scieee AI-readable full text Open interactive document viewer

MAKTABGACHA YOSHDAGI BOLALAR BOG'LANGAN NUTQINI RIVOJLANISH DAVRLARI

Irkinova Iroda

Abstract

Ushbu maqolada maktabgacha yoshdagi bolalarning bog‘langan nutqining rivojlanish davrlari tahlil qilingan. Maqolada bolalar nutqining rivojlanishining bosqichlari, shu jumladan, 1 yoshdan 3 yoshgacha bo‘lgan davrdan 5-6 yoshgacha bo‘lgan davrlarigacha bo‘lgan muhim o‘zgarishlar va ularning xususiyatlari haqida ma'lumot beriladi. Shuningdek, bolalarning nutqi rivojlanishida bir qator omillar, jumladan, genetika, ijtimoiy-madaniy sharoitlar va bolaning atrof-muhiti rol o‘ynashi ko‘rsatilgan. Nutq rivojlanishining kechikishiga olib keluvchi sabablar, masalan, sog‘liq muammolari, ota-onalarning ta'lim darajasi yoki bolaga yetarli e'tibor bermaslik kabi holatlar tahlil qilinadi. Maqola bolalar nutqining rivojlanishini tahlil qilish orqali, bu jarayonni ilgari surish va bolalar uchun eng yaxshi sharoitlarni yaratishga oid amaliy tavsiyalarni ham taklif etadi.

Full text

ISSN: 3030-3931, Impact factor: 7,241 Volume 10, issue 2, Noyabr 2025 https://worldlyjournals.com/index.php/Yangiizlanuvchi worldly knowledge OAK Index bazalari : research gate, research bib. Qo’shimcha index bazalari: zenodo, open aire. google scholar. Original article 289 MAKTABGACHA YOSHDAGI BOLALAR BOG‘LANGAN NUTQINI RIVOJLANISH DAVRLARI Irkinova Iroda Toshkent Kimyo Xalqoro Universiteti Logopediya yo‘nalishi MSPD-1U talabasi Annotatsiya: Ushbu maqolada maktabgacha yoshdagi bolalarning bog‘langan nutqining rivojlanish davrlari tahlil qilingan. Maqolada bolalar nutqining rivojlanishining bosqichlari, shu jumladan, 1 yoshdan 3 yoshgacha bo‘lgan davrdan 5-6 yoshgacha bo‘lgan davrlarigacha bo‘lgan muhim o‘zgarishlar va ularning xususiyatlari haqida ma'lumot beriladi. Shuningdek, bolalarning nutqi rivojlanishida bir qator omillar, jumladan, genetika, ijtimoiy-madaniy sharoitlar va bolaning atrof-muhiti rol o‘ynashi ko‘rsatilgan. Nutq rivojlanishining kechikishiga olib keluvchi sabablar, masalan, sog‘liq muammolari, ota-onalarning ta'lim darajasi yoki bolaga yetarli e'tibor bermaslik kabi holatlar tahlil qilinadi. Maqola bolalar nutqining rivojlanishini tahlil qilish orqali, bu jarayonni ilgari surish va bolalar uchun eng yaxshi sharoitlarni yaratishga oid amaliy tavsiyalarni ham taklif etadi. Kalit so‘zlar: Nutq shakllanishi, yosh davrlari, bog‘langan nutq, nutq kechikishi, psixik travmalar, muloqot, taqlid. Аннотация: В данной статье анализируются периоды развития связной речи дошкольников. В статье представлены сведения об этапах речевого развития детей, в том числе о важных изменениях от периода от 1 до 3 лет до 5-6 лет и их характеристике. Показано также, что в развитии речи детей играет роль ряд факторов, в том числе генетика, социокультурные условия и среда обитания ребенка. Анализируются причины задержки речи, такие как проблемы со здоровьем, уровень образования родителей или недостаточное внимание к ребенку. Анализируя развитие речи детей, в статье также предлагаются практические рекомендации по стимулированию этого процесса и созданию наилучших условий для детей. Ключевые слова: Формирование речи, возрастные периоды, связная речь, задержка речевого развития, психотравма, общение, подражание. Abstract: This article analyzes the periods of development of connected speech in preschool children. The article provides information about the stages