FARZAND TARBIYASIDA OTA-ONALARNING IJTIMOIY VAZIFALARI
Abstract
Ushbu maqola yosh avlodni tarbiyalashda oilaning o‘rnini yoritishga qaratilgan bo‘lib, unda ota-onalarning farzand tarbiyasidagi o‘rni haqidagi o‘rni tahlil qilinadi. Bolalarni jamiyatning faol a’zosi sifatida tarbiyalash uchun ijtimoiy muloqot ko‘nikmalarini rivojlantirish va ota-onaning shaxsiy namuna ko‘rsatishi zarurligi kabi muhim jihatlariga asoslangan.
Full text
REPUBLICAN SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE “THE ROLE OF PARENTS IN RAISING CHILDREN: MODERN PEDAGOGICAL AND PSYCHOLOGICAL APPROACHES”, OCTOBER 15-16, 2025 363 FARZAND TARBIYASIDA OTA-ONALARNING IJTIMOIY VAZIFALARI Xujamova Nargiza Najmiddinovna1, Abdug‘aniyeva Odina Hasanboy qizi2 1O‘zbekiston Respublikasi IIV Navoiy akademik litseyi huquq fani o‘qituvchisi. 2Qo‘qon DU talabasi https://doi.org/10.5281/zenodo.17548070 Annotatsiya. Ushbu maqola yosh avlodni tarbiyalashda oilaning o‘rnini yoritishga qaratilgan bo‘lib, unda ota-onalarning farzand tarbiyasidagi o‘rni haqidagi o‘rni tahlil qilinadi. Bolalarni jamiyatning faol a’zosi sifatida tarbiyalash uchun ijtimoiy muloqot ko‘nikmalarini rivojlantirish va ota-onaning shaxsiy namuna ko‘rsatishi zarurligi kabi muhim jihatlariga asoslangan. Kalit so‘zlar: Oila, burch, tarbiya, xulq-atvor, ma’naviy yetuklik, burch, axloqiy tamoyillar, an’analar, qadriyatlar, urf-odatlar. Yangilanayotgan O‘zbekiston sharoitida oila qadriyatlarining tiklanishi va qarindoshlik munosabatlari, har bir oilaning iqtisodiy, madaniy, kasb-kor jihatdan ravnaq topishini anglatadi. Oila va oila muammolari hamisha davlatning diqqate’tibori va himoyasida bo‘lib kelmoqda. Jamiyat taraqqiyotini harakatga keltiruvchi hujjat bo‘lgan Qomusimiz – Konstitutsiyamizda oila masalasiga ham alohida urg‘u berilgan. Konstitutsiyamizda: “Oila jamiyatning asosiy bo‘g‘inidir hamda jamiyat va davlat muhofazasida bo‘lish huquqiga ega”, deb belgilab qo‘yilgan. Muhtaram Prezidentimiz Shavkat Mirziyoev ta’kidlaganlaridek, “Avlodlar davomiyligini ta’minlaydigan ma’naviyat qo‘rg‘oni bu – oiladir». "Bizni hamisha o‘ylantirib keladigan yana bir muhim masala – bu yoshlarimizning odob-axloqi, yurish-turishi, bir so‘z bilan aytganda, dunyoqarashi bilan bog‘liq. Bugun zamon shiddat bilan o‘zgaryapti. Bu o‘zgarishlarni hammadan ham ko‘proq his etadigan kim – yoshlar. Mayli, yoshlar o‘z davrining talablari bilan uyg‘un bo‘lsin. Lekin ayni paytda o‘zligini ham unutmasin. Biz kimmiz, qanday ulug‘ zotlarning avlodimiz, degan da’vat ularning qalbida doimo aks-sado berib, o‘zligiga sodiq qolishga undab tursin. Bunga nimaning hisobidan erishamiz? Tarbiya, tarbiya va faqat tarbiya hisobidan", deya ta’kidladi Prezidentimiz. Bugungi kunda barchamizning, nainki asosiy vazifamiz, balki insoniy burchimiz barkamol avlodni tarbiyalashdir. Shu bois ham mamlakatimizda barcha xayrli ishlar avvalo oilalarni mustahkamlash va yosh avlodning yorug‘ kelajagini ta’minlash maqsadida amalga oshirilmoqda. Zero, oila sog‘lom ekan, jamiyat mustahkam, jamiyat mustahkam ekan, mamlakat barqarordir. Bolalar tarbiasiga nafaqat oila, ta’lim-tarbiya muassasalari balki mahalla ham ma’suldir. Chunki, farzand tarbiasi ko‘p omillarga, avvalo, axloqiy-m’naviy muhitga ham bog‘liq. Ta’lim-tarbiya muassasalari bilan oila hamkorligi bunda muhim ahamiyatga ega. Farzandga yaxshi tarbiya berish ota-onaning asosiy mas’uliyatli vazifalaridan biridir. Bu borada ular har qadamda mas’uliyat bilan yondashmog‘i lozim. Kelajakdagi yo‘li ravon bo‘lishini istagan har bir ota-onalar sarflaydigan vaqtini va harakatini ertaning buyuk insonlari bo‘lgan farzandlarini ulg‘aytirish uchun sarflashlari lozim. Farzand kamoloti uchun sarflangan har bir daqiqa ertangi farovon hayot uchun tamal toshi bo‘ladi desak hech mubolag‘a
REPUBLICAN SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE “THE ROLE OF PARENTS IN RAISING CHILDREN: MODERN PEDAGOGICAL AND PSYCHOLOGICAL APPROACHES”, OCTOBER 15-16, 2025 364 bo‘lmaydi. Agar ota-ona vaqtida farzandiga e’tibor qaratmasa, uning kelajagi uchun qayg‘urmasa, keyinchalik afsus – nadomat bilan yashashi muqarrar. Bu kelajakda muammolarni yuzaga chiqarishi mumkin. O‘sha vaqtda esa muammolarni hal qilishga kech bo‘lishi mumkin. Shunday ekan, farzandining taqdiri uchun e’tiborli bo‘lib, uning xulqi, tarbiyasiga va ilm olishiga befarq bo‘lmaslik lozim. Xalqimizda “Qush uyasida ko‘rganini qiladi” degan naql bejizga aytilmagan. Har bir ota-ona o‘z farzandi uchun ko‘zgudir. Ularning muomala va munosabati, o‘zini tutishi farzandiga bo‘lgan e’tibori alohida ahamiyatga ega. Buyuk mutafakkir shoirimiz Alisher Navoiy farzand tarbiyasi xususida shunday deydi: “Yosh bolaga nisbatan eng zarur ish bilki, uni kichkinaligidan parvarish qilishdir. Qatrani sadaf tarbiya qilgani uchun odamlarning boshiga chiqib sharaf topdi. Tarbiyaning yana biri bo‘laga ilm-u adab o‘rgatish uchun muallim chaqirishdir. O‘g‘ling bilimsizligicha qolib ketsa, ajab kamchilik bo‘ladi. Unga sening shafqat qilishing foydalidir, lekin buning ortiqchasi zarardir”. Bu fikrlar orqali qattiqqo‘llik va shafqatning me’yorda bo‘lishini bilish mumkin. Oila mustahkamligi, ma’naviy va jismoniy barkamol farzand jamiyat mustahkamligi va ma’naviy yetuklikning garovidir. Sohibqiron bobomiz Amir Temur ham o‘g‘il uylantirish, kelin tanlash, farzand tarbiyasini davlat siyosati darajasiga ko‘targanligi ham bejiz emas. Davlatning qudrati sog‘lom fikrli, bilimli, axloq –odobli, xalq , millat, Vatan taqdiri uchun jonini tikkan insonlar qo‘lida. Mirzo Ulug‘bekning oila muhitini yaxshilash, sog‘lom tarbiya berish haqida o‘z fikrlarini bildirgan. oila muhim o‘rin egallaydi. Jadid adabiyotining namoyandasi Abdurauf Fitrat jamiyat rivoji va yurt ravnaqi farovonligida oilaning o‘rni xususida fikr yuritib, “Oila” asarida shunday mulohazalar bildiradi: “Har bir millatning saodati va izzati, albatta, shu xalqning ichki intizomi va totuvligiga bog‘liq.Tinchlik va totuvlik ana shu millat oilalarining intizomiga tayanadi.Qayerda oila munosabati kuchli intizomga tayansa, mamlakat va millat ham shuncha kuchli va muazzam bo‘ladi”. Oilaдa ma’naviy-ruhiy muhit, bola tarbiyasida g‘oyat muhim ahamiyatga ega bo‘ladi. Oila sog‘lom, yetuk farzandni ulg‘aytirib kamol toptirishda mas’uldir. Farzandni sog‘lom, yetuk, bilimli, shijoatli qilib voyaga yetkazish oilaga, ota-onaga