MAKTABGACHA TA'LIMDA TA'LIMIY FAOLIYATNI SAMARALI TASHKIL ETISH OMILLARI
Abstract
Ushbu maqolada bolalar tevarak-atrofdagi hayot va tabiat bilan tanishish, nutq o‘stirish, savod o‘rgatish, matematika, jismoniy madaniyat, tasviriy faoliyat, musiqa bo‘yicha eng oddiy tasavvur va bilimlarni, malaka hamda ko‘nikma sistemasini egallab olishlari haqida ma’lumotlar berilgan.
Full text
REPUBLICAN SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE “THE ROLE OF PARENTS IN RAISING CHILDREN: MODERN PEDAGOGICAL AND PSYCHOLOGICAL APPROACHES”, OCTOBER 15-16, 2025 318 MAKTABGACHA TA’LIMDA TA’LIMIY FAOLIYATNI SAMARALI TASHKIL ETISH OMILLARI Karimova Shoira Baxtiyarovna Qo’qon davlat universiteti o’qituvchisi https://doi.org/10.5281/zenodo.17547937 Annotatsiya. Ushbu maqolada bolalar tevarak-atrofdagi hayot va tabiat bilan tanishish, nutq o‘stirish, savod o‘rgatish, matematika, jismoniy madaniyat, tasviriy faoliyat, musiqa bo‘yicha eng oddiy tasavvur va bilimlarni, malaka hamda ko‘nikma sistemasini egallab olishlari haqida ma’lumotlar berilgan. Kalit so‘zlar: Mehnat malakalari, pedagogik jarayon, bolalar mehnatiga rahbarlik, tevarak-atrof, hayot va tabiat bilan tanishish, nutq o‘stirish, savod o‘rgatish, matematika, jismoniy madaniyat, tasviriy faoliyat, musiqa. Аннотация. В статье представлена информация о том, как дети приобретают простейшие представления и знания, умения и навыки в области познания окружающей жизни и природы, развития речи, обучения грамоте, математике, физическому воспитанию, изобразительному искусству и музыке. Ключевые слова: Трудовые навыки, педагогический процесс, руководство трудом детей, знакомство с окружающим миром, жизнью и природой, развитие речи, обучение грамоте, математика, физическая культура, изобразительное искусство, музыка. Annotation. This article provides information on how children acquire the simplest ideas and knowledge, skills and a system of skills in the areas of familiarization with the surrounding life and nature, speech development, literacy training, mathematics, physical culture, visual activity, music. Key words: Labor skills, pedagogical process, guidance of children's labor, familiarization with the surrounding life and nature, speech development, literacy training, mathematics, physical culture, visual activity, music. Bolalar shaxsini shakllantiradigan faoliyat turlarini tashkil etish va bu faoliyatlar uchun kun tartibidan ma’lum vaqt ajratish. Bolalarning har xil faoliyatlarini ilmiy asoslangan tamoyillar asosida almashtirib borish bolalar bog‘chasining har xil yosh guruhlarida bolalar hayotini to‘g‘ri tashkil etishni ta’minlaydi. Bolalarning har tomonlama rivojlanishini ta’minlashga qaratilgan pedagogik jarayon murakkab va rang-barangdir. Tarbiya masalalari ta’lim-tarbiya ishining tashkiliy shakllari, bolalar faoliyatining har xil turlari: ta’limiy faoliyatlarda ta’lim berish orqali, ijodiy va qoidali o‘yinlar, bolalarning mustaqil faoliyati, ularning o‘z mehnati va kattalar mehnati bilan tanishtirish, o‘z-o‘ziga