scieee AI-readable full text Open interactive document viewer

TIJORAT BANKLARNING KICHIK BIZNES FAOLIYATINI MOLIYALASHTIRISHDAGI О'RNI

Tuxtabayev Jamshid Sharafetdinovich,Uzaqov Nurillo Xabibullayevich

Abstract

Mazkur maqolada bank tizimining tarixiy rivojlanish bosqichlari, uning tovar ishlab chiqarish jarayonlari bilan o‘zaro bog‘liqligi va milliy iqtisodiyotdagi roli tahlil qilingan. Tadqiqotda tijorat banklari faoliyatida kredit siyosatining shakllanishi, raqobatbardoshlik omillari, kredit risklarini boshqarish mexanizmlari hamda kredit munosabatlarining iqtisodiy mohiyati yoritilgan. Shuningdek, kreditlash jarayonida risklarni kamaytirish, garov siyosatini takomillashtirish, foiz stavkalarining iqtisodiy ta’siri va kredit qaytmasligining oldini olish masalalari iqtisodchi olimlar fikrlari asosida tahlil etilgan. Tadqiqot natijalariga ko‘ra, tijorat banklarining kredit siyosatini yanada takomillashtirish, risklarni boshqarishda zamonaviy yondashuvlardan foydalanish va kredit munosabatlarida ishonch tamoyilini mustahkamlash bozor iqtisodiyoti sharoitida moliyaviy barqarorlikni ta’minlashning muhim omili sifatida e’tirof etilgan.

Full text

ISSN: 3030-3931, Impact factor: 7,241 Volume 10, issue 2, Noyabr 2025 https://worldlyjournals.com/index.php/Yangiizlanuvchi worldly knowledge OAK Index bazalari : research gate, research bib. Qo’shimcha index bazalari: zenodo, open aire. google scholar. Original article 231 TIJORAT BANKLARNING KICHIK BIZNES FAOLIYATINI MOLIYALASHTIRISHDAGI О‘RNI Uzaqov Nurillo Xabibullayevich O‘zbekiston Respublikasi Bank-moliya akademiyasi magistranti Tuxtabayev Jamshid Sharafetdinovich O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Biznes va tadbirkorlik oliy maktabi professori Annotatsiya: Mazkur maqolada bank tizimining tarixiy rivojlanish bosqichlari, uning tovar ishlab chiqarish jarayonlari bilan o‘zaro bog‘liqligi va milliy iqtisodiyotdagi roli tahlil qilingan. Tadqiqotda tijorat banklari faoliyatida kredit siyosatining shakllanishi, raqobatbardoshlik omillari, kredit risklarini boshqarish mexanizmlari hamda kredit munosabatlarining iqtisodiy mohiyati yoritilgan. Shuningdek, kreditlash jarayonida risklarni kamaytirish, garov siyosatini takomillashtirish, foiz stavkalarining iqtisodiy ta’siri va kredit qaytmasligining oldini olish masalalari iqtisodchi olimlar fikrlari asosida tahlil etilgan. Tadqiqot natijalariga ko‘ra, tijorat banklarining kredit siyosatini yanada takomillashtirish, risklarni boshqarishda zamonaviy yondashuvlardan foydalanish va kredit munosabatlarida ishonch tamoyilini mustahkamlash bozor iqtisodiyoti sharoitida moliyaviy barqarorlikni ta’minlashning muhim omili sifatida e’tirof etilgan. Kalit so‘zlar: tijorat banklari, kichik biznes, moliyaviy resurslar, kreditlar, investitsiyalar, innovatsiyalar, iqtisodiy o‘sish, yangi ish o‘rinlari, hududiy rivojlanish, moliyaviy xizmatlar, hamkorlik, barqaror rivojlanish, strategik rejalashtirish. THE ROLE OF COMMERCIAL BANKS IN THE FINANCING OF SMALL BUSINESS ACTIVITIES Uzaqov Nurillo Xabibullayevich Master's student of the Academy of Banking and Finance of the Republic of Uzbekistan Tukhtabaev Jamshid Sharafetdinovich Professor of the Graduate School of Business and Entrepreneurship under the Cabinet of Ministers of the Republic of Uzbekistan Abstract. This