OʻZBOSHIMCHALIK BILAN EGALLAB OLINGAN YER UCHASTKALARIGA HAMDA ULARDA QURILGAN BINOLAR VA INSHOOTLARGA BOʻLGAN HUQUQLARNI E'TIROF ETISH
Abstract
Ushbu maqolada o‘zboshimchalik bilan egallab olingan yer uchastkalari hamda ularda qurilgan bino va inshootlarga bo‘lgan huquqlarni e’tirof etishning huquqiy asoslari yoritilgan. Maqolada yerga bo‘lgan huquqni qonuniylashtirish jarayonlari, sud amaliyotidagi holatlar, shuningdek, fuqarolarning mulk huquqlarini himoya qilish masalalari tahlil qilinadi. Shu bilan birga, amaldagi qonunchilikdagi muammoli jihatlar va ularni takomillashtirish bo‘yicha takliflar ham ilgari suriladi.
Full text
ISSN: 3030-3931, Impact factor: 7,241 Volume 10, issue 2, Noyabr 2025 https://worldlyjournals.com/index.php/Yangiizlanuvchi worldly knowledge OAK Index bazalari : research gate, research bib. Qo’shimcha index bazalari: zenodo, open aire. google scholar. Original article 158 OʻZBOSHIMCHALIK BILAN EGALLAB OLINGAN YER UCHASTKALARIGA HAMDA ULARDA QURILGAN BINOLAR VA INSHOOTLARGA BOʻLGAN HUQUQLARNI EʼTIROF ETISH To’rayev Bekzod Bahodir o’gli, Toshkent viloyati Bekobod tumani Adliya bo’limi bosh maslahatchisi Annotatsiya: Ushbu maqolada o‘zboshimchalik bilan egallab olingan yer uchastkalari hamda ularda qurilgan bino va inshootlarga bo‘lgan huquqlarni e’tirof etishning huquqiy asoslari yoritilgan. Maqolada yerga bo‘lgan huquqni qonuniylashtirish jarayonlari, sud amaliyotidagi holatlar, shuningdek, fuqarolarning mulk huquqlarini himoya qilish masalalari tahlil qilinadi. Shu bilan birga, amaldagi qonunchilikdagi muammoli jihatlar va ularni takomillashtirish bo‘yicha takliflar ham ilgari suriladi. Аннотация: В данной статье рассматриваются правовые основы признания прав на самовольно занятые земельные участки, а также на здания и сооружения, возведённые на них. Анализируются процедуры легализации прав на землю, судебная практика и вопросы защиты имущественных прав граждан. Особое внимание уделено существующим проблемам в законодательстве и предложениям по его совершенствованию. Annotation: This article explores the legal grounds for recognizing rights to land plots that have been occupied without authorization, as well as to buildings and structures constructed on such land. It analyzes the procedures for legalizing land ownership, relevant court practices, and the protection of citizens’ property rights. The article also highlights existing gaps in legislation and provides recommendations for improving the legal framework. Kalit so’zlar:o’zboshimchalik bilan egallangan yer, bir martalik umumdavlat aksiyasi, ortiqcha egallangan yer uchastkasi , oʻzboshimchalik bilan egallab olingan yer uchastkasi.
ISSN: 3030-3931, Impact factor: 7,241 Volume 10, issue 2, Noyabr 2025 https://worldlyjournals.com/index.php/Yangiizlanuvchi worldly knowledge OAK Index bazalari : research gate, research bib. Qo’shimcha index bazalari: zenodo, open aire. google scholar. Original article 159 Kirish.Hozirgi davrda yer resurslaridan oqilona va qonuniy foydalanish masalasi mamlakatimiz ijtimoiy-iqtisodiy hayotida muhim o‘rin tutmoqda. Yer — davlat mulki bo‘lib, undan foydalanish tartibi va shartlari O‘zbekiston Respublikasining “Yer kodeksi”, Oʻzboshimchalik bilan egallab olingan yer uchastkalariga hamda ularda qurilgan binolar va inshootlarga boʻlgan huquqlarni eʼtirof etish “ to’g’risidagi qonuni, O’zbekiston Respublikasining “Davlat kadastrlari to’g’risidagi “ 22.12.2000 yildagi qonuni hamda boshqa normativ-huquqiy hujjatlar bilan tartibga solinadi. Shu bilan birga, amaliyotda ayrim fuqarolar yoki xo‘jalik subyektlari tomonidan yer uchastkalarini o‘zboshimchalik bilan egallab olish, ularda bino va inshootlar qurish holatlari uchrab turadi.Bunday holatlar ko‘pincha huquqiy nizolarga sabab bo‘ladi, chunki o‘zboshimchalik bilan egallangan yer uchastkalari qonuniy huquq asosida rasmiylashtirilmagani uchun, ularda qurilgan bino va inshootlarga bo‘lgan huquq ham noaniq holatga tushadi. Shu sababli, ushbu masala nafaqat yer munosabatlarini tartibga solish, balki fuqarolarning mulk huquqlarini himoya qilish nuqtai nazaridan ham muhim hisoblanadi. Ayniqsa, yer munosabatlarini tartibga solish va mulk huquqlarini qonuniylashtirish masalasi mamlakatimizda dolzarb ahamiyat kasb etmoqda. Ayniqsa, o‘zboshimchalik bilan egallab olingan yer uchastkalari hamda ularda qurilgan bino va inshootlarga bo‘lgan huquqlarni e’tirof etish masalasi huquqiy amaliyotda muhim o‘rin tutadi. Ushbu maqolada mazkur jarayonning huquqiy asoslari, amaldagi qonunchilikdagi kamchiliklar hamda ularni bartaraf etish bo‘yicha takliflar tahlil qilinadi.Mamlakatimizda so‘nggi yillarda o‘zboshimchalik bilan egallangan yer uchastkalarini qonuniylashtirish va ularga nisbatan huquqni e’tirof etish tartibini belgilovchi huquqiy mexanizmlar takomillashtirildi. Xususan, Prezident farmonlari va Hukumat qarorlari orqali ayrim holatlarda fuqarolarning yerdan foydalanish huquqini tiklash, bino va inshootlarni davlat ro‘yxatiga kiritish imkoniyati yaratildi. Shu bilan birga, bu jarayonni suiste’mol qilish, noqonuniy qurilishlarni ommaviy tarzda qonuniylashtirish xavfini oldini olish uchun qat’iy me’yoriy cheklovlar ham joriy etilgan.Mazkur maqolada o‘zboshimchalik bilan egallangan yer uchastkalari va ularda qurilgan bino-inshootlarga bo‘lgan huquqlarni e’tirof etishning huquqiy asoslari, amaldagi qonunchilikdagi muammoli jihatlar, sud amaliyoti misollarida yuzaga kelayotgan muammolar va ularni bartaraf etish yo‘llari tahlil qilinadi. Shuningdek, yerga
ISSN: 3030-3931, Impact factor: 7,241 Volume 10, issue 2, Noyabr 2025 https://worldlyjournals.com/index.php/Yangiizlanuvchi worldly knowledge OAK Index bazalari : research gate, research bib. Qo’shimcha index bazalari: zenodo, open aire. google scholar. Original article 160 bo‘lgan egalik, foydalanish va tasarruf huquqlarini qonuniylashtirish bo‘yicha takliflar ham ilgari suriladi.O’zbekiston Respublikasining 05.08.2024-yilda qabul qilingan “Oʻzboshimchalik bilan egallab olingan yer uchastkalariga hamda ularda qurilgan binolar va inshootlarga boʻlgan huquqlarni eʼtirof etish “toʻgʻrisidagi 937-sonli qonunida bu haqida batafsil ma’lumot keltirib o’tilgan bo’lib ushbu qonunning maqsadi oʻzboshimchalik bilan egallab olingan yer uchastkalariga hamda ularda qurilgan binolar va inshootlarga boʻlgan huquqlarni eʼtirof etish bilan bogʻliq munosabatlarni tartibga solishdan