MUSIQA MADANIYATI DARSLARINI FANLARARO INTEGRATSIYALASHGAN HOLDA BOG'LAB O'QITILISHINING MAZMUN VA MOHIYATI
Abstract
Ushbu maqolada o‘quvchilarning mantiqiy fikrlash doirasini kengaytirishda, ijodiy qobiliyatini o‘stirishda musiqa madaniyati darslarini fanlararo integratsiyalashgan holda bog‘lab o‘qitilishining mazmun va mohiyati haqida so‘z boradi.
Full text
403 MUSIQA MADANIYATI DARSLARINI FANLARARO INTEGRATSIYALASHGAN HOLDA BOG‗LAB O‗QITILISHINING MAZMUN VA MOHIYATI Rahmonqulov Abdujabbor Nadjimovich Xalqaro innovatsion universiteti, Pedagogika fakulteti, “Pedagogika” kafedrasi dotsenti Jumanova Nozima Absalomovna Xalqaro innovatsion universiteti, Pedagogika fakulteti, Musiqa ta‟lim MsT-23-01K guruh talabasi Annotatsiya: Ushbu maqolada o„quvchilarning mantiqiy fikrlash doirasini kengaytirishda, ijodiy qobiliyatini o„stirishda musiqa madaniyati darslarini fanlararo integratsiyalashgan holda bog„lab o„qitilishining mazmun va mohiyati haqida so„z boradi. Kalit so’zlar: Milliy dastur, integratsiya, inklyuziv ta‟lim, integrativ yondashuv STEAMta‟limi DTS. Bugungi kunda Yangi O‗zbekiston zaminida amalga oshirilayotgan islohotlarning tub nigizi bu ta‘lim sohasiga qaratilganligidir. Mamlakatimizda so‗ngi yillarda ta'lim tizimining barcha bosqichlarini zamonaviy talablar asosida tashkil etish bo‗yicha amaliy ishlar hal qiluvchi bosqichga kirdi. Prezidentimiz Sh.M.Mirziyoyev ta‘kidlaganlaridek: ―Farzandlarimiz maktabdan qanchalik bilimli bo‗lib chiqsa, yuqori texnologiyalarga asoslangan iqtisodiyot tarmoqlari shuncha tez rivojlanadi, ko‗plab ijtimoiy muammolarni yechish imkoni tug‗iladi. Shunday ekan, Yangi O‗zbekiston ostonasi maktabdan boshlanadi desam, o‗ylaymanki, butun xalqimiz bu fikrni qo‗llab-quvvatlaydi‖. 2022 yil 11-mayda O‗zbekiston Respublikasi Prezidentining PF-134-sonli farmoni bilan 2022-2026-yillarda xalq ta‘limini rivojlantirish bo‗yicha milliy dastur tasdiqlandi. Unda ilg‗or xorijiy tajriba asosida ta‘lim sifatini oshirish, o‗qituvchilik kasbining nufuzini yuksaltirish, inklyuziv 1 ta‘limni rivojlantirish, o‗quvchilarni kasbga yo‗naltirish, infratuzilmani yaxshilash, sohani raqamlashtirish bo‗yicha dolzarb yo‗nalishlar belgilangan. Bugungi kunda yuqori texnikaviy-texnologik innovatsiyalar, ma‘lumotlar oqimining o‗sib borishi hayotning barcha jabhalarida to‗rtinchi texnologik inqilobni yuzaga keltirmoqda. Shaxsning qiziqishlari va jamiyatning talablari o‗zgarmoqda. 1 “Inklyuziv taʻlim” atamasi fransuzcha “inclusif” soʻzidan kelib chiqqan boʻlib, “oʻz ichiga oladi” deb tarjima qilinadi va maxsus ehtiyojlari boʻlgan va shartli ravishda sogʻlom, yaʼni sogʻligi cheklanmagan odamlarning birgalikdagi taʼlimini anglatadi. Inklyuziv taʼlimning mazmun mohiyati toʻgʻrisidagi bilim va maʼlumotlar hali jamiyatda yetarli emas.
404 Kundalik hayotni ilmiy-tadqiqot, texnika taraqqiyoti konsepsiyalari bilan ta‘limning integrativ yondashuvini STEAM (S-ilm-fan, T-texnologiya, Emuxandislik, Asan‘at, M-matematika) ta‘limi joriy etadi. Bunday yondashuvdan maqsad ta‘lim berish orqali butun dunyo taraqqiyoti va iqtisodiyotining barqaror rivojlanishini ta‘minlashda maktab, jamoatchilikni jalb qilib, ilmiy savodxonlik, raqobatbardoshlikni targ‗ib qilish va yo‗lga qo‗yishdir. STEAM-ta‘limi DTS asosida beriladigan bilim, ko‗nikma va malakalarning ilmiy jihatdan qanday qilib kundalik hayot bilan bog‗liqligini ko‗rsatish orqali sinfdagi dars mashg‗ulotlari va maktabdan tashqari ta‘lim jarayonida o‗quvchilarning o‗quv tadqiqotlarini o‗tkazish, tajribalarni bajarib ko‗rish, loyihalashtirishga yo‗naltirilgan ijodkorligini tarbiyalash, yangiliklar yaratishga bo‗lgan qiziqishlarini rivojlantirishga qaratilgan.[2;2] Musiqa madaniyati fani o‗quv daturi STEAM yondashuv asosida takomillashtirilib, unda o‗quvchilarning mantiqiy fikrlash doirasini kengaytirishga, ijodiy qobiliyatini o‗stirish, sog‗lom turmush tarziga amal qilish, o‗z mehnatidan zavqlanish amaliy ko‗nikmalarini rivojlantirishga qaratilgan holda, mazmunan yangilandi. - Muaiq madaniyati fani o‗quv dasturi mazmuni fanlararo, sinflararo va mavzulararo integratsiya 2 qilindi; - Sinflar va fanlararo mavzulardagi uzviylik va uzluksizlik ta‘minlandi; - Fanlar va sinflar orasidagi takrorlanishlarning oldi olindi; - O‗quvchilarni yosh psixo-fiziologik xususiyatlarini inobatga olgan holda yangi mavzular kiritildi; - Mavzularni o‗qitishga bo‗lgan yondashuvni o‗zgartirish muhim vazifa etib belgilandi. Musiqa madaniyati fani o‗zaro ona tili va adabiyot, matematika, biologiya, fizika, geografiya va boshqa fanlar bilan bog‗lab o‗qitiladi. Dars jarayonida quyidagi fan yo‗nalishlari bilan o‗zaro aloqalar amalga oshiriladi: Ona tili va adabiyot darslaridan so‗z boyligi boyitiladi, she‘rlarni badiiy ifodali o‗qish va yod olish ko‗nikmalari shakllantiriladi, og‗zaki va yozma nutq atamalari qo‗llaniladi; 2 Integratsiya (lot. integratio — tiklash, toʻldirish, integer — butun soʻzidan) — 1) sistema yoki organizmning ayrim qismlari va funksiyalarining oʻzaro bogʻliqlik holatini hamda shunday holatga olib boruvchi jarayonni ifodalaydigan tushuncha; 2) fanlarning yaqinlashishi va oʻzaro aloqa jarayoni; differensiatsiya bilan birga kechadi; 3) 2 va undan ortiq davlatlarning iqtisodiyotini oʻzaro muvofiqlashtirish va birlashtirish (qarang Iqtisodiy integratsiya). [1]; 4) combine (one thing) with another so that they become a whole.
405 Tarix darslaridan milliy an‘analar, urf-odatlar, o‗zbek va jahon san‘ati va madaniyatini kelib chiqish va rivojlanish tarixi bilan tanishadilar; Matematika darslaridan turli matematik o‗lchovlar asosida notalarni, pauzalarni cho‗zimini hisob-kitoblarida, musiqiy o‗lchovlar (2/4,3/4,3/8,6/8, 4/4 va boshqalar)ni qo‗llashda hamda fikrlash qobiliyatlarini rivojlantirishda foydalanadilar; Geometriya darslaridan gorizontal va vertikal chiziqlarni nota yo‗lida qo‗llashni o‗rganadilar; Fizika darslaridan ovoz tembri, kuchi va ovoz chastotalari va diapozonlarni hosil bo‗lish qonuniyatlaridan foydalanadilar; Biologiya darslaridan inson organizimining tuzilishi, qon tomir tizimi, og‗iz bo‗shliqlari va nafas yo‗llarini faoliyatini o‗rganadilar; Geografiya darslarida mamlakatlarning geografik joylashuvi iqtisodiyotda va madaniy rivojlanishida tutgan o‗rni haqidagi ma‘lumotlardan foydalanadilar. Informatika darslarida o‗rganilgan turli grafik dasturlarga innovatsion yondashgan holda, nota va ovoz muharririning turli dasturlaridan foydalanishni, boshqarish asoslarini, diagramma tuzishni o‗rganadilar.[2;4] Xulosa o‗rnida shuni aytishimiz mumkinki musiqa madaniyati fanini o‗zaro ona tili va adabiyot, matematika, biologiya, fizika, geografiya, tasviriy san‘at va boshqa fanlar bilan bog‗lab o‗qitilishi o‗quvchilarning ijodkorligini tarbiyalashda, yangiliklar yaratishga bo‗lgan qiziqishlarini rivojlantirishda yanada muhim ahamiyat kasb etadi. Foydalanilgan adabiyotlar: 1. O‗zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-2026-yillarda xalq ta‘limini rivojlantirish bo‗yicha milliy dasturni tasdiqlash to‗g‗risidagi 2022 yil 11-maydagi PF-134-sonli farmoni. 2. Umumiy o‗rta ta‘limning milliy o‗quv dasturi loyihasi (PF–6108-son 06.11.2020 y.) -T.: 2020