article analyzes the stages of historical development of the banking system, its relationship with commodity production processes and its role in the national economy. The study covers the formation of credit policy in the activities of commercial banks, competitiveness factors, credit risk management mechanisms, and the economic essence of credit relations. Also, the issues of reducing risks in the lending process, improving collateral policy, the economic impact of interest rates, and preventing loan defaults are analyzed based on the opinions of economists. According to the results of the study, further improving the credit policy of commercial banks, using modern approaches to risk management, and ISSN: 3030-3931, Impact factor: 7,241 Volume 10, issue 2, Noyabr 2025 https://worldlyjournals.com/index.php/Yangiizlanuvchi worldly knowledge OAK Index bazalari : research gate, research bib. Qo’shimcha index bazalari: zenodo, open aire. google scholar. Original article 232 strengthening the principle of trust in credit relations are recognized as important factors in ensuring financial stability in a market economy. Keywords: commercial banks, small businesses, financial resources, loans, investments, innovations, economic growth, new jobs, regional development, financial services, cooperation, sustainable development, strategic planning. Tarixan bank faoliyatining rivojlanishi tovar ishlab chiqarishni rivojlanishi bilan bevosita bog‘liq holda rivojlanib, milliy iqtisodiyotda pul harakati bilan bog‘liq bo‘lgan xo‘jalik subektlarini kredit mablag‘lari bilan ta’minlab, yaratilgan kapitalni qayta taqsimlash jarayonida vositachi sifatida qatnashib, jamiyat miqyosida umumiy samaradorlikni oshirishga xizmat qilib keldi. Mamlakatimizda ixtisoslashgan aksionerlik va xususiy banklarning rivojlanishi xo‘jalik subektlariga banklarni erkin tanlash huquqini imkonini berdi. Bugun, mijozlar banklardan emas, balki banklar mijozlar faoliyatiga bog‘liq va banklar o‘rtasida raqobat vujudga keldi. Banklarning raqobatga bardosh berishi, ularning daromadliligiga, mijozlarga ko‘rsatilayotgan malakali xizmat madaniyatiga, har bir bank tomonidan qabul qilingan «kredit siyosati»ga bog‘liqdir. Banklar jalb qilingan mablag‘lardan kredit berish sifatida foydalanar ekan, bu mablag‘lardan nafaqat daromad olish, balki mablag‘larni «kredit oluvchi»dan to‘laligicha undirib olishdek muammoni hal etishlari zarur. Bozor iqtisodiyoti sharoitida talab va taklifning o‘zgarib turishi, shuningdek bozor ishtirokchilari o‘rtasidagi raqobat natijasida kredit rasmiylashtirish jarayonida ishonchli, moliyaviy axvoli ustivor bo‘lgan har qanday subektni ham kredit mablag‘idan foydalanish davrida nochor holatga tushirib qo‘yishi mumkin. Natijada bank oldida kredit mablag‘lari uchun nafaqat daromad olish, balki qarzdordan kreditni undirib olish muammosi turadi. Takror ishlab - chiqarish va jamg‘arish jarayonida vujudga kelgan vaqtincha bo‘sh turgan mablag‘larni bank tizimi orqali kredit sifatida qayta taqsimlanib birlamchi egasiga qaytarilishigacha bo‘lgan murakkab jarayonni to‘liq va to‘g‘ri tasavvur etish uchun dastlab kredit berish mexanizmini tushunib yetmoq kerak. YA’ni, kredit berish mexanizmining mazmun-mohiyati va ishlash jarayoni nimalardan iborat ekanligini tahlil etishimiz va amaldagi qonun