Full text
REPUBLICAN SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE “THE ROLE OF PARENTS IN RAISING CHILDREN: MODERN PEDAGOGICAL AND PSYCHOLOGICAL APPROACHES”, OCTOBER 15-16, 2025 368 TARIX FANINI O‘RGANISHDA OTA-ONALAR YORDAMIDA MASHG‘ULOTLAR TASHKIL ETISHNING AHAMIYATI Xujanova Lobar Raimkulovna Guliston davlat universiteti tayanch doktoranti https://doi.org/10.5281/zenodo.17548078 Annotatsiya. Ushbu maqola tarix fanini o‘rganishda ota-onalar yordamida mashg‘ulotlar tashkil etishing pedagogik ahamiyatini o‘rganadi. Maqolada maktab va oila hamkorligining o‘quvchilarning tarixiy ongi, milliy qadriyatlarga sadoqati va fuqarolik pozitsiyasini shakllantirishdagi o‘rni tahli qilinadi. Ota-onalarning ta’lim jarayoniga jalb qilinishi orqali o‘quvchilarning fanlarga bo‘lgan qiziqishi oshadi, motivatsiyasi kuchayadi va oila bilan maktab o‘rtasidagi bog‘liqlik mustahkamlanadi. Tajribaviy tahlillar shuni ko‘rsatadiki, ota-onalar bilan hamkorlikda olib boriladigan mashg‘ulotlar nafaqat o‘quvchilarning bilim darajasini oshiradi, balki ularning shaxsiy rivojlanishiga ham ijobiy ta’sir ko‘rsatadi. Maqolada, shuningdek, ota-onalarni tarix fanini o‘rganish jarayoniga jalb qilishning samarali usullari va ularni amalga oshirish yo‘llari haqida fikr yuritilgan. Kalit so‘zlar: tarix fani, ota-onalar ishtiroki, mashg‘ulotlar, oila va maktab hamkorligi, tarixiy ong, milliy qadriyatlar, innovatsion pedagogik yondashuv, o‘quv motivatsiyasi, barkamol avlod. Abstract. This article examines the pedagogical importance of organizing parent-assisted lessons in learning History. The paper analyzes the role of school-family cooperation in forming students' historical consciousness, loyalty to national values, and civic position. Involving parents in the educational process increases students' interest in subjects, enhances their motivation, and strengthens the connection between family and school. Experimental analysis shows that lessons conducted in cooperation with parents not only improve students' knowledge level but also positively affect their personal development. The article also discusses effective methods of involving parents in the process of learning History and ways to implement them. Keywords: history, parental involvement, lessons, family-school partnership, historical consciousness, national values, innovative pedagogical approach, learning motivation, wellrounded generation. Mamlakatimizda ta’lim sohasida olib borilayotgan izchil islohotlar tufayli ushbu tizimning barcha tarkibiy qismlari – tashkiliy-pedagogik shart-sharoitlar, moddiy-texnika bazasi, malakali kadrlar tayyorlash va xalqaro tajribalarni joriy etish bo‘yicha sezilarli yutuqlarga erishildi. Natijada, o‘quv jarayoniga jahonning ilg‘or pedagogik yutuqlari va innovatsion texnologiyalari keng miqyosda tatbiq etilmoqda. So‘nggi yillarda yoshlar siyosatini yanada takomillashtirish va ularning har tomonlama rivojlanishini ta’minlash maqsadida muhim ishlar amalga oshirildi. Yoshlarni qonuniy huquq va manfaatlarini himoya qilish, ularga yuqori ma’naviyat, tashabbuskorlik, shijoat va Vatanga sadoqat ruhida tarbiya berish, shuningdek, mamlakatimiz kelajagi uchun mas’uliyatni o‘z zimmasiga oladigan faol fuqarolarni tayyorlash bo‘yicha yagona tizim yaratildi.Yosh avlodning sog‘lom va barkamol bo‘lib yetishishi, sifatli ta’lim olishi, madaniyat, san’at, sport, axborot texnologiyalari va kitobxonlikka bo‘lgan qiziqishlarini qo‘llab-quvvatlash yo‘lida ham samarali chora-tadbirlar amalga oshirilmokda.
