FARZAND TARBIYASIDA OTA-ONALAR ROLI: ZAMONAVIY PEDAGOGIK VA PSIXOLOGIK YONDASHUVLAR
Abstract
Ushbu maqolada farzand tarbiyasida ota-onalarning o‘rni, zamonaviy pedagogik va psixologik yondashuvlar asosida oilaviy muhitning ta’siri tahlil qilinadi. Bolaning ma’naviy, intellektual va hissiy rivojlanishida ota-onaning roli, ularning muloqot madaniyati va tarbiya uslublarining ahamiyati ilmiy va amaliy nuqtayi nazardan yoritiladi.
Full text
REPUBLICAN SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE “THE ROLE OF PARENTS IN RAISING CHILDREN: MODERN PEDAGOGICAL AND PSYCHOLOGICAL APPROACHES”, OCTOBER 15-16, 2025 309 FARZAND TARBIYASIDA OTA-ONALAR ROLI: ZAMONAVIY PEDAGOGIK VA PSIXOLOGIK YONDASHUVLAR Gulzar Jumamuratova1, Tumaris Azizova2 1,2Qori – Niyaziy nomidagi Tarbiya pedagogikasi Milliy instituti Qoraqalpogiston filiali ilmiy xodimalari https://doi.org/10.5281/zenodo.17547908 Annotatsiya. Ushbu maqolada farzand tarbiyasida ota-onalarning o‘rni, zamonaviy pedagogik va psixologik yondashuvlar asosida oilaviy muhitning ta’siri tahlil qilinadi. Bolaning ma’naviy, intellektual va hissiy rivojlanishida ota-onaning roli, ularning muloqot madaniyati va tarbiya uslublarining ahamiyati ilmiy va amaliy nuqtayi nazardan yoritiladi. Kalit so'zlar: Oila, ota-onaning bolaga munosabatlari, maktab, birgalikda rejalashtirish, hamkorlik. Abstract. This article analyzes the role of parents in raising children, the influence of the family environment based on modern pedagogical and psychological approaches. The role of parents in the spiritual, intellectual, and emotional development of the child, the importance of their communication culture and upbringing methods are highlighted from a scientific and practical point of view. Key words: family, relation children with parents, school, joint planning, cooperation. Kishilik jamiyatining ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyoti tarixidan ma‘lumki, bola shaxsining kamolati oilada shakllanadi Oila – bu turli yoshdagi jamoa bo‘lib, har tomonlama sog‘lom, barkamol avlodini voyaga yetkazish uchun ma‘sul bo‘lgan g‘oyat muhim tarbiya o‘chog‘idir. Aynan oilada shaxsiyatning eng muhim fazilatlari tarbiyalanadi va ta'minlanadi. Unda bola dunyo haqidagi birinchi g'oyalarni oladi. Bu yerda shaxsning axloqiy shakllanishiga asos bo'lgan tushunchalar, qarashlar, his-tuyg'lar, odatlar jamg'armasi shakllanadi. Oilada bola tarbiyasi ikkiyoqlama ahamiyat kasb etadi, ota – onalar farzandlariga ahloq – odob, ruhiyat va ma‘naviyatga oid bilmlardan saboq berish bilan birga o‘zlari ham tarbiyaning o‘ziga xos sirsinoatlari, hususiyatlari, uning mazmun-mohiyati va yangi ma‘lumotlardan xabardor bo‘lib turishlari kerak bo‘ladi. Farzand tarbiyasi — insoniyat jamiyatining eng muhim ijtimoiy hodisalaridan biridir. Har bir ota-ona o‘z farzandining barkamol inson bo‘lib voyaga yetishini orzu qiladi. Shu bois, tarbiya masalasi faqat oilaning emas, balki jamiyat, ta’lim muassasalari va davlat siyosatining ham markazida turadi. Farzandga risoladagidek tarbiya berish g‘oyat ma‘suliyatli, murakkab jarayondir. Ammo tarbiya eng ma‘suliaytli va uzoq davom etadigan burch hisoblanadi. Ota -onaning farzand ne‘matiga bo‘lgan amaliy shukuronasi ham ushbu burchni sharaf va sabr bilan ado etishlari orqali yuzaga chiqadi. Oila tarbiyasidagi bolalar hayotni xalqimiz an‘analariga munosib yolga qo‘yish, ularni vaqtdan to‘g‘ri va unumli foydalanishlarini to‘g‘ri tashkil qilish,bu ishlar namunali tariyaning asosiy garovi ekanligini ota-onalar o‘z farzandlariga uqtirishlari lozim.
REPUBLICAN SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE “THE ROLE OF PARENTS IN RAISING CHILDREN: MODERN PEDAGOGICAL AND PSYCHOLOGICAL APPROACHES”, OCTOBER 15-16, 2025 310 Zamonaviy davrda raqamli texnologiyalar, internet madaniyati va global axborot oqimi yosh avlod tarbiyasiga yangi chaqiriqlarni olib keldi. Shu sababli ota-onalar tarbiyada yangi pedagogik va psixologik yondashuvlarni o‘zlashtirishi zarur. 1. Ota-onaning tarbiyadagi o‘rni Oilada bola birinchi bor axloq, muloqot, hurmat, sabr-toqat, mehnatsevarlik kabi insoniy fazilatlarni o‘rganadi. Ota-ona - bola uchun birinchi o‘qituvchi, birinchi psixolog va birinchi namuna. Shuning uchun ota-onaning shaxsiy namunasi, xulqi, nutqi, hatto hissiy holati ham bolaga bevosita ta’sir ko‘rsatadi. Bola ota-onaning so‘zidan emas, ularning harakatidan o‘rnak oladi. Shu sababli tarbiya jarayonida muvofiqlik, mehr-muhabbat va izchillik muhim ahamiyatga ega. 2. Zamonaviy pedagogik yondashuvlar Bugungi pedagogika ota-onalarni “hamkor o‘qituvchi” sifatida ko‘radi. Bola tarbiyasi faqat maktab yoki bog‘chaga emas, balki oilaning faol ishtirokiga ham bog‘liq. Shuning uchun ota-onalar quyidagi zamonaviy yondashuvlarni bilishi zarur: - Individual yondashuv – har bir bola o‘ziga xos; uning temperamenti, qiziqishi va ehtiyoji inobatga olinishi kerak. - Motivatsion tarbiya – bolani jazolash emas, rag‘batlantirish orqali o‘qishga, odobga va mehnatga undash. - Kommunikativ uslub – ochiq, samimiy va hurmatli muloqot bolaning ishonchini oshiradi. 3. Psixologik yondashuvlar Psixologlar fikricha, bolada ijobiy shaxs sifatlarini shakllantirish uchun emotsional muhit muhim. Ota-onaning qo‘llab-quvvatlashi, mehr ko‘rsatishi va tinglash qobiliyati bolaning o‘ziga ishonchini oshiradi. Eng muhim psixologik tamoyillar: 1.Tinglash va tushunish - bola o‘z fikrini erkin ifoda eta oladigan muhit yaratish; 2. Hissiy barqarorlik - ota-onaning tinch, sabrli munosabati bolaning ruhiy holatini mustahkamlaydi; 3. Ijobiy muloqot – tanqid o‘rniga tushuntirish, bosim o‘rniga rag‘bat. Tarbiya jarayonida uchraydigan xatoliklar: Ba’zi ota-onalar farzand tarbiyasida haddan tashqari talabchanlik yoki befarqlikka yo‘l qo‘yishadi. Bunday holatlar bolaning o‘ziga bo‘lgan ishonchini pasaytiradi, salbiy emotsiyalarni keltirib chiqaradi. Eng ko‘p uchraydigan xatoliklar: - bolani doimiy solishtirish; - jazolash orqali o‘rgatish; - uning his-tuyg‘ularini e’tiborsiz qoldirish; - faqat o‘qishga e’tibor berib, ma’naviy tarbiyani unutish. Bola tarbiyasida eng samarali yoʼl - bu oila va maktabning hamkorligi. Maktab va oila orʼtasidagi oʼzaro munosabatlarining zarurligi va ahamiyati aniq. Oila hamfikr odamlar jamoasi boʼlishi va maktabga muvofiq harakat qilishi kerak, shuning uchun oʼqituvchilarning asosiy vazifalari quyidagilardan iborat: - ota-onalarga, kattalar, bolalarga, oila aʼzolariga oʼqitish usullari va uslubini oʼrgatish; - ijobiy va salbiy vaziyatlarni tushunishga yordam berish. O‘qituvchi va ota-ona bir yo‘nalishda ishlaganda bola barqaror, izchil rivojlanadi. Har oyda suhbatlar, uchrashuvlar, ota-onalar yig‘ilishi va qo‘shma loyihalar orqali bu aloqani
REPUBLICAN SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE “THE ROLE OF PARENTS IN RAISING CHILDREN: MODERN PEDAGOGICAL AND PSYCHOLOGICAL APPROACHES”, OCTOBER 15-16, 2025 311 mustahkamlash mumkin. Bugungi kunda internet, telefon va ijtimoiy tarmoqlar bolalarning asosiy vaqtini egallaydi. Shu sababli ota-onalar raqamli savodxon bo‘lishi, farzandlarining onlayn faoliyatini nazorat qilish bilan birga, ularni foydali axborot tanlashga o‘rgatishlari kerak. Farzand tarbiyasi - bu ota-onalarning eng katta mas’uliyati va eng muhim burchidir. Zamonaviy jamiyatda ota-onalar nafaqat sevgi va mehr bilan, balki pedagogik va psixologik bilimlar bilan ham qurollanishi zarur. Oiladagi muhit ota -ona o‘z ma‘suliyatini his qilishi bilan barqaror bo‘ladi. Bolalarning odobli bo‘lib ulg‘ayishi uchun ota-ona bilan bir qatorda mahallakuy ham katta ibrat maktabdir. Shuning uchun bolalarni yoshligidan vaqtlarini unumli tashkil qilshda ota - onaning ro‘li ancha katta. Bola yoshligidan ilm olishga, hunarga o‘rgansa hech qanday yo‘llarga kirmay, sog‘lom bo‘lib kamolga erishadi. Xulosa qilib aytganda, taʼlim muammolarini muvaffaqiyatli hal etiashda maktab va oila hamkorligini takomillashtirish oʼquvchilar bilan pedagogic muammolarni hal qilishda tarqoqlikni oldini olish, oʼzaro munosabatlarni moslastirish, faoliyat maqsadlarini birgalikda aniqlash, ijobiy munosabatni shakllantirishini potensial hal etishga imkon beradi. Oila, maktab va jamiyat birgalikda harakat qilgandagina barkamol avlodni tarbiyalash mumkin. FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR 1. Karimov I.A. Yuksak ma’naviyat — yengilmas kuch. Toshkent, 2008. 2. G‘oziyev E. Umumiy psixologiya asoslari. Toshkent, 2015. 3. Hasanboeva O., Matjonov S. Pedagogika asoslari. Toshkent, 2017. 4. Abdullaeva D. Oilada bola tarbiyasi psixologiyasi. Toshkent, 2021. 5. UNESCO. Parenting in the Digital Age. Paris, 2020.