hamda meyoriy hujjat talab va qoidalari asosida banklarda tashkil etilgan kredit berish mexanizmining uzviyligiga ta’sir etuvchi omillarni aniqlash va ularni bartaraf etish chora – tadbirlarini ko‘rsatib berish zarur. Tijorat banklari tomonidan berilayotgan kreditlarning yalpi ichki mahsulotga nisbatan darajasining oshib borishi milliy iqtisodiyotni rivojlantirishda muhim o‘rin tutadi (Chibrikov G.G. Bankovskiy biznes: ot triumfa k somneniyam//Bankovskoye delo. – Moskva, 2012. - № 4. – S. 6 – 9.). Shu bilan birga, kreditlar hajmining oshib borishi kredit riski darajasining ham oshishiga olib keladi. Bu esa, o‘z navbatida, kredit riskini boshqarish tizimini takomillashtirish zaruriyatini yuzaga keltiradi. Iqtisodchi olimlar tomonidan amalga oshirilgan tadqiqotlarning natijalari ko‘rsatadiki, tijorat banklari kredit riskini kamaytirish maqsadida yuqori likvidli garov ob’ektlaridan foydalanish, sug‘urtalash, limitlar belgilash, kredit riskini baholash bo‘yicha standartlashgan yondashuvdan ISSN: 3030-3931, Impact factor: 7,241 Volume 10, issue 2, Noyabr 2025 https://worldlyjournals.com/index.php/Yangiizlanuvchi worldly knowledge OAK Index bazalari : research gate, research bib. Qo’shimcha index bazalari: zenodo, open aire. google scholar. Original article 233 foydalanish kabi usullardan keng foydalanishmoqda (Osipenko T.V. Nekotoriye voprosi povisheniya kachestva upravleniya riskami bankovskoy deyatelnosti//Dengi i kredit. – Moskva, 2003. № 5. – S. 42 – 45.). Taniqli iqtisodchi olim O.A. Lavrushinning tadqiqotlari ko‘rsatadiki, kredit umumiy xarajatlarni iqtisod qilish imkonini beradi va shu jihatdan olganda iqtisodiyotni rivojlantirishda muhim ahamiyat kasb etadi (Lavrushin O.I. Rol kredita v ekonomicheskom razvitii//Bankovskoye delo. – Moskva, 2011. - №2. - S. 36-37.). Shu o‘rinda ta’kidlash joizki, YE.Litvinovning kreditlarning bahosi xususidagi fikri ahamiyatlidir. Uning fikriga ko‘ra, tabaqalashtirilgan foiz stavkalarini qo‘llash tijorat banklari iste’mol kreditlarining jozibadorligini oshirishga xizmat qiladi (Litvinov YE.O. Tendensii razvitiya protsentnix stavok po roznichnim kreditam v Rossii//Dengi i kredit. – Moskva, 2014. - № 2. – S. 40 – 43.). Shuningdek, ushbu masalada fikr yuritgan N.Valenseva haqli ravishda e’tirof etadiki, kreditning foiz stavkasini marjani qisqartirish hisobiga pasaytirish bankning moliyaviy barqarorligiga nisbatan salbiy ta’sirni yuzaga keltirishi mumkin (Valenseva N.I. Senoobrazovaniye na rinke bankovskix uslug//Bankovskoye delo. – Moskva, 2013. - № 11. – S. 37-44.). Tovar ishlab – chiqarishga moslashgan har qanday iqtisodiyotda subektlar faoliyatida mablag‘lar aylanishida uzilishlar yuzaga kelishi mumkin, chunki mahsulot ishlab-chiqarish vaqti bilan mablag‘ aylanish davri har doim ham mutanosib bo‘lavermaydi. Mahsulot ishlab – chiqarishga sarf etilgan vaqt va mablag‘ aylanishiga ketgan vaqt oralig‘ida yuzaga kelgan nomutanosiblikni bartaraf etish uchun qo‘shimcha mablag‘ manbaalariga ehtiyoj seziladi. Aynan shu ehtiyojni qondirish va faoliyatni bir maromda davom ettirish kredit munosabatlari bilan tartibga solinadi. Mehnat vositalari ishlab chiqarish jarayonida uzoq vaqt foydalaniladi va uning qiymati sekinasta mahsulot qiymatiga o‘tib boradi. Mehnat vositalari qiymatining mahsulot qiymati tarkibiga kirib borishi, pul ko‘rinishida asosiy sarmoyaning tiklanib borishini keltirib chiqaradi. Bundan tashqari, aylanma sarmoyalar harakatida nomutanosiblik turlicha ko‘rinishda yuzaga keladi. Nomutanosiblik asosan ishlab chiqarish vaqtining mahsulot aylanish vaqtiga va ishlab - chiqarishning mavsumiyligi oqibatida shuningdek mahsulotni iste’molchi - haridorga jo‘natish jarayonida yuzaga keladi. Natijada ishlab chiqaruvchi o‘z faoliyati uzluksizligini ta’minlash uchun qo‘shimcha mablag‘ga ehtiyoj sezadi. Mablag‘lar aylanishi jarayonlarida yuzaga kelgan nomutanosiblik kreditga bo‘lgan ehtiyojning zaruriyligini asoslab bermaydi. Chunki, bu jarayonda ishtirokchilar «zvenosi»ning bir qismida mablag‘ning yig‘ilib borishini, ikkinchi qismida esa mablag‘ning yetishmaslik holatining yuzaga kelishini bildirishi va kredit munosabatlarining yuzaga kelishiga sharoit tug‘ilganini bildiradi. A.Golovanovning xulosasiga ko‘ra, kreditlar bo‘yicha muddati o‘tgan qarzdorlikni yuzaga kelishiga yo‘l qo‘ymaslik maqsadida kredit bo‘yicha to‘lov og‘irligini markazlashgan tarzda cheklashga asoslangan modeldan foydalanish maqsadga muvofiqdir (Golovanov A.A. O bankovskom kreditovanii nefinansovix organizatsiy//Dengi i kredit. – Moskva, 2014. - № 4. – S. 42 – 46.). Fikrimizcha, A.Golovanov bu yerda haq emas. Chunki, mazkur model universal model emas. ISSN: 3030-3931, Impact factor: 7,241 Volume 10, issue 2, Noyabr 2025 https://worldlyjournals.com/index.php/Yangiizlanuvchi worldly knowledge OAK Index bazalari : research gate, research bib. Qo’shimcha index bazalari: zenodo, open aire. google scholar. Original article 234 Shu sababli, uni barcha turdagi mijozlarga nisbatan qo‘llab bo‘lmaydi. Bir qator iqtisodchi olimlar tomonidan kreditni xo‘jalik yurituvchi subektlar faoliyatini, shu jumladan, xizmat ko‘rsatish sohasi subektlari faoliyatini rivojlantirishdagi rolini oshirishning zaruriy shartlari sifatida tijorat banklari kreditlarining resurs ta’minotini yaxshilash, Bazel-II standartining kredit riskini baholash bo‘yicha talablarini amaliyotga joriy etish, loyihalarni toifalarga ajratgan holda uzoq muddatli kreditlashni amalga oshirish e’tirof etilgan (Yudina I.N. Bankovskaya sistema v razvivayushixsya ekonomikax: opit stanovleniya, razvitiY. MonografiY.- M.: INFRA-M, 2013. – 351 s.). Bir guruh iqtisodchi olimlar tijorat banklari kreditlarini o‘z vaqtida qaytmasligida korxonalar o‘rtasidagi debitor qarzdorlikning katta ekanligi omilini muhim rol o‘ynashini e’tirof etishadi va uni qisqartirish maqsadida faktoring operatsiyalarini rivojlantirishning zarurligini e’tirof etishadi (Soldatova F.O. Faktoring i sekyuritizatsiya finansovix aktivov. - M.: Izdatelskiy dom Visshey shkoli ekonomiki, 2013. – 604 s.). Kredit munosabati - bu eng avvalo ishonchdir. «Kredit» so‘zi lotincha credit, ya’ni «ishonch» ma’nosini beruvchi so‘z o‘zagidan olingan. Lekin bu nuqtai nazarga boshqacha qarashlar ham mavjud. Masalan: nemis iqtisodchi olimi professor V.Leksisning fikricha, kredit munosabatining yuzaga kelishi uchun qarz beruvchining ishonchi muhim ahamiyatga ega emas, kunlik tajriba shuni ko‘rsatmoqdaki, qarz beruvchilar qarz oluvchilarning to‘lov qobiliyatiga ishonchdan ko‘ra, ishonchsizlik ruhiyatida bo‘ladilar va shuning uchun ham ular o‘z manfaatlarining to‘liq himoyasini ta’minlash uchun kafolat talab etadilar (Leksis V. Kredit i banki. Per. s nem. - M.: Perspektiva, 1994.