iborat.O’RQ 937 sonli qonun quyidagilarga nisbatan qo’llanadi: 1) Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolari va Oʻzbekiston Respublikasi hududida doimiy yashab turgan fuqaroligi boʻlmagan shaxslar (bundan buyon matnda fuqarolar deb yuritiladi) tomonidan 2018-yil 1-mayga qadar yakka tartibda uy-joy qurish orqali oʻzboshimchalik bilan egallab olingan yer uchastkasiga hamda unda qurilgan binolar va inshootlarga; 2) fuqarolar, yakka tartibdagi tadbirkorlar va rezident boʻlgan yuridik shaxslar qonunchilik hujjatlariga muvofiq ajratilgan yer uchastkasiga boʻlgan huquqni tasdiqlovchi hujjatlarda koʻrsatilgan yer uchastkasi maydonidan 2018-yil 1-mayga qadar ortiqcha egallagan yer uchastkasiga hamda unda qurilgan binolar va inshootlarga; 3) oʻzboshimchalik bilan qurilgan yakka tartibdagi uy-joylarga boʻlgan mulk huquqini Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qaroriga asosan tashkil etilgan Koʻchmas mulkka nisbatan huquqni eʼtirof etish ishlarini tashkil etish boʻyicha tuman (shahar) komissiyalari (bundan buyon matnda Koʻchmas mulkka nisbatan huquqni eʼtirof etish ishlarini tashkil etish boʻyicha tuman (shahar) komissiyalari deb yuritiladi) tomonidan eʼtirof etish mumkin deb topilganligi hollariga yoki uni eʼtirof etish rad etilganligi yoxud arizalarning koʻrib chiqilishi bir martalik umumdavlat aksiyasining muddati oʻtganligi sababli yakuniga yetmaganligi hollariga; 4) 2021-yil 8-iyunga qadar tuman (shahar) hokimining qaroriga koʻra qonunchilik hujjatlariga muvofiq fuqarolarga, yakka tartibdagi tadbirkorlarga yoki rezident boʻlgan yuridik shaxslarga ajratilgan, tasdiqlash masalasi Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimlari hamda Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesi yoki tegishli xalq deputatlari Kengashi tomonidan koʻrib chiqilmagan yer uchastkasiga (bundan shunday yer uchastkasida ikki yil ichida binolar va inshootlar qurilmagan yoki ularning qurilishi boshlanmagan yoxud yer uchastkasidan maqsadsiz foydalanilgan hollar mustasno); 5) fuqarolarning bogʻdorchilik va uzumchilik shirkatlari hududidagi turar joylariga hamda ular egallagan yer uchastkasiga; 1 6) 2020-yil 9-martga qadar kichik sanoat zonalari hududiga joylashtirilgan tadbirkorlik subyektlarining yashash uchun moʻljallanmagan binolari va inshootlari yoki ularning qismlari joylashgan yer uchastkasiga; 7) xususiylashtirilgan binolar va inshootlar egallagan yer uchastkasiga; 1https://lex.uz/docs/-7049383
ISSN: 3030-3931, Impact factor: 7,241 Volume 10, issue 2, Noyabr 2025 https://worldlyjournals.com/index.php/Yangiizlanuvchi worldly knowledge OAK Index bazalari : research gate, research bib. Qo’shimcha index bazalari: zenodo, open aire. google scholar. Original article 161 8) fuqarolarning, yakka tartibdagi tadbirkorlarning va rezident boʻlgan yuridik shaxslarning qonunchilikka muvofiq mulk (egalik qilish) huquqi eʼtirof etilgan binolari va inshootlari egallagan yer uchastkasiga nisbatan huquqlarni eʼtirof etish asoslari va tartibini belgilaydi. bir martalik umumdavlat aksiyasi — oʻzboshimchalik bilan egallab olingan yer uchastkalarida yoki imorat qurish uchun ruxsatnoma olmasdan qurilgan turar joylarga nisbatan mulk huquqini eʼtirof etish boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining Farmoniga muvofiq 2018-yil 20-apreldan 2019-yil 1-mayga qadar oʻtkazilgan bir martalik umumdavlat aksiyasi; ortiqcha egallangan yer uchastkasi — yer uchastkasiga boʻlgan huquqlarni belgilovchi hujjatlarda koʻrsatilgan yer uchastkasi maydonidan ortiq boʻlgan, yer uchastkasining chegarasidan tashqarida, unga tutash hududda joylashgan yer maydoni; oʻzboshimchalik bilan egallab olingan yer uchastkasi — fuqarolar, yakka tartibdagi