scieee AI-readable full text Open interactive document viewer

QORAQALPOG'ISTON RESPUBLIKASI AVTOMOBIL YO'L BO'YLARINI KO'KALAMZORLASHTIRISHDA ASOSIY DARAXT VA BUTA TURLARINI TANLASH

Kamalova Nargiza Bekturganovna; Baltaniyazov Jaqsibay Sarsenbaevich

Full text

587 UDK: 625.77 QORAQALPOG‘ISTON RESPUBLIKASI AVTOMOBIL YO‘L BO‘YLARINI KO‘KALAMZORLASHTIRISHDA ASOSIY DARAXT VA BUTA TURLARINI TANLASH Kamalova Nargiza Bekturganovna, Baltaniyazov Jaqsibay Sarsenbaevich, Qoraqalpog‘iston qishloq xo‘jaligi va agrotexnologiyalar instituti DOI: https://doi.org/10.5281/zenodo.17537968 Annotatsiya: Mazkur maqolada Qoraqalpog‘iston Respublikasida avtomobil yo‘llari bo‘ylarini ko‘kalamzorlashtirishda qo‘llanilishi mumkin bo‘lgan asosiy daraxt va buta turlarini tanlash masalasi yoritilgan. Mintaqaning iqlim sharoiti, tuproq xususiyatlari va ekologik omillar tahlil qilingan holda, mayda bargli Qayrag‘och (Ulmus pumila), Go‘zal katalpa (Catalpa speciosa), Bolle teragi (Populus bolleana), Yuksak aylant (Ailanthus altissima) va Yapon soforasi (Sophora japonica) turlarining biologik va manzarali xususiyatlari o‘rganildi. Kalit so‘zlar: Qoraqalpog‘iston, ko‘kalamzorlashtirish, avtomobil yo‘llari, daraxt va buta turlari, ekologik barqarorlik. Abstract: This article covers the issue of selecting the main types of trees and shrubs that can be used in the landscaping of highways in the Republic of Karakalpakstan. Based on the analysis of climatic conditions, soil characteristics, and ecological factors of the region, the biological and decorative features of small-leaved elm (Ulmus minor), beautiful catalpa (Catalpa bignonioides), bolle poplar (Populus bolleana), ailanthus (Ailanthus altissima), and Japanese sophora (Sophora japonica) species were studied. Keywords: Karakalpakstan, greening, highways, tree and shrub species, ecological sustainability. Kirish. Bugungi kunda dunyo miqyosida avtomobilь yo‘llari va shahar ko‘chalarini ko‘kalamzorlashtirish masalasi “shahar yashil infratuzilmasi” (UGI) kontseptsiyasi doirasida aholi salomatligini muhofaza qilish, iqlim o‘zgarishlariga moslashish va ekologik barqaror muhit yaratishning muhim yo‘nalishlaridan biri sifatida qaralmoqda. (IIASA) tadqiqotlariga asosan, 190 dan ortiq yirik shaharlarda yo‘l bo‘yi daraxt qoplami (green canopy) yil sayin o‘rtacha 0,3–0,5% ga qisqarib bormoqda, ayrim mintaqalarda esa bu ko‘rsatkich 1,7–2,6% gacha etib, yo‘llar atrofidagi yashil muhitning tez sur’atda yo‘qolishini ko‘rsatmoqda. Bu jarayon shaharlar havosining ifloslanishi, haroratning ortishi va issiqlik orollari ta’sirining kuchayishiga sabab bo‘lmoqda. Shuning uchun ham yo‘l bo‘yi daraxt-buta turlarini to‘g‘ri tanlash nafaqat estetik jihatdan, balki havo tozaligi, uglerodni so‘rish, shovqinni pasaytirish va energetik samaradorlikni ta’minlash nuqtai nazaridan ham muhim ahamiyatga ega. Markaziy Osiyo va xususan O‘zbekiston sharoitida avtoyo‘llarning