of development of children's speech, including important changes and their characteristics from the period from 1 to 3 years to 5-6 years. It also shows that a number of factors play a role in the development of children's speech, including genetics, socio-cultural conditions and the child's environment. The reasons leading to a delay in speech development, such as health problems, the level of education of parents or insufficient attention to the child, are analyzed. By analyzing the development of children's speech, the article also offers practical recommendations on how to promote this process and create the best conditions for children. ISSN: 3030-3931, Impact factor: 7,241 Volume 10, issue 2, Noyabr 2025 https://worldlyjournals.com/index.php/Yangiizlanuvchi worldly knowledge OAK Index bazalari : research gate, research bib. Qo’shimcha index bazalari: zenodo, open aire. google scholar. Original article 290 Keywords: Speech formation, age periods, connected speech, speech delay, psychological trauma, communication, imitation. Hozirgi kunda maktabgacha yoshdagi bolalarning nutqini rivojlanish davrlarini kuzatib borish juda muhim ahamiyat kasb etadi. Nutq rivojlanishining har bir bosqichi bolaning umumiy tafakkur va ijtimoiy moslashuviga ta'sir qiladi. Shu sababli, ota-onalar va mutaxassislar o‘rtasidagi samarali hamkorlik bolalarning nutqiy rivojlanishini yaxshilashda katta rol o‘ynaydi. Nutq nuqsonlarini oldini olish va bartaraf etish uchun, avvalo bolaning nutq rivojlanishining yoshga nisbatan xususiyatlari haqida to‘liq ma'lumotga ega bo‘lish zarur. Bu o‘z navbatida, bolalarning nutqiy muammolarini erta aniqlash va ularga to‘g‘ri yordam ko‘rsatishga imkon yaratadi. Bola nutqining normal rivojlanishi uchun muloqot ma’lum ahamiyatga ega bo‘lishi, ijobiy-emotsional tusda kechishi kerak. Dastlab ma‘lum yosh davri uchun xarakterli asosda kattalar bilan muloqot qilish lozim. Bolani kattalar bilan muloqoti shaklining o‘zgarishi nutq rivojlanishiga turtki bo‘ladi. Demak, hayotining birinchi yili uchun xarakterli bo‘lgan emotsional muloqotni 2-3 yoshlarda predmetli-harakatga almashtirishi uning nutqi rivojlanishiga yaxshigina turtki bo‘lib xizmat qiladi. Agarki, bunday o‘zgarish yuz bermasa, u holda nutq rivojlanishida orqada qolish yuzaga keladi. Bolada predmetli-o‘yin faoliyati jarayonida to‘plangan taassurotlar nutq rivojlanishiga dastlabki zamin bo‘lib xizmat qiladi. Bola nutqining rivojlanishi tashqi noqulay sharoitlar natijasida kechikadi va buziladi: ijobiy emotsional muhitning yo‘qligi, haddan tashqari shovqin-suronli muhit. Nutq taqlid asosida rivojlanadi. Shu sababli ayrim nutqiy kamchiliklar (talafftizning aniq emasligi, duduqlanish, nutq tempining buzilishi va boshqalar) asosida taqlid yotdi. Nutq kamchiliklari ko‘pincha turli xil psixik travmalardan yuzaga keladi qo‘rquv, yaqin odamini yo‘qotganda hayajonlanish, oiladagi uzoq davom etayotgan psixik travmalarni vaziyat va h.k. ). Bu nutq rivojlanishini kechiktiradi, ayniqsa, kuchli psixik travmalarda bolalarda psixogen nutqiy buzilishlarni keltirib chiqaradi: mutizm, nevrolik duduqlanish. Bu nutqiy buzilishlar M.Ye. Xvatsev tasnifi bo‘yicha shartli ravishda funksional buzilishga kiritiladi. Shuningdek, nutqning funksional buzilishlariga quyidagilarni ham kiritish mumkin; 1. Bola organizmiga zararli ta‘sir ko‘rsatishi bilan bog‘liq buzilishlar. 2. Umumiy, jismoniy zaiflik, chala tug‘ilish yoki to‘la shakllanmagan homilalik bilan shartlangan yetishmaganlik. 