tadbirkorlar va rezident boʻlgan yuridik shaxslar tomonidan yer uchastkasiga boʻlgan huquqlarni belgilovchi hujjatlarsiz, shu jumladan bunday hujjatlar yoʻqolgan yoki toʻliq rasmiylashtirilmagan holda egallab kelinayotgan yoki ortiqcha egallangan yer uchastkasi. Ijara huquqi, ushbu yer uchastkalarida qurilgan binolar va inshootlarga boʻlgan mulk huquqi eʼtirof etiladi. Bunda ijara muddati yakka tartibdagi uy-joylar egallagan yer uchastkalari uchun toʻqson toʻqqiz yil, boshqa yer uchastkalari uchun qirq toʻqqiz yil etib belgilanadi.Yer uchastkasiga boʻlgan ijara huquqi hamda unda qurilgan binolar va inshootlarga boʻlgan mulk huquqi Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesining, xalq deputatlari viloyatlar va Toshkent shahar Kengashlarining qarorlari bilan eʼtirof etiladi.Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesining, xalq deputatlari viloyatlar va Toshkent shahar Kengashlarining qaroridan norozi boʻlgan shaxslar ushbu qaror ustidan sudga qonunchilikda belgilangan tartibda va muddatlarda shikoyat qilishi, prokuratura va adliya organlari esa qarorni haqiqiy emas deb topish toʻgʻrisida sudga ariza (shikoyat) berishi mumkin. Fuqarolar tomonidan 2018yil 1-mayga qadar yakka tartibda uy-joy qurish orqali oʻzboshimchalik bilan egallab olingan yer uchastkasiga boʻlgan ijara huquqini hamda unda qurilgan binolar va inshootlarga boʻlgan mulk huquqini eʼtirof etish uchun quyidagi shartlarning barchasiga rioya etilganligi asos boʻladi, agar: mazkur yer uchastkasi boshqa jismoniy va yuridik shaxslarga ajratilmagan yoki elektron onlayn-auksionga qoʻyilmagan boʻlsa; mazkur yer uchastkasidan foydalanish yuzasidan jismoniy va (yoki) yuridik shaxslar oʻrtasida nizo mavjud boʻlmasa; mazkur yer uchastkasi uchun yer soligʻi boʻyicha, unda qurilgan binolar va inshootlar uchun esa mol-mulk soligʻi boʻyicha qarzdorlik mavjud boʻlmasa. Yakka tartibda uy-joy qurish uchun fuqarolarga, yashash uchun moʻljallanmagan binolar va inshootlar qurish uchun yakka tartibdagi tadbirkorlarga va rezident boʻlgan yuridik shaxslarga qonunchilik hujjatlariga muvofiq ajratilgan yer uchastkasiga boʻlgan huquqni tasdiqlovchi hujjatlarda koʻrsatilgan maydondan 2018-yil 1-mayga qadar ortiqcha egallangan yer uchastkasiga boʻlgan ijara huquqini hamda unda qurilgan binolar va inshootlarga boʻlgan mulk huquqini eʼtirof etish uchun quyidagi shartlarning barchasiga rioya etilganligi asos boʻladi, agar:
ISSN: 3030-3931, Impact factor: 7,241 Volume 10, issue 2, Noyabr 2025 https://worldlyjournals.com/index.php/Yangiizlanuvchi worldly knowledge OAK Index bazalari : research gate, research bib. Qo’shimcha index bazalari: zenodo, open aire. google scholar. Original article 162 ortiqcha egallangan yer uchastkasi qonunchilik hujjatlariga muvofiq ajratilgan yer uchastkasiga tutashgan boʻlsa; fuqarolarga ajratilgan va ular tomonidan ortiqcha egallangan yer uchastkasining umumiy maydoni ushbu Qonun 12-moddasi uchinchi qismining talablariga muvofiq boʻlsa; mazkur yer uchastkasi ilgari boshqa jismoniy va yuridik shaxslarga ajratilmagan yoki elektron onlayn-auksionga qoʻyilmagan boʻlsa; mazkur yer uchastkasidan foydalanish yuzasidan jismoniy va (yoki) yuridik shaxslar oʻrtasida nizo mavjud boʻlmasa; mazkur yer uchastkasi uchun yer soligʻi boʻyicha, unda qurilgan binolar va inshootlar uchun esa mol-mulk soligʻi boʻyicha qarzdorlik mavjud boʻlmasa. Koʻchmas mulkka nisbatan huquqni eʼtirof etish ishlarini tashkil etish boʻyicha tuman (shahar) komissiyalari oʻzboshimchalik bilan qurilgan yakka tartibdagi uy-joyga boʻlgan mulk huquqini bir martalik umumdavlat aksiyasi doirasida eʼtirof etish mumkin deb topgan yoki eʼtirof etishni rad etgan yoxud bir martalik umumdavlat aksiyasining