scieee AI-readable full text Open interactive document viewer

QORAQOLPOG'ISTON RESPUBLIKASIDA KUZGI BUG'DOYDAN OLDIN EKILGAN O'TMISHDOSH EKINLARNINING SAMARADORLIGI

Ismaylov U.E; Kutlımuratova D.B; Кalnazarova Dilfuza Polatovna; Ubaydullaeva Aziza Buxarbaevna

Full text

196 UO’K: 631.582/452 QORAQOLPOG‘ISTON RESPUBLIKASIDA KUZGI BUG‘DOYDAN OLDIN EKILGAN O‘TMISHDOSH EKINLARNINING SAMARADORLIGI Ismaylov U.E, q.x.f.d., professor., Kutlımuratova D.B., q.x.f.d., (PhD). Кalnazarova Dilfuza Polatovna., Ubaydullaeva Aziza Buxarbaevna, 4-kurs «Agronomiya» yo’nalishi Qoraqalpog’iston qishloq xo’jaligi va agrotexnologilar instituti DOI: https://doi.org/10.5281/zenodo.17537022 Annotation. In the system of crop rotation with short rotations in the conditions of shallow soils, the effectiveness of the selection of past crops for autumn wheat in increasing soil fertility has been determined. In this case, the positive effect of mosh, sesame and soy crops on the mass of khajm and the amount of humus as a past crop is expressed. Keywords: crop rotation, autumn wheat, soil fertility, Moss, sesame, soybeans, predecessors, food elements, siderat. Kirish. Mamlakatimizda dehqonchilik madaniyatini ko’tarishdi tuproqqa asosiy ishlov berish, yangi texnologiyalarni joriy etish, shu bilan birga qishloq xo’jalik ekinlarining hosildorligini oshirish asosan qo’l mehnatini kamaytirish, sarf-xarajatlarni qisqartirishga qaratilgan tadbirlarni qo’llab paxta, g’alla va takroriy ekinlarni etishtirishning yangi, tejamkor, tuproq unumdorligi va suv-fizik xossalariga ijobiy ta`sir etuvchi hamda yuqori hosil olishni ta`minlovchi yangi agrotexnologiyalar tizimini ishlab chiqish lozim. Bug’doyni etishtirishda yana muhim muammolardan biri yuqori va sifatli don hosili olish uchun avvalo turli tuproq-iqlim sharoitlariga mos keladigan bug’doy navlarini tanlash va to’g’ri almashlab ekishni joriy qilish kerak bo’ladi. Qishloq xo’jalik ekinlarini etishtirish bilan bir qatorda tuproq unumdorligini oshirish va erlarning meliorativ holatini yaxshilash muhim masaladir. Erlarning meliorativ holatini yaxshilash agromeliorativ tadbirlarni sifatli o’tkazish orqali, tuproq unumdorligi va ekinlar hosildorligini oshirishga organik va mineral o’g’itlardan samarali foydalanish, almashlab ekish tizimini joriy qilish bilan erishish mumkin. Har bir fermer xo’jaligining tuproq unumdorligini oshirishni ta`minlaydigan qisqa rotaciyali almashlab ekishni joriy qilishi va asosiy ekinlarga o’tmishdosh ekinlarni to’g’ri tanlash dolzarb hisoblanadi. 197 U.İsmaylovning [1] tadqiqotlarida Qoraqalpog’iston Respublikasi sug’oriladigan erlari deyarli hammasi sho’rlanganligi tuproq unumdorligi past ekanligi tuproq sho’rlanishini kamaytirish, tuproq unumdorligi va ekinlar hosildorligi hamda sifatini oshirish uchun agromeliorativ tadbirlarni olib borish, almashlab ekishda o’tmishdosh ekinlarni to’g’ri tanlash, erga organik va siderat o’g’itlarni qo’llashning eng maqbul tadbirlaridan ekanligi kӯrsatiladi. B.M.Xaliqov [2] tomonidan Toshkent viloyatining tipik bo’z tuproqlarida qisqa rotaciyali (1:1, 2:1) navbatlab ekish tizimlariga takroriy ekin sifatida mosh, oraliq ekinlardan tritikalening kiritilishi natijasida bir rotaciya davomida tuproqda gektariga 9-10 tonna organik qoldiq to’plangani va tuproqdagi chirindi miqdori 0,020-0,035% ga, yalpi azot 0,018-0,022% ga oshganligi aniqlangan. Q.Eshmirzaevning [3] ta`kidlashicha, sug’oriladigan erlarning tuproq unumdorligini saqlash va oshirishni asosiy shartlaridan biri dalani uzoq vaqt davomida uzluksiz ravishda o’simliklar bilan qoplanib turishi hisoblanadi. Tajriyba uslublari. O’tmishdosh ekinlarni tanlash, ularning tuproq unumdorligi va ekinlar hosildorligini oshirishda ekinlarni to’g’ri tanlashni ilmiy asoslash dolzarb hisoblanadi. Ushbu masala yuzasida Qoraqalpog’iston Respublikasi Xo’jayli tumanida dala tajribalari olib