scieee AI-readable full text Open interactive document viewer

TUPROQLARNING HAJM OGIRLIGIGA ORGANO-MINERAL KOMPOSTLARNING TA'SIRI

Sarsenbaev Baxıt Bazarbay ulı; Zinatdinov Kamalatdiyin Mnajatdin ulı

Full text

363 UO‘K: 631.417.2:631.874 TUPROQLARNING HAJM OGIRLIGIGA ORGANO-MINERAL KOMPOSTLARNING TA’SIRI Sarsenbaev Baxıt Bazarbay ulı, “Agronomiya” ta’lim yoʻnalishi 2-kurs talabasi Zinatdinov Kamalatdiyin Mnajatdin ulı, assistent oʻqituvchi Qoraqalpogʻiston qishloq xoʻjaligi va agrotexnologiyalar instituti DOI: https://doi.org/10.5281/zenodo.17537510 Annotatsiya. Maqolada tuproqning hajm ogʻirligiga organo-mineral kompostlarning taʻsiri aniqlandi. Bunda asosan organo-mineral kompostlarning tuproqning suv-fizik hususiyatlariga ijobiy taʻsir etishi sharhlangan. Kalit soʻzlar. Tuproq, organo-mineral kompost, goʻng, mineral oʻgitlar, hajm ogʻirligi, suv-fizik hususiyatlar. Аннотация. В статье выявлено влияние органо-минеральных компостов на объемную массу почвы. Основное внимание уделено положительному воздействию органо-минеральных компостов на водно-физические свойства почвы, что способствует улучшению её агроэкологических характеристик. Ключевые слова: почва, органо-минеральный компост, навоз, минеральные удобрения, объемная масса, водно-физические свойства. Annotation. The article determines the effect of organo-mineral composts on the bulk density of soil. The study mainly highlights the positive influence of organo-mineral composts on the soil’s water-physical properties, contributing to the improvement of its agro-ecological characteristics. Keywords: soil, organo-mineral compost, manure, mineral fertilizers, bulk density, water-physical properties. Kirish. Tuproqlarning oʻsimliklar ildiz tizimi joylashgan qatlami zichlansa ularning oʻsishi hamda rivojlanishi qiyin boʻlib boradi. Buning natijasida oʻsimlikning yer ústki qismi oʻsish va rivojlanishdan ortda qoladi, hosildorlik esa kam boʻladi. Shuning uchun tuproqlarning zichlanishini oldini olish maqsadida tuproqda boricha oʻsimlik qoldiqlarini koʻproq qoldirishi, organik va sideratli oʻgʻitlarni qoʻllash, tuproqga ishlov berish tadbirlarini qoʻllashni koʻrishimiz kerak. Tuproq zichlanishiga sabab boʻladigan omillarni, bu sugʻorishlar, qator orasidan traktorlarning qayta-qayta yurishi ham sabab boʻlishi mumkin. R.V.Perchenko [1; 38-39-b.] takidlashicha, qishloq xoʻjaligida kompostdan foydalanish organik chiqindilarni minimallashtirish va oʻsimlikchilikka qoʻshiladigan oʻgʻitlar va fungitsidlar miqdorini kamaytirish uchun juda samarali. 