xizmat qilish, sayrlar, gigiyenik tadbirlar orqali amalga oshiriladi. Ta’lim-tarbiya ishlarini muvaffaqiyatli amalga oshirish bolalar bog‘chasidagi pedagogik jarayonning har bir faoliyat turini to‘g‘ri tashkil etishga bog‘liqdir. Bolalar bog‘chasining pedagogik jarayonida ta’lim muhim ahamiyat kasb etadi va kundalik hayot, o‘yin, mehnat, ta’limiy faoliyatlar orqali amalga oshiriladi. Ta’limiy faoliyatda ta’lim va tarbiya vazifalari hal etiladi. Bolalar tevarak-atrofdagi hayot va tabiat bilan tanishish, nutq o‘stirish, savod o‘rgatish, matematika, jismoniy madaniyat, tasviriy faoliyat, musiqa bo‘yicha eng oddiy tasavvur va
REPUBLICAN SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE “THE ROLE OF PARENTS IN RAISING CHILDREN: MODERN PEDAGOGICAL AND PSYCHOLOGICAL APPROACHES”, OCTOBER 15-16, 2025 319 bilimlarni, malaka hamda ko‘nikma sistemasini egallab oladilar. Bolalar egallab olishlari kerak bo‘lgan bilim, malaka va ko‘nikmalar bolalar bog‘chasi dasturida belgilab berilgan bo‘lib, u bolalarning umumiy rivojlanishi va ularni maktab ta’limiga tayyorlashda muhim ahamiyatga ega. Ta’limiy faoliyatlarda ta’lim berish didaktika tamoyillari asosida bolalarning yosh va o‘ziga xos xususiyatlarini e’tiborga olib, ma’lum izchillikda olib boriladi, mazmuni sekin-asta murakkablashtirib boriladi. Natijada, u rivojlantiruvchi va tarbiyalovchi xususiyatga ega bo‘ladi. Dasturda har bir yosh guruhida hafta davomida o‘tkaziladigan ta’limiy faoliyatlar soni va har bir ta’limiy faoliyat qancha davom etishi belgilab qo‘yilgan. Tarbiyachi mana shunga asoslanib, o‘zining haftalik ta’limiy faoliyatlar jadvalini tuzadi, bu ta’limning hamma bo‘limlari bo‘yicha belgilangan ta’lim-tarbiya ishlarini to‘g‘ri taqsimlash va bir xilda amalga oshirishga imkon yaratadi. Ta’limiy faoliyatlar jadvalini tuzishda quyidagi talablarga rioya qilish kerak: - Dasturning hamma bo‘limlari bo‘yicha ta’limiy faoliyatlarni haftaga teng taqsimlash. - Haftaning birinchi va oxirgi kuniga osonroq ta’limiy faoliyatlar qo‘yiladi. - Haftaning seshanba, chorshanba va payshanba kunlarida bolalardagi aqliy faoliyat tezlashadi, shuning uchun bu kunlarga murakkabroq ishlar rejalashtiriladi. - Kun davomida birinchi bo‘lib bolalardan aqliy zo‘r berishni ko‘proq talab etadigan, kam harakatli ta’limiy faoliyatlar rejalashtiriladi (tevarakatrofdagi hayot va tabiat bilan tanishtirish, ona tili, matematika). Tasviriy faoliyat, jismoniy tarbiya, musiqa va shunga o‘xshash ta’limiy faoliyatlar keyinroqqa rejalashtiriladi. - Kun davomida ta’limiy faoliyatlar quyidagicha tartibda almashtirib boriladi: matematika va jismoniy tarbiya, ona tili va tasviriy faoliyat va h.k. Ta’limiy faoliyatlarni bunday taqsimlash bolalarning dastur materialini yengilroq o‘zlashtirib olishiga imkon yaratadi. Kun davomida bir necha marta: ertalabki qabul vaqtida, ertalabki va kechki sayrda bolalarning mustaqil faoliyatlari tashkil etiladi. Bolalar o‘zlariga tanish bo‘lgan didaktik va harakatli o‘yinlarni o‘ynaydilar, hohlagan