scieee AI-readable full text Open interactive document viewer

OLIY TA'LIM MUASSASALARIDA INKLYUZIV TA'LIM MUHITIDA NOGIRONLIGI BOʻLGAN TALABA QIZLARNING IJTIMOIY FAOLLIGINI OSHIRISH MEXANIZMLARI

Solixoʻjayeva Dildora Abduraimovna

Abstract

OLIY TA'LIM MUASSASALARIDA INKLYUZIV TA'LIM MUHITIDA NOGIRONLIGI BOʻLGAN TALABA QIZLARNING IJTIMOIY FAOLLIGINI OSHIRISH MEXANIZMLARI

Full text

388 OLIY TAʼLIM MUASSASALARIDA INKLYUZIV TAʼLIM MUHITIDA NOGIRONLIGI BOʻLGAN TALABA QIZLARNING IJTIMOIY FAOLLIGINI OSHIRISH MEXANIZMLARI Solixoʻjayeva Dildora Abduraimovna Pedagogika fanlari boʻyicha falsafa doktori (Phd). v,b dotsent Yurtimizda taʼlim tizimi, xususan inklyuziv taʼlim tizimi soʻnggi yillarda sezilarli darajada isloh etilmoqda. Inson huquqlari, gender tengligi va barcha uchun sifatli taʼlim olish imkoniyatini taʼminlash masalasi milliy islohotlar hamda xalqaro maqsadlar — jumladan, BMTning 2030-yilgacha boʻlgan Barqaror Rivojlanish Maqsadlari bilan uzviy bogʻlangan. Nogironligi boʻlgan talaba qizlarning ijtimoiy faolligini oshirish, ularning oliy taʼlim jarayonlariga toʻliq integratsiya qilinishini taʼminlash masalasi ham milliy, ham global miqyosda dolzarb hisoblanadi. Mazkur maqolada Oʻzbekiston oliy taʼlim tizimidagi inklyuziv muhitning shakllanishi, nogironligi boʻlgan talaba qizlarning ijtimoiy faolligiga taʼsir etuvchi omillar, mavjud toʻsiqlar hamda ularni bartaraf etish yoʻllari tahlil etilgan. Shuningdek, xalqaro tajribalar asosida samarali yondashuvlar va milliy islohotlar uygʻunligiga asoslangan takliflar berilgan. Kalit soʻzlar: inklyuziv taʼlim, ijtimoiy faollik, nogironligi boʻlgan talaba qizlar, gender tenglik, oliy taʼlim, barqaror rivojlanish. Аннотация. В последние годы система образования в нашей стране, особенно инклюзивное образование, претерпела значительные реформы. Обеспечение прав человека, гендерного равенства и доступа к качественному образованию для всех тесно связано с национальными реформами и международными целями, в частности, с Целями устойчивого развития (ЦУР) ООН на период до 2030 года. Повышение социальной активности студенток с ограниченными возможностями здоровья и обеспечение их полной интеграции в процессы высшего образования является актуальной задачей как на национальном, так и на глобальном уровне. В данной статье анализируются формирование инклюзивной среды в системе высшего образования Узбекистана, факторы, влияющие на социальную активность студенток с ограниченными возможностями здоровья, существующие барьеры и пути их преодоления. Также даются рекомендации, основанные на международном опыте и соответствующие национальным реформам. Ключевые слова: инклюзивное образование, социальная активность, студентки с ограниченными возможностями, гендерное равенство, высшее образование, устойчивое развитие. Abstract. In recent years, the education system in our country, particularly inclusive education, has undergone significant reforms. Ensuring human rights, gender 389 equality, and access to quality education for all is closely linked to national reforms as well as international goals — in particular, the United Nations Sustainable Development Goals (SDGs) to 2030. Enhancing the social activity of female students with disabilities and ensuring their full integration into higher education processes is an urgent issue both nationally and globally. This article analyzes the formation of an inclusive environment in Uzbekistanʼs higher education system, the factors influencing the social activity of female students with disabilities, the existing barriers, and ways to overcome them. It also provides recommendations based on international experience and aligned with national reforms. Keywords: inclusive education, social activity, female students with disabilities, gender equality, higher education, sustainable development. Jamiyatning barqaror taraqqiyoti, ayniqsa, inson kapitalini rivojlantirish bilan uzviy bogʻliq. Inson qadrini ulugʻlash, teng imkoniyatlar yaratish va taʼlimda inklyuziv yondashuvni joriy etish – bugungi kunda Oʻzbekiston oliy taʼlim tizimidagi ustuvor yoʻnalishlardan biri hisoblanadi. Nogironligi boʻlgan yoshlarni, ayniqsa talaba qizlarni taʼlim va ijtimoiy hayotga faol jalb etish masalasi davlat siyosati darajasiga koʻtarilgan. Bu yoʻnalishda Prezident va hukumatning bir qancha tegishli qarorlari mavjud. Biroq amaliyot shuni koʻrsatadiki, nogironligi boʻlgan talaba qizlar oliy taʼlim muassasalarida aksariyat hollarda ijtimoiy izolyatsiyada boʻladi, ularning faolligi kam, oʻz salohiyatini toʻliq namoyon etish imkoniyatlari cheklangan. Bu holat nafaqat fizik muhit bilan, balki psixologik va ijtimoiy baryerlar bilan ham bogʻliq. Shu nuqtayi nazardan mazkur tadqiqotning asosiy maqsadi — oliy taʼlim muassasalarida inklyuziv muhit sharoitida nogironligi boʻlgan talaba qizlarning ijtimoiy faolligini oshirishning samarali mexanizmlarini ishlab chiqish hisoblanadi. Inklyuziv taʼlim nazariyasi taʼlim tizimini barcha shaxslar uchun ochiq va teng imkoniyatli muhit sifatida koʻradi. L.S. Vigotskiyning ijtimoiy rivojlanish nazariyasiga koʻra, shaxsning kamoloti ijtimoiy muhit bilan faol oʻzaro taʼsir jarayonida shakllanadi. Shu bois nogironligi boʻlgan talaba qizlar uchun ijtimoiy munosabatlarni faollashtirish ularning shaxsiy salohiyatini ochishning muhim shartidir. A. Banduraning ijtimoiy oʻrganish nazariyasiga koʻra, inson boshqalarning faoliyatini kuzatish va taqlid qilish orqali oʻz ijtimoiy rolini shakllantiradi. Bu nazariya inklyuziv taʼlim muhitida “ijtimoiy modellar”ning ahamiyatini asoslaydi — yaʼni faol, ilhomlantiruvchi talaba qizlar boshqalar uchun namuna boʻladi. Shuningdek, Maslouning ehtiyojlar iyerarxiyasidagi “oʻzini namoyon qilish” darajasi ijtimoiy faollik orqali namoyon boʻladi. Agar muhit qoʻllab-quvvatlovchi boʻlsa, nogironligi boʻlgan talaba qizlar oʻz qobiliyatini faol amalga oshiradi. Xalqaro manbalarda ham taʼlimda inklyuzivlik faqat infratuzilma emas, balki madaniy va psixologik muhitni oʻz ichiga olishi taʼkidlanadi. 390 Taʼlim muassasalarida nogironligi boʻlgan talaba qizlarga yaratilgan imkoniyatlarni oʻrganish maqsadida quyidagi savollardan foydalanib, tadqiqot ishining amaliy holati oʻrganiladi. Tadqiqotning asosiy savollari: 1. Nogironligi boʻlgan talaba qizlarning ijtimoiy faolligi qay darajada? 2. Qaysi omillar ularning faolligiga toʻsiq boʻlmoqda? 3. Universitet muhitida ijtimoiy faollikni oshirish uchun qanday mexanizmlar samarali boʻlishi mumkin? Nogironligi boʻlgan talaba qizlarning ijtimoiy faolligi koʻp jihatdan muhitning qabul qiluvchanlik darajasi bilan belgilanadi. Inklyuziv muhit faqat fizik sharoit bilan cheklanmasligi, balki madaniy va emotsional qoʻllab-quvvatlash tizimini ham qamrab olishi kerak. Mavjud infratuzilma oʻzgarishlari bilan bir qatorda, mentorlik dasturlari, motivatsion seminarlar va psixologik treninglar orqali ijtimoiy faollikni ragʻbatlantirish muhim. Bugungi kunda inklyuziv taʼlimni rivojlantirish maqsadida: 2023/2024 oʻquv yilidan boshlab pedagogika sohasi bakalavriat taʼlim yoʻnalishlarining barchasida 120 soat (4 kredit)ga moʻljallangan “Inklyuziv taʼlim. Gospital pedagogika” fani oʻqitilish yoʻlga qoʻyildi. Ushbu fanni kiritish natijasida boʻlajak pedagoglar: - Umumiy oʻrta tizimida inklyuziv taʼlimga boʻlgan ehtiyoj, inklyuziv taʼlim va xalqaro huquqlar, inklyuziv taʼlimni amaliyotga joriy qilish borasidagi huquqiy meʼyoriy hujjatlar, inklyuziv taʼlim tizimida kadrlarni tayyorlash siyosati; - inklyuziv taʼlim jarayonida rivojlanishida nuqsoni bor bolalarni oʻziga xos xususiyatlarini oʻzlashtirish; - inklyuziv taʼlim boʻyicha oʻquv-uslubiy materiallarni ishlab chiqish; - inklyuziv taʼlimni joriy qilishda jahon tajribasini oʻrganish; - inklyuziv taʼlimda yangi pedagogik texnologiya va axborot texnologiyalarini qoʻllash; - inklyuziv taʼlim zamonaviy yutuqlarini tahlil etish koʻnikmasiga ega boʻlish; - maxsus yordamga muhtoj boʻlgan bolalarga korreksion yordam berish; - bolalarni imkoniyatlarni eʼtiborga olgan holda informatsion va pedagogik texnologiyalar asosida oʻqitishni tashkil etish malakasiga ega boʻlishi taʼminlanmoqda. 