muddati oʻtganligi munosabati bilan arizalarning koʻrib chiqilishi yakuniga yetmagan hollarda, oʻzboshimchalik bilan egallab olingan yer uchastkasiga boʻlgan ijara huquqini hamda unda qurilgan binolar va inshootlarga boʻlgan mulk huquqini eʼtirof etish ushbu Qonunning 4-moddasida belgilangan asoslarga koʻra amalga oshiriladi. Tuman (shahar) hokimlarining qarorlari bilan qonunchilik hujjatlariga muvofiq fuqarolarga, yakka tartibdagi tadbirkorlarga va rezident boʻlgan yuridik shaxslarga ajratilgan, tasdiqlash masalasi Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimlari hamda Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesi va tegishli xalq deputatlari Kengashi tomonidan koʻrib chiqilmagan yer uchastkasiga boʻlgan ijara huquqini hamda unda qurilgan binolar va inshootlarga boʻlgan mulk huquqini eʼtirof etish uchun quyidagi shartlarning barchasiga rioya etilganligi asos boʻladi, agar: qaror tuman (shahar) hokimlari tomonidan oʻz vakolatlari doirasida 2021-yil 8-iyunga qadar qabul qilingan boʻlsa; tuman (shahar) hokimlarining qarorlarini tasdiqlash masalasi Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimlari hamda Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesi va tegishli xalq deputatlari Kengashi tomonidan rad etilgan boʻlmasa; yer uchastkasi ajratilganidan keyin ikki yil ichida bino va inshoot belgilangan maqsadlarga muvofiq qurilgan yoki ularning qurilishi boshlangan boʻlsa; mazkur yer uchastkasi boshqa jismoniy va yuridik shaxslarga ajratilmagan yoki elektron onlayn-auksionga qoʻyilmagan boʻlsa; mazkur yer uchastkasidan foydalanish yuzasidan jismoniy va (yoki) yuridik shaxslar oʻrtasida nizo mavjud boʻlmasa;
ISSN: 3030-3931, Impact factor: 7,241 Volume 10, issue 2, Noyabr 2025 https://worldlyjournals.com/index.php/Yangiizlanuvchi worldly knowledge OAK Index bazalari : research gate, research bib. Qo’shimcha index bazalari: zenodo, open aire. google scholar. Original article 163 mazkur yer uchastkasi uchun yer soligʻi boʻyicha, unda qurilgan binolar va inshootlar uchun esa mol-mulk soligʻi boʻyicha qarzdorlik mavjud boʻlmasa. 2Fuqarolarning bogʻdorchilik va uzumchilik shirkatlari hududida joylashgan turar joylariga boʻlgan mulk huquqini hamda ular egallagan yer uchastkasiga boʻlgan ijara huquqini eʼtirof etish uchun quyidagi shartlarning barchasiga rioya etilganligi asos boʻladi, agar: fuqaro bogʻdorchilik va uzumchilik shirkati aʼzosi boʻlsa; mazkur yer uchastkasi boshqa jismoniy va yuridik shaxslarga ajratilmagan yoki elektron onlayn-auksionga qoʻyilmagan boʻlsa; mazkur yer uchastkasidan foydalanish yuzasidan jismoniy va (yoki) yuridik shaxslar oʻrtasida nizo mavjud boʻlmasa; mazkur yer uchastkasi uchun yer soligʻi boʻyicha, unda qurilgan binolar va inshootlar uchun esa mol-mulk soligʻi boʻyicha qarzdorlik mavjud boʻlmasa. 2020-yil 9-martga qadar kichik sanoat zonalari hududlariga joylashtirilgan tadbirkorlik subyektlarining mazkur kichik sanoat zonasi hududida oʻz mablagʻlari hisobidan qurilgan (bundan mavjud binoni qayta qurish, rekonstruksiya qilish mustasno) yashash uchun moʻljallanmagan binolar va inshootlar yoki ularning qismlari joylashgan yer uchastkasiga boʻlgan ijara huquqini eʼtirof etish uchun quyidagi shartlarning barchasiga rioya etilganligi asos boʻladi, agar: investitsiya majburiyatlari va boshqa ijtimoiy majburiyatlar toʻliq bajarilgan boʻlsa; mazkur yer uchastkasi boshqa jismoniy va yuridik shaxslarga ajratilmagan yoki elektron onlayn-auksionga qoʻyilmagan boʻlsa; mazkur yer uchastkasidan foydalanish yuzasidan jismoniy va (yoki) yuridik shaxslar oʻrtasida nizo mavjud boʻlmasa; mazkur yer uchastkasi uchun yer soligʻi boʻyicha, unda qurilgan binolar va inshootlar uchun esa mol-mulk soligʻi