scieee AI-readable full text Open interactive document viewer

YERLARNI REKUL`TIVACIYALASH VA KEYINGI EKILGAN EKINLARNING TUPROQ UNUMDORLIGIGA TASIRI

Reymov Omirbay; Bekbergenov Zamir; Reimov Nietbay

Full text

326 UUK – 631.15+622.882+504.062.4+631.155 YERLARNI REKUL`TIVACIYALASH VA KEYINGI EKILGAN EKINLARNING TUPROQ UNUMDORLIGIGA TASIRI Reymov Omirbay., Bekbergenov Zamir., Reimov Nietbay professor Qoraqalpogʻiston qishloq xoʻjaligi va agrotexnologiyalar instituti niyetbay.r[email protected]. DOI: https://doi.org/10.5281/zenodo.17537390 АннотацияВ статьи приведены данные эффективности рекультиваций после ее проведения, эффективности различных приемов поддержания плодородия почв при рекультивация, их влиянии на плодородие почв, экономической эффективности рекультивиремых работ. Ключевые слова – Каракалпакстан, землепользование, рекультивация, неблогодарный климат, земля, почва, плодородие, кадастр, урожай, экономическая эффективность. AnnotationThe article presents data on the yield of agricultural crops obtained on the control variant of land without reclamation and after its implementation, the effectiveness of various methods of maintaining soil fertility during reclamation, their impact on soil fertility, and the economic efficiency of reclamation work. Key words - Karakalpakstan, land use, reclamation, unfavorable climate, land, soil, fertility, cadastre, harvest, economic efficiency. Kirish. Qoraqalpogʻiston Respublikasida har xil sabablar bilan faol foydalanishdan chiqib ketgan yerlarni qayta faol foydalanishga kiritish uchun rekul`tivaciyalash va rekul`tivaciyalash ishlaridan sung har xil qishloq xoʻjaligi ekinlarini ekib, unib chiqishi, oʻsishi, rivojlanishi, hosildorligi va iqtisodiy samaradorligini oʻrganish masalasi dolzarb masala hisoblanadi. Suv taqchilligining koʻchayib borishi, temir va avtomagistral yollarning yangidan kengaytirilib rekonstrukciyalanishi, eski daraxtlarning vaqti etib qurishi hamda boshqa sabablardan foydalanishdan chiqib ketgan ekishlik yerlarni qayta foydalanishga kiritish zarurligi kelib chiqmaqda. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023 yil 29 apreldagi «Buzilgan yerlarni rekul`tivaciya qilish, tuproqning unumdor qatlamini saqlash va undan oqilona foydalanishni tashkil etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida № 169 qarorida va Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 23 oktabrdagi «Oʻzbekiston Respublikasini qishloq xoʻjaligini rivojlantirishning 2020-2030 yillarga moʻljallangan strategiyasini tasdiqlash toʻgʻrisda»gi PF-5853-sonli Farmoni maksimal darajada foydalanish bilan birga tuproq unumdorligini saqlash, yerlarni faol foydalanishda saqlab, qishloq xoʻjaligi ekinlaridan rejalashtirilgan hosilni yetishtirishda yerlarni sifatli rekul`tivatsiyalash va rekul`tivaciyalashdan 327 sung qaysi qishloq xoʻjaligi ekinini ekkanimizda rekul`tivaciyalangan yerlardan koʻproq foyda olishimizni aniqlash boʻyicha ilmiy tadqiqot ishlari bajarilmaqda. Qoraqalpogʻiston Respublikasining tuproqlari sharoitida foydalanishdan chiqib ketgan yerlarni rekultivatsiyalash va keyingi ekilgan ekinlarning tuproq unumdorligiga tasiri boʻyicha tadqiqotlar masalalar oʻrganilmagan hamda ilmiy tavsiyalar berilmagan. Tadqiqot metodikasi va usullari. Rekul`tivaciya boʻyicha dala tajribasi rekul`tivaciya ishlarining 17.5.1.02-85. GOSTining qishloq xoʻjaligidagi rekul`tivaciya yoʻnalishi boʻyicha olib borildi. Tadqiqotlar Qoraqalpogʻiston Respublikasi tumanlarida, rekulitivatsiyaga muxtoj fermer xoʻjaligi yerlarida dala tajribasi usulida olib borilib, bunda yerlarni rekultivatsiya qilish boʻyicha uslubiy koʻrsatmalar; tuproqning unumdor qatlamini qirqib olish, saqlash va oqilona foydalanish. Toshkent; ID-1255. 