364 Kompost tuproqning barcha fizik xususiyatlarini yaxshilaydi: massa, zichlik, gidravlik oʻtkazuvchanlik, porozlik va suvni ushlab turish qobiliyati va boshqalar. S.M.Boltaevning [2; 16-17-b.] tajribalarida olingan ma’lumotlarga koʻra, oʻrtacha shoʻrlangan taqirsimon tuproqlar sharoitida noan‛anaviy agrorudalardan Xavdogʻ bentonit loyqasi va goʻngdan tayyorlangan kompostni tuproqqa berishganda tuproqning meliorativ holatini yaxshilab, tuproqning suv-fizik va agroximyoviy holati yaxshilangan, ya’ni kompost tuproqning hajm ogʻirligini kamaytirib nam sigʻimini oshirgan. A.Ismailova, B.Niyazalievlarning [3; 38-39-b.] ma’lumotlari boʻyicha, ma’dan oʻgʻitlarni yillik me’yorini 25 foizga kamaytirib, unga qoʻshimcha ravishda glaukonit va glaukofosni 600, 900 va 1200 kg/ga me’yorida amal davrida oziqlantirish uchun qoʻllash va glaukonit va glaukofosni 1200 va 1500 kg/ga me’yorida shudgor ostiga qoʻllanilganda tuproq hajm massasi va tuproq zichlanishi kam boʻlishi kuzatilgan. Materiallar va uslublar. Tajriba dala usuli boʻyicha olib borildi. Tadqiqotlar 9 variantdan 4 qaytariqtan iborat boʻlib, variantlar tizimli uslubda joylashtirildi. Tajribada tuproqning agrofizikaviy tahlillarini oʻtkazishda «Методы агрофизических исследований» (Tashkent, 1973) uslubiy qoʻllanmasidan foydalanildi [4]. Tuproq zichlanishini kamaytirish boʻyicha bir qancha ilmiy-tadqiqot ishlari olib borilgan. Lekin Qoraqalpogʻiston Respublikasi sharoitida har xil tarkibdagi kompostlarni qoʻllash boʻyicha ilmiy-tadqiqotlar yetarli boʻlmaganligi sababli biz tajribada kompostlarning qoʻllashning tuproq hajm ogʻirligini yaxshilashdagi samaradorligi boʻyicha dala tajribasini oʻtkazdik. Tajriba davomida bahorda va kuzda tuproqning 0-30 va 30-50 sm qatlamida kompost, organik va mineral oʻgʻitlarning tuproq hajm salmogʻiga tasirini aniqlash maqsadida tuproq namunalarini oldik va laboratoriya sharoitida aniqladik. Natijalar. Olingan malumotlarga koʻra, 2021 yil vegetatsiya davri boshida tuproqning 0-30 sm qatlamida tuproq hajm salmogʻi variantlar boʻyicha oʻrtacha 1,31-1,36 g/sm3 gacha boʻldi. Tajribalarda vegetatsiya davri boshida nazorat (NPK) variantida tuproqning hajm ogʻirligi 0-30 va 30-50 sm qatlamlarda 1,36 va 1,45 g/sm3 tashkil qilgan boʻlsa, gʻoʻzaning vegetatsiya davri oxirida tuproqning 0-30 va 30-50 sm qatlamlarda hajm ogʻirligi 1,41 va 1,51 g/sm3 boʻlib, bahordagi koʻrsatkichlarga nisbatan ortganligi aniqalandi. Mineral oʻgʻitlar bilan organik oʻgʻitlar 10, 20 va 30 t/ga miqdorda qoʻllanilgan 2-4 variantlarda vegetatsiya davri boshida tuproqning 0-30 va 30-50 365 sm qatlamlarda hajm ogʻirligi 1,32-1,33-1,34 g/sm3 va 1,43-1,44-1,44 g/sm3 ni, gʻoʻzaning vegetatsiya davri oxirida tuproqning yuqoridagi qatlamlarida mos holda hajm ogʻirligi 1,37-1,38-1,39 g/sm3 va 1,47-1,49-1,50 g/sm3 tashkil qilib, 1-nazorat variantiga nisbatan 0,02-0,03-0,04 ва 0,01-0,02-0,04 g/sm3 kamroq boʻlganligi aniqlandi. Mineral oʻgʻitlarga qoʻshimcha kompost-1 12 t/ga va kompost-2 14 t/ga miqdorlarda qoʻllanilgan 5 va 6 variantlarda vegetatsiya davri boshida tuproqning 