3. Ichki organlarning turli kasalliklari, raxit, moddalar almashinuvining buzilishi. Nutq funksiyasining rivojlanishida 3 ta keskin davr ajratiladi: Birinchi davr (hayotining 1 - 2-yili). Bu davrda nutqning dastlabki urinishi shakllanadi va nutqiy rivojlanish boshlanadi, aloqaga kirishishga asos solinadi va uning harakatlarini kuchi bilan muloqotga ehtiyoj paydo bo‘ladi. Bu yoshda po‘stloq nutq zonalarining birmuncha jadal rivojlanishi sodir bo‘ladi, xususan Broka zonasi. Uning rivojlanishida bola hayotining 14-18 ISSN: 3030-3931, Impact factor: 7,241 Volume 10, issue 2, Noyabr 2025 https://worldlyjournals.com/index.php/Yangiizlanuvchi worldly knowledge OAK Index bazalari : research gate, research bib. Qo’shimcha index bazalari: zenodo, open aire. google scholar. Original article 291 oylari keskin davr hisoblanadi. Bu davrda hattoki sezilarsiz tuyulgan noqulay omillar bola nutqining rivojlanishi ishida onksini ko‘rsatishi mumkin. Ikkinchi davr (3 yoshli) bog‘langan nutq jadal rivojlanadi. Vazivatli kontekstli nutqqa o‘tiladi. Bu markaziy nerv sistemasi (MNS) ishida katta muvollikni talab etadi. MNS ishida vujudga keluvchi ayrim nomuvofiqlik xulqdagi o‘zgarishlarni keltirib chiqaradi, qaysarlik, negativizm va h.k. lar kuzatiladi. Bularning hammasi nerv tizimining zararlanishiga bo‘lgan xavfi belgilaydi. Duduqlanish, mutizm yuzaga kelishi mumkin, nutq rivojlanishining orqada qolishi kuzatiladi. Bola nutqiy muloqotga kirishishdan bosh tortadi, kattalar qo‘ygan talablariga qat'iy norozilik bildiradi. Bu davrda yuzaga keluvchi duduqlanish nutq funksional tizimining va turli xil psixik funksiyalarning notekis shakllanishidan bo‘lishi mumkin. Uchinchi davr (6 - 7 yosh) yozma nutq rivojlanishining boshlanishi. Bolaning markaziy nerv sistemasi (MNS) ga tushuvchi yuklama oshib boradi. Bolaga kattaroq talablar qo‘yilganda duduqlanish hosil bo‘lishi bilan nerv faoliyatida “portlash” yuz beradi. Bolada bor bo‘lgan nutq funksiyasining har qanday buzilishi bu keskin davrlarda birmuncha kuchli namoyon bo‘ladi. Bundan tashqari yangi nutq kamchiliklari ham paydo bo‘lishi mumkin. Logoped bola nutqining rivojlanishida keskin davrlarni yaxshi bilishi va o‘zining kundalik ishida shularni hisobga olishi kerak. G.L. Rozengrad-Pupko bolada nutq rivojlanishini ikki davrga ajratadi: 1) tayyorlov davri (2 yoshgacha); 2) nutqning mustaqil shakllanish davri. A.N. Leontev bola nutqining shakllanishini 4 davrga bo‘lib ko‘rsatadi; 1) tayyorgarlik davri — 1 yoshgacha; 2) bog‘chagacha bo‘lgan davr — 3 yoshgacha; 3) maktabgacha bo‘lgan davr —7 yoshgacha; 4) maktab davri. Bu davrlarning to‘liq tavsifl ustida to‘xtalib o‘tamiz. Shunday qilib, birinchi davr — tayyorgarlik davri (bola tug‘ilgandan bir yoshgacha). Bola tug‘ilgan daqiqadan boshlab ovoz chiqaradi. Bu ovoz qichqiriq va yig‘idan iborat bo‗ladi. To‘g‘ri, bu ovoz odam nutqidan uzoq. Lekin ana shu qichqiriq va vig‘i nutq apparatining 3 bo‘limini (nafas olish, ovoz hosil bo‘lish, artikulatsion) rivojianishida katta rol o‘ynaydi. Ikki hafta o‘tgach, bola gapirayotgan odamning ovoziga e'tibor bera boshlaydi. Unga gapirayotganda quloq soladi, yig‘lashdan to‘xtaydi. Bir oyligining oxiriga borib, uni mayin qo‘shiq (alla) ostida tinchlantirish mumkin bo‘lib qoladi. Keyinchalik u boshini gapirayotgan odam tomonga buradi yoki uni ko‘ziari bilan kuzatadi. Tez kunda bola intonatsiyaga e‘tibor bera boshlaydi: mayin gapirganda tinchlanadi, keskin intonatsiyaga yig‘laydi. 2 oylik atrofida gu-gulash, 3-oyning boshida bo‘g‘inlarning talaffuzi paydo bo‘ladi (aga-aga, ta-ta, ba-ba va boshqalar). Bunda tovushlar birikmasi aniq artikulatsiya qilinmaydi. ISSN: 3030-3931, Impact factor: 7,241 Volume 10, issue 2, Noyabr 2025 https://worldlyjournals.com/index.php/Yangiizlanuvchi worldly knowledge OAK Index bazalari : research gate, research bib. Qo’shimcha index bazalari: zenodo, open aire. google scholar. Original article 292 Ikkinchi davr — bog‘chagacha bo‘lgan davr (biryoshdan 3 voshgacha) Bolada birinchi so‘zlar paydo bo‘lgandan so‘ng, tavvorlov davri tugab, aktiv nutqni egallash davri boshlanadi. Bu vaqtda bola atrofdagilar artikulatsiyasiga e‘tibor beradi. U gapirayotganlar orqasidan so‘zlarni ko‘p marotaba takrorlaydi va o‘zi ham so‘zlarni talafluz qiladi. Talaffuz vaqtida bola ba‘zi tovushlarni noto‘g‘ri talqin etadi, o‘rnini almashtiradi yoki o‘z nutqida qo‘llamaydi. Bu vaqtda bola bir so‘z yoki tovushlar birikmasi bilan predmetni ham, iltimosni ham, his-tuyg‘uni ham ifodalashi mumkin. Bola hayotining 2-3-yiliga kelib, uning lug‘at boyligi sezilarli darajada boyib boradi. Shuni ta‘kidlash kerakki, ko‘pgina xilma-xil tadqiqotchilar bola lug‘at bovligining o‘sib borisbida turli raqanili ma‘lumotlarni ko‘rsatadilar. Eng keng tarqalgan ma‘lumotga ko‘ra, bolalarning lug‘at hoyligini bog‘chagacha bo‘lgan davrda o‘sishi qo‘yidagi raqanilarni ko‘rsatadi: 1 yosh-u 6 oyda -10-15 ta so‘z, 2-yilning oxiriga kelib - 300 ta so‘z, 3 yoshga borganda —- 1000 ta so‘z. Bola hayotining 3-yiliga kelib, nutqning grammatik tomoni shakllana boshlaydi. Avval bola o‘z xohish va iltimoslarini bir so‘z bilan ifodalaydi. Keyinchalik 1-2 ta so‘zdan iborat sodda jumlalar paydo bo‘la boshlaydi. Uchinchi davr — maktabgacha bo‘lgan davr (3 yoshdan 6 yoshgacha). Maktabgacha bo‘lgan davrda bolalar birinchi navbatda artikulatsion jihatdan oson talaffuz etiladigan: lablab, lab-til undoshlari — p, b, m , f e va boshqalarni o‘rganadilar. Artikulatsion jihatdan talaffuz etish qiyin bo‘lgan: shivirlovchi, sirg‘aluvchi (s, z, sh, j, ch) va sonor (r, l), til orqa (k, g) tovushlarini talaffuzini egallashda qiynaladilar. Shuning uchun bolalar bu tovushlarni nutqda noto‘g‘ri qo‘llaydilar yoki talaffuz etmaydilar. 3-7 yoshgacha bo‘lgan davrda bolalarda eshitish malakalari rivojlanib boradi, bu esa bolaning o‘z talaffuzini nazorat qilishga imkoniyat yaratadi. Ba‘zi hollarda bola o‘z kamchiligini to‘g‘rilaydi. Unda fonematik idrok shakllanib boradi. Bu davrda lug‘at boyligining o‘sishi davom etadi. Bolaning 4—6 yoshida lining aktiv lug‘ati 30004000 ta so‘zgacha yetadi. Lug‘at boyligi o‘sib borishi bilan birgalikdn nutqning grammatik tomoni ham rivojlanib boradi. Bola hayotining 4-yiliga kelib, ular o‘z nutqlarida sodda va murakkab gaplarni qo‘llay boshlaydilar. 5 voshga kelib esa, qo‘shma gaplardan erkin fovdalana oladilar. 