scieee AI-readable full text Open interactive document viewer

SELEKСIYA VA URUG'CHILIKDA TUPROQ UNUMDORLIGINING AHAMIYATI

SH.U. Saburov; F.R. Erjanova

Full text

161 UO‘K:635.62 SELEKСIYA VA URUG‘CHILIKDA TUPROQ UNUMDORLIGINING AHAMIYATI SH.U. Saburov., F.R. Erjanova, Selekciya va urug‘chilik kafedrasi 1-kurs magistranti Qoraqalpog‘iston qishloq xo‘jaligi va agrotexnologiyalar instituti DOI: https://doi.org/10.5281/zenodo.17536953 Annotatsiya: Tuproq o‘simliklar uchun zarur bo‘lgan azot, fosfor, kaliy va boshqa mikroelementlarni o‘z ichiga oladi. Bu elementlar o‘simliklarning o‘sishi, rivojlanishi va hosildorligi uchun muhim omillardir. Ushbu maqolada selekciya va urug‘chilik tizimida tuproq unumdorligining ahamiyati, uni saqlash va oshirish usullari, shuningdek, tuproq holatining o‘simlik genotiplarining moslashuvchanligi va hosildorlikka ta’siri haqida ma’lumotlar keltirilgan. Kalit so‘zlar: tuproq, unumdorlik, hudud, iqlim, selekciya, urug‘, o‘g‘it, sug‘orish, o‘simlik, hosildorlik, melioraciya. Annotation: Soil contains nitrogen, phosphorus, potassium, and other microelements necessary for plants. These elements are important factors for plant growth, development, and yield. This article provides information on the importance of soil fertility in the system of breeding and seed production, methods of its preservation and enhancement, as well as the influence of soil conditions on the adaptability of plant genotypes and yield. Keywords: soil, fertility, territory, climate, selection, seeds, fertilizer, irrigation, plant, yield, land reclamation. Tuproq — bu tirik va noorganik qismlardan tashkil topgan murakkab tabiiy jism bo‘lib, qishloq xo‘jaligida ishlab chiqarishning eng muhim vositasidir. Uning asosiy xossasi — unumdorlik, ya’ni o‘simliklarni oziqa moddalari, suv, havo va issiqlik bilan ta’minlash qobiliyatidir. Tuproq unumdorligi selekciya va urug‘chilik faoliyatida o‘simliklarning genetik imkoniyatlarini to‘liq ro‘yobga chiqarishning asosiy omili sanaladi. Tuproq unumdorligi va uning selekciya jarayonidagi roli. Selekciya jarayonida o‘simliklarning genotipik imkoniyatlari ko‘p jihatdan ularning o‘sadigan muhitiga bog‘liq. Tuproq unumdorligi o‘simliklarning fiziologik faoliyatini, oziqlanishini, ildiz tizimi rivojlanishini hamda hosil sifatini belgilaydi. Yuqori unumdor tuproqlarda o‘simliklar tez o‘sadi, kuchli ildiz tizimi hosil qiladi va stress omillariga (qurg‘oqchilik, sho‘rlanish, sovuqqa chidamlilik va boshqalar) nisbatan bardoshliligi oshadi. Selekciya ishlari jarayonida tuproq unumdorligining barqarorligini saqlash, uning agroximik tarkibini muvozanatda ushlab turish, shuningdek, yangi navlarning moslashuvchanligini baholashda asosiy mezonlardan biridir. Shu 162 sababli tuproq xususiyatlarini chuqur o‘rganish selekcionerlar uchun muhim ilmiy asos bo‘lib xizmat qiladi. O‘zbekiston tuproqlari va ularning qishloq xo‘jaligidagi ahamiyati. O‘zbekiston hududida 28 turdagi tuproq mavjud bo‘lib, ularning 22 tasi faol ravishda qishloq xo‘jaligi maqsadida foydalaniladi. Eng unumdor tuproqlar — tipik bo‘z va och tusli bo‘z tuproqlar — asosan Farg‘ona vodiysi, Toshkent, Samarqand, Jizzax, Sirdaryo, Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlarida tarqalgan. Sug‘oriladigan o‘tloqi tuproqlar, daryo vodiylarida joylashganligi sababli, ozuqa moddalarga nisbatan boy va yuqori hosildorlik beradi. Ammo bu yerlarda sizot suvlari sathi yaqin bo‘lgani uchun sho‘rlanish xavfi yuqori. Shu boisdan meliorativ chora-tadbirlarni (drenaj tizimlari, yuvish ishlari, tuzlarni neytrallovchi o‘g‘itlardan foydalanish) o‘z vaqtida amalga oshirish zarur. Cho‘l zonasidagi taqirli, sur tusli qo‘ng‘ir tuproqlar esa Qoraqalpog‘iston, Navoiy va Buxoro viloyatlarida keng tarqalgan. Ularning unumdorligini oshirish uchun organik o‘g‘itlar, siderat ekinlar (ko‘kat o‘g‘it), mikrobiologik preparatlar va suv tejovchi sug‘orish texnologiyalarini qo‘llash talab etiladi. Tuproq unumdorligini saqlash va oshirish yo‘llari. Tuproq unumdorligini saqlash — selekciya va urug‘chilikning barqaror rivojlanishining asosi hisoblanadi. Buning uchun quyidagi ilmiy asoslangan tadbirlarni amalga oshirish muhim: Agrotexnik usullar — almashlab ekish, yerga organik o‘g‘itlar kiritish, minimal haydash texnologiyasi. Agrokimyoviy chora-tadbirlar — mineral o‘g‘itlarni me’yorida va muvozanatda qo‘llash, tuproqdagi pH muvozanatini saqlash. Meliorativ tadbirlar — sug‘orish tizimlarini modernizatsiya qilish, drenaj va yuvish ishlarini muntazam olib borish. Biologik usullar — rizobakteriyalar, mikorizalar va biologik faol preparatlar yordamida tuproqdagi foydali mikroflorani tiklash. Bu choralar o‘simliklarning ozuqalanishini yaxshilab, urug‘chilikda yuqori sifatli urug‘ materialini yetishtirishga xizmat qiladi. Xulosa. Tuproq unumdorligi — selekciya va urug‘chilik jarayonlarining asosiy ekotizim omilidir. Unumdor tuproq o‘simliklarning genetik potensialini to‘liq namoyon etish imkonini beradi, ularning ekologik stresslarga chidamliligini oshiradi va hosil sifatini yaxshilaydi. Shu sababli har bir selekcioner va urug‘chilik xo‘jaligi tuproq holatini muntazam tahlil qilib borishi, unga ilmiy asosda ishlov berishi zarur. O‘z navbatida, tuproq unumdorligini saqlash – nafaqat qishloq xo‘jaligi barqarorligini, balki ekologik muvozanatni ta’minlashning ham muhim garovidir. Foydalanilgan adabiyotlar: 1. Abdukarimov D.T., Ergashev I.T., Elmuradov A.A., Lukov M.K., Bekmuradova X.K. Qishloq xo‘jalik ekinlari selekciyasi va urug‘chiligi, Samarqand davlat veterinariya medicinasi, chorvachilik va biotexnologiyalar universiteti. Nashr matbaa markazi, 2024. 2. Tursunov H.X. Tuproqshunoslik, Toshkent “Universitet” 2017 3. Ergasнev I.T., Nazarov K.K., Normurodov D.S., Bekmuradova X.K. Umumiy Selekciya va Urug‘chilik Praktikumi, Тоshkеnt-2020.https://www.agro.uz/11-0297