boʻyicha qarzdorlik mavjud boʻlmasa. Fuqarolar, yakka tartibdagi tadbirkorlar va rezident boʻlgan yuridik shaxslar tomonidan xususiylashtirilgan binolar va inshootlar, shu jumladan yakka tartibdagi uy-joylar egallagan yer uchastkasiga boʻlgan ijara huquqini eʼtirof etish uchun quyidagi shartlarning barchasiga rioya etilganligi asos boʻladi, agar: mazkur yer uchastkasida joylashgan binolar va inshootlar, yakka tartibdagi uy-joy xususiylashtirilganligi toʻgʻrisida vakolatli davlat organi tomonidan berilgan hujjat mavjud boʻlsa; 2https://lex.uz/docs/-7049383
ISSN: 3030-3931, Impact factor: 7,241 Volume 10, issue 2, Noyabr 2025 https://worldlyjournals.com/index.php/Yangiizlanuvchi worldly knowledge OAK Index bazalari : research gate, research bib. Qo’shimcha index bazalari: zenodo, open aire. google scholar. Original article 164 mazkur yer uchastkasi boshqa jismoniy va yuridik shaxslarga ajratilmagan yoki elektron onlayn-auksionga qoʻyilmagan boʻlsa; mazkur yer uchastkasidan foydalanish yuzasidan jismoniy va (yoki) yuridik shaxslar oʻrtasida nizo mavjud boʻlmasa; mazkur yer uchastkasi uchun yer soligʻi boʻyicha, unda qurilgan binolar va inshootlar uchun esa mol-mulk soligʻi boʻyicha qarzdorlik mavjud boʻlmasa. Fuqarolarning, yakka tartibdagi tadbirkorlarning va rezident boʻlgan yuridik shaxslarning qonunchilikka muvofiq mulk (egalik qilish) huquqi eʼtirof etilgan binolari va inshootlari, shu jumladan yakka tartibdagi uy-joylari egallagan yer uchastkasiga boʻlgan ijara huquqini eʼtirof etish uchun quyidagi shartlarning barchasiga rioya etilganligi asos boʻladi, agar: mazkur yer uchastkasida joylashgan binolar va inshootlarga, shu jumladan yakka tartibdagi uy-joyga boʻlgan mulk (egalik qilish) huquqi davlat roʻyxatidan oʻtkazilganligini tasdiqlovchi hujjat mavjud boʻlsa; mazkur yer uchastkasi boshqa jismoniy va yuridik shaxslarga ajratilmagan yoki elektron onlayn-auksionga qoʻyilmagan boʻlsa; mazkur yer uchastkasidan foydalanish yuzasidan jismoniy va (yoki) yuridik shaxslar oʻrtasida nizo mavjud boʻlmasa; mazkur yer uchastkasi uchun yer soligʻi boʻyicha, unda qurilgan binolar va inshootlar uchun esa mol-mulk soligʻi boʻyicha qarzdorlik mavjud boʻlmasa. Yer uchastkasi hamda unda qurilgan binolar va inshootlar, shu jumladan yakka tartibdagi uyjoylarning qonunchilik hujjatlariga hamda hududlarni shaharsozlik jihatidan rivojlantirish toʻgʻrisidagi hujjatlarga (mavjud boʻlsa) muvofiq qurilish taqiqlangan hududlarda joylashmaganligi mazkur yer uchastkasiga hamda unda qurilgan binolar va inshootlarga boʻlgan huquqlarni eʼtirof etish uchun asos boʻladi.Binolar va inshootlar, shu jumladan yakka tartibdagi uy-joylar qurish orqali oʻzboshimchalik bilan egallab olingan yer uchastkasi sugʻoriladigan yerlarda joylashgan taqdirda, huquqlarni eʼtirof etish masalasi yer fondining toifasi qonunchilik hujjatlariga muvofiq oʻzgartirilganidan keyin koʻrib chiqiladi.Yakka tartibdagi uy-joy qurilgan yer uchastkasiga boʻlgan ijara huquqi quyidagi oʻlchamlarda eʼtirof etiladi: 1) agar yer uchastkasi 1998-yil 1-iyulga qadar egallangan boʻlsa, — barcha hududlarda 0,24 gektardan koʻp boʻlmagan oʻlchamda; 2) agar yer uchastkasi 1998-yil 1-iyuldan 2018-yil 1-mayga qadar egallangan boʻlsa, — Toshkent, Nukus shaharlarida va viloyat markazlarida 0,06 gektardan, qolgan hududlarda 0,12 gektardan koʻp boʻlmagan oʻlchamda.Yer uchastkalari boshqa maʼmuriy-hududiy birlik tarkibidan Toshkent, Nukus shaharlari yoki viloyat markazlari hududi tarkibiga oʻtkazilgan hollarda, yer uchastkalariga boʻlgan ijara huquqi ular avval joylashgan maʼmuriy-hududiy birlikdagi ijara huquqini eʼtirof etish shartlariga muvofiq, ushbu moddaning uchinchi qismida nazarda tutilgan tartibda eʼtirof etiladi.