2023/2024 oʻquv yilidan boshlab Surdopedagogika va tiflopedagogika bakalavriat taʼlim yoʻnalishlarida tahsil olayotgan talabalar uchun yakuniy imtihonlarda imo-ishora tili va Brayl alifbosini bilish boʻyicha majburiy imtihonlar oʻtkazish amaliyoti joriy etildi. Toshkent davlat pedagogika universiteti Surdopedagogika va inklyuziv taʼlim kafedrasida “Imo-ishora va daktil nutqi” toʻgaragi 2022/2023-oʻquv yilidan buyon 391 faoliyat yuritadi, unga asosan ushbu toʻgarakka universitet talabalari jalb qilinib, ularga sinxron tarjima texnikasi oʻrgatilib kelinmoqda. A.Navoiy nomidagi Toshkent davlat oʻzbek tili va adabiyoti universitetida faoliyat olib borayotgan “Inklyuziv taʼlim” ilmiy-amaliy laboratoriyasi hamda “Surdotarjimon” laboratoriyasida innovatsion yondashuvlar va texnologiyalar, zamonaviy tadqiqot usullariga asoslangan inklyuziv mahsulotlar yaratish, oʻqitishning samarali usullarini aniqlash, nogironligi boʻlgan shaxslarning taʼlim olishiga koʻmaklashish borasida ilmiy-amaliy izlanishlar olib borilmoqda. Mazkur vazifalarni amalga oshirish yuzasidan quyidagi takliflar bildiriladi: Universitetlarda “inklyuziv psixologiya markazlari”ni tashkil etish. Nogironligi boʻlgan qizlar uchun “Oʻz qobiliyatingni angla”, “Liderlik va ijtimoiy ishtirok” mavzusida maxsus treninglar tashkil etish. Faol bitiruvchi qizlar va professorlar ishtirokida “mentorlik dasturi” joriy etish. Mahalla, nodavlat tashkilotlar va universitetlar hamkorligida ijtimoiy loyihalar. Koʻngillilik faoliyati orqali ijtimoiy rollarni kengaytirish. Barcha taʼlim binolarida pandus, lift va maxsus ish joylarini tashkil etish. Axborot muhitini (veb-saytlar, platforma) maxsus talablarga moslashtirish. Ijtimoiy faol talaba qizlar uchun stipendiyalar, sertifikatlar va mukofot tizimini joriy etish. Tadqiqot natijalari shundan dalolat beradiki, inklyuziv muhitda nogironligi boʻlgan talaba qizlarning ijtimoiy faolligi jismoniy sharoitlardan koʻra koʻproq psixologik va ijtimoiy muhitning qabul qiluvchanlik darajasi bilan belgilanadi. Ijtimoiy faollikni oshirish uchun qoʻllab-quvvatlovchi muhit, mentorlik va motivatsiya mexanizmlarini tizimli ravishda amalga oshirish zarur. Bunday yondashuv nafaqat nogironligi boʻlgan talaba qizlarning shaxsiy rivojlanishiga, balki universitetning barqaror rivojlanish strategiyasida ham muhim ahamiyat kasb etadi. Foydalanilgan adabiyotlar roʻyxati: 1. Oʻzbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi. — Oʻzbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari toʻplami, 1.05.2023-yil. 2. Oʻzbekiston Respublikasining “Taʼlim toʻgʻrisida” Qonuni. — Oʻzbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari toʻplami, 2020-y., 23-sentyabr, 13-16-modda. 3. Oʻzbekiston Respublikasining 2016-yil 14 sentabrdagi “Yoshlarga oid davlat siyosati toʻgʻrisida”gi OʻRQ-406-sonli Qonuni. 4. Oʻzbekiston Respublikasining 2019-yil 2-sentabrdagi “Xotin-qizlar va erkaklar uchun teng huquq hamda imkoniyatlar kafolatlari toʻgʻrisida”gi OʻRQ-562sonli Qonuni. 5. Oʻzbekiston Respublikasining 2019-yil 2-sentabrdagi “Xotin-qizlarni tazyiq va zoʻravonlikdan himoya qilish toʻgʻrisida"gi OʻRQ-561-sonli Qonuni. 392 6. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 13-oktyabrdagi “Inklyuziv taʼlim tizimini rivojlantirish konsepsiyasi” PQ–5270 qarori. 7. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “2022–2026-yillarga moʻljallangan Yangi Oʻzbekistonning taraqqiyot strategiyasi toʻgʻrisida”gi Farmoni. 2022-yil 28-yanvar, PF–60. 8. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat statistika qoʻmitasi (2023). Oʻzbekistonda nogironligi boʻlgan shaxslarning taʼlim olishi boʻyicha statistik toʻplam. Toshkent. 9. Oʻzbekiston Respublikasi Inson huquqlari boʻyicha Milliy markazi (2022). Nogironligi boʻlgan shaxslarning huquqlari va imkoniyatlarini taʼminlash boʻyicha milliy hisobot. Toshkent. 10. “Oʻzbekistonda gender tengligi va ayollarning ijtimoiy faolligi” (2023). Oʻzbekiston Respublikasi Gender tenglik komissiyasi hisoboti.