- 295 s.). Nazariyotchi va amaliyotchi tomonidan berilgan bu qarama-qarshi fikrlarda har biri qaysidir bir jihatda xaq bo‘lib chiqadilar. Amaliyotchi bankir uchun o‘zi ishonmagan shaxsga kredit berishi noodatiy ko‘rinishi mumkin. Chunki har qanday kreditor ham ssudaning qaytishiga ishongan taqdirdagina kredit munosabatini o‘rnatadi. Lekin V.Leksis ham o‘z fikrida bir jihatdan xaq, chunki u alohida bir kredit munosabati haqida emas, balki kredit munosabatlarining yig‘indisi haqida fikr bildirib, u fikrida «ishonch» kredit mohiyatida ma’lum bir xususiyatga ega ekanligini inkor etmay, balki «ishonch»ning kredit munosabatlarida hal qiluvchi jihatga ega emas, deb hisoblaydi. Qaysi bir fikr asosga ega? - degan savol tug‘ilishi tabiiy. Eng avvalo «ishonch»kredit munosabatining ajralmas qismi sifatida yuzaga keladi (Menkyu G. Prinsipi makroekonomiki. Per. s angl. –SPb, 2009. - S.3738.). Qanday holat yoki vaziyatda bo‘lmasin kreditor qarz oluvchiga nisbatan «ishonch» bildirgan taqdirdagina kredit munosabati yuzaga keladi. To‘lovning davriyligi holatiga xos xususiyatlari xo‘jalik amaliyotida ham uchrab turadi. Masalan, mahsulot uchun oldindan to‘lov ijro etishni talab etish holati. Bu holat xizmat ko‘rsatish sohalarida ham uchraydi. Masalan, tikuvchi, mebel tayyorlovchi buyurtma uchun qisman bo‘lsa-da, to‘lov ijro etilishini buyurtmachidan talab etadi. Agar buyurtmachining aybi bilan buyurtmadan voz kechilgan taqdirda oldindan bergan puli buyurtmachiga qaytarilmaydi. Lekin kredit munosabatlarida qaytarilish majburiy shartlardan hisoblanadi. Kredit munosabatlariga yollanma munosabatlarni ham kiritadilar, chunki ishga kirgan shaxs o‘z mehnat sarfi uchun ma’lum bir vaqt o‘tgandan so‘ng mehnat sarfining ISSN: 3030-3931, Impact factor: 7,241 Volume 10, issue 2, Noyabr 2025 https://worldlyjournals.com/index.php/Yangiizlanuvchi worldly knowledge OAK Index bazalari : research gate, research bib. Qo’shimcha index bazalari: zenodo, open aire. google scholar. Original article 235 natijasini oladi. Ish beruvchi tomonidan kelgusida bajariladigan mehnat sarfi uchun oldindan ijro etilgan to‘lov teskari jarayonni keltirib chiqaradi, ya’ni ijro etilgan to‘lov uchun shaxs ma’lum bir muddat mehnat sarfini qilishga majbur bo‘ladi. Bu ikki holda ham munosabatlarda ekvivalent to‘lovi davriylikka, ya’ni ma’lum bir muddatga asoslanadi. Kredit munosabatlarida kreditor qimmatliklarni pul yoki buyum ko‘rinishida taqdim etadi va qaytarilishini ham asl holiga qaytarilishini talab etadi. Ishchi va ish beruvchi misolida oldindan xaq olgan ishchi ish beruvchiga pulni emas, balki mehnat sarfini beradi. Yollanish jarayonida ishchi kreditor sifatida ishchi kuchi bilan birgalikda qarzdor ish beruvchi ixtiyoriga o‘tadi. Kredit munosabatlarida esa kreditor ma’lum bir qiymatni qarz oluvchiga beradi va o‘zi qarzdor ixtiyoriga o‘tmaydi. Qarzdor xo‘jaligida kreditor emas, balki ssuda sarmoyasi ishlaydi. Ba’zan sug‘urta munosabatlarini ham kredit munosabatlari tarkibiga kiritadilar. Sug‘urta xodisasi yuzaga kelishi bilan sug‘urta kompaniyasi ma’lum bir summani sug‘urtachiga to‘laydi. To‘laganda ham sug‘urta badaliga nisbatan ancha ko‘proq summa to‘laydi. Bu holatda kredit munosabatini bildiruvchi holat yuzaga keladi, ya’ni pul mablag‘ining qaytarilish holati. Ammo kredit munosabatlarida qaytarilishi majburiy bo‘lgan shart sug‘urta misolida majburiy emas. Chunki mablag‘ qaytaralishi sug‘urta xodisasi yuzaga kelgan taqdirdagina yuzaga keladi. Sug‘urta kompaniyasi va sug‘urtalanuvchi o‘rtasida qarz shartnomasi emas, balki maxsus sug‘urta shartnomasi tuziladi. Shuningdek, sug‘urta badalining to‘lanishida mulkiy qiymat sug‘urtalovchiga o‘tadi, kredit munosabatida esa mulkiy qiymatdan vaqtincha foydalanish huquqi uning egasi tomonidan foydalanuvchiga beriladi va mulkiy qiymatni uning egasiga qaytarilishi majburiy bo‘lib qoladi. «Moliyalashtirish» ham kredit munosabatlariga o‘xshashdek tuyuladi. Chunki byudjetdan ajratilgan mablag‘ aylanma harakat asosida qandaydir ma’noda qaytish jarayoni bilan bog‘liq (mablag‘ qisman, to‘la yoki ortig‘i bilan qaytarilishi mumkin) aylanma harakatlanadi. Lekin bu harakatda kredit munosabatlaridek qarzdor xo‘jaligida mablag‘ning aylanishi va o‘sha qarzdor yoki bog‘liq shaxslar tomonidan qaytarilish shartligi belgilangan emas va ularning munosabatlaridagi mablag‘ mohiyati ham o‘zgachadir. Moliya kreditdan farqli o‘laroq qayta taqsimlash jarayonini emas, balki taqsimlash jarayonini aks ettiradi. Foydalanilgan adabiyotlar ruyxati: 1. Brealey R.A., Mers S.S. Prinsiples of sorporate finanse. MsGraw-Hill, 2003. 2. Kumri Nomozova. Organizational and esonomis modeling of the system of interregional industrial sooperation as a sontrol objest. Proseedings of the 7th International Sonferense on Future Networks and Distributed Systems. 2023. – p. 333-343. 3. Kumri Isoyevna Nomozova. Problems of sesurity of esonomis and esologisal systems in the sountries of the sentral Asian Region. International Sonferense on Next Generation Wired/Wireless Networking. 2023. – p. 177-195. 4. Kumri Nomozova. Evolyusiya teorii predprinimatelskogo riska v rabotax vidayushixsya ushenix proshlogo. Peredovaya ekonomika i pedagogisheskie texnologii. 2025. – s. 581-587. 5. Nomozova Qumri Isoevna. Tadbirkorlik faoliyati bilan bog‘liq risklarni sug‘urta vositasida boshqarish usullari. Straxovoy rinok Uzbekistana. 2024. - 4-7 b. 6. Kumri Nomozova. Mikrostraxovanie kak innovatsionniy mexanizm upravleniya ISSN: 3030-3931, Impact factor: 7,241 Volume 10, issue 2, Noyabr 2025 https://worldlyjournals.com/index.php/Yangiizlanuvchi worldly knowledge OAK Index bazalari : research gate, research bib. Qo’shimcha index bazalari: zenodo, open aire. google scholar. Original article 236 riskami malogo biznesa. Ekonomisheskoe razvitie i analiz, 2024. - s. 338-345. 7. Qumri Nomozova. Biznes risklarini sug‘urtalash: zamonaviy sharoitlarda asosiy turlari va ularning xususiyatlari. Moliya va bank ishi. 2024. – 44-48 b. 8. Qumri Nomozova. Moliyaviy hisobotlar va ularni tuzish va auditorlik tekshiruvidan o ‘tkazishning uslubiy jihatlarini rivojlantirish. Yashil iqtisodiyot va taraqqiyot. 2024. 9. Qumri Nomozova. O‘zbekistonda tadbirkorlik tavakkalshiliklari sug‘urtasini rivojlantirish istiqbollari. Straxovoy rinok Uzbekistana. 2024. – 7-10 b. 10. Van Xorn D.K. Osnovi upravleniya finansami/ D.K.Van Xorn; Per.s angl.; Gl. red. serii Y.V.Sokolov. -M: Finansi i statistika, 1996. - 800 s: il. 11. Publis Finanse: A Sontemporary Applisation of Theory to Polisy, Tenth Edition. David N. Hyman. 2010, 2011 South-Western, Sengage Learning