scieee AI-readable full text Open interactive document viewer

MUHAMMAD NAJIBULLO DAVRIDA AFG'ONISTONGI ICHKI VA TASHQI SIYOSAT (1987–1992)

Akramova Y.U.

Abstract

This study examines the political and socio-economic reforms introduced during the presidency of Dr. Muhammad Najibullah (1987–1992) in Afghanistan, a period marked by both internal conflict and attempts at national reconciliation. The research focuses on the "National Reconciliation Policy," constitutional amendments, and efforts to decentralize governance amidst the ongoing civil war. Using a historical-analytical approach and archival materials, the paper explores how Najibullah’s reforms aimed to stabilize the state, restructure the People’s Democratic Party of Afghanistan (PDPA), and integrate opposition groups into the political system. While the reforms demonstrated limited success in urban areas, their impact was constrained by persistent armed resistance, external interventions, and deep-rooted tribal divisions. This study contributes to a nuanced understanding of Afghanistan’s late Cold War political trajectory and highlights the complex interplay between ideology, state-building, and conflict during this transformative period.

Full text

SCIENTIFIC AND THEORETICAL CONFERENCE “DECORATIVE AND APPLIED ART OF THE TURKIC WORLD: HISTORY, MODERNITY, AND FUTURE PROSPECTS”, OCTOBER 23, 2025 408 MUHAMMAD NAJIBULLO DAVRIDA AFG’ONISTONGI ICHKI VA TASHQI SIYOSAT (1987–1992) Akramova Y.U. Mirzo Ulug’bek nomidagi O’zbekiston Milliy Universiteti, Toshkent. https://doi.org/10.5281/zenodo.17543169 Abstract. This study examines the political and socio-economic reforms introduced during the presidency of Dr. Muhammad Najibullah (1987–1992) in Afghanistan, a period marked by both internal conflict and attempts at national reconciliation. The research focuses on the "National Reconciliation Policy," constitutional amendments, and efforts to decentralize governance amidst the ongoing civil war. Using a historical-analytical approach and archival materials, the paper explores how Najibullah’s reforms aimed to stabilize the state, restructure the People’s Democratic Party of Afghanistan (PDPA), and integrate opposition groups into the political system. While the reforms demonstrated limited success in urban areas, their impact was constrained by persistent armed resistance, external interventions, and deep-rooted tribal divisions. This study contributes to a nuanced understanding of Afghanistan’s late Cold War political trajectory and highlights the complex interplay between ideology, state-building, and conflict during this transformative period. Keywords: Afghanistan, Najibullah, National Reconciliation Policy, Political Reforms, Cold War History, PDPA, State-building, Civil War. Annotatsiya. Ushbu maqolada Afg'onistonda 1987 – 1992 – yillarda hukmronlik qilgan Muhammad Najibulloh prezidentligi davrida amalga oshirilgan siyosiy va ijtimoiy-iqtisodiy islohotlar yoritb berilgan. Bu davr o’zining ichki nizolarga boyligi va milliy yarashuvga urinishlar bilan ajralib turadi. Maqolada "Milliy yarashuv siyosati", konstitutsiyaning qabul qilinishi va unga kiritilgan tuzatishlar va davom etayotgan fuqarolar urushi