scieee AI-readable full text Open interactive document viewer

BEDA ZARARKUNANDALARI KELTIRADIGAN ZARAR MEZONLARI

Xamidullaev Janabergen Ubbiniyazovich; Xidirbayeva Shahzoda Mansur qizi

Full text

547 UDK: 633.311+632.7 BEDA ZARARKUNANDALARI KELTIRADIGAN ZARAR MEZONLARI Xamidullaev Janabergen Ubbiniyazovich Qishloq xo‘jaligi fanlari falsafa doktori (PhD), katta o‘qituvchisi Qoraqalpog‘iston qishloq xo‘jaligi va agrotexnologiyalar instituti e-mail: [email protected] Xidirbayeva Shahzoda Mansur qizi O‘simliklarni himoya qilish (ekin turlari bo‘yicha) ta’lim yo‘nalishi talabasi Qoraqalpog‘iston qishloq xo‘jaligi va agrotexnologiyalar instituti DOI: https://doi.org/10.5281/zenodo.17537898 Annotatsiya: Beda biotopida vujudga keladigan mikroiqlim vegetatsiya davri va qish oylarida ko‘pgina hasharotlarning to‘planadigan asosiy joyi hisoblanadi. Mazkur omillar tomonidan keltiriladigan zarar darajasini kamaytirish uchun, turlarning rivojlanish bioekologiyasiga bog‘liq bo‘lgan zarar mezoni hissasini aniqlash taqozo etiladi. Kalit so‘zlar: beda o‘simligi, biotsenoz, agroiqlim sharoiti, zararkunandalar, fitonomus, beda va dala qandalasi, zarar mezoni. Abstract: The microclimate created in the alfalfa biotope is the main accumulation site for many insects during the growing season and winter months. To reduce the level of harmful factors, it is necessary to determine the criteria for harmfulness depending on the bioecology of the development and distribution of many types of pests Keywords: alfalfa, biocenosis, agro-climatic conditions, pests, Phytonomus variabilis Hbst., Adelphocoris lineolatus Coeze., Lygus pratensis L., harm criterion Kirish. Qoraqalpog‘istonning ekstremal sharoitida beda o‘simligi acosiy o‘rinni egallaydi. Mintaqa keskin kontinental iqlim sharoiti bilan farq qilib, yozda havo harorati +40…+46°C gacha ko‘tariladi, qishda -15…-30°C gacha bo‘lgan sovuq davr davom etib 92-104 kunni tashkil qiladi. Mintaqa o‘ziga xos tabiiy xususiyatiga ega – yozda havoning nisbiy namligi 15-20% gacha pasayib, o‘simliklarning o‘sishi va rivojlanishiga va agrobiotsenozda yashaydigan umurtqasizlarning boshqa turlariga ham salbiy ta’sir qiladi [3.5]. Qoraqalpog‘iston agroiqlimi beda biotoplarida so‘nggi yillari hasharotlarning yangi turlari paydo bo‘lishi, bedaning vegetativ va generativ a’zolari bilan oziqlanadigan hasharot va kasallik qo‘zg‘atadigan mikroorganizmlar turlarining ko‘payishi, asosiy turlarining qishlovchi fazasi ushbu biotopda bo‘lishi, mazkur biotsenoz elementlari rivojlanishini hisobga olishni talab etadi. Mazkur zararli omillarni to‘g‘ri boshqarish uchun olib boriladigan kurash tadbirlarini tashkillashtirishda «Uyg‘unlashgan kurash tizimi» elementlarini qo‘llashning yangi takomillashgan turlarini ilmiy asoslash tufayli biologik, iqtisodiy foydani 548 maksimal darajaga etkazish bugungi kundagi dolzarb muammolardan biri hisoblanadi [2.3]. Materiallar va uslublar. Qoraqalpog‘iston sharoitida ekilayotgan beda biotopida tarqalgan entomofaglar va zararkunandalarni turlarini aniqlashda B.P.Adashkevich, Sh.T.Xo‘jaev uslublari, zararkuanandalarni keltiradigan zararini aniqlashda I.V.Tanskiy uslubidan foydalanildi. Tadqiqot natijalarini dispertsion usulida tahlil qilishda B.A.Dospexovning matematik-statistik uslubi qo‘llanildi [1.4]. Natijalar va muozara. Qoraqalpog‘iston agrobiotsenozida ekilayotgan beda navlari turlari dalalarida biotsenozning asosiy elementlari hisobida ko‘pgina biotoplarda rivojlanadigan hasharotlar, kasallik va begona o‘tlar turlari mavjudligi aniqlandi. Turlarning asosiylari o‘simlikning o‘sib, rivojlanishi uchun ijobiy omil hisoblansa ham, o‘simlik a`zolari bilan oziqlanishi tufayli o‘sib-rivojlanishiga salbiy ta’sir etadigan hasharotlar turlari katta zarar keltirishi isbotlandi. Mazkur zararkunanda turlarining rivojlanish bioekologiyasi, tarqaladigan areallari va