5 yoshli bolalar qo‘shimclia savollarsiz hikova va ertaklarni aytib berish qobiliyatiga ega bo‘ladilar. Bu davrda fonematik idrok sezilarli darajada rivojlanadi Bola avval unli va undoshlarni, so‘ng sonor, shovqinli va sirg‘aluvchi tovushlarni ajrata boshlaydi. Normada 4 yoshli bola barcha tovushlarni ajrata olishi, unda fonematik idrok shakllangan bo‘lishi lozim. Bu vaqtga kelib tovushlarni to‘g‘ri talaffuzining shakllatiishi tugallanadi va bola har tomonlama to‘g‘ri, aniq gapiradi. To‘rtinchi davr — maktab davri (7 yoshdan 17 yoshgacha). Bu davrning o‘ziga xos tomoni shundaki, bolalar nutqining rivojlanishi oldingi davrlardagiga nisbatan ongli ravishda ro‘y beradi. Bu davrda bolalar tovushlar analizi, nutqning grammatik qonuniyatlarni egallaydilar. Bu davrda nutqning yangi turi yozma nutq yetakchi rol o‘ynaydi. Grammatik konstruksiyalar ham murakkablashib boradi: chunki, agar, qachonki kabi bog‘lovchilari ishlata boshlaydilar. Bu bolaning tafakkur jarayonlari murakkablashib borayotganligini va bu nutqda o‘z ifodasini topayotganligini ko‘rsatadi. Bola nutqining rivojlanish jarayoni o‘z vaqtida to‘g‘ri kechishi uchun maxsus sharoitlar zarurdir. ISSN: 3030-3931, Impact factor: 7,241 Volume 10, issue 2, Noyabr 2025 https://worldlyjournals.com/index.php/Yangiizlanuvchi worldly knowledge OAK Index bazalari : research gate, research bib. Qo’shimcha index bazalari: zenodo, open aire. google scholar. Original article 293 Buning uchun: - bola ruhiy va jismoniy jihatdan sog‘ bo‘lishi; — normal aqliy qobiliyatga ega bo‘lishi; — normal eshitishi va ko‘rishi; — yetarli darajada ruhiy aktivlikka ega bo‘lishi; — gaplashish ehtiyojiga ega bo‘lishi; — to‘g‘ri nutq muhitiga ega bo‘lishi lozim. Bolada nutqning normal rivojlanishi, unga doimo yangi tushunchalami o‘zlashtirib olishga, tevarak-atrof haqidagi bilim va tasawurini kengaytirishga imkoniyat yaratadi. Shunday qilib, nutq, uning rivojlanishi tafakkurning rivojlanishi bilan uzviy bog‘liqdir. Xulosa: Maktabgacha yoshdagi bolalarning nutq rivojlanishi har bir yosh davrida alohida e'tibor talab etadi. Nutqning to‘g‘ri rivojlanishi bolaning ijtimoiy va psixologik farovonligini ta'minlashga yordam beradi. Nutq rivojlanishining kechikishi yoki buzilishi turli omillarga, jumladan, sog‘liq yoki psixologik faktorlar bilan bog‘liq bo‘lishi mumkin. Shuning uchun bolalarning nutq rivojlanishini doimiy ravishda kuzatib borish va ulardagi har qanday muammolarni erta aniqlash juda muhimdir. Ota-onalarga tavsiyalar: Bolalar bilan muntazam ravishda ijobiy muloqot qilish, ularning nutqini rivojlantirishda katta ahamiyatga ega. Ota-onalar, bolalarining nutqi rivojlanishining har bir bosqichida diqqat bilan kuzatishlari va har qanday kechikish yoki muammolarni vaqtida aniqlashlari zarur. Bundan tashqari, o‘zingizning nutqingizni bolalar uchun to‘g‘ri namuna sifatida ko‘rsatish, ularning nutqiy ko‘nikmalarini rivojlantirishda muhim omil hisoblanadi. Shuningdek, ijobiy va tinch atrof-muhitni yaratish, bolalarga so‘zlashish ehtiyojini uyg‘otish, ularning nutqining rivojlanishiga yordam beradi. Agar nutq rivojlanishida kechikishlar bo‘lsa, mutaxassislar bilan maslahatlashib, zarur yordamni olish tavsiya etiladi. Sog‘lom turmush tarzi, jismoniy va ruhiy salomatlikni qo‘llab-quvvatlash ham bolalarning nutqiy rivojlanishiga ijobiy ta'sir ko‘rsatadi. Foydalanilgan adabaiyotlar ro‘yxati: 1. Zaporozhets A.V. "Psychology and the Teaching of Speech," 1982. 2. Vygotsky L.S. "Psychology of the Development and Teaching of Speech," 1987. 3. Leontiev A.N. "Psychology of Speech," 1981. 4. Rachinsky B.A. "Logopedics," 1984. 5. Davies P.K. "Children’s Speech Development," 2004. 6. Vygotsky L.S. "Psychology of the Development and Teaching of Speech," 1987. 7. Leontiev A.N. "Psychology of Speech," 1981. 8. Rachinsky B.A. "Logopedics," 1984. 9. Sokolova I.B. "The Speech Development of Children," 1983. 10. Davies P.K. "Children’s Speech Development," 2004.