rasmlarini chizadilar, hohlagan narsalarini yasaydilar, kitoblar, rasmlarni tomosha qiladilar, hohlagan badiiy asarlarini tinglaydilar. Bolalarning mustaqil faoliyati ular uchun dam olish soati hisoblanadi, ammo ish bilan bir vaqtda bolalarning o‘z-o‘zini tashkil eta bilish qobiliyati o‘sishiga, xulq madaniyati irodaviy sifatlarning tarbiyalanishiga, jamoa munosabatlarining shakllanishiga yordam beradi. U har xil faoliyatlarda bolalardagi o‘ziga xos ijodkorlikning rivojlanishiga keng imkoniyat yaratadi. Shuning uchun bolalarning mustaqil faoliyatiga ham tarbiyachining rahbarlik qilishi talab etiladi: chunki hohlagan ishi bilan shug‘ullanishiga imkon yaratish, kerakli material va asbob-uskunalar bilan ta’minlashda, tarbiyachining maslahati lozim bo‘ladi. Kun davomida sistemali ravishda mehnat faoliyati tashkil etilib, bolalar kattalarning mehnati bilan tanishtirib boriladi. Bu ish ta’limiy faoliyatlarda, ekskursiyalarda, maqsadli sayrlarda, bolalarning kattalar bilan birgalikdagi mehnati davomida amalga oshiriladi. Bunda bolalarning asosiy e’tibori mehnatning insonlar uchun foydasiga, uning xilmaxilligiga, ishlayotganlarning axloqiy munosabatlariga qaratiladi. Bolalarning ovqatlanishi, ta’limiy faoliyatga tayyorlanishi, tabiat burchagida navbatchi vazifasini bajarish, ularda topshiriqqa nisbatan javobgarlik hissini rivojlantiradi, shu bilan birga ijtimoiy his va munosabatlarni shakllantiradi.
REPUBLICAN SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE “THE ROLE OF PARENTS IN RAISING CHILDREN: MODERN PEDAGOGICAL AND PSYCHOLOGICAL APPROACHES”, OCTOBER 15-16, 2025 320 Bolalar hayoti kunning birinchi va ikkinchi yarmidagi kun tartibiga binoan tashkil etiladi. Buning uchun hamma zarur shart-sharoitlarni yaratish zarur. Kichkina guruh bolalarning ko‘p vaqti guruh xonasida o‘tadi. Yaxshi jihozlangan xona, o‘yinchoq va qo‘llanmalarni to‘g‘ri tanlash bolalarning to‘laqonli hayot kechirishining asosiy sharti hisoblanadi. Guruh xonasidagi o‘yinchoqlar bu yoshdagi bolalarning 2-3 ta bo‘lib o‘ynashlarini e’tiborga olib joylashtirilishi, bir qancha o‘yinlar uchun o‘yinchoq burchagi tashkil etilishi, unda yana qurilish materiallari, harakatlanuvchi o‘yinchoqlar ham bo‘lishi kerak, qolgan o‘yinchoqlar, rasmlar, shkaflarga bolalar bemalol oladigan qilib joylashtirilishi lozim. Xonada bolalarning polda mashina, aravachalarni bemalol yurgiza olishlari va yirik qurilish materiallari bilan o‘ynashlari uchun ham joy ajratilishi kerak, harakatlarni rivojlantiruvchi jihozlar binoning maxsus xonalarida saqlanadi va jismoniy tarbiya ta’limiy faoliyatlaridagina olib chiqiladi. Maydonchaga qum yashiklari, bolalarning sakrashlari, tirmashib chiqishlari uchun kerakli jihozlar, qorda, muzda uchishlari uchun chanalar qo‘yiladi. II kichik guruh. Moddiy muhit ikkinchi guruh bolalari uchun ham xuddi birinchi kichik guruhnikidek tashkil etiladi. Bundan tashqari, kuzatish va mehnat uchun tabiat burchagiga akvariumda baliq, to‘rlarda qushlar va mayda hayvonlar joylashtiriladi. Guruh