘plab amalga oshirilmoqda [3, 4]. Vronska L. V., Demyd A. Ye. [7] olib borgan tadqiqotlarida oddiy loviya oʻsimligi 5 xil oq urug‘li namunalarining aminokislota tarkibi xromotografiya usulida oʻrganilganda aspartat va glutamin kislota, glitsin, valin, tirozin, leysin va boshqa aminokislotalar aniqlangan. [1]. Tadqiqot obyekti va usuli. Tadqiqot obyekti sifatida oddiy loviya turiga mansub Beybi Lima, Vir, Belaya fasol, Kalipso krasnaya, Solnishko, Ravot navlari va F1-F2 duragaylaridan foydalanildi. Erkin aminokislotalarning feniltiokarbomail (FTK) bilan hosilasi (birikmasi) yuqori samarali suyuqlik xromatografiya (YuSSX) tahlili Steven, Cohen Daviel [6] usulida amalga oshirildi. Tadqiqot natijalari. Oʻrganilgan 6 ta loviya navlarida Belaya fasol navida boshqa navlarga nisbatan yuqori koʻrsatkichlarni, ya’ni, asparagin kislota (1,047mg/g), glutamin (8,479 mg/g), treonin (1,399479 mg/g), alanin (7,96 mg/g), metionin (1,0077 mg/g), gistidin (6,38 mg/g), izoleysin (0,30 mg/g), leysin (0,664 mg/g), triptofan (0,669 mg/g), fenilalanin (0,456 mg/g), lizin (0,584 mg/g), Kalipso navida asparagin (1,787 mg/g), arginin (0,941 mg/g), prolin (1,24 mg/g), valin (0,80), Vir navida glutamin kislota (2,56 mg/g) va tirozin (2,021 mg/g), Ravot navida serin (1,294 mg/g), glitsin (0,760 mg/g) va sistein (2,08 mg/g) kabi erkin aminokislotlar miqdori yuqori ekanligi aniqlandi. F1 Kalipso krasnaya x Beybi Lima kombinatsiyasida glitsin (0,993861 mg/g), alanin (6,3931 mg/g), prolin (1,66 mg/g), valin (0,856 mg/g), leysin (0,468 mg/g), va F1 Kalipso krasnaya x Solnishko kombinatsiyasida asparagin (1,689 mg/g), arginin (0,92 mg/g), gistidin (5,83 mg/g) erkin aminokislotalar miqdori boshqa duragay kombinatsiyalarga nisbatan yuqori boʻlishi kuzatildi. F2 oʻsimliklarida biokimyoviy tahlil natijalari shuni koʻrsatdiki, erkin aminokislotalar miqdori Beybi Lima navi ishtirok etgan F2 kombinatsiyalarida ham keyingi avlodlarda oʻz kuchini saqlab qolganini koʻrishimiz mumkin. Jumladan, F2 Beybi Lima x Kalipso krasnaya kombinatsiyasida asparagin kislota (0,989 mg/g), serin (1,18 mg/g), tirozin (1,5093 mg/g), lizin (0,411 mg/g), glitsin (1,134801 mg/g), asparagin (2,2755 mg/g), treonin (1,62 mg/g), arginin (0,910 mg/g), alanin (7,170269 mg/g), prolin (1,67 mg/g), fenilalanin (3,97 mg/g) erkin aminokislotlar miqdori boshqa F2 oʻsimliklariga nisbatan yuqori boʻlishi qayd etildi. Tadqiqot natijalari shuni koʻrsatdiki, oddiy loviya navlari va F1-F2 oʻsimliklari urug‘i tarkibidagi erkin aminokislotalar miqdori tahlil qilinganda, Beybi Lima navi bilan chatishtirib olingan F1-F2 oʻsimlik kombinatsiyalarida 130 yuqori koʻrsatkichlar aniqlandi hamda ushbu kombinatsiyalar genetik-seleksion tadqiqotlarda irsiy boyitilgan oila, tizma va navlar yaratishda qimmatli manba boʻla oladi. Foydalanilgan adabiyotlar: 1. Ángel Ramón Flores-Sosa, Elia Nora Aquino-Bolaños Variation in protein and amino acids content among landraces of common bean (Phaseolus vulgaris L.). // Emirates Journal of Food and Agriculture. 2020. - P. 750-760. 2. Pietro Sica, Francesco Scariolo, Aline Galvao Agronomic Performances and Seed Nutraceutical Properties to Exploit Neglected Genetic Resources of Common Beans Grown by Organic Farming in Two Contrasting Environments // Front. Plant Sci. 2021. Volume 12. -P. 1-24. 3. Rahman Sk.M., Aniszewski T. Ladybird beetles Adalia bipunctata L. Interaction with legume bean Phaseolus species is dependent on life needs // Malaysian Applied Biology. 2014. - P. 111-118. 4. Sergio Cruz, Juan Lobaton, Milan O. Urban Interspecific common bean population derived from Phaseolus acutifolius using a bridging genotype demonstrate useful adaptation to heat tolerance // Front. Plant Sci. 2023. Volume 14. - P. 1-15. 5. Sibila Grigolo, Rita Carolina de Melo, Heterosis for the root distribution trait in common bean // Agronomy journal, 2021. Volume 43, -P. 44-48. 6. Vronska L.V., Demyd A.Ye. Amino acid profile of Phaseolus vulgaris pods and dry extract prepared of them. // Farmasevtichniy chasopis. 2019. -P. 40-48.