Full text
ISSN: 3030-3931, Impact factor: 7,241 Volume 10, issue 2, Noyabr 2025 https://worldlyjournals.com/index.php/Yangiizlanuvchi worldly knowledge OAK Index bazalari : research gate, research bib. Qo’shimcha index bazalari: zenodo, open aire. google scholar. Original article 208 EKSTRAKSIYA JARAYONI VA SHAROITLARINING YOG‘SIMON EKSTRAKT CHIQISHIGA BOG‘LIQLIGI ВЗАИМОСВЯЗЬ ПРОЦЕССА ЭКСТРАКЦИИ И УСЛОВИЙ ВЫХОДА МАСЛЯНОГО ЭКСТРАКТА THE RELATIONSHIP OF EXTRACTION PROCESS AND CONDITIONS ON THE YIELD OF OILY EXTRACT Sulaymonova Muslima G‘ayratjon qizi Qo‘qon davlat universiteti Azimov Nurmuxammad Shuxratovich Qo‘qon davlat universiteti Annotatsiya: Tabiiy moddalar substantsiyalarini ishlab chiqarishga ixtisoslashgan kimyo va farmatsevtika kompaniyalari tomonidan tabiiy birikmalar saqlovchi o‘simlik xomashyosini fiziologik faol birikmalar olish maqsadida qayta ishlash texnologiyalarini amaliyotga joriy etilgan bo‘lib, ular asosida turli maqsadlardagi dori vositalari yaratilgan. Mamlakatimizda dorivor o‘simliklar zahiralarini aniqlash, ularning kimyoviy tarkibini tadqiq etish, tabiiy birikmalar ustida farmakologik, toksikologik izlanishlar va dorivor o‘simliklarni qayta ishlash texnologiyalarni ishlab chiqish sohasida keng qamrovli ilmiy-tadqiqot ishlari amalga oshirilgan. Natijada tabiiy birikmalar asosida bir necha dori vositalari va ozuqaga biologik faol qo‘shimchalar ishlab chiqishga erishilgan. Ushbu maqolada tadqiqot obyekti sifatida O‘zbekiston hududida o‘suvchi Ph.communis o‘simligining ekstraktiv moddalari tanlangan. Ushbu o‘simlik tarkibidan ekstraktiv moddalarni ajratib olishning maqbul usulini tanlash maqsadida jarayonlar texnologik usullar yordamida optimallashtirilgan. Kalit so‘zlar: Poaceae,Ph.communis, Statik ekstraktsiya, Folch usuli, Ultratovushli ekstraksiya, Qaynoq suvli ekstraksiya, Soksletli ekstraksiya, ekstraksion benzin, xloroform, metanol Аннотация: Химико-фармацевтические компании, на производстве натуральных веществ, внедрили в практику технологии переработки растительного сырья, содержащего природные соединения, с целью получения физиологически активных соединений и на их основе созданы лекарственные препараты различного назначения. В нашей стране проведена обширная научно-исследовательская работа в области выявления резервов лекарственных растений, исследования их химического состава, фармакологических и токсикологических исследований природных соединений, разработки технологий переработки лекарственных растений. В результате удалось разработать ряд лекарственных средств и биологически активных кормовых добавок на основе природных соединений. В данной статье в качестве объекта исследования были выбраны экстрактивные вещества растения Ph. communis, произрастающего на территории Узбекистана. Для выбора оптимального способа извлечения экстрактивных веществ из состава данного завода процессы были оптимизированы технологическими методами.
ISSN: 3030-3931, Impact factor: 7,241 Volume 10, issue 2, Noyabr 2025 https://worldlyjournals.com/index.php/Yangiizlanuvchi worldly knowledge OAK Index bazalari : research gate, research bib. Qo’shimcha index bazalari: zenodo, open aire. google scholar. Original article 209 Ключевые слова: Poaceae, Ph.communis, статическая экстракция, метод Фолча, ультразвуковая экстракция, экстракция кипящей водой, экстракция в Сокслете, экстракционный бензин, хлороформ, метанол Annotation: Chemical and pharmaceutical companies specializing in the production of natural substances have put into practice the processing technologies of plant raw materials containing natural compounds in order to obtain physiologically active compounds, and based on them, medicines for various purposes have been created. In our country, extensive scientific and research work has been carried out in the field of identification of reserves of medicinal plants, research of their chemical composition, pharmacological and toxicological research on natural compounds, and development of technologies for the processing of medicinal plants. As a result, it was possible to develop several medicines and biologically active feed additives based on natural compounds. In this article, the extractive substances of the Ph. communis plant growing in the territory of Uzbekistan were selected as the object of research. In order to choose the optimal method of extraction of extractive substances from the composition of this plant, the processes were optimized using technological methods Key words: Poaceae, Ph.communis, Static extraction, Folch method, Ultrasonic extraction, Boiling water extraction, Soxhlet extraction, extraction gasoline, chloroform, methanol KIRISH. Hujayraviy tuzilishiga ega bo‘lgan xomashyoni ekstraktsiya qilishga ta’sir ko‘rsatishi mumkin bo‘lgan klassik omillar - vaqt, harorat, kontsentratsiya kabilardan tashqari, ultratovushli ekstraktsiyani qo‘llash orqali yuqori unumdorlikka erishish mumkin. Hisoblashlar orqali eksperimental tajribalar sonini qisqartirishga erishiladi, shuningdek statistik tahlillarni amalga oshirish va nazariy modellashtirish natijasida tajribalarning aniqlik darajasiga erishish tadqiqot ishida muhim hisoblanadi. Ph. Communis o‘simlik xomashyosidan lipidli konsentratni maksimal unumlar bilan ajratib olish usullari va imkoniyatlarini o‘rganish tadqiqot ishining asosiy maqsadi hisoblanadi. Ushbu maqsadni amalga oshirishda quyidagi vazifalar belgilab olingan. Ph. communis o‘simlik xomashyosini ekstraktsiya qilish usullarini o‘rganish; eng maqbul bo’lgan usulni aniqlash. ADABIYOTLAR TAHLILI VA METODLAR. Ba’zi adabiyotlarda Ph. australis nomi bilan ham yuritiladi. Bu o‘simlik turi bir urug‘pallalilar sinfi G‘allaguldoshlar oilasi – Poaceae tarkibiga kiradi. Bu oila esa, o‘z navbatida 700 avlod va 10000 ga yaqin turni o‘z ichiga oladi [1, p.259]. Bu turkum vakillari butun dunyo bo‘ylab keng tarqalgan. O‘rta Osiyo hududida ham o‘sishga yaxshi moslashgan bo‘lib, O‘zbekistonda qo‘llar, daryolar va boshqa suv havzalari bo‘ylarida, Respublikaning deyarli barcha viloyatlari hududlarida uchraydi [2, с.51]. Qamishning yosh va bo‘g‘in chiqarmagan novdalarida qand moddalar va oqsillar miqdori ko‘p bo‘lib, ozuqa mahsuloti sifatida xomligicha ham, marinad holatida ham, qaynatma qilib ham iste’mol qilinadi . Ildizlarida 50% gacha kraxmal, 5% oqsil, 32% kletchatka saqlanadi [3, с.53]. O‘simlik poyasidan tayyorlangan damlama vitamin yetishmasligida, organizmning umumiy holsizlanishida samara beradi. So‘nggi yillarda olimlarning o‘tkazgan tadqiqotlari natijalariga
