scieee AI-readable full text Open interactive document viewer

BEHINI MAQBUL PAYVANDLASH MUDDATINI ANIQLASH

Seilbekov Ruslan Baxitovich; Reimova Saltanat Kenes qizi; Zaripbaev Raxat Turdibay ulı

Full text

477 О‘UK: 634.14+634.1.076 BEHINI MAQBUL PAYVANDLASH MUDDATINI ANIQLASH Seilbekov Ruslan Baxitovich, assistent, q.x.f.f.d. (PhD) Reimova Saltanat Kenes qizi, talaba Zaripbaev Raxat Turdibay ulı, Qoraqalpog‘iston qishloq xо‘jaligi va agrotexnologiyalar instituti talaba DOI: https://doi.org/10.5281/zenodo.17537755 Annotatsiya. Maqolada Qoraqolpog‘iston tuproq-iqlim sharoitida sanoat behi plantatsiyalarini yaratishda yarim pakana Quince C tipidagi payvandtagiga “Samarkandskaya krupnoplodnaya” navi payvandustni payvand qilganda maqbul payvandlash muddatini aniqlashda 30/VII (nazorat) 52999,6 ming dona/ga, 10/VIII 60356,7 ming dona/ga, 20/VIII 50571,0 ming dona/ga va 30/VIII 46928,2 ming dona/ga ko‘chat olingani aniqlandi. Kalit so‘zlar. Qoraqolpog‘iston,behi, ko‘chat, payvandtag, kurtak, nav, yetishtirish, payvand qilish. Аннотация. В статье при создании промышленных плантаций айвы в почвенноклиматических условиях Каракалпакстана при прививке сорта "Самаркандская крупноплодная" на полукарликовый подвой Quince C было определено оптимальное время прививки. Результаты показали, что 30/VII (контроль) было получено 52999,6 тыс. шт./га, 10/VIII - 60356,7 тыс. шт./га, 20/VIII - 50571,0 тыс. шт./га и 30/VIII - 46928,2 тыс. шт./га саженцев. Ключевые слова. Каракалпакстан, айва, саженец, подвой, почка, сорт, выращивание, прививка. Abstract. The article examines the creation of industrial quince plantations in the soil and climatic conditions of Karakalpakstan. When grafting the "Samarkandskaya krupnoplodnaya" variety onto the semi-dwarf Quince C rootstock, the optimal grafting time was determined. It was established that the following number of seedlings were obtained: 52,999.6 thousand units/ha on 30/VII (control), 60,356.7 thousand units/ha on 10/VIII, 50,571.0 thousand units/ha on 20/VIII, and 46,928.2 thousand units/ha on 30/VIII. Keywords. Karakalpakstan, quince, seedling, rootstock, bud, variety, cultivation, grafting. Kirish. Dunyoda meva yetishtirishning asosiy yo‘nalishlari meva va mevali ekinlarning ekish materiallarini ishlab chiqarish va sotish, shuningdek, meva mavsumiga jadal kirishdir. Buning uchun mevali ekinlarni yetishtirish texnologiyasi keng assortimentdagi katta miqdorda yuqori sifatli ekish materialini talab qiladi. Kuchli va o‘rta bo‘yli payvandtaglardan foydalanganda u hayotining yettinchi-o‘ninchi yilida boshlanadi, past o‘sadigan payvandtaglardan foydalanish uchinchi yilida to‘liq hosil beradi. Bu ko‘p yillik ko‘chatlar ekishga sarflangan 478 mablag‘lar qaytarilishining ikki yoki uch barobar tezlashishidir [4]. Behi urug‘lik yoki vegetativ yo‘l bilan ko‘paytiriladigan ildizpoyalarga payvand qilish, ildiz so‘qmoqlari, qatlamlash, ildiz so‘rg‘ichlari, naslchilik maqsadida esa urug‘lar bilan ko‘paytiriladi. Olimlarning tadqiqotlarida nokning yozgi “Lesnaya krasavitsa” navini vegetativ yo‘l bilan ko‘payadigan behi payvandtaglariga kurtak payvand qilishning eng yaxshi muddati avgust oyining uchinchi o‘n kunligi davriga (21-31/VIII) to‘g‘ri kelib, ushbu muddatda payvand qilinganda kuzgi tekshiruvga qadar nobud bo‘lgan kurtaklar miqdori eng kam bo‘ldi. Nok payvandust kurtaklarining eng kam nobud bo‘lishi kuzgi kuzatuvda 21-31/VIIIda muddatda payvand qilingan variantlarda qayd etildi. Binobarin, ushbu muddatda payvand qilinganda dastlabki nobud bo‘lgan kurtaklar miqdori payvandtagining “A” va “R5” turlarida – 9 %, “S” va “R3” turlarida – 8 %, “R4”, “Alushtinskaya” va “Xersonskaya” turlarida – 10%, “BA-29” turida 11% hamda Forma “U” turida 10% atrofida bo‘lganligi ta’kidlangan [5]; [6]. Shu munosabat bilan O‘zbekistonning