xonasidan kitob javoni uchun joy ajratiladi. Bog‘cha maydonchasida sport o‘yinlari bilan shug‘ullanish uchun maxsus joy buladi, u kerakli anjomlar bilan jihozlab qo‘yiladi. O‘rta guruh. Guruhda uxlash xonasi, hojatxona va yechinish xonasi bo‘lishi kerak. Guruh xonasi bir necha bo‘limdan iborat bo‘lishi kerak. Birinchi o‘yin bo‘limida qo‘g‘irchoqpar hamda kerakli narsalar joylashtirilgan shkaf bo‘ladi. Ikkinchi o‘yin bo‘limida qurilish materiallari qo‘yiladigan shkaf va ular bilan o‘ynash uchun joy ajratiladi. Shu xonaning yana bir qismida bolalarning badiiy faoliyat bilan mustaqil shug‘ullanishlari uchun kerakli materiallar qo‘yiladi. Kitob burchagi va stol usti bosma o‘yini bilan shug‘ullanishlari uchun o‘yin burchagida tinchroq joyni ajratish kerak. Tabiat burchagini derazalarga yaqinroqqa joylashtirgan ma’qul. Xona amaliy san’at asarlari va ko‘kalamzorlashtiruvchi o‘simliklar bilan bezatiladi. Maydoncha boshqa maydonchalardan yashil, manzarali o‘simliklar bilan to‘silib, jismoniy mashqlar va sport o‘yinlar uchun kerakli asboblar bilan jihozlanadi. Katta guruh. O‘yin bo‘limlari bolalarning yoshiga mos holda o‘rta guruh xonasi kabi jihozlanadi. Guruh xonasida yana ta’limiy faoliyat o‘tkaziladigan bo‘lim ajratiladi va u yerga tarbiyachining stoli, ekran, shkaf, taxta joylashtiriladi. Bolalarning mustaqil o‘ynashlari uchun hamma kerakli materiallar (stollar, o‘yinchoqlar solingan qutichalar, vitrina shkafi, tokchalar va boshqalar) bo‘lishi lozim. Tabiat burchagi, qo‘l mehnati bilan shug‘ullanadigan burchak, kitob burchagi, tasviriy faoliyat burchaklari bo‘lishi kerak. Tayyorlov guruhi. Bu yerdagi ta’limiy faoliyat o‘tkaziladigan bo‘limda katga guruhdagi singari bolalar uchun ikki kishilik stollar qo‘yiladi. Guruh xonasidagi jihozlar zarurat tufayli shug‘ullanganda o‘yinga joy bo‘shatish maqsadida boshqa tomonga surib qo‘yadigan qilib joylashtiriladi. Maydonchada sport o‘yinlari va har xil o‘yin uchun joy ajratiladi, gulxona va poliz tashkil etilib, u yerda bolalar o‘zlari gul va sabzavotlarni yetishtiradilar. Bolalar hayotini tashkil etishga qo‘yiladigan talablar. Kunning birinchi yarmida bolalar hayotini tashkil etish. Bolalarning bog‘chada 9-12 soat bo‘lishi kun tartibida belgilab qo‘yilgan. Bunda ertalabki qabul muhim rol o‘ynaydi. Tarbiyachi bolalarning bog‘chadagi vaqti qiziqarli, sermazmun o‘tishini ta’minlaydi. Shunday qilib, kun davomida bolalar hayotini tashkil etishdagi talablar quyidagicha:
REPUBLICAN SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE “THE ROLE OF PARENTS IN RAISING CHILDREN: MODERN PEDAGOGICAL AND PSYCHOLOGICAL APPROACHES”, OCTOBER 15-16, 2025 321 - Bolalarning hamma faoliyat turlari bilan shug‘ullanishlari uchun shart-sharoitlar yaratish. - Har bir yosh guruhida faoliyat turlarini almashtirib borish. - Bolalarning harakat faolligini yetarlicha ta’minlash. - Ta’limiy faoliyat, o‘yin, mehnat, maishiy faoliyat o‘rtasida bog‘liqlik o‘rnatish. - Bolalarning olgan bilim, malaka, ko‘nikmalarini mustaqil faoliyatlarida