atrofini ko‘kalamzorlashtirishda mahalliy iqlim, tuproq xususiyatlari, suv resurslari hamda yo‘l infratuzilmasining o‘ziga xos shartlarini 588 hisobga olgan holda barqaror o‘suvchi manzarali daraxt-buta turlarini ilmiy asosda tanlash zarur. Shu asosda ishlab chiqilgan ilmiy tavsiya va uslubiy yo‘nalishlar nafaqat atrof-muhitni yaxshilash, balki transport infratuzilmasining ekologik barqarorligini ta’minlashda ham katta amaliy ahamiyat kasb etadi. Qoraqalpog‘iston Respublikasi O‘zbekistonning shimoliy qismida joylashgan bo‘lib, cho‘l zonasiga xos iqlim — yozning juda issiq va quruq, qishning esa sovuq va shamolli bo‘lishi bilan tavsiflanadi. Bunday sharoitda ko‘kalamzorlashtirish ishlari, ayniqsa, avtomobil yo‘llari bo‘yida amalga oshirilganda, tanlanadigan daraxt va butalarning iqlimga mosligi va chidamliligi muhim ahamiyat kasb etadi. Avtomobil yo‘llari bo‘ylaridagi yashil zonalar nafaqat estetik vazifani bajaradi, balki havodagi chang va gazlarni so‘rib, mikroklimatni yaxshilaydi, transport shovqinini kamaytiradi va atrof muhitni muhofaza qiladi. Shu bois, har bir hudud uchun mos turlarni ilmiy asosda tanlash barqaror ekosistema yaratishning muhim sharti hisoblanadi. Tadqiqot usullari. Tadqiqotlar Qoraqalpog‘iston Respublikasining markaziy hududlaridagi yo‘l atroflarida o‘tkazildi. Mintaqaning tuproq sharoiti asosan qumli va sho‘rlangan bo‘lib, yog‘ingarchilik yillik 100–120 mm atrofida. Daraxt va butalarning o‘sish tezligi, suv tanqisligiga chidamliligi, shamolga bardoshliligi va manzarali qiymati baholandi. Tadqiqot natijalari. Qoraqalpog‘iston Respublikasining iqlim va tuproq sharoiti keskin kontinental bo‘lib, ko‘kalamzorlashtirishda foydalaniladigan daraxt va butalarni tanlashda ekologik omillarni hisobga olish muhim ahamiyat kasb etadi. Avtomobil yo‘llari bo‘ylarida sug‘orish imkoniyatlari cheklangani, shamol eroziyasi va sho‘rlanish darajasi yuqoriligi sababli, tanlanadigan turlar suvsizlikka, harorat o‘zgarishlariga va gaz-chang muhitiga chidamli bo‘lishi lozim. Mayda bargli qayrag‘och (Ulmus pumila) bu tur shamol va qurg‘oqchilikka chidamli bo‘lib, tuproqqa talabchan emas. Qoraqalpog‘iston sharoitida tez o‘sadi, tana tuzilishi mustaxkam, ildiz tizimi chuqurga kirib borgan. Yo‘l bo‘ylarida himoya kamari sifatida samarali hisoblanadi. Go‘zal katalpa (Catalpa speciosa) Katalpa jadal o‘suvchi, katta bargli, gullari yorqin va estetik jihatdan jozibali daraxt. Biroq u yosh davrida sovuq va kuchli shamolga nisbatan himoya talab qiladi. Ko‘proq shahar va yo‘l atrofi ko‘kalamzorlariga yaroqli. Bolle teragi (Populus bolleana) Bu tur tez o‘sishi va turli tuproq sharoitiga moslashuvchanligi bilan ajralib turadi. Shamol eroziyasining oldini olishda muhim ahamiyatga ega. Suv tanqis hududlarda ham barqaror o‘sadi, lekin ildizlari keng yoyilganligi uchun tuzilmadan ma’lum masofada ekish tavsiya etiladi. 589 Yuksak aylant (Ailanthus altissima) Qoraqalpog‘iston sharoitida eng mos turlardan biri. U qattiq issiqqa, shamol va sho‘rlikka chidamli. Ildiz sistemasi kuchli bo‘lib, hatto kam yog‘ingarchilikda ham o‘sishi mumkin. Yo‘l bo‘ylarida himoya va soya beruvchi tur sifatida tavsiya etiladi. Yapon soforasi (Sophora japonica) Bu tur chiroyli gullari va tuzga nisbatan nisbatan chidamliligi bilan ajralib turadi. Harorat o‘zgarishlariga moslashuvchan va gazni so‘rish qobiliyati yuqori. Yo‘l bo‘yidagi havo ifloslanishini kamaytirishda foydali. Qoraqalpog‘iston sharoitida avtomobil yo‘llari bo‘ylarini ko‘kalamzorlashtirish uchun tanlanadigan daraxt turlari quraq va sho‘r muhitga, shamolli iqlimga, suv tanqisligiga chidamli bo‘lishi lozim. Tadqiqot natijalariga ko‘ra, aylant, bolle teragi va mayda bargli qayrag‘och turlari himoya kamarlari uchun, go‘zal katalpa va yapon soforasi esa manzarali ko‘kalamzorlashtirish uchun mos deb topildi. Bu turlardan foydalanish Qoraqalpog‘istonning ekologik holatini yaxshilash, yo‘l xavfsizligi va estetik ko‘rinishini oshirishga xizmat qiladi. Foydalanilgan adabiyotlar: 1. Qayumov A., Boltaniyozov J.S. Dust-Holding Properties Of Wood And Shrub Species In The Conditions Of The Republic Of Karakalpakstan // The American Journal of Applied sciences. - 2020. - T. 2. - №. 09. - S. 170-174. 2. Baltaniyazov J.S., Kamalova N.B. Environmental and decorative properties linden leaved (Tilia cordata) under Karakalpakstan // Современное экологическое состояние природной среды и научно-практические аспекты рационального природопользования. - 2017. - S. 820-821. 3. Baltaniyazov J.S., Kamalova N.B. Growing and cutting of dolls pharmacy // Научнопрактические пути повышения экологической устойчивости и социально-экономическое обеспечение сельскохозяйственного производства. - 2017. - S. 607-608. 4. Қайимов А.Қ., Ҳамроев Х.Ф., Балтаниязов Ж.С. Қорақалпоғистон республикаси шароитида ўсиб ривожланаётган нинабаргли дарахтларнинг ҳолати ва ўсиш кўрсаткичлари //Science and innovation. – 2022. – №. Special Issue. – С. 204-207. 5. Қайимов А.Қ., Ҳамроев Х.Ф., Балтаниязов Ж.С. Қорақалпоғистон республикаси шароитида кўкаламзорлаштириш учун танланган япроқбаргли дарахт турларининг ўсиш кўрсаткичлари //Science and innovation. – 2022. – №. Special Issue. – С. 208-212. 6. Baltaniyazov J., Madraimov R. Jasíl qaplama payda etiwde Seksewil ósimliginiń áhmiyeti hám kóbeytiw usíllarí // Центральноазиатский журнал образования и инноваций. - 2023. - T. 2. - №. 10 Part 3. - S. 133-136. 7. Baltaniyazov J., Madraimov R. Orol dengizi qurigan tubida yashil qoplamalarni parvarishlash agrotexnikasi // Евразийский журнал академических исследований. - 2023. - T. 3. - №. 10. - S. 156-158. 8. Baltaniyazov J.S., Kamalova N.B. Growing and developing of maple (Acer) tree in Karakalpakistan // Научно-практические пути повышения экологической устойчивости и социально-экономическое обеспечение сельскохозяйственного производства. - 2017. - S. 609-611.