bog‘liqdir. Oila tarbiyasi ijtimoiy tarbiya bilan uzviy aloqada bo‘lsagina, kutilgan natijalarga erishish mumkin. Farzandlarimiz ta’lim-tarbiyasiga bo‘lgan e’tiborni o‘zligimiz va kelajakka bo‘lgan e’tibor deb bilib, yosh avlodga g‘amxo‘rlik ko‘rsatish, ularning sog‘lom o‘sishi, to‘g‘ri tarbiya hamda ta’lim olishini ta’minlash barchamizning burchimizdir. Oila-jamiyatning tayanchi. Farzandlarimiz ongida elu yurtga, Vatanga muhabbat tuyg‘ulari oilada, yashab turgan mahallada shakllanadi. Mamlakatning ertangi kuni, tinch va obod bo‘lishi eng oldin mana shu kichik jamiyatda o‘sibunayotgan bolalarimizga bog‘liq. Qaysi oilada, qaysi mahallada tarbiya yaxshi yo‘lga qo‘yilar ekan, o‘sha oila, o‘sha mahalla gullab-yashnaydi. Farzand tarbiasini qachondan boshlamoq kerak, degan savol ko‘pchilikni o‘ylantiradi. Ko‘pchilik olimlar unga turlicha javob berib kelganlar. Xususan, Ibn Sino bola tarbiasi bilan uning tug‘ilishidan avvalroq, ona qornidan boshlaboq shug‘ullanish lozim, deb javob bergan. Oila, odob-axloq va ta’lim-tarbiaga e’tibor qon-qonimizga singib ketgan burchlarimizdandir. «Bir bolaga etti qo‘shni ota-ona» degan ibratli maqol ham aynan xalqimizga xos. Mana shu maqolning o‘zi ham farzand tarbiasi, oilaparvarlik biz uchun nechog‘lik muhim ekanini bildiradi. Mahalla ahli, ayniqsa keksalar ko‘chada nobop ish qilayotgan bola oldidan hech qachon beparvo o‘tib ketmagan, shu zahotiyoq tanbeh berib
REPUBLICAN SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE “THE ROLE OF PARENTS IN RAISING CHILDREN: MODERN PEDAGOGICAL AND PSYCHOLOGICAL APPROACHES”, OCTOBER 15-16, 2025 365 to‘g‘ri yo‘lga chaqirgan. Zero, har tomonlama chiroyli, odobli, go‘zal xulqli bo‘lish, nafsni poklashga buyuruvchi muqaddas dinimiz oilaga katta ahamiyat beradi. Ijtimoiy taraqqiyotning hozirgi bosqichida har tomonlama rivojlangan barkamol shaxsni shakllantirish masalalari alohida ahamiyat kasb etmoqda. Ta’lim va tarbiya mazmunini takomillashtirish esa ushbu katta dasturiy masalaning ajralmas qismi hisoblanadi. Bu muammolarni yechish samaradorligi ma’lum darajada o‘tmishdagi ilg‘or pedagogik g‘oyalardan qay darajada mohirona foydalanilayotganligiga bog‘liq. Tarbiyaga taʼlim toʻgʻrisidagi qonunda shunday taʼrif beriladi: “tarbiya — aniq maqsadli hamda ijtimoiy-tarixiy tajriba asosida yosh avlodni har tomonlama kamol toptirishga, ularning ongini, ma’naviyaxloqiy qadriyatlar va dunyoqarashini shakllantirishga qaratilgan tizimli jarayon”. Tarbiya alohida bo‘lgan jarayon emas, u ta’lim, rivojlanish bilan bog‘liqdir, chunki ularning barchasi ham insonning shaxs sifatida shakllanishiga qaratilgan. Biz shunday yuksak madaniyatli, ma’naviyatli xalq vakillari ekanimizdan faxrlansak bo‘ladi. Oila insonlar tomonidan yaratilgan va ularning munosabatlari bu oilaning hayotiyligini belgilab berishini hisobga olsak, oilani eng sof ochiq munosabatlar joyi, jamiyat uchun yuksak madaniyatli, yetuk shaxslarni yetkazib beruvchi ustun deb hisoblash mumkin. Bola tug‘ilgan kunidan boshlab oila muhitida yashaydi. Oilaning an’analari, qadriyatlari va urf-odatlari bolaning shaxsiy fazilatlarini shakllantiradi. Eng muhimi, farzandlar oilaning hayot