zarar keltirish mezoni abiotik omillardan tashqari, o‘simlikning rivojlanish fazalariga, turlarning rivojlanish dinamikasiga bevosita bog‘liq [2.3.4.5]. Mazkur natijalarni aniqlash uchun olib borilgan kuzatuvlar natijasida beda biotopida ixtisoslashgan zararkunandalaridan tashqari boshqa qishloq xo‘jalik ekinlarida tarqalgan turlari beda biotopidan asosiy statsiya hisobida foydalanishi qayd etildi va keltiradigan zarar mezonini aniqlash uchun zararkunandalar tomonidan keltiriladigan zarar miqdori va unga har bir turning hissasi aniqlab borildi. Olib borilgan tajribalar natijalari shuni taqozo etadiki, Qoraqalpog‘iston sharoitida ekilayotgan beda dalalaridan yem-xashak tayyorlashda zararkunandalariga qarshi kurash tadbirlari olib borilmaganda hosilning asosiy qismi nobud bo‘lishi hisobga olindi. Beda dalalaridan yem-xashak tayyorlanishda zararkunandalar tomonidan keltiriladigan zarar miqdori 56,5% gacha etib, asosiy zarar fitonomus turi tomonidan keltirilganligi qayd etildi. Bundan keyingi o‘rinni beda qandalasi tarqalgan dalada oziqlangan mazkur tur egallagan. Beda urug‘ini tayyorlash uchun ajratilgan dalada zararkunandalar keltirgan zarar miqdori 48,3% ni tashkil qilgan bo‘lsa, ushbu miqdorning 51,6% i fitonomus tomonidan, 18,4% i beda qandalasi oziqlanishi tufayli vujudga kelgan. Ko‘pgina qishloq xo‘jalik ekinlariga zarar keltirib nihollarni qirqadigan kuzgi tunlam qurtlari ham, ekilgan urug‘dan unib chiqqan va o‘roqdan keyingi o‘sayotgan maysalar bilan oziqlanib, hosilning 5,2% ini kamaytirib borishi isbotlandi. 549 Mazkur agroiqlim sharoitida olib borilgan tadqiqotlar natijalari shuni taqozo etadiki, Qoraqalpog‘iston agrobiotsenozida ekilayotgan beda dalalarida uchraydigan zararkunandalar rivoji biotsenozning asosiy biotik omili sifatida hisobga olindi. Chunki, bedaning ixtisoslashgan zararkunandalaridan tashqari, boshqa dalalarda rivojlanadigan qishloq xo‘jaligi ekinlari zararkunandalari biotopda to‘planib hosilning asosiy qismiga katta zarar keltirishi aniqlandi. Mazkur biotopda yuzaga keladigan biotik omillarning salbiy ta`siri hisoblangan beda hosili kamayishidagi dominat turlar fitonomus, beda qandalasi ekanligi aniqlanib, keltiradigan zarar mezonini bartaraf etish uchun turlarning tarqalish areallarini va rivojlanish bioekologiyasi, dinamikasini hisobga olgan holda agrotexnik va kimyoviy kurash tadbirlarini olib borishni asosiy agrotexnik tadbir sifatida kiritish taqozo etiladi. Xulosa va tavsiyalar. Beda dalasida tarqalgan zararkunanda turlarining bioekologik rivojlanish sharoitlari biotsenozning asosiy zanjiri hisobida, beda navlari o‘sib-rivojlanish fazalari bilan bog‘lik shakllanganligi ma’lum bo‘ldi. Qoraqalpog‘iston agrobiotsenozi beda biotopida zararkunandalar yoppasiga ko‘paygan dalalarda vujudga keladigan zararni bartaraf etishda, mazkur turlarning bioekologik xususiyatlarini va zarar keltirish mezonlarini hisobga olib bugungi kundagi samarali joriy etilayotgan «Uyg‘unlashgan kurash tadbirlari tizimi»ga kiritishning ilmiy asoslarini ishlab chiqish talab etiladi. Foydalanilgan adabiyotlar: 1. Доспехов Б.А. Методика полевого опыта. - М.: Колос, 1985. -351 с. 2. Sulaymonov B.A., Anorbaev A.R., Boltaev B.S., Ablazova M.M., Tojieva M.I. Qishloq xo‘jalik ekinlari zararli organizmlari rivojlanishini oldindan aniqlash. –Toshkent: “Navro‘z” nashriyoti, 2020, –B. 11-24. 3. Toreniyazov E.Sh. hám basqalar. Awıl xojalıq eginleriniń zıyankesleri hám olarǵa qarsı gúres ilajları (Oqıw qollanba). –Nókis: «Qaraqalpaqstan», 2015. –B. 39-52, -60. 4. Xo‘jaev Sh.T. Agrotoksikologiya asoslari hamda tadqiqot o‘tkazish qoidalari. Toshkent: «Munis design group» MChJ, 2018. –B. 4-132. 5. Shamuratova N.G., Toreniyazova L.E. Beda agrobiotsenozi zararkunandalari turlari va unga ta’sir etadigan abiotik omillar. //J. O‘zbekiston agrar fani xabarnomasi jurnali. –Toshkent, 2017. -№1 (67). –B. 34-36.