ISSN: 3030-3931, Impact factor: 7,241 Volume 10, issue 2, Noyabr 2025 https://worldlyjournals.com/index.php/Yangiizlanuvchi worldly knowledge OAK Index bazalari : research gate, research bib. Qo’shimcha index bazalari: zenodo, open aire. google scholar. Original article 165 Yakka tartibdagi uy-joy egallagan yer uchastkasining amaldagi maydoni ushbu moddaning uchinchi qismida nazarda tutilgan oʻlchamlardan oshgan hollarda, yer uchastkasining ortiqcha egallangan qismiga boʻlgan ijara huquqi, basharti boshqa shaxslarning huquqlarini va qonun bilan qoʻriqlanadigan manfaatlarini buzmasa, dehqon xoʻjaligini yoki tomorqa xoʻjaligini yuritish uchun eʼtirof etiladi. Oʻzboshimchalik bilan egallab olingan yer uchastkalarini hamda ularda qurilgan binolar va inshootlarni bosqichma-bosqich xatlovdan oʻtkazish har yilgi rejajadval (bundan buyon matnda reja-jadval deb yuritiladi) asosida amalga oshiriladi.Reja-jadval Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimlarining taklifiga koʻra Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi Kadastr agentligi (bundan buyon matnda Kadastr agentligi deb yuritiladi) tomonidan tasdiqlanadi va jamoatchilikka eʼlon qilinadi.Xalq deputatlari tuman (shahar) Kengashlarining qarori bilan reja-jadvalga asosan, vakolatli tashkilotlarning hududiy boʻlinmalari vakillaridan iborat ishchi guruhlar tashkil etiladi. Yer uchastkasiga boʻlgan ijara huquqini eʼtirof etish uchun bir martalik toʻlov miqdorlari. “Oʻzboshimchalik bilan egallab olingan yer uchastkalariga hamda ularda qurilgan binolar va inshootlarga boʻlgan huquqlarni eʼtirof etish toʻgʻrisida” qonunning 1moddasi ikkinchi qismining 1, 3, 5, 7, 8-bandlarida belgilangan asoslarga muvofiq yer uchastkasiga boʻlgan ijara huquqini eʼtirof etish uchun quyidagi miqdorlarda bir martalik toʻlov undiriladi: 31) Toshkent shahrida — bazaviy hisoblash miqdorining besh baravari miqdorida; 2) Nukus shahrida va viloyatlar markazlarida — bazaviy hisoblash miqdorining uch baravari miqdorida; 3) viloyatlar boʻysunuvidagi boshqa shaharlarda — bazaviy hisoblash miqdorining ikki baravari miqdorida; 4) boshqa aholi punktlarida — bazaviy hisoblash miqdorining bir baravari miqdorida. Bir martalik toʻlovni toʻlashdan quyidagilar ozod etiladi: 1) bir martalik umumdavlat aksiyasi doirasida bir martalik yigʻimni toʻliq toʻlagan shaxslar; 2) I va II guruh nogironligi boʻlgan shaxslar. “Ijtimoiy himoya yagona reyestri” axborot tizimiga kiritilgan shaxslardan bir martalik toʻlov ushbu moddaning birinchi qismida belgilangan toʻlovning ellik foizi miqdorida undiriladi. Agar bir martalik umumdavlat aksiyasi doirasida Koʻchmas mulkka boʻlgan huquqni eʼtirof etish ishlarini tashkil etish boʻyicha tuman (shahar) komissiyalari tomonidan shaxsning oʻzboshimchalik bilan qurilgan binolar va inshootlarga boʻlgan mulk huquqini eʼtirof etish mumkin deb topish belgilangan xulosasiga asosan dalolatnoma shakllantirilgan, biroq bir martalik yigʻim undirilmagan yoki toʻliq hajmda undirilmagan boʻlsa, u holda bir martalik 3https://lex.uz/docs/-7049383