2018.; 1:10000, 1:25000 masshtablardagi Taxtakoʻpir tumani xoʻjaliklari xaritalari; qurilish uchun injenerlik qidiruvlari hujjati (KMK 01.07.97y.); topografik sʻemka boʻyicha yoʻriqnoma; B.A. Dospexovning «Tajriba oʻtkazish metodikasi» 1985 yil; tajribalardan olingan malumotlarga statistik ishlov berish B.A.Dospexovning bir omilli dispers usulida amalga oshirildi. Tajribadan olingan natijalar Dala tadqiqoti tajribalari Qoraqalpogʻiston Respublikasi Taxtakoʻpir tumani Qoraqalpogʻiston Respublikasi Taxtakoʻpir tumani Qoraqalpogʻiston Respublikasining Taxtakoʻpir tumani «Allamurat taxta», «Ataniyaz Sultan», «Pirniyaz ata», «Pirniyaz taxta», «Gapur taxta», «Atabay muxtar», «Kaxarman taxta» fermer xoʻjaligi yerlarida olib borildi. Tajribada birinchi nazorat variantidan boshqa urganilayotgan variantlarda foydalanishdan chiqib ketgan yerlarni qayta foydalanishga rekul`tivaciyalash orqali kiritishda rekul`tivaciya ishlaridan sung har xil qishloq xoʻjaligi ekinlari –gʻoʻza, kuzgi bugʻdoy, joʻxori, kunjut, tariq, beda, mosh va lobiya ekilgan hamda rekul`tivaciya ishlaridan sung ekin ekilmagan variantlarni qator sinab koʻrganimizda, rekul`tivaciya qilinmagan birinchi nazorat variantida tuproqdagi chirindining oʻzgarish dinamikasi tajribaning uch yili mobaynida -0,135% ga kamaydi. Rekul`tivatsiya qilingandan sung ekin ekilmagan variantda tuproqdagi chirindining oʻzgarish dinamikasi tajribaning uch yili davomida - 0,150 % ga kamaydi. Tadqiqotning rekul`tivaciyadan sung gʻoʻza ekilgan variantida tuproqdagi chirindi miqdori tajribaning uch yili mobaynida -0,163 % gacha kamayib bordi. 328 Tajribaning kuzgi bugʻdoy ekilgan variantida tadqiqotning uch yili davomida -0,004% ga kamaydi. Buni, kuzgi bugʻdoyni amal davri vaqtida va kuzgi-qishqibahorgi vaqtlari qoldirgan angʻiz va ildiz qoldiqlari ma`lum darajada kup bulganligi bois, kuzgi bugʻdoyning biomassa toplashi uchun ishlatilgan bulagi deyarli tuliq qoplab boriladi. Bizning tadqiqotimizdagi rekul`tivaciya ishlaridan sung joʻxori ekilgan variantida uch yil davomida, tadqiqatning birinchi yilgi bahoridan tadqiqot oxirgi yili kuziga nisbatan tuproq chirindisining yoki gumusning oʻzgarish dinamikasi - 0,135% ga kamayganini kursatdi. Joʻxori ekini hosil bilan tuproqdan yuqori miqdordagi ozuqa moddalarni olib ketuvchi oʻsimlik bolishi bilan bir qatorda tuproqda kwp miqdorda ildiz va angʻiz qoldiqlarini qoldiruvchi ekin ekanini dalilladi. Rekul`tivaciyadan sung tajribada kunjut ekilgan variantida kunjutni parvarishlash uchun uch yil davomida kunjut biomassasini toplash uchuntadqiqatning birinchi yilgi bahoridan tadqiqot oxirgi yili kuziga solishtirganda tuproq chirindisining ozgarish dinamikasi 0,640 dan 0,627 ga oʻzgarib, farqi - 0,013% ga teng boldi. Foydalanishdan chiqib ketgan yerni rekul`tivaciyalash ishlaridan sung tariq ekilgan variantida tuproqdagi chirindi miqdori 0,633% ga teng bulib, chirindi miqdari kamayib bordi. Tajribaning oxirida tuproq chirindisining miqdori 0,623% ga kamaydi. Tariqni oʻstirib, parvarishlash uchun uch yil davomida kunjut biomassasini toplash uchuntadqiqatning birinchi yilgi bahoridan tadqiqot oxirgi yili kuziga solishtirganda tuproq chirindisining oʻzgarish dinamikasi 0,636 dan 0,623 ga oʻzgarib, farqi -0,013% ga teng boldi. Rekul`tivaciya ishlaridan sung beda ekilgan variantida tadqiqotning uchinshi yilida tajribaning tajribaning oxirida tuproq chirindisining miqdori +0,083 ga