ISSN: 3030-3931, Impact factor: 7,241 Volume 10, issue 2, Noyabr 2025 https://worldlyjournals.com/index.php/Yangiizlanuvchi worldly knowledge OAK Index bazalari : research gate, research bib. Qo’shimcha index bazalari: zenodo, open aire. google scholar. Original article 210 ko‘ra, Ph. communis o‘simligi ma’lum darajada pnevmoniya, gastrit, diabetga qarshi faolliklarni namoyon qilishi ko‘rsatib berildi [4, p.259]. Statik ekstraktsiya. O‘lchamlari 1-3 mm qilib maydalangan va elakdan o‘tkazilgan 200 g miqdoridagi o‘simlik xomashyosini ekstraktorga joylandi va 500 ml 80% li etil spirti quyildi va bir kechaga qoldirildi. 1-quymadan 200 ml ekstrakt olindi, so‘ngra ekstraktorga 200 ml 80% li etil spirti quyildi va 8 soatga qoldirildi. Jarayon yana 2 marta takrorlandi. Jami 800 ml spirtli ekstrakt quyib olindi. Spirti ekstraktlar birlashtirilib, spirti to‘lib bug‘lanib ketguncha rotorli bug‘latgichda haydaldi. Natijada 100 ml suvli ekstrakt olindi. Suvli ekstrakt avval xona haroratida, so‘ngra sovutkichda 4ºC da 1 kechaga qoldirildi. Ekstrakt yuzasiga qalqib chiqqan lipidli kontsentrat tutgan qism dekantatsiya qilib ajratib olindi. Folch usuli. O‘simlikning maydalangan namunalari 100 gramm miqdorida xloroform-metanol erituvchilari aralashmasining hajm bo‘yicha 2:1 nisbatlarida 3 marta Folch usuli bo‘yicha ekstraktsiya qilindi. Elyuatlar birlashtirilib, lipid bo‘lmagan birikmalardan tozalash maqsadida CaCl2ning 0,05%-li suvli eritmasi bilan yuvildi. Ekstrakt tarkibidagi organik erituvchilar rotorli bug‘latgich yordamida chiqarib yuborildi va avval xona haroratida, so‘ngra sovutkichda 4ºC da 1 kechaga qoldirildi. Ultratovushli ekstraksiya. O‘lchamlari 1-3 mm qilib maydalangan va elakdan o‘tkazilgan 200 g miqdoridagi o‘simlik xomashyosini ekstraktorga joylandi va 500 ml 80% li etil spirti quyildi va 30 daqiqa davomida ultratovush yordamida ishlov berildi. Jami 400 ml spirtli ekstrakt quyib olindi. Spirti ekstraktlar birlashtirilib, spirti to‘lib bug‘lanib ketguncha rotorli bug‘latgichda haydaldi. Natijada 50 ml suvli ekstrakt olindi. Qaynoq suvli ekstraksiya. O‘lchamlari 1-3 mm qilib maydalangan va elakdan o‘tkazilgan 200 g miqdoridagi o‘simlik xomashyosini ekstraktorga joylandi va 500 ml suv quyildi va 60 daqiqa davomida qaytarma sovutkich bilan jihozlangan kolbada qaynatildi. Belgilangan vaqtdan so‘ng 1-quyilma olindi so‘ngra ekstraktorga 200 ml qaynoq suv quyildi va 60 daqiqa davomida qaynatildi. 2-quyilma ham olinib, 1-quyilma bilan birlashtirildi. Jami 400 ml suvli ekstrakt quyib olindi. Suvli ekstraktlar birlashtirilib, rotorli bug‘latgichda haydaldi. Natijada 50 ml suvli ekstrakt olindi. Soksletli ekstraksiya. O‘lchamlari 1-3 mm qilib maydalangan va elakdan o‘tkazilgan 100 g miqdoridagi o‘simlik xomashyosini ekstraktorga joylandi va 400 ml ekstraksion benzin va 8 soat Sokslet appatarida ekstraksiya qilindi. Suvli-spirtli ekstrakt rotorli bug‘latgichda moysimon qoldiq qolguncha haydaldi. [5, 1913, p]. NATIJALAR VA MUHOKAMA. Statik ekstraktsiya - lipidli fraksiya unumi 5,1 ml. Folch usuli - lipidli fraksiya unumi 3,8 ml. Ultratovushli ekstraksiya - lipidli fraksiya unumi 8,2 ml. Qaynoq suvli ekstraksiya - lipidli fraksiya unumi 4,3 ml. Soksletli ekstraksiya - lipidli fraksiya unumi 3,6 ml Olingan natijalar asosida 1-jadval tuzildi 1-jadval
ISSN: 3030-3931, Impact factor: 7,241 Volume 10, issue 2, Noyabr 2025 https://worldlyjournals.com/index.php/Yangiizlanuvchi worldly knowledge OAK Index bazalari : research gate, research bib. Qo’shimcha index bazalari: zenodo, open aire. google scholar. Original article 211 Ph.communis o‘simligi gullaridan lipidlarni ajratib olish usullari, vaqt va erituvchilar sarfi № Usul Erituvchi turi Sarflangan erituvchi miqdori Sarflangan umumiy vaqt Lipidli fraksiya unumi 1 Statik usul 80% li spirt 1100 ml 40 soat 2,55% 2 Folch usuli Xloroform-metanol 250 ml 18 soat 3,80% 3 Ultratovushli 80% li spirt 500 ml 9 soat 4,10% 4 Qaynoq suvli Suv 700 ml 11 soat 2,15% 5 Sokslet usuli Ekstraksion benzin 500 ml 11 soat 1,80% Yuqoridagi 