shimoliy hududlariga mos behi payvandtaglarini kurtak payvand qilish doirasida ilmiy tadqiqotlar o‘tkazish dolzarb hisoblandi. Tadqiqot uslublari. Dala tajribalari “Programma i metodika sortoizucheniya plodovix, yagodnix i orexoplodnix kultur” (Orel 1999), “Mevali va rezavor mevali о‘simliklar bilan tajribalar о‘tkazishda xisoblar va fenologik kuzatuvlar metodikasi” (Buriyev X.Ch., va boshqa., 2014), kabi uslubiy qо‘llanmalar asosida olib borildi, tadqiqot natijalarining statistik tahlili «Excel 2010» va «Statistica 7.0 for Windows» kompyuter dasturida, 0,95% ishonchlilik oralig‘i bilan «Metodika polevogo opita» (Dospexov B.A., 1985) dispersion usuli bо‘yicha hisoblandi [1]; [2]; [3]. Tadqiqotda O‘zbekistonda rayonlashtirilgan “Samarkandskaya krupnoplodnaya” navini 30/VII (назорат), 10/VIII, 20/VIII va 30/VIII sanalarida payvand qilish muddati bo‘ldi. Tadqiqot natijalari. Behi ko‘chatlarini tayyorlashda kurtak payvandlash usulida payvandustni payvandtagga maqbul payvandlash muddatini aniqlashda 30 iyul (nazorat), 10 avgust, 20 avgust va 30 avgust payvandlash muddatlarida dala tajribalari o‘tkazildi. Tadqiqotlarda 70×20 sm ekish sxemasida 1 pog. metrga 50 dona ekilgan behining Quince C tipidagi payvandtagiga “Samarkandskaya krupnoplodnaya” navi payvandustni ulangan ko‘chatlarida o‘rganildi. Behining “Samarkandskaya krupnoplodnaya” navini kurtak payvandlash usulida ko‘chatlarini yetishtirishda payvandlash muddatiga ko‘ra, 30 iyulda (nazorat) – 12 kunda (12/VIII), 10 avgustda – 8 kunda (18/VIII), 20 avgustda – 10 479 kunda (30/VIII) va 30 avgustda – 12 kunda (12/IX) payvandustlar tutganligi aniqlandi (1-jadvalga qarang). 1-jadval Behining “Samarkandskaya krupnoplodnaya” navini turli muddatda payvandlashda payvandustlarni tutib ketishi (70×20 sm ekish sxemasida, 2025 y.) Kurtak payvand qilish muddati Payvandustni tutib ketishi kun foiz dona/10 pog. m ming dona/ga 30/VII (назорат) 12 kun 74,2 37,1 52999,6 10/VIII 08 kun 84,5 42,3 60356,7 20/VIII 10 kun 70,8 35,4 50571,0 30/VIII 12 kun 65,7 32,9 46928,2 1-jadvaldagi ma’lumotlarga ko‘ra, kurtak payvandlash usulida behining “Samarkandskaya krupnoplodnaya” navini payvandustini tutib ketishi payvandlash muddatiga ko‘ra, 30-iyulda (nazorat) – 74,2 %, 10-avgustda – 84,5 %, 20-avgustda – 70,8 % va 30-avgustda – 65,7 % namoyon qilgan bo‘lsa, 10 pog. m maydondan (mutanosib ravishda) – 37,1; 42,3; 35,4 va 32,9 donani tashkil qildi. Maqbul payvandlash muddatini aniqlashda 30/VII (nazorat) 52999,6 ming dona/ga, 10/VIII 60356,7 ming dona/ga, 20/VIII 50571,0 ming dona/ga va 30/VIII 46928,2 ming dona/ga ko‘chat olindi. Xulosa. Demak, kurtak payvand usulida payvandlashda eng yuqori payvandustni tutib ketishi tutish (84,5 %) 10 avgust muddati (60356,7 ming dona/ga) namoyon qildi. Foydalanilgan adabiyotlar: 1. Buriyev X.CH., Yenileyev N.SH., Namozov I.CH., va boshqalar. Mevali va rezavor mevali o‘simliklar bilan tajribalar o‘tkazishda xisoblar va fenologik kuzatuvlar metodikasi. – T.: ToshdAU, 2014. – B. 64. 2. Доспехов Б.А. Методика полевого опыта. – М.: Колос, 1985. – C. 207-223, 268-297. 3. Программа и методика сортоизучения плодовых, ягодных и орехоплодных культур (под ред. Е.Н. Седова, Т.П. Огольцовой). – Орел: ВНИИСПК, 1999. – С. 253-299. 4. Дорошенко Т.Н., Рязанова Л.Г. Биологические основы размножения плодовых растений (учебное пособие). – Краснодар: КубГАУ, 2015. – C. 99-100. 5. Djabbarov Z.A. Nok navdalarida kurtak payvandning tutishi, rivojlanishi, sifatli ko‘chat chiqishi uchun payvandlashning eng qulay muddati va payvandtagning ta’siri // “O‘zbekiston agrar fani xabarnomasi” jurnali. – Toshkent, 2020. – № 4 (82). – B. 140-143. 6. Бгaшев В.A. Aйвa обыкновеннaя – универсaльный подвой семечковых культур // Мaтериaлы междунaродной нaучно-прaктичиеской конференции. – Волгогрaд, 2012. – С. 566-571.