MUSIQA MADANIYATI DARSLAIDA O'QUVCHILARNING IDROK-AMALIYOTIGA MOS QO'SHIQLARNI TANLASH, TAHLILI VA IJROSI USTIDA ISHLASH
Abstract
Maqolada musiqa madaniyati darslaida o‘quvchilarning idrok-amaliyotiga mos qo‘shiqlarni tanlash, tahlili va ijrosi ustida ishlashning o‘ziga hos usul va yo‘llari haqida so‘z boradi.
Full text
406 MUSIQA MADANIYATI DARSLAIDA O‘QUVCHILARNING IDROKAMALIYOTIGA MOS QO‘SHIQLARNI TANLASH, TAHLILI VA IJROSI USTIDA ISHLASH Rahmonqulov Abdujabbor Nadjimovich Xalqaro innovatsion universiteti, Pedagogika fakulteti, “Pedagogika” kafedrasi dotsenti Xolmonov Azizjon Bo‘riyevich Xalqaro innovatsion universiteti, Pedagogika fakulteti, Musiqa ta‟lim MsT-23-01K guruh talabasi Annotatsiya: Maqolada musiqa madaniyati darslaida o„quvchilarning idrokamaliyotiga mos qo„shiqlarni tanlash, tahlili va ijrosi ustida ishlashning o„ziga hos usul va yo„llari haqida so„z boradi. Kalit so‘zlar: ovoz diapazoni, mutatsiya, repriza, meksolidiy ladi, pauza. Musiqa inson shaxsiyatini rivojlantirishda muhim ahamiyat kasb etadigan san‟at turidir. Musiqa tarbiyasi nafosat tarbiyasining asosiy va murakkab qirralaridan biri bo„lib, atrofdagi go„zal narsalarni to„g„ri idrok etishga va qadrlashga o„rgatadi. Prezidentimiz ta‟kidlaganlaridek, “Bugungi zamonda barcha ezgu niyatli insonlarni birlashtirish, yoshlarni yuksak gumanistik ideallari ruhida tarbiyalashda musiqa san‟atining o„rni va ahamiyatini hech narsa bilan o„lchab, baholab bo„lmaydi…”. [1;102] Musiqa, uning inson qalbiga ta‟sir kuchi, tarbiyaviy mohiyati haqida buyuk qomusiy olimlarimiz ham o„z asarlarida qimmatli fikrlarni aytib o„tishgan. Jumladan, Sharqning buyuk mutafakkir olimi Abu Nasr Farobiy o„zining “Ixso ilulum” (Ilmlarning kelib chiqishi) nomli risolasida musiqa san‟ati ilmi haqida bunday deydi: “Bu ilm...o„z muvozanatini yo„qotgan (odamlar) xulqini tartibga keltiradi, mukammallikka yetmagan xulqni mukammal qiladi, muvozanatda bo„lgan (odamlar) xulqining muvozanatini saqlab turadi”,- deb izohlaydi. Bobomiz Shayx Sa‟diy esa “Musiqa odam ruhining yo„ldoshidir”,- deb ta‟kidlaydi. Musiqa - ohang (intonatsiya) san‟ati, sadolarda ifodalangan voqelikning badiiy aksidir. U borliqni o„ziga xos tarzda aks ettirib, uni boyitadi, hamda uni tushunib olish va o„zgartirishga yordam beradi.[2;3]. Musiqaning keng qamrovli janrlaridan biri qo„shiq o„quvchi-yoshlarni bir-biriga yaqinlashtirib, insoniy fazilatlarini boyitadi, fikr tuyg„ularini birlashtiradi, go„zallikni idrok etishida muhim ahamiyat kasb etadi.
407 Musiqa madaniyati darslaida albatta o„quvchilarning idrok-amaliyotiga mos qo„shiqlarni tanlash muhimdir. O„rganilayotgan har bir qo„shiq o„quvchilarning ovoz diapazoniga (ovoz hajmiga) mos bo„lmog„i lozim. O„quvchi qo„shiqni jamoa bo„lib kuylash orqali o„z ovoz ijrosini boshqarishni va ustozlari ijrosini eshitib, kuzatishni hamda ular bilan birgalikda jo„rnavozlik qilishga intiladi. Bu orqali o„quvchining diqqat-e‟tibori kuchayadi, xotirasi, nutqi rivojlanadi, ovoz hajmi kengayadi, musiqiy o„quvi o„sadi, mutatsiya davri yengil o„tadi, dunyoqarashi yildan-yilga shakllanib boradi. Quyida biz tahlil uchun keltirayotgan “Gullarim” qo„shig„ining matni shoira Zuhra Hosilova qalamiga mansub bo„lib, she‟riga bastakor Abdujabbor Raxmonqulov tomonidan kuy bastalangan. Ushbu qo„shiq boshlang„ich ta‟lim o„quvchilari ijrosi uchun mo„ljallangandir. Mazkur qo„shiq o„rtacha tez sur‟atda yozilgan bo„lib, o„quvchilarga ko„tarinki kayfiyat baxsh etadi. Bu qo„shiqda marjon kabi tizilgan gullarning ta'rifi bayon etilib, yosh gulchi bog„bonning shirin orzu-o„ylari tarannum etiladi. Gul insonning doimiy yo„ldoshi bo„lib tabiatdan zavq olishga da'vat etadi. Qo„shiqni boshlovchi reprizali kirish qismi o„ynoqi xarakterda bo„lib, ijrochining asar ruhini his qilishiga yordam beradi, shuningdek, qo„shiqchi ovozini asar tonligiga sozlaydi. Kirish qismidagi mavzuning asar ijrosi davomida bir necha bor takrorlanishi — naqorat va bandlar orasidagi mavzu jihatdan bog„lanishni ta'minlab beradi. Bandning avj qismida uchraydigan pasaytirilgan yettinchi pog„ona milliy kuy va qo„shiqlarimizga xos bo„lgan meksolidiy ladi elementi hisoblanadi. Qo„shiqning tuzilishi shundayki, barcha toq taktlar kuchli hissasiz, ya'ni nimchorak pauza bilan boshlanadi. Ushbu nuqtalarda nafas olish qo„shiq xarakteriga mos keladi va ijroni yengillashtiradi. Ijro davomida ikki yoki uch nimchorak to„g„ri keluvchi so„z bo„g„inlariga asosiy e'tiborni qaratish lozim. Qo„shiq bolalarda go„zallik, mehnatga bo„lgan muhabbat his-tuyg„ularini shakllantiradi. [3;7]. GULLARIM Abdujabbor Rahmonqulov musiqasi O‘rtacha tez: Zuhra Hosilova she’ri
408 Naqorat: Gullar, gullar, gullarjon, Gulni ko„rib har doim, Siz-la go„zal bu bo„ston. Men zavqlarga to„laman. Qizil, sariq, pushti rang, Katta bo„lsam albatta, Go„yo tizilgan marjon. Gulchi bog„bon bo„laman. Naqorat: Foydalanilgan adabiyotlar: 1. Mirziyoev Sh.M. Niyati ulug„ xalqning ishi ham ulug„, hayoti yorug„ va kelajagi farovon bo„ladi. -T.: O„zbekiston, 2019. 400 b. 2. Ibraximjanova G.A va boshqalar. Musiqa elementar nazariyasi. Garmoniya. Kasb-hunar kollej lari uchun o„quv qo„llanma.- T.: “O„zbekiston faylasuf lari milliy jamiyati” nashriyoti. 2017. - 180 b. 3. Rahmonqulov A. “Istiqlolim kuylayman”. O„quv qo„llanma.-T.: “Sharq” nashriyot-matbaa aksiyadorlik kompaniyasi. 2001.-62 b.