scieee AI-readable full text Open interactive document viewer

HOSILDORLIK BELGILARI BO'YICHA BOSH PIYOZNING KOLLEKSIYA NAV NAMUNALARINING XO'JALIK BELGILARI

Xurramov Ulug'bek Xolmamatovich,Hayitbayev Doniyor Komiljon o'g'li

Abstract

Bosh piyozning xorijiy davlatlaridan keltirilgan 32 tadan ortiq kolleksiyasini Qoraqolpog‘iston Respublikasining tuproq iqlim sharoitida o‘rganilganda 5 ta nav namunalari qolgan namunalardan yuqori hosildorlik belgilari bo‘yicha ajralib chiqda. Jumladan, tajriba natijalarida k-145 “Nomsiz”, k-156 “Nomsiz”, k-164 “Nomsiz”, k-85 “K-3” va k-88 “Nomsiz” nav namunalarida o‘rtacha umumiy hosildorlik 41,3-45,9 t/ga bo‘lib standart k-58 “Kaba-132, St” navidan 6,3-10,9 t/ga yoki 18-31,1 foizga yuqori hosil to‘plaganligi bo‘yicha ma’lumotlar keltirilgan.

Full text

ISSN: 3030-3931, Impact factor: 7,241 Volume 10, issue 2, Noyabr 2025 https://worldlyjournals.com/index.php/Yangiizlanuvchi worldly knowledge OAK Index bazalari : research gate, research bib. Qo’shimcha index bazalari: zenodo, open aire. google scholar. Original article 259 UO‘T:635.25. HOSILDORLIK BELGILARI BO‘YICHA BOSH PIYOZNING KOLLEKSIYA NAV NAMUNALARINING XO‘JALIK BELGILARI Xurramov Ulug‘bek Xolmamatovich Toshkent davlat agrar universiteti “Sabzavotchilik va issiqxona xo‘jaligini tashkil etish” kafedrasi professor, q.x.f.d. [email protected] Hayitbayev Doniyor Komiljon o‘g‘li Qoraqolpog'iston qishloq xo'jaligi va agrotexnologiyalar instituti “Dehqonchilik,qishloq xo`jaligi ekinlari seleksiyasi va urug`chiligi” kafedrasi mustaqil izlanuvchisi Annotatsiya:Bosh piyozning xorijiy davlatlaridan keltirilgan 32 tadan ortiq kolleksiyasini Qoraqolpog‘iston Respublikasining tuproq iqlim sharoitida o‘rganilganda 5 ta nav namunalari qolgan namunalardan yuqori hosildorlik belgilari bo‘yicha ajralib chiqda. Jumladan, tajriba natijalarida k-145 “Nomsiz”, k-156 “Nomsiz”, k-164 “Nomsiz”, k-85 “K3” va k-88 “Nomsiz” nav namunalarida o‘rtacha umumiy hosildorlik 41,3-45,9 t/ga bo‘lib standart k-58 “Kaba-132, St” navidan 6,3-10,9 t/ga yoki 18-31,1 foizga yuqori hosil to‘plaganligi bo‘yicha ma’lumotlar keltirilgan. Kalit so‘zlar: hosildorlik, ertapishar, nav namunalari, nav, namuna, tizma, nav, duragay, boshi piyoz, barg, barg yuzasi, bosh piyoz vazni. Kirish. Piyoz — dunyodagi ko‘plab davlatlarda yetishtiriladigan asosiy oziq-ovqat ekinlari qatoriga kiradi va muhim sabzavot turlaridan biri hisoblanadi. Uning keng tarqalishi, avvalo, tarkibida biologik faol moddalarning yuqori miqdorda mavjudligi bilan izohlanadi. Piyoz insoniyatga qadimdan ma’lum bo‘lib, uning shifobaxsh xususiyatlari ilk bor qadimgi Misr, Yunon va Rim sivilizatsiyalarida qayd etilgan. Taxminlarga ko‘ra, piyoz eramizdan taxminan 4000 yil avval Osiyoning Eron, Xitoy, Hindiston va Afg‘oniston kabi hududlarida madaniylashtirilgan. Ko‘plab tadqiqotchilar