maktabi orqali jamiyat talablarini his etadilar Farzand tarbiyalayotgan ota-ona har bir harakati, yurish turishi, muomalasi, boshqalar bilan o‘zaro munosabatida oliyjanob fazilatlarni namoyon eta bilishi kerak. Chunki bola tabiatan nihoyatda taqlidchan va kuzatuvchan bo‘ladi. Shuning uchun uning atrofdagilari o‘z odatlari bilan ba’zan o‘zlari sezmagan holda ularga ta’sir qiladilar. Oiladagi qo‘pol munosabatlar, ko‘p yolg‘on gapirish, yoqimsiz xattiharakat bola tarbiasiga salbiy ta’sir qiladigan nosog‘lom muhitni keltirib chiqaradi. Farzand tarbisida ota-onaning muomalasi muhim o‘rin tutadi. Bola ota-ona tomonidan qo‘pol, dag‘al so‘zlar eshitib, kaltak yeb katta bo‘lsa, bu uning tabiatiga salbiy ta’sir qiladi. Bu esa o‘z navbatida oiladagi nosog‘lom muhitda tarbiyalanayotgan boladan «ma’naviy kasal» insonlar shakllanadi. Ular esa jamiyat ma’naviyatiga ham salbiy ta’sir ko‘rsatadi. Albatta bola tarbiyasi o‘ta murakkab va ma’suliyatlidir. Bu har bir ota-onadan o‘z ustida muntazam ishlashni, bolalar tarbiyasiga oid barcha ma’lumotlardan baxobar bo‘lib borishni talab etadi. Farzand tarbiyasi bu shunchaki tajriba, oddiy ko‘rsatma va bilimlar jamlanmasi emas, balki o‘z ichiga diniy-axloqiy bilimlar, tibbiyot, etika, psixologiya, pedagogika kabi sohalariga oid bilimlarni ham qamrab oladigan murakkab jarayondir. Ota oilada xulq-atvorda, muloqotda, nutq madaniyatida, oila a’zolari o‘rtasidagi munosabatlar jarayonida, rostgo‘ylikda namuna bo‘lishi kerak. Ibn Sinoning fikricha, bolada axloqiy dunyoda idealning shakllanishi bolalar tarbiyasini to‘g‘ri yo‘naltirishning eng muhim vositasidir. Bir tomondan, bola tarbiyasida ijtimoiy muhit qanday muhim rol o‘ynasa, ikkinchi tomondan, ta’lim-tarbiya natijasida inson shaxsiyatini qanday takomillashib borishini tushunamiz. Ulug‘larimiz hayotiga nazar soladigan bo‘lsak, ularning onalari hatto otlari vafot qilganda ham moddiy ta’minotni o‘z zimmalariga olishgan, han farzand tarbiyasi bilan shug‘ullanishgan. Yillar davomida chekilgan zahmat natijasida Imom Ahmad, Imom Buxoriy kabi buyuk insonlar yetishgan. Abdurauf Fitrat "Rahbari najot" asarida shunday yozgan edi: "Suv qaysi rangdagi idishda bo‘lsa, o‘sha rangda tovlangani kabi bolalar ham shunday muhitda
REPUBLICAN SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE “THE ROLE OF PARENTS IN RAISING CHILDREN: MODERN PEDAGOGICAL AND PSYCHOLOGICAL APPROACHES”, OCTOBER 15-16, 2025 366 bo‘lsalar, o‘sha muhitning har qanday odat va axloqini qabul qiladilar. Farzand tarbiya qilganda odatda o‘g‘il bolalar tarbiyasi bilan ko‘proq ota, qiz bola tarbiyasi bilan esa ona shug‘ullanadi. Albatta bunda farzandning saviyasini inobatga olish muhim. Bolani biror-bir yutuqqa erishishida, natijani ko‘rishga shoshmaslik kerak. Masalan ikki yoshgacha faqat shirin so‘z bilan, erkalash orqali tarbiya qilinadi. Besh yoshgacha bola atrofni o‘rganadi, asosiy ma’lumotni shu yosh oralig‘ida egallaydi. Bu davrda biz ko‘proq amaliy jihatdan namuna bo‘lishga urinishimiz, sog‘lom oilaviy muhitni yaratishimiz zarur bo‘ladi. Oilada otaning bolalariga loqayd bo‘lishi oxiri xunuk oqibatlarga sabab bo‘ladi. Loqaydlik yomon illat bo‘lib, u bola tarbiyasining