0-30 va 30-50 sm qatlamlarda hajm ogʻirligi 1,33-1,33 va 1,43-1,44 g/sm3 tashkil qilgan holda, nazorat variantiga nisbatan 0,03-0,03 ва 0,02-0,03 g/sm3 kamroq boʻldi. Vegetatsiya davri oxiriga kelib bu ayirmachiliklar 1-variantiga nisbatan kamroq boʻldi. Gektariga 20 t/ga miqdorda kompost-3 qoʻllanilgan 7 variantda vegetatsiya davri boshida tuproqning 0-30 va 30-50 sm qatlamlarda hajm ogʻirligi mos ravishda 1,32 va 1,43 g/sm3 tashkil qilib, gʻoʻzaning vegetatsiya davri oxirida tuproqning yuqoridagi qatlamlarida mos holda hajm ogʻirligi 1,36 va 1,47 g/sm3 tashkil qildi hamda nazorat variantiga nisbatan mutonasib 0,05 ва 0,04 g/sm3 kamroq boʻlganligi aniqlandi. Tajribada kompost-4 gektariga 22 tonna qoʻllanilgan 8-variantda esa variantda vegetatsiya davri boshida tuproqning 0-30 va 30-50 sm qatlamlarda hajm ogʻirligi mos holda 1,31 va 1,42 g/sm3 tashkil qilib, nazorat variantiga nisbatan mutonasib 0,05 ва 0,03 g/sm3, goʻng me’yorlariga nisbatan 0,03-0,02-0,01 ва 0,020,02-0,01 g/sm3 kamaygan. Vegetatsiya davri oxirida yuqoridagi tuproq qatlamlarida mos ravishda hajm ogʻirligi 1,35 va 1,46 g/sm3 ni tashkil qildi va 1-nazorat variantiga nisbatan 0,06 va 0,05 g/sm3 ga va goʻng me’yorlariga solishtirganda 0,04-0,03-0,02 ва 0,04-0,03-0,02 g/sm3 ga kamroq boʻlganligi aniqlandi. Kompost-5 24 t/ga qoʻllanilgan 9-variantda variantda vegetatsiya davri boshida tuproqning 0-30 va 30-50 sm qatlamlarda hajm ogʻirligi mos 1,33 va 1,42 g/sm3 boʻlib, bu nazorat variantiga nisbatan 0,03 g/sm3 va 0,03 g/sm3 ga kamayganligi aniqlandi. Vegetatsiya davri oxiriga kelib bu ayirmachiliklar 1-variantiga nisbatan kamroq boʻldi. Xulosa. Tadqiqot natijalariga koʻra, gektariga 22 tonna qoʻllanilgan 8variantda esa variantda vegetatsiya davri boshida tuproqning 0-30 va 30-50 sm qatlamlarda hajm ogʻirligi mos holda 1,31 va 1,42 g/sm3 tashkil qilib, nazorat variantiga nisbatan mutonasib 0,05 ва 0,03 g/sm3 kamaygan. Vegetatsiya davri oxirida yuqoridagi tuproq qatlamlarida mos ravishda hajm ogʻirligi 1,35 va 1,46 366 g/sm3 ni tashkil qilib, bu nazorat variantiga nisbatan 0,06 va 0,05 g/sm3 ga kamroq boʻlganligi aniqlandi. Foydalanilgan adabiyotlar roʻyxati: 1. Перченко Р.В. Разрабодка технологии интенсивного компостирования отходов животноводства с использованием термофильных микроорганизмов. // Выпускная квалификационная работа магистра. Томск. -2021. С. 38-39. 2. Boltaev S. Kompost - meliorantlarining tuproqdagi zararli tuzlar o‘zgarishi va paxta hosildorligiga ta’siri. //Agroilm jurnali. Toshkent. 2017. -№1(45). B. 16-17. 3. Ismailova А, Niyazaliev B. «Madan va noananaviy o‘g‘itlarning tuproq hajm massasiga ta’siri». //O‘zbekiston qishloq va suv xo‘jaligi jurnali. Toshkent 2020. -№6. B. 38-39. 4. Методика агрофизических исследований почв Средней Азии. Ташкент. 1973 г. Уз НИХИ.