aynan shu mamlakatlarni piyozning ilk paydo bo‘lish markazi deb hisoblaydilar. Tarixiy ma’lumotlarga ko‘ra, piyoz Osiyodan Misrga, u yerdan esa Yunon va Rim orqali Yevropaga tarqalgan. Olimlar fikricha, Yevropaning markaziy hududlariga piyoz V–VI asrlarda, Rossiyaga esa XII–XIII asrlarda kirib kelgan. O‘sha davrlarda piyoz katta maydonlarda yetishtirilgan bo‘lib, piramida qurish ishlarida ishtirok etgan ishchilar taomiga shifobaxsh mahsulot sifatida kiritilgan. [1]; [2]. ISSN: 3030-3931, Impact factor: 7,241 Volume 10, issue 2, Noyabr 2025 https://worldlyjournals.com/index.php/Yangiizlanuvchi worldly knowledge OAK Index bazalari : research gate, research bib. Qo’shimcha index bazalari: zenodo, open aire. google scholar. Original article 260 Achchiq ta’mli navlar tarkibida efir moylari, quruq moddalar (14–19 %) va qandlar (6–13 %) miqdori yuqori bo‘ladi. Shirin navlarda esa bu ko‘rsatkichlar nisbatan pastroqdir. Piyoz boshi va uning yashil barglari taomlarga mazalandiruvchi vosita — ziravor sifatida, farmakologiya sohasida esa shifobaxsh xom ashyo sifatida qo‘llaniladi. Quritilgan piyoz o‘zining foydali xususiyatlarini yaxshi saqlab qoladi. Bu jarayon uchun, odatda, quruq moddalar ulushi yuqori bo‘lgan navlar tanlanadi, chunki shirin navlar quritishga unchalik mos kelmaydi. Piyoz ishtaxani oshirish bilan birga, ovqat hazm bo‘lish jarayonini yengillashtiradi, qon tarkibidagi xolesterin miqdorini pasaytiradi va ateroskleroz kasalligi rivojlanishining oldini oladi. [3]. Xulosa qilib aytganda, piyoz nafaqat inson uchun muhim oziq-ovqat manbai, balki organizm faoliyatini me’yorda ushlab turishda ham katta biologik va shifobaxsh ahamiyatga ega bo‘lgan sabzavot hisoblanadi. Tajriba uslublar. Bosh piyozning kolleksiyasi nav namunalari 2017-2018 yillarda ertagi muddatlarda urug‘i ekib sinab ko‘rildi. Nav namunalarini o‘rganishda xorijdan keltirilgan bosh piyozning hosildorlik belgilari bo‘yicha 5 ta nav namunasi sinab ko‘rildi. Dala tajribalari 2 bor takrorlanishda 7 m2, bo‘lgan maydonlarda olib borilib, standart sifatida Kaba-132 navidan foydalanildi. [4]; [5]. Tajriba natijalari. Bosh piyozning hosildorlik belgilari bo‘yicha kolleksiya nav namunalari O‘zbekiston, Qoraqolpog‘iston, Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Tojikiston, Bolgariya, Amerika Qo‘shma Shtatlari, Gollandiya, Ukraina, Yaponiya va Koreya davlatlaridan jami 31 ta yeg‘ilgan nav namunalar ichidan hosildorligi andoza k-58 “Kaba-132, St” navdan 5 ta nav namunalari yuqori natijalarni namoyon etdi. Ya’ni, k-145 “Nomsiz”, k-156 “Nomsiz”, k-164 “Nomsiz”, k-85 “K-3” va k-88 “Nomsiz” nav namunalarida o‘rtacha umumiy hosildorlik 41,3-45,9 t/ga bo‘lib standart k-58 “Kaba-132, St” navidan 6,3-10,9 t/ga yoki 18-31,1 foizga yuqori hosil to‘plaganligi ko‘zatildi. Standart k-58 “Kaba-132, St” (90 %) navga nisbatan hosil