ISSN: 3030-3931, Impact factor: 7,241 Volume 10, issue 2, Noyabr 2025 https://worldlyjournals.com/index.php/Yangiizlanuvchi worldly knowledge OAK Index bazalari : research gate, research bib. Qo’shimcha index bazalari: zenodo, open aire. google scholar. Original article 166 toʻlov ushbu moddaning birinchi qismiga muvofiq undiriladi, bunda bir martalik umumdavlat aksiyasi doirasida undirilgan bir martalik yigʻim summasi inobatga olinadi. Bir martalik umumdavlat aksiyasi doirasida toʻlangan bir martalik yigʻim va ushbu Qonun doirasida undiriladigan bir martalik toʻlov oʻrtasidagi farq qaytarilmaydi. Ushbu Qonun 1-moddasi ikkinchi qismining 2, 4, 6-bandlarida, 12-moddasining beshinchi qismida belgilangan asoslarga koʻra yer uchastkasiga boʻlgan ijara huquqini eʼtirof etish uchun bir martalik toʻlov yer uchastkasiga boʻlgan ijara huquqining oʻrtacha bozor qiymati miqdorida undiriladi. Yer uchastkasiga boʻlgan ijara huquqining oʻrtacha bozor qiymati yer uchastkalaridan foydalanish maqsadlaridan kelib chiqqan holda, Oʻzbekiston Respublikasi Davlat aktivlarini boshqarish agentligi tomonidan 0,01 gektar maydon uchun fuqarolar oʻzini oʻzi boshqarishining hududiy birliklari boʻyicha har yili yanvar va iyul oylarida belgilanadi, uning rasmiy veb-saytida eʼlon qilinadi hamda avtomatlashtirilgan axborot tizimiga taqdim etiladi. Bunda tegishli hududda oxirgi oʻn ikki oyda yer uchastkasiga boʻlgan ijara huquqini sotish boʻyicha elektron onlayn-auksionlardagi oʻrtacha narxlar, elektron onlayn-auksion oʻtkazilmagan hududlar uchun esa tegishli tuman (shahar) yoki yuqori turuvchi maʼmuriyhududiy birliklar boʻyicha oʻrtacha narxlar ijara muddatiga koʻra tuzatish kiritilgan holda asos sifatida qabul qilinadi. Yer uchastkasiga boʻlgan ijara huquqini eʼtirof etish uchun bir martalik toʻlov summasini taqsimlash: 15 foizi — Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi Kadastr agentligi budjetdan tashqari jamgʻarmasining maxsus gʻazna hisobvaragʻiga; 10 foizi — Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi budjetdan tashqari Adliya organlari va muassasalarini rivojlantirish jamgʻarmasining maxsus gʻazna hisobvaragʻiga; 10 foizi — Oʻzbekiston Respublikasi Raqamli texnologiyalar vazirligi huzuridagi Kosmik tadqiqotlar va texnologiyalar agentligining budjetdan tashqari Kosmik tarmoqni rivojlantirish jamgʻarmasiga; 0,5 foizi — “Elektron hukumat loyihalarini boshqarish markazi” davlat muassasasining Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi Gʻaznachilik xizmati qoʻmitasida ochilgan maxsus hisobvaragʻiga; qolgan qismi — koʻchmas mulk joylashgan hududda tashabbusli budjetlashtirish doirasida amalga oshiriladigan loyihalarni moliyalashtirish uchun tegishli tuman va shahar budjetlari orqali fuqarolar tashabbuslari jamgʻarmalariga. Ushbu Qonun 23-moddasining oltinchi qismiga muvofiq undiriladigan bir martalik toʻlov summasi quyidagicha taqsimlanadi: 5 foizi — Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi Kadastr agentligi budjetdan tashqari jamgʻarmasining maxsus gʻazna hisobvaragʻiga;