borilib, bahorda ekilgan ӯtmishdosh ekinlardan keyin kuzgi bug’doy ekildi. Bunda, 1-variantda kuzgi bug’doy: kuzgi bug’doy, 2-variantda, 1:2 navbatlab ekish tizimida don uchun mosh+kuzgi bug’doy, 3-variantda, don uchun kunjut+kuzgi bug’doy, 4-variantda, don uchun soya+kuzgi bug’doy, 5-variantda don uchun mosh+20 t/ga go’ng+kuzgi bug’doy, 6-variantda, don uchun kunjut+20 t/ga go’ng+kuzgi bug’doy, 7variantda, don uchun soya+20 t/ga go’ng+kuzgi bug’doy, 8-variantda, don uchun mosh+oraliq ekin (mosh)+20 t/ga go’ng+kuzgi bug’doy, 9-variantda, don uchun kunjut+oraliq ekin (mosh)+20 t/ga go’ng+kuzgi bug’doy, 10-variantda, don uchun soya+oraliq ekin (mosh)+20 t/ga go’ng+kuzgi bug’doy. Tadqiqotning maqsad va vazifalaridan kelib chiqib, o’simliklarda fenologik kuzatish hamda biometrik o’lchash ishlari olib borildi. Kuzgi bug’doydan oldingi ӯtmishdosh ekinlar-kunjut, mosh va soyaning ekishda tuproqning agrokimyoviy va agrofizikaviy xossalariga ta`siri aniqlandi. Har qanday qishloq xo’jalik ekinlari hosildorligi tuproq unimdorligiga, ya`ni uning tarkibidagi oziq elementlari miqdori, tuproq hajm massasi, suv bilan ta`minlanishi, strukturasiga bog’liq bo’ladi. Tajriyba natiyjalari. Tadqiqotda qisqa navbatli almashlab ekish tizimida ӯtmishdosh ekinlar va organik o’g’itlarning tuproq unimdorligiga ta`sir aniqlandi. Olingan natijalarga qaraganda, siderat uchun mosh, don uchun soya va don uchun 198 kunjut yig’ib olingandan sӯng 20 t/ga solinib kuzgi bug’doy ekilganda 8,9 va 10variantlarda faqat kuzgi bug’doydan keyin kuzgi bug’doy etishtirilgan variantga nisbatan tuproq hajm massasi 0-30 sm qatlamda 0,07-0,08 g/sm3 gacha kamayishi aniqlandi. Ushbu holatda siderat va organik o’g’itlarning tuproq zichligiga ijobiy ta`sirini aytish mumkin. Shu bilan birga, tuproq g’ovakligining ko’payishiga ham ijobiy ta`sir ko’rsatib, tuproq struktura holaning yaxshilanishida ahamiyati katta bo’ldi. Bu esa faqat kuzgi bug’doy etishtirilganga nisbatan almashlab ekishda o’tmishdosh ekinlarni to’g’ri tanlash dukkakli ekinlar bilan birgalikda 20 t/ga organik o’g’itlar qo’llanilsa tuproqning agrofizik xossalarining yaxshilanishida ahamiyati katta. Qisqa navbatli almashlab ekish tizimida o’tmishdosh ekinlar tuproq tarkibidagi gumus va oziq elementlar miqdoriga har xil ta`sir qilib, tuproqdagi azot, fosfor va kaliyning umumiy va harakatchan shakllarining miqdoriga ta`sir etishi, ularning dinamikasi, tuproq tarkibidagi gumus miqdoriga qanday ta`sir qilgan bo’lsa, xuddi shu qonuniylik kuzatiladi. Tajribada 20 t/ga go’ng solinib, siderat uchun mosh, don uchun soya va kunjut kabi o’tmishdosh ekinlardan keyin kuzgi bug’doy etishtirilgan variantlarda faqatgina kuzgi bug’doydan keyin kuzgi bug’doy etishtirilgan nazorat variantga nisbatan gumus miqdori tuproq qatlamlari bo’yicha 0,010 va 0,050% atrofida ko’p ekanligi kuzatilib, NPKning umumiy va harakatchan shakllarining miqdori bo’yicha olingan ko’rsatkichlar nazoratga nisbatan yuqori bo’lganligi aniqlandi. Xulosa. Qoraqolpog’iston Respublikasi sho’r tuproq sharoitida getariga siderat uchun mosh, don uchun soya va kunjut kabi o’tmishdosh ekinlardan keyin 20 t/ga gӯng solinib keyin kuzgi bug’doy etishtirilganda tuproqning agrofizikaviy va agrokimyoviy xossalarining yaxshilanishi natijasida tuproq unumdorligiga ijobiy ta`sir kӯrsatish aniqlandi. Foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati: 1. Ismaylov.U.E. Научные основы повышения плодородия почв. Нукус. «Билим». 2004. 2. Xalikov. B.M. O’zbekistonning sug’oriladigan hududlarida g’o’za va g’o’za majmuidagi ekinlarni qisqa rotaciyada almashlab ekishda tuproq unumdorligini saqlash va oshirishning ilmiy-amaliy asoslari. Q.x.f.d. ilmiy darajasini olish uchun dissertaciya avtoreferati. T.: 2007. -44 b. 3. Eshmirzaev K. Влияние пожнивных посевов на производительную способность почвы. // Журнал Сел’ское хозяйство Узбекистана. Т.: 191. №7.