REPUBLICAN SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE “THE ROLE OF PARENTS IN RAISING CHILDREN: MODERN PEDAGOGICAL AND PSYCHOLOGICAL APPROACHES”, OCTOBER 15-16, 2025 369 Yangi О‘zbekistonning taraqqiyot strategiyasi [1] amalga oshirilayotgan hozirgi paytda davlatimiz rahbari aytganidek “... islohotlarimizning asosiy harakatlantiruvchi kuchi bо‘lgan jamiyatimiz a’zolarining bor bilim va salohiyati, kuch va imkoniyatlarini, butun azmu shijoatimizni ishga solishimiz zarur. Shundagina Yangi О‘zbekiston jahon maydonida kuchli salohiyat, munosib obrо‘-e’tiborga ega bо‘lgan, har tomonlama obod va farovon mamlakatga aylanadi”.Ta’lim jarayonini takomillashtirishda o‘quvchi, o‘qituvchi va ota-onaning o‘zaro hamkorligi muhim ahamiyat kasb etadi. Xususan, tarix fanini o‘rganishda ota-onalar ishtirokini ta’minlash o‘quvchilarda tarixiy xotira, madaniy merosga hurmat va fuqarolik ongini shakllantirishda samarali vosita bo‘lib xizmat qiladi. Yoshlarning shaxsiyati shakllanishida kattalarning roli juda muhimdir. Yosh avlod o'zini jamiyatda topish va moslashish uchun kattalarning qo'llab-quvvatlashiga muhtoj. Bola dastlab atrofidagi kishilarning harakatlari va xulq-atvoriga taqlid qilish orqali o'rganadi, chunki u hali yetarli bilim va tushunchaga ega emas. Asta-sekin, bola o'z qilmishlarini tahlil qila boshlaydi va faqat o'zi to'g'ri deb bilgan namunalarga taqlid qiladi[2].Shu sababli, ota-onalar, aka-ukalar, qarindoshlar, mahalla faollari va boshqa katta yoshdagi shaxslarning yaxshi xulqi, madaniyati, odob-axloqi va boshqa ijobiy fazilatlari bolalarga kuchli ta'sir ko'rsatadi. Ota-onalarning shaxsiy namunasi oilaviy tarbiyaning samaradorligiga bevosita ta'sir etuvchi muhim omil hisoblanadi. Ayniqsa, otaning oiladagi munosabatlari, bolalar bilan muloqoti va ularga beradigan o'gitlari bolaning jamiyatda o'z o'rnini topishiga yordam beradi. Bola ko'p vaqtini oilada o'tkazgani uchun, ota-onalarning suhbati va muloqoti bolaning dunyoqarashi, xarakteri va qiziqishlarining shakllanishiga ta'sir qiladi.Bola nafaqat ota-onalarning harakatlarini, balki ularning nutqini, savol-javoblarini va boshqa harakatlarini ham kuzatadi. Agar ota-onalar o'zaro yoki qo'shnilar bilan nizo qilishsa, birbirlarini hurmat qilmasa, lekin bolalardan yaxshi xulq talab qilsa, bunday vaziyat yaxshi natija bermaydi. Bunday sharoitda bola yaxshi namunalarni oiladan emas, balki tashqaridan qidira boshlaydi. Dunyo ta’lim tajribasida bu yo‘nalish “parental involvement in learning”, “home-school collaboration”, yoki “family learning programs” nomlari bilan mashhur. Ta’lim jarayonida otaonalarning ishtiroki o‘quvchilarning motivatsiyasi, ijtimoiy ko‘nikmalari va o‘quv yutuqlariga sezilarli ta’sir ko‘rsatadi. Ota-onalar farzandlarining ta’lim jarayonida faol ishtirok etganda, bu nafaqat o‘quvchilar uchun, balki butun ta’lim tizimi uchun ham ijobiy natijalar beradi. Ayniqsa, tarix fani kabi ijtimoiy-gumanitar yo‘nalishlarda ota-onalar bilan hamkorlik o‘quvchilarning milliy qadriyatlar, madaniyat va tarixiy