sharoitida boshqaruvni markazsizlashtirishga qaratilgan sa'y-harakatlarni yoritishga qaratilgan. Maqola tarixiy-tahliliy yondashuv va arxiv materiallaridan foydalangan holda, Najibullaning islohotlari davlatni barqarorlashtirish, Afg'oniston Xalq Demokratik partiyasini (XDP) qayta qurish va muxolifat guruhlarini siyosiy tizimga integratsiyalashga qaratilganini o'rganadi. Islohotlar shaharlarda bir qancha muvaffaqiyatlarni ko'rsatgan bo'lsa-da, ularning ta’siri doimiy qurolli qarshilik, tashqi aralashuvlar va chuqur ildiz otgan qabila bo’linishlari bilan cheklandi. Ushbu tadqiqot Afg'onistonning so'nggi Sovuq davridagi holati va tashqi mamlakatlar bilan olib borilgan siyosatni yoritib berish bilan birga, Najibullo davrida imzolangan bitim va shartnomalarni tahlil qiladi. Kalit so’zlar. Afg’oniston, Muhammad Najibullo, Milliy yarashuv, Sovuq urush, AXDP, Xalq oqimi, Parcham oqimi, Fuqarolar urushi. Аннотация. В данном исследовании рассматриваются политические и социальноэкономические реформы проведённые в Афганистане в период президентства Мохаммада Наджибуллы (1987-1992), отмеченный период как внутренними конфликтами, так и попытками национального примирения. Основное внимание уделяется «Политике национального примирения», и принятию конституции, поправкам кконституции и усилиям по децентрализации управления в условиях продолжающейся гражданской войны. Используя историко-аналитический подход и архивные материалы, в SCIENTIFIC AND THEORETICAL CONFERENCE “DECORATIVE AND APPLIED ART OF THE TURKIC WORLD: HISTORY, MODERNITY, AND FUTURE PROSPECTS”, OCTOBER 23, 2025 409 статье рассматривается, как реформы Наджибуллы были направлены на стабилизацию государства, реструктуризацию Народно-демократической партии Афганистана (НДПА) и интеграцию оппозиционных групп в политическую систему. Хотя реформы имели успех в городских районах, их влияние было ограничено постоянным вооружённым сопротивлением, внешним вмешательством, и глубоко укоренившимися межплеменными противоречиями. Данное исследование способствует детальному пониманию политической траектории Афганистана в конце холодной войны и и его внешняя политика, а также соглашения и договоры, подписанные в период правления Наджибуллы. Ключевые слова. Афганистан, Мухаммад Наджибулла, Национальное примерение, Холодная война, ПСР, направления «Народ» и направления «Парчам» , Гражданская война. 1986-yil 4-mayda Markaziy Qo‘mitaning XVIII plenumining qarori bilan Babrak Karmal "sog‘lig‘i sababli" lavozimidan ozod qilindi, uning vazifasidan chetlatiilishi Gorbachyov Bosh kotib bo‘lgan SSSRdagi o‘zgarishlar bilan bog‘liq edi. Babrak Karmaldan keyin Afg’oniston rahbari lavozimiga Muhammad Najibullo keldi. 1-oktabrda Muhammad Najibulloh ADR Inqilobiy kengashining yangi raisi bo‘ldi. Uning oldida turgan ulkan vazifalardan biri AXDP saflarida hamon davom etayotgan “Parcham” oqimi va “Xalq” oqimi vakillari o’rtasidagi nizolarga barham berish hamda ularni yagona maqsad yo’lida birlashtirish edi. Shu maqsadda Najibulloh mamlakatni demokratlashtirish va qurolli muxolifat bilan murosa izlashga kirishdi va "milliy yarashuv" siyosatini ilgari surdi. 1986 – yil yoziga kelib yuqoridagi vazifa amalga oshirildi va ikki oqim ilk bora siyosiy jihatdan birlashtirildi[1. P246]. 