oshdi. Rekul`tivaciyadan sung tajribaning mosh ekini ekilgan variantida tadqiqatning birinchi yilgi bahoridan tadqiqot oxirgi yili kuziga solishtirganda tuproq chirindisining oʻzgarish dinamikasi 0,634 dan 0,639 ga oʻzgarib, oʻsish tempi +0,005% ga teng boldi. Rekul`tivaciyadan keyin tajribaning lobiya ekini ekilgan variantida tajribaning oxirida tuproq chirindisining miqdori +0,003% ga yuqoriladi. Xulosalar Foydalanishdan chiqib ketgan yerlarni lazerli tekislab, daladagi begona oʻtlarni IGK oʻt maydalagichi bilan maydalab oʻgʻit sifatida foydalanish tozalab qayta foydalanishga rekultivatsiyalash orqali kiritish maqsadga muvofiq. 329 1. Rekul`tivatsiyalashdan sung gʻoʻza ekilganda uch yil mobaynida tadqiqatning birinchi yilgi baxoridan tadqiqot oxirgi yili kuziga nisbatan solishtirganda tuproq chirindisi miqdori kamayishi -0,163% ga teng boldi. 2. Rekul`tivatsiyalash orqali yerni faol foydalanishga kiritib joʻxori ekilganda uch yil mobaynida tadqiqatning birinchi yilgi baxoridan tadqiqot oxirgi yili kuziga nisbatan solishtirganda tuproq chirindisi miqdori kamayishi -0,135% ga teng boldi. Buning sababi joʻxorida biomassa bilan olib chiqib ketilgan organika miqdori koʻp bolgani bilan, tuproqda qoldiradigan ildiz va angiz massalari miqdori da solishtirmali yuqoriligidadir. 3. Yerlarni qayta faol foydalanishga kiritib, keyin ekin ekilmagan holatda da tuproqdagi chirindi (gumus) miqdori sekin kamayib borib, tabiiy yuqolishlar boʻlishini nazorat variantdan olingan natijalar tasdiqladi. Yani tadqiqatning birinchi yilgi baxoridan tadqiqot oxirgi yili kuziga nisbatan nazorat variantda tuproq chirindisi miqdori -0,135% ga kamaydi. 4. Tajribada sinalgan bugʻdoy, kunjut, tariq, mosh va lobiyalar ekilgan variantlarda tuproq chirindisining balansi uzgarishi 0,003-0,013% miqdorda boʻlib, deyarli tuproq chirindisi balansiga yaqin bo’ldi. 5. Yerlarni rekultivatsiyalash, yoki tuproq unumdorligini saqlab va yuqorilatib borish uchun beda ekish yuqori samara berishini ilmiy tadqiqotlar dalilladi. 6. Foydalanishdan chiqib ketgan yerlarni qayta foydalanishga kiritish uchun rekulʻtivaciyalash va keyin beda, tariq, bugʻdoy, mosh, lobiya, kunjut ekilganda hosil bilan olib chiqib ketilgan biomassa ornini deyarli tuliq qoplaydi va qishloq xoʻjaligi ekinlarini ekish bilan iqtisodiy jihotdan samaradorli ekanligi ilmiy tajribada dalillandi. 7. Joʻxori va gʻoʻza ekishda yerlardan samarali foydalanish va tuproq chirindisini saqlab turish, o hamda rejalashtirilgan yuqori hosilni olish uchun rekultivatsiya ishlangan yerlarga qoʻshimcha gektariga 30 t/ga hisobidan gung va fizik vaznda 300 kg ammofos berish maqsadga muvofiq. Foydalanilgan adabiyotlar roʻyxati 1. Reymov O.N., Reimov N.B. Yerlarni rekul’tivaysiyalashning ahamiyati va tuproq unumdorligiga tasiri.// Progress annals/ Jurnal of Progresive Researsh. Vol.2.Ussue 7, July 2024. ISSN (E): 2810-6466. Website: https://academiaone.org/index.php/8. 2. Reymov O.N., Reimov N.B. Yerlarni rekul`tivaciyalashning ekinlar hosildorligi, tuproq unumdorligi va iqtisodiy samaradorlikga tasiri.//Impakfaktorli jurnal.Italiy. Proceedings of International Educators Conference.2024 Open Access/Peer Reviewed Conference Proceedings/ Monthly ISSN (E): 2835-396X. Vol.3, Issue 6 SJIF 2024: 6.659. 25th June, 2024263-267 rr. 3.Reimov O.N., Reimov N.B. Rekul`tivaciyalaw jumıslarında jerlerdi lazerli tegislewdiń aʻhmiyeti. //«Awıl xojalıǵında insanǵa itibar hám sapalı bilimlendiriwdegi imkaniyatlar hám jańalıqlar» atamasındaǵı Respublikalıq ilimiy-ámeliy konferenciya materialları. 11 dekabr` 2023. Nukus sh.14-16 b.