buzilishiga katta yo‘l ochadi. Keyingi davr esa bir oz talabchanlik va intizomni talab etadi. Bu davr o‘smirlik payti bo‘lib, bola oq-qorani ayni shu davrda ajratadi. Yaxshilikka mukofot, yomonlikka jazo muqarrarligini shu bosqichda o‘rganadi. Bu davrda farzand to‘g‘ri yo‘lga solinsa, tarbiyali do‘stlarga hamroh qilinsa, uning odobli bo‘lib, yaxshi inson bo‘lishi uchun muhim qadam qo‘yiladi. Odatda onalar o‘z bolalarining xato va kamchiliklarini otasidan yashirishga harakat qiladilar. Aytsam urishadi, bolamga qattiq tegadi deb, yo‘l qo‘ygan xatolari, qo‘l urgan yomon ishlarini otaga aytmaydilar. Oqibatda bola o‘z vaqtida tanbeh olmaganidan keyin bora-bora kattaroq jinoyatlarni ham qo‘rqmasdan qilaverishi mumkin. Tarbiyada eng muhim vosita bu mehr va shirinso‘zlik bilan tarbiyalashdir. Bu ikki vosita bir bo‘lib, bolani shakllantiradi. Shu jumladan, ta’limni ham g‘azab va jazolash bilan amalga oshirmagan ma’qul. Zero, zo‘rlab berilgan ta’lim bola xotirasidan tezda o‘chib ketadi. Onaning tarbiya maskani zararga yo‘liqsa, nasllarda o‘nglanmaydigan yaralar ochiladi, onani yuqotadi. Farzandning ilk tarbiya makoni onaning ko‘ksidir. Bolaning dunyo va ohirat hayotiga bog‘liq bilimlarga ona mehru muhabbati bilan berilishi eng go‘zal tarbiya shaklidir. Bolaning tarbiyalanishida ota-onalar o‘z farzandlariga ma’naviy merosimiz bo‘lgan milliy urfodatlar, an’analar, marosimlar, udumlarning o‘ziga xosligini asta sekinlik bilan tushuntirib borishga ma’suldirlar. Zero, urtboshimiz ta’kidlaganlaridek “Odobli, bilimdon va aqlli, mehnatsevar, iymon e’tiqodli farzand nafaqat ota-onaning, balki butun jamiyatning eng katta boyligidir”. Xullas, oila ma’naviyati tizimida o‘zaro munosabatlarning tartib-intizom, ota onalik burchining anglanish darajasining ahamiyati nechog‘li kattaligini isbotlaydi. Oilaviy o‘zaro munosabatlarda ba’zan kattalarning aybi bilan sodir bo‘ladigan nizolar, tabiiyki, bola tomonidan idrok qilinadi, anglanadi, ma’lum bir bahoga (ijobiy va salbiy) ega bo‘ladi. Ushbu baholar real vaziyatlarda salbiy xulq shaklida namoyon bo‘ladi. Natijada bolaning oilaga, uning qadriyatlariga, istiqbolda oila qurishga bo‘ladigan intilishlarida aks etadi. Bola oila timsolida jamiyatning ijtimoiy – ma’naviy qiyofasini ko‘radi, jamiyat talablari mohiyatini ilk bora shu kichik jamoa orasida anglaydi. Oilaviy munosabatlar farzandlarning aqliy, ruhiy kamolotini ta’minlab, qolmasdan, ota-onalarda o‘ziga xos faollikni ham yuzaga keltiradi. Xususan, farzandlarning bevosita ta’siri tufayli ularning qiziqish hamda faoliyatlari doirasi kengayadi, o‘zaro aloqalari boyib boradi, real hayot mazmunini chuqurroq anglash, ya’ni farzandlar kamoloti, kelajagi timsolida o‘z umri davomiyligini ko‘rish holati ro‘y beradi. “Odobli bilimdon, aqlli, mehnatsevar, iymon –e’tiqodli farzand nafaqat ota-onaning, balki butun jamiyatning eng katta boyligidir”. Bolalaroila va jamiyatning ko‘zgusidir. Bolalarning yosh qalbiga hamma narsadan ko‘ra o‘rnak ko‘rsatish kuchli ta’sir etadi, ota-onalarning ko‘rsatadigan o‘rnagi (ibrati) esa