1987-yil 30-noyabrda yangi konstitutsiyaga muvofiq Loya Jirga Najibullohni prezident etib sayladi va shu tariqa Savr inqilobidan keyin bekor qilingan lavozim tiklandi. 1987 – yilning yanvar oyida Najibullo o’zining “Milliy yarashuv” siyosatini rasman e’lon qildi. Bu siyosatning asl moniyati mamlakatning ijtimoiy – iqtisodiy hamda siyosiy jihatdan liberallashtirish edi[2. P223]. 1987 – yilning iyul oyida “ Siyosiy partiyalar to’g’risida”gi Konstitutsiyaviy qonun qabul qilindi. Bu esa ko’pgina partiyalarning ochiq faoliyat olib borishlari uchun sharoit yaratib berdi. Shu yilning noyabr oyida butunafg’on oqsoqollar kengashida mamlakat Konstitutsiyasi qabul qilindi. Unga ko’ra islom dini Afg’onistonning asosiy diniekanligi va shariat ahkomlari muqaddas ekanligi belgilab qo’yildi. Mamlakatning rasmiy nomi ham Afg’oniston Demokratik Respublikasidan Afg’oniston Respublikasiga o’zgartirildi. Ichki siyosatda juda katta islohotlarni amalga oshirish mobaynida, juda katta xatoliklarga ham yo’l qo’yildi. Muhammad Najibullo yuqori davlat lavozimlariga o’z ishongan vakillarini qo’yish mobaynida , sohaga aloqasi bo’lmagan shaxslarni ham vazir, moliya vaziri lavozimlariga tayinladi. Natijada, bu juda katta noroziliklarga sabab bo’ldi va muxolifat faoliyatini kuchaytirdi [3. P35]. Tashqi siyosatda ham Afg’onistonning qo’shni mamlakatlar bilan munosabatlarini yumshatishga harakat qildi, va shu sababli ko’plab bitim va shartnomalar imzolandi. 1988-yil 14-aprelda Jenevada “Afg‘oniston Respublikasidagi vaziyatni tartibga solish to‘g‘risidagi bitimlar” imzolandi. Bitimlar Afg‘onistondagi qurolli mojaroni hal qilishga qaratilgan bo‘lib, Pokiston va Afg‘oniston hukumatlari tomonidan AQSh va SSSRning kafil sifatida ishtirokida imzolandi. Shartnomaga ko‘ra, SSSR Afg‘oniston hukumatini, AQSh va Pokiston mujohidlarni qo‘llab-quvvatlashni to‘xtatishga vaʼda berdi[4. P19]. Afg‘on muxolifati muzokaralarda SCIENTIFIC AND THEORETICAL CONFERENCE “DECORATIVE AND APPLIED ART OF THE TURKIC WORLD: HISTORY, MODERNITY, AND FUTURE PROSPECTS”, OCTOBER 23, 2025 410 qatnashmadi va kelishuvlarga qo‘shilmadi, ularning shartlarini rad etdi. Natijada kelishuvlar aslida Afg‘onistondagi vaziyatga ta’sir qilmadi. AQSh va Pokiston afg‘on muxolifatini yashirincha qo‘llab-quvvatlashda davom etdi. 1988-yil 15-maydan 1989-yil 15-fevralgacha Sovet qo‘shinlari Afg‘onistondan olib chiqildi. Sovet qo‘shinlari olib chiqilgach, Afg‘oniston Respublikasi hukumat kuchlari mamlakat hududining katta qismini nazorat qildi. 1989 - yilning may oylarida Pokiston hududidan Jalolobod shahriga o’n minglab mujohidlar hujum qila boshladi. Sovet armiyasi tomonidan qoldirib ketilgan qurol va aslahalar yordamida mujohidlar hujumi bartaraf etildi. Harbiy muvaffaqiyatlarga qaramay, prezident Muhammad Najibullohning kommunistik rejimi hali ham oʻzining anʼanaviy ichki boʻlinishlari, yaʼni Xalq va Parcham fraksiyalari oʻrtasidagi qarama-qarshilikdan qiynalib qoladi. 1990-yil 6-martda boshlangan davlat toʻntarishi muvaffaqiyatsizlikka uchradi va bu qo’zg’alon yetakchilaridan Shohnavoz Tanay Pokistonga qochishga majbur boʻldi. Najibulla qo‘shinni Tanay tarafdorlaridan tozalashni buyurgach, qattiq qatag‘on boshlandi. Keyingi janglarda bir nechta aeroportlar bombardimon qilindi, 46 ta harbiy samolyotga zarar yetkazildi[5. p10]. Iqtisodiy jihatdan ham 1992-yilga kelib Afg‘oniston og‘ir ahvolda edi. Afgʻonistonning yagona eksporti boʻlgan tabiiy gaz zaxiralari 1989-yildan beri kamayib ketgan va bu mamlakatni butunlay Sovet yordamiga qaram qilib qoʻygan edi. Ammo 1991-yilga kelib, Sovet iqtisodiyotining oʻzi sustlashib, Sovetlarga oʻz majburiyatlarini bajarishga toʻsqinlik qildi. 1991yil avgust oyida hokimiyatga kelgan Boris Yelsin Najibulla rejimiga toʻgʻridan-toʻgʻri yordam koʻrsatish toʻxtatilishini eʼlon qildi. 1992-yilga kelib Afgʻoniston prezidenti Muhammad Najibulloh rejimi qulay boshladi. 1992-yil 18-martda Najibullo neytral muvaqqat hukumatga yoʻl ochish uchun isteʼfoga chiqishga tayyorligini eʼlon qildi. Bu qadam uni davlatdagi ichki nazoratini yoʻqotdi; uning hukumati bir necha fraksiyalarga boʻlinib ketdi[6. P46]. 1992-yil aprel oyining qolgan qismida va may-iyun oylarida Kobulni nazorat qilish uchun fuqarolar urushi avj oldi, kamida beshta armiya, ularning aksariyati mujohidlar (islomiy qarshilik partiyalari), xorijiy davlatlar yoki razvedka agentligi tomonidan homiylik qilingandi . 1992-yil oxiriga kelib, minglab odamlar halok boʻldi, yarim million aholi Kobulni tark etdi, shahar jiddiy zarar koʻrdi. Guruhlar ittifoq tuzib, ularni buzardi, tinchlik kelishuvlariga urinishlar boʻldi va ularning hammasi muvaffaqiyatsizlikka uchradi. Urush butun Afgʻoniston boʻylab tarqaldi. FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR 1. Rashidov R. Afg‘onistonda davlatchilik masalasi: tarix va hozirgi zamon. Monografiya. – T.: “Navro‘z nashriyoti, 2017. – 264 b. 2. Бобокулов И.И. Афганская трансформация: приоритеты и ключевые проблемы / Центральная Азия и Кавказ, Том 16, Выпуск 2,2013. 3. Barfield, T. (2010). Afghanistan: A Cultural and Political History. Princeton University Press. 4. Edwardes, M. (1963). Playing the Great Game: Britain, Russia and the Politics of Afghanistan. Hamish Hamilton. 5. Ghaus, A. (1988). The Fall of Afghanistan: An Insider's Account. Pergamon-Brassey's. 6. Hopkirk, P. (1990). The Great Game: The Struggle for Empire in Central Asia. John Murray. SCIENTIFIC AND THEORETICAL CONFERENCE “DECORATIVE AND APPLIED ART OF THE TURKIC WORLD: HISTORY, MODERNITY, AND FUTURE PROSPECTS”, OCTOBER 23, 2025 411 7. The Encyclopaedia Britannica: A Dictionary of Arts, Sciences, Literature & General Information; the Three New Supplementary Volumes Constituting with the Volumes of the Latest Standard Edition, the Thirteenth Edition (en). Encyclopaedia Britannica, Company, Limited, 1926 — 46-bet. 8. McMahon, Henry A (1939). An Account of the Entry of H. M. Habibullah Khan Amir of Afghanistan into Freemasonry. London, UK: Favil Press, Ltd 9. The Encyclopaedia Britannica: A Dictionary of Arts, Sciences, Literature & General Information; the Three New Supplementary Volumes Constituting with the Volumes of the Latest Standard Edition, the Thirteenth Edition (en). Encyclopaedia Britannica, Company, Limited, 1926 — 46-bet. 10. „Afghanistan 1919–1928: Sources in the India Office Records“. 2017-yil 16-yanvarda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 22-sentyabr.