miqdori yuqori bo‘lgan bosh piyozning kolleksiya nav namunalarini ichida eng yuqori sifatli mahsulot to‘plagan faqatgina Koreyaning k-85 “K-3” (93%) namunasi standart navdan 3 foizga yuqoriligi aniqlandi. Qolgan k-145 “Nomsiz”, k-156 “Nomsiz”, k-164 “Nomsiz” va k-88 “Nomsiz” namunalarda 76-81 foiz yoki 9-14 foizga kam sifatla mahsulot to‘pladi. Bosh piyozining kolleksiya namunalaridan hosildorlik belgilari bo‘yicha tanlab olingan namunalar standart k-58 “Kaba-132, St” naviga nisbatan bosh piyoz vazni k-145 “Nomsiz”, k-156 “Nomsiz”, k-164 “Nomsiz”, k-85 “K-3” va k-88 “Nomsiz” nav namunalarida 145-160 gram bo‘lib standart k-58 “Kaba-132, St” ga nisbatan 0,25-0,40 gramga yirik piyoz bosh shakllantirdi. Boshqa k-1 “Dermo”, k-9 “Brown Beauty”, k-194 “Nomsiz”, k-196 “Nomsiz”, k-10 “Kind Variety”, k-12 “Pioneer 25013”, k-13 “Canade maple”, k-205 “Nomsiz”, k-173 “Nomsiz”, k- ISSN: 3030-3931, Impact factor: 7,241 Volume 10, issue 2, Noyabr 2025 https://worldlyjournals.com/index.php/Yangiizlanuvchi worldly knowledge OAK Index bazalari : research gate, research bib. Qo’shimcha index bazalari: zenodo, open aire. google scholar. Original article 261 185 “Nomsiz”, k-11 “Xalsedon”, k-18 “Meteor”, k-151 “Nomsiz”, k-40 “Roket”, k-43 “Spring Onion” k-44 “Grandina” k-170 “Nomsiz”, k-120 “Nomsiz”, k-50 “Super Bear”, k-75 “Prince-33”, k-153 “Qizil piyoz”, k-128 “Kizil sak”, k-81 “K-11”, k-83 “K-12”, k-80 “K-13” va k-95 “Nomsiz” kolleksiya namunalari standart k-58 “Kaba-132, St” navdan kichkina piyoz bosh shakillantirdi, jumladan 70-110 gram tosh bosadigan piyoz bosh shakillantirib, standart k-58 “Kaba-132, St” (120 g) navga nisbatan 10-50 gramga farq qildi. 1-jadval. Piyozning hosildorlik belgilari bo‘yicha kolleksiya nav namunalarining ko‘rsatkichlari (2017-2018 y.y.). Piyozning hosildorlik belgilari bo‘yicha o‘rganilgan kolleksiya nav namunalarining o‘suv davri tahlil qilinganda, to‘rtta nav namunasi standart “Kaba-132” naviga nisbatan kechpishar ekanligi aniqlandi. Jumladan, k-145 “Nomsiz”, k-156 “Nomsiz”, k-164 “Nomsiz” va k-88 “Nomsiz” nav namunalarining o‘rtacha o‘suv davri 160–165 kunni tashkil etdi, bu esa standart navga nisbatan 5–10 kunga uzoq davom etganligini ko‘rsatdi. Faqat Koreyaning k-85 “K-3” nav namunasi 30 kunga ertapisharligi bilan ajralib, standart navga nisbatan ancha qisqa o‘suv davriga ega ekanligi qayd etildi. Katalog raqami Kelib chiqqan xududlar Jahon kolleksiyasi nav namunalar nomlari Nav belgilari Barglari soni, dona Barg uzunligi, sm Barg rangi O‘suv davri, kun Bosh piyozning vazni, g Umumiy hosildorligi, t/ga Tovarbop hosildorlik, % k58 O‘zbekiston Kaba132, St 12 18 Yashil 155 120 35 90 K-145 Bolgariya Nomsiz 5 32 Yashildan to‘q yashilgacha 165 150 45,9 81 K-156 Qozog‘iston Nomsiz 14 46 To‘q yashil 165 160 45,2 76 K-164 Qozog‘iston Nomsiz 16 52 Yashildan to‘q yashilgacha 