1-jadvaldan ko‘rinib turibdiki, lipidli fraksiyalarni olishda eng yuqori unum 3qatordan o‘rin olgan bo‘lib, unda xomashyoni 80%-li etil spirtida ekstraksiya qilinadi va ultratovush yordamida ishlov beriladi. Jadvalning 3-qatoridan yana namoyon bo‘ladiki, ushbu usul uchun sarflangan vaqt ham boshqa usullarga nisbatan kamroq sarf bo‘ladi. Biofaol mahsulotlarni ishlab chiqarish samaradorligi uchun vaqt ham yuqori ahamiyatga ega bo‘lgan omil hisoblanadi. Keyingi o‘rinda lipidli fraksiya unumi bo‘yicha Folch usuli namoyon bo‘ladi. Biroq, ushbu usul lipidlarni ishlab chiqarish uchun yaroqli emas. Chunki Folch usulida qo‘llanilayotgan xloroform va metanol erituvchilari zaharli va toksik moddalar hisoblanadi. Sokslet usuli bu holatda eng natijasi past bo‘lib chiqdi. Qaynoq suvli ekstraksiya usuli ham nisbatan past unumlarda lipidli fraksiyani beradi. Statik usulda esa juda ko‘p vaqt sarf bo‘lishini kuzatishimiz mumkin. Berilgan jadvalni grafik shaklda ifodalash uchun quyidagi diagramma tuzildi. 1-rasm
ISSN: 3030-3931, Impact factor: 7,241 Volume 10, issue 2, Noyabr 2025 https://worldlyjournals.com/index.php/Yangiizlanuvchi worldly knowledge OAK Index bazalari : research gate, research bib. Qo’shimcha index bazalari: zenodo, open aire. google scholar. Original article 212 1-rasm. Ph.communis o‘simligi gullaridan lipidlarni ajratib olish usullari, vaqt va erituvchilar sarfi diagrammasi Diagrammadagi ma’lumotlardan kelib chiqqan holda, shuni aytish mumkinki, Ph.communis o‘simligi gullaridan lipidlarni ajratib olish uchun eng maqbul usul sifatida ultratovushli usuldan foydalanish tavsiya etiladi. Statik va qaynoq suvli ekstraksiya usullarini muqobil variant sifatida tavsiya etish mumkin. XULOSA. Ph.communis o‘simligi gullaridan lipidlarni ajratib olish uchun ultratovushli usul eng maqbuli hisoblanadi. Keyingi o‘rinda lipidli fraksiya unumi bo‘yicha Folch usuli namoyon bo‘ladi. Biroq, ushbu usul lipidlarni ishlab chiqarish uchun yaroqli emas. Chunki Folch usulida qo‘llanilayotgan xloroform va metanol erituvchilari zaharli va toksik moddalar hisoblanadi. Sokslet usuli bu holatda eng natijasi past bo‘lib chiqdi. Qaynoq suvli ekstraksiya usuli ham nisbatan past unumlarda lipidli fraksiyani beradi. Statik usulda esa juda ko‘p vaqt sarf bo‘lishini kuzatishimiz mumkin. Demak, Ph.communis o‘simligi gullaridan lipidlarni ajratib olish uchun eng maqbul usul sifatida ultratovushli usuldan foydalanish tavsiya etiladi. Statik va qaynoq suvli ekstraksiya usullarini muqobil variant sifatida tavsiya etish mumkin. ADABIYOTLAR RO‘YXATI 1. R.J.Soreng, P.M.Peterson, K.Romaschenko, G.Davidse, J.K.Teisher, L.G.Clark, P.Barberá, L.J.Gillespie, F.O.Zuloaga. "A worldwide phylogenetic classification of the Poaceae (Gramineae) II: An update and a comparison of two 2015 classifications". // Journal of Systematics and Evolution. 2017. 55 (4): 259–290. 2. K.Sh.Tojibaev, N.Beshko, К.Ш. Эсанова H.Esanov. Кадастр флоры Узбекистана: Бухарская область. 2021. С.51.
ISSN: 3030-3931, Impact factor: 7,241 Volume 10, issue 2, Noyabr 2025 https://worldlyjournals.com/index.php/Yangiizlanuvchi worldly knowledge OAK Index bazalari : research gate, research bib. Qo’shimcha index bazalari: zenodo, open aire. google scholar. Original article 213 3. Губанов И. А. и др. Дикорастущие полезные растения СССР / отв. ред. Т. А. Работнов. –М.: Мысль, 1976. –С. 53–54. –360 с. – (Справочники-определители географа и путешественника). 4. Gong, G.C.Chen, S.M.Wang, C.L.Zhang. Up-regulation of glutathione metabolism and changes in redox status involved in adaptation of reed (Phragmites communis) ecotypes to drought-prone and saline habitats. J. Plant. Physiol. 2003. 160(3):293–301. 5. Jensen, William B. (December 2007). “The Origin of the Soxhlet Extractor”. Journal of Chemical Education. 84 (12): 1913–1914.