ongini shakllantirishda muhim ahamiyatga ega.Ta’lim nazariyasida ota-onalar ishtiroki “family engagement in education” yoki “parental involvement” atamalari bilan ifodalanadi. Epstein[3] modeliga ko‘ra, ota-onalar ishtirokini quyidagi yo‘nalishlarda tasniflash mumkin: 1)ota-onalar farzandining uyda ta’lim olishini qo‘llab-quvvatlash; 2)maktabdagi faoliyatlarda ishtirok etish (masalan, darsdan tashqari tadbirlar); 3)o‘quvchilarning fanlarga qiziqishini oshirish; 4)ta’lim natijalarini birgalikda muhokama qilish. Yevropa va boshqa rivojlangan davlatlar ta’lim tizimida ota-onalarning ta’lim jarayonidagi ishtiroki muhim pedagogik tamoyil hisoblanadi. Masalan, Buyuk Britaniyada tarix fanini o‘rganishda ota-onalar farzandlari bilan birgalikda “History at Home” dasturlari orqali uy sharoitida tarixiy mavzularni muhokama qiladi, oilaviy loyihalar tayyorlaydi, mahalliy muzeylarga tashrif buyuradi. “Parent Teacher Association (PTA)”[4] tizimi faol bo‘lib, ular o‘quv dasturlarini, shu jumladan tarix fanini yanada interaktiv qilishda o‘z hissasini qo‘shadi.Bu
REPUBLICAN SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE “THE ROLE OF PARENTS IN RAISING CHILDREN: MODERN PEDAGOGICAL AND PSYCHOLOGICAL APPROACHES”, OCTOBER 15-16, 2025 370 yondashuv o‘quvchilarda mustaqil fikrlash, tadqiqot olib borish va oilaviy tarixga qiziqishni rivojlantiradi. Finlyandiyada esa “Family-based learning projects”[5] dasturi orqali ota-onalar va farzandlar birgalikda milliy madaniyat, tarixiy shaxslar va o‘z oilasi tarixini o‘rganishadi. Bu orqali o‘quvchilarda “cultural literacy” – madaniy savodxonlik darajasi oshadi. Shuningdek, otaonalarning dars jarayonidagi ishtiroki bola uchun motivatsiyani kuchaytiradi va o‘qituvchi, o‘quvchi hamda oila o‘rtasida ijobiy aloqa o‘rnatadi. Ota-onalar “Home-School Partnership” dasturi orqali dars jarayonlarini kuzatib boradi va o‘qituvchi bilan muntazam muloqotda bo‘ladi. Germaniyada “Erinnerungskultur” (xotira madaniyati) dasturi doirasida o‘quvchilar o‘z oilasi yoki mahallasining tarixiy xotirasini o‘rganishadi. Bu jarayonga ota-onalar ham faol jalb etilib, tarixiy hujjatlar, fotosuratlar va shaxsiy xotiralarni yig‘ish orqali “shaxsiy tarix” konsepsiyasini shakllantirishadi. Natijada o‘quvchilar tarixni shunchaki faktlar majmui sifatida emas, balki insoniy taqdirlar orqali idrok etishni o‘rganadi. AQShda esa “Family Learning Programs” modeli keng qo‘llaniladi. Bu dasturlar otaonalarni nafaqat yordamchi, balki o‘rganish jarayonining faol ishtirokchisi sifatida ko‘radi. Tarix darslarida “Family heritage project” (oila merosi loyihasi), “Local history night” (mahalliy tarix kechasi) kabi faoliyatlar tashkil etilib, oila a’zolari birgalikda o‘z madaniy ildizlari haqida ma’lumot taqdim etishadi. “Family Engagement Framework” modeli asosida ota-onalar tarixiy tadbirlarda, loyiha ishlarida faol ishtirok etadilar.Bunday faoliyatlar o‘quvchilarda milliy o‘zlikni anglash va tarixiy jarayonlarga nisbatan shaxsiy munosabatni shakllantirishga yordam beradi. Janubiy Koreyada ham ota-onalar ishtirokidagi tarixiy o‘quv mashg‘ulotlari “community learning” konsepsiyasiga asoslangan. U yerda ota-onalar maktab bilan hamkorlikda tarixiy muzeylar, madaniy markazlar va arxivlarga tashriflarni tashkil etishda faol qatnashadi. Bu yondashuv o‘quvchilarni nafaqat bilimga, balki tarixiy merosni asrashga ham o‘rgatadi. Tarix fani o‘tmish tajribasi asosida yosh avlodda vatanparvarlik, tarixiy xotira va tanqidiy tafakkurni rivojlantiradi. Shu sababli ota-onalarning bu fanga bo‘lgan munosabati va ishtiroki alohida ahamiyat kasb etadi. Masalan, ota-onalar: -oilaviy tarixiy hikoyalarni aytib berish orqali tarixiy ongni rivojlantiradi; -muzey, yodgorliklar va tarixiy joylarga birgalikda tashriflar uyushtiradi; -bolalarning tarixiy mavzularga qiziqishini qo‘llab-quvvatlaydi.O‘zbekiston Respublikasida ham bu boradagi ya’ni, ota-onalar ishtirokini kuchaytirishga alohida e’tibor qaratilmoqda. “Ta’lim to‘g‘risida”gi [7] qonun va “Maktab bilan oila hamkorligi konsepsiyasi”[8]asosida ota-onalar: -o‘quv jarayonini kuzatish; -tarix fanidan uy vazifalarini bajarishda yordam berish; -tarixiy merosni qadrlashga undovchi tadbirlarda qatnashish orqali ta’lim samaradorligini oshirmoqda. Xulosa qilib aytganda, tarix fanini o‘rganishda ota-onalar yordamida mashg‘ulotlar tashkil etish Yevropa va jahon ta’lim tizimida keng tarqalgan innovatsion pedagogik yondashuvlardan biridir. Bu usul o‘quvchilarning o‘quv motivatsiyasini oshiradi, tarixni o‘rganishga qiziqishini kuchaytiradi va ularning oila hamda jamiyat bilan aloqasini mustahkamlaydi. Shuningdek, ota-onalarning ta’lim jarayonidagi faolligi ta’lim sifatini oshirish, oila va maktab o‘rtasida ijobiy muhit yaratish uchun muhim omil hisoblanadi.
REPUBLICAN SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE “THE ROLE OF PARENTS IN RAISING CHILDREN: MODERN PEDAGOGICAL AND PSYCHOLOGICAL APPROACHES”, OCTOBER 15-16, 2025 371 FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR 1. Mirziyoyev Sh. Yangi О‘zbekistonning taraqqiyot strategiyasi. –T.: О‘zbekiston, 2022-yil, 416 b. 2. Munavvarov A.Q., Ma’murov M. Ota-onalarning shaxsiy namunalari. Namangan - 1992. 16 b. 3. Epstein, J. L.. School/family/community partnerships: Caring for the children we share. Phi Delta Kappan, 76 (9), 1995.701–712. 4. Goodall, J., & Montgomery, C. Parental involvement to parental engagement: A continuum. Educational Review, 66(4), 2014.399–410. 5. European Commission.Family Learning and Parental Involvement in Education.2020. 6. Department for Education UK. History at Home: Family Learning Projects.2021. 7. O‘zbekiston Respublikasi “Ta’lim to‘g‘risida”gi Qonuni (2020). 8. O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi: “Maktab va oila hamkorligi konsepsiyasi”, 2021. 9. Zaxidov.I.O.Ta’lim va tarbiya sifatini oshirishda ota-onaning namunasi.//Pedagogy of cooperation in improving the quality of education: international experience and modern approaches International scientific-practical conference, November 13, 2023. -588-591 b.