qo‘llay olishga o‘rgatish. - Bolani faol bo‘lishga, har doim biron narsa bilan mashg‘ul bo‘lishga o‘rgatish. - Har bir bolani ijodiy qobiliyatlari, xohish va qiziqishlarini diqqat bilan ko‘zatib borish va uning yanada rivojlanishi uchun shart-sharoit yaratish. - Bolalarning butun faoliyatiga arbiyachining rahbarligi. - Kun tartibiga qatiy rioya qilish. Ta’limiy faoliyat bolalar bog‘chasida bolalarga ta’lim berishning asosiy shaklidir. Ta’limiy faoliyat-tarbiyachining bolalarni kerakli bilim va malakalardan umumiy holda xabardor qilishidir. Tarbiyachi bolalarga ta’lim berishni kun davomida amalga oshiradi: ularning bilimlarini boyitadi, madaniy, gigiyenik, xulq madaniyati, nutqi, sanoq-hisob, harakatlari kabi turli-tuman malaka va ko‘nikmalarini shakllantirib boradi. Ammo ta’lim berishda bosh rolni ta’limiy faoliyat egallaydi. Ta’limiy faoliyatlar bolalar bog‘chasida ta’limni tashkil etish shaklidir. U maktabgacha tarbiya yoshidagi hamda bolalar uchun majburiydir, unda dastur mazmuni belgilab berilgan. Kun tartibida unga ma’lum o‘rin va vaqt ajratilgan. Ta’limiy faoliyat tarbiyachi rahbarligida o‘tkaziladi, tarbiyachi ta’limiy faoliyatlarda bolalarni yangi bilimlardan xabardor qiladi, bolalar egallab olgan bilimlarini esa aniqlab mustahkamlaydi. Bolalarning amaliy ta’limiy faoliyatlarini tashkil etadi. O‘quv materialining mazmuni asta-sekin murakkablashtirilib boriladi. Demak, ta’limiy faoliyat bolalarni maktabga tayyorlashda katta ahamiyatga ega. Ta’limiy faoliyat bolalarda barqaror diqqat, irodani, diqqatni jalb eta olish kabi qobiliyatlar rivojlanadi. Ayniqsa, bolalarga bilim berishni jamoa usulida olib borish katta ahamiyatga birgalikdagi faoliyatda bolalar birbirlariga faol ta’sir etishadi, o‘z tashabbusi, topag‘onligini namoyon qilish imkoniyati tug‘iladi. Bolalar ishiga zo‘r berishni talab etuvchi vazifa qo‘yilganda birgalikda qayg‘urishadi, jamoatchilik hissi shakllanadi. Ekskursiyalar, rasm qirqib yopishtirish, qurish-yasash ishlarini birgalikda bajarish, umumiy raqs-o‘yinlarini ijro etish, badiiy asarlarni eshitish, o‘qishda paydo bo‘lgan birgalikdagi kechinmalar bolalarning birlashgan do‘stona jamoasini yaratishga yordam beradi, birga ishlash, yashashga o‘rgatadi. Ta’limiy faoliyatda ta’lim berish orqali bolalarda maktabdagi o‘qishga qiziqish tarbiyalanadi, javobgarlik hissi, o‘zini tuta olish, mehnat qilishga intilish odati, topshirilgan ishni bajarish kabi sifatlar hosil qilinadi. FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR 1. 24.05.2023 yildagi PF-76-sonli “Ma’muriy islohotlar doirasida raqamli texnologiyalar sohasida davlat boshqaruvini samarali tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida” gi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Farmoni 2. Mirziyoyev, Sh. M. (2020). Yangi O‘zbekiston – yangi taraqqiyot bosqichida. Toshkent: O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti matbuot xizmati. 3. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining PQ-2707-sonli qarori, 2016-yil 29-dekabr.