REPUBLICAN SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE “THE ROLE OF PARENTS IN RAISING CHILDREN: MODERN PEDAGOGICAL AND PSYCHOLOGICAL APPROACHES”, OCTOBER 15-16, 2025 367 ularning qalbida boshqa hamma kishilarning o‘rnagiga qaraganda chuqurroq va mustahkamrok iz qoldiradi. Oilaviy tarbiya doimo mavjudligi, ko‘rsatmaliligi va serjiloligi bilan ajralib turadi. Unda odobga doir tadbirlarni bolaga to‘g‘ri o‘rgatish, maslahat berish, kattalar tajribasigina emas, balki oilaning yashash tarzi, muhiti, ota-onalarning kasb hunari, oila a’zolarining ma’naviyruhiy munosabatlari katta rol o‘ynaydi. Bolalar – kelajagimiz ekan, ularni ham jismonan, ham ruhan, ham ma’nan sog‘lom bo‘lib kamolga etkazish barchamizning asosiy vazifamiz bo‘lib qolishi kerak. Oila bolalarda vatanparvarlik, insonparvarlik tuyg‘ularni hosil qiluvchi o‘ziga xos maskani sanaladi. Bolalar “Vatan”, “Xalq” tushunchalarining mohiyatini dastlab ana shu maskanda o‘zlashtiradilar. Zero, oilaning o‘zi 3 Vatanning bir bo‘lagidir. Oila sha’nini himoya qilish, uni saqlash to‘g‘risida qayg‘urish Vatanni sha’ni, el-yurt manfaati uchun kurashish tuyg‘ulari bilan uzqiy bog‘liq bo‘lishiga erishish oilada tashkil etilayotgan ijtimoiy siyosiy tarbiyasining asosi bo‘lishi lozim. ADABIYOTLAR 1. Mirziyoyev Sh.M. Milliy taraqqiyot yo‘limizni qat'iyat bilan davom ettirib, yangi bosqichga ko‘taramiz. -Toshkent: "O‘zbekiston", 2017. - B. 505. 2. Azimaxon Kamolova osh avlodni tarbiyalashda xalq pedagogikasini manbalarining o‘rganishning o‘rganishning ilmiy-nazariy asoslari. "Science and Education" Scientific Journal / December 2022 / Volume 3 Issue 12. 590-592 betlar 3. Niyozmetova R. XX asr o‘zbek adabiyotini o‘qitish mazmunini belgilash masalalari. – T.: TDPU, 2000. – 105 b. 3. Niyozmetova R. Uzluksiz ta’lim tizimida o‘zbek adabiyoti o‘rganish metodikasi. – T.: Fan. 2007. – 215 b. 4. Nishonova S. SHarq uyg‘onish davri pedagogik fikr taraqqiyotidabarkamol inson tarbiyasi. Ped. fan. dok. diss... – T.: 1988. – 289 b. 5. Mustaqillik ma’naviyati va tarbiya asoslari: (O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti, akademik I.A.Karimov asarlari misolida). 2 – to‘ldirilgan va qayta ishlangan nashri. O‘qituvchi. – T.: 1997. – 256 b 6. Irisov A. Abu Ali ibn Sino hayoti va ijoodiy merosi. T. “Fan”, 1980. 160-bet 7. H.Yo‘ldoshev “Barkamol avlodni tarbiyalashda oila, mahalla va ta’lim muassasalari hamkorligi kontseptsiyasi”.2012y. 8. Sultonova N.A., O`zbekistonda Maktabgacha ta'lim tizimini 2030 yilgacha rivojlantirishning kelajak istiqbollari. International Scientific and Practical Conference, 2023/11/30., 4-7. https://www.conferenceseries.info/index.php/education 9. Sultonova Nurkhon Anvarovna, Kadyrova Nasibakhon., Impact of the Internet in the Conditions of Global Processes on Spirituality and Health of Youth., INTERNATIONAL JOURNAL OF INCLUSIVE AND SUSTAINABLE EDUCATION., 2022/12/29., 1/6. p165-168 10. Sultonova N Anvarovna Some Aspects of the Maria Montessori Method in the Education of Preschool Children., International Journal of Inclusive And Sustainable Education 1, 2022., p169-173 11. Sultonova Nurkhon Anvarovna, Issues of Education during the Oriental Renaissance., International journal of inclusive and sustainable education., 2022, 1/5 p301-305