160 150 43,1 78 K-85 Koreya K-3 12 37 Momiqsimon qoplamli 125 145 43,2 93 k-88 Tojikiston Nomsiz 11 50 Och yashil 160 150 41,3 76 NSR05 0,56 1,95 3,60 3,06 1,74 Sx% 4,84 4,97 4,26 4,16 4,12 ISSN: 3030-3931, Impact factor: 7,241 Volume 10, issue 2, Noyabr 2025 https://worldlyjournals.com/index.php/Yangiizlanuvchi worldly knowledge OAK Index bazalari : research gate, research bib. Qo’shimcha index bazalari: zenodo, open aire. google scholar. Original article 262 Bosh piyozning bir tup ko‘chatdagi barglar soni 5 tadan 16 tagacha bo‘lgani aniqlandi. Eng ko‘p barg shakllantirgan nav namunalari sifatida k-156 “Nomsiz” va k-164 “Nomsiz” ajralib chiqdi. Ushbu nav namunalarida 14–16 ta barg shakllanib, standart navga nisbatan 16,6– 33,3 % ga ko‘p barglar hosil bo‘ldi. Aksincha, andoza k-58 “Kaba-132, St” navga nisbatan k-145 “Nomsiz” va k-88 “Nomsiz” nav namunalarida barglar soni 5–11 donagacha kam bo‘ldi. Faqat k-85 “K-3” namunasi barglar soni bo‘yicha standart nav bilan bir xil ko‘rsatkichga ega ekanligi qayd etildi. Bosh piyozning yetilgan piyoz boshlarni yig‘ishdan oldin bargning uzunligi aniqlanda. U standart “Kaba-132” navida 18 sm bo‘lgan bo‘lsa, piyozning hosildorlik belgilari bo‘yicha kolleksiya nav namunalarining barchasi standart navga nisbatan uzun barglar shakllantirdi. Jumladan, k-145 “Nomsiz”, k-156 “Nomsiz”, k-164 “Nomsiz”, k-85 “K-3” va k-88 “Nomsiz” kolleksiya nav namunalarida o‘rtacha 32-52 sm uzunlikda barglar shakllantirdi. Bu esa standart “Kaba-132” navdan 14-34 sm ga yoki 77,7-188 foizga uzunlikdagi barglar shakllanganligi kuzatildi. Xulosalar Hosildorlik ko‘rsatkichi bo‘yicha bosh piyozning nav namunalari ichidan ustunlikka ega bo‘lgan 5 ta katalog raqamli nav ajratib olindi. Ular quyidagilar: k-145 “Nomsiz”, k-156 “Nomsiz”, k-164 “Nomsiz”, k-85 “K-3” va k-88 “Nomsiz” kolleksiya nav namunalari. Bu nav namunalarning o‘rtacha umumiy hosildorlikgi 41,3-45,9 t/ga bo‘lib, standart k-58 “Kaba132, St” (35) navidan 6,3-10,9 t/ga yoki 18-31,1 foizga yuqori hosil to‘plaganligi ko‘zatildi. Bu esa ularning yuqori hosildorlikka ega istiqbolli nav namunalar sifatida seleksion ishlar va amaliyotda qo‘llash uchun katta ahamiyatga ega ekanligini ko‘rsatadi. Foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati: 1. Бекдаирова, К.Ж., Биохимическая характеристика чеснока и лука в протсессе вегетатсии и хранения: автореф. дисс. канд. биол. Наук // К.Ж. Бекдаирова. - АлмаАта, 1971 – С.28. 2. Эренбург, П.М. Лук и чеснок // П.М.Эренбург, А.С.Лахин. - Алма-Ата: Кайнар, 1971 – С.3-53. 3. Лесковар Д.И., Ваврина C.С., Онион гроwтҳ анд йиелд аре инфлуенcед бй трансплант трай cелл сизе анд аге. // Сc. ҳортиc., Вол 80, №3. 1999 – П.133-143. 4. Белик В.Ф.Методика опытного дела в овощеводстве и бахчеводстве. // М.: Колос, 1992 – С.34. 5. Доспехов Б.А. Методика полевого опыта. // М., «Колос». 1973.