REPUBLICAN SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE “THE ROLE OF PARENTS IN RAISING CHILDREN: MODERN PEDAGOGICAL AND PSYCHOLOGICAL APPROACHES”, OCTOBER 15-16, 2025 322 4. G.M.Nazirova “Bolalarni maktabga tayyorlash metodikasi” “ Bookmany print” 2024. 386 bet 5. N.G Malikovna, EM Akilovna, SN Anvarovna, KD Bakhodirovna, ..DETERMINING THE EFFECTIVENESS OF PRESCHOOL EDUCATION IN CHILD DEVELOPMENT: THE EXAMPLE OF MARKETING RESEARCH. International Journal of Early Childhood Special Education 14 (5) 2022 6. NG Malikovna, M Gulnoza, I Mubina MAKTABGACHA YOSHDAGI BOLALARDA QO’RQUVNI YENGISHDA ERTAK TERAPIYADAN FOYDALANISH Innovative Society: Problems, Analysis and Development Prospects (Spain) 2 … 7. Г Назирова, И Саминова МЕХАНИЗМЫ РАЗВИТИЯ ИНТЕЛЛЕКТУАЛЬНЫХ СПОСОБНОСТЕЙ ВОСПИТАННИКОВ ДОШКОЛЬНЫХ ОБРАЗОВАТЕЛЬНЫХ ОРГАНИЗАЦИЙ Академические исследования в современной науке 2 (24), 182-186 8. Г Назирова, Н Хакимова ТЕХНОЛОГИИ РАЗВИТИЯ ТВОРЧЕСКИ-КРЕАТИВНЫХ СПОСОБНОСТЕЙ ВОСПИТАННИКОВ ДОШКОЛЬНЫХ ОБРАЗОВАТЕЛЬНЫХ ОРГАНИЗАЦИЙ Академические исследования в современной науке 2 (24), 187-191 9. A.Z .Baxodirovna “Maktabgacha yoshdagi bolalarni har tomonlama rivojlantirishda tasviriy faoliyatning ahamiyati”, Science and innovation 3 (special issue 31), 34-37 2024y 10. AZ Baxodirovna “Sharq matematik olimlarining asarlarida arifmetikaning rivojlanishi”, Science and innovation 3 (special issue 31), 455-460b 2024y 11. Р.F.Mиннуллина, A.Р Нуриева, З.Б.Азизова “Подготовка будущих воспитателей в полилингвальном образовательном пространстве” Science and innovation 3 (special issue 31), 88-91 2024y 12. A.Z.Baxodirovna, “Maktabgacha ta’lim tashkilotlarida mehnatni tashkil etish shakllari” Science and innovation 3 (special issue 31), 38-44 2024y 13. З.Б Aзизова, З.А кизи Абдуразакова “Болаларда халқ оғзаки ижоди воситасида миллий ғурур ҳиссини шакллантиришда оиланинг ўрни» International conference of education, research and innovation 1 (2), 50-62 2023 14. Sh.Karimova PROBLEMS OF IMPLEMENTATION OF SOCIAL PEDAGOGICAL PRINCIPLES file:///C:/Users/Windows10/Downloads/Telegram%20Desktop/Каримова%20Ш.%20Импо фактор93-100.pdf 15. Bulletin news in New Science Society International Scientific Journal 2024 Vol 1 Issue 3 Impact factor: 8.5 (Researchbib ) 16. Sh.Karimova. ИСПОЛЬЗОВАНИЕ МЕТОДОВ АРТ-ТЕРАПИИ В РАБОТЕ С ДЕТЬМИ ДОШКОЛЬНОГО ВОЗРАСТА INTERNATIONAL SCIENTIFIC RESEARCH OF PROBLEMS OF SCIENCE AND EDUCATION 2024 Paris, France 17. Sh.Karimova BO‘LAJAK O‘QITUVCHILARDA AKMEOLOGIK KOMPETENTLIKNI RIVOJLANTIRISH PEDAGOGIK MUAMMO SIFATIDA "Oriental Art and Culture" Scientific Methodical Journal / https://oac.dsmi-qf.uz Volume 5 Issue 6 / December 18. Sh.Karimova PREPARING CHILDREN FOR SCHOOL EDUCATION GALAXY INTERNATIONAL INTERDISCIPLINARY RESEARCH JOURNAL (GIIRJ) ISSN (E): 2347-6915 Vol. 12, Issue 12 December (2024)