scieee AI-readable full text Open interactive document viewer

O'ZBEKISTONDA SOG'LIQNI SAQLASH TIZIMINING TARIXIY TRANSFORMATSIYASI (1991-2025)

Qurdoshev Javlon Ma'ruf o'g'li

Abstract

Mazkur maqolada O’zbekiston Respublikasida 1991-2025-yillar davomida sog’liqni saqlash tizimida amalga oshirilgan bir qator islohotlar, ularning mazmun-mohiyati va bosqichma-bosqich rivojlanish jarayoni tahlil qilinadi.

Full text

INTERNATIONAL JOURNAL OF SCIENTIFIC RESEARCHERS ISSN: 3030-332X Impact factor: 8,293 Volume 14, issue 2, November 2025 https://wordlyknowledge.uz/index.php/IJSR worldly knowledge Index: google scholar, research gate, research bib, zenodo, open aire. https://scholar.google.com/scholar?hl=ru&as_sdt=0%2C5&q=wosjournals.com&btnG https://www.researchgate.net/profile/Worldly-Knowledge https://journalseeker.researchbib.com/view/issn/3030-332X 23 O’ZBEKISTONDA SOG’LIQNI SAQLASH TIZIMINING TARIXIY TRANSFORMATSIYASI (1991-2025) Qurdoshev Javlon Ma’ruf o’g’li Millat Umidi universiteti, bakalavr e-mail: [email protected] Telefon: +998 88 843 07 17 Annotatsiya. Mazkur maqolada O’zbekiston Respublikasida 1991-2025-yillar davomida sog’liqni saqlash tizimida amalga oshirilgan bir qator islohotlar, ularning mazmun-mohiyati va bosqichma-bosqich rivojlanish jarayoni tahlil qilinadi. Kalit so’zlar: sog’liqni saqlash tizimi, mustaqillik, islohot, davlat siyosati, raqamli tibbiyot, tibbiy xizmat sifati. ИСТОРИЧЕСКАЯ ТРАНСФОРМАЦИЯ СИСТЕМЫ ЗДРАВООХРАНЕНИЯ В УЗБЕКИСТАНЕ (1991-2025 ГОДЫ) Аннотация: В данной статье анализируются реформы, проведённые в системы здравоохранения Республики Узбекистан в период с 1991 по 2025 годы, их сущность и процесс поэтапного развития. Ключевые слова: система здравоохранения, реформы, независимость, государственная политика, цифровая медицина, качество медицинских услуг. HISTORICAL TRANSFORMATION OF THE HEALTHCARE SYSTEM IN UZBEKISTAN (1991-2025) Annotation. This article analyses the reforms carried out in the healthcare system of the Republic of Uzbekistan from 1991 to 2025, their essence, and the process of step-by-step development. Keywords: healthcare system, independence, reforms, state policy, digital healthcare, quality of medical services. O’zbekiston Respublikasi mustaqillikka erishganidan so’ng aholi salomatligini muhofaza qilish sohasini isloh qilish boshlandi, sog’liqni saqlash tizimining asosiy tamoili – profilaktik yo’nalishni tiklash, ya’ni kasalliklarning oldini olish ishlarini qayta yo’lga qo’yish, aholining sog’lom turmush tarzini targ’ib etish va muntazam tibbiy ko’riklarni yo’lga qo’yish boshlangan. Bozor iqtisodiyotiga o’tish sog’liqni saqlash sohasiga ham yangi talablar qo’ydi. Xususan, xizmatlar sifatini yaxshilash, ma’muriyboshqarish sarfharajatlarini kamaytirish, shifoxonalar ish hajmining bir qismini poliklinikaga ko’chirish, bemorlarni davolash jarayonida kunduzgi kamharajat va samarali usullardan foydalanish; hamda boshqa choralar ko’rilmoqda. Dastlabki boshqichda (1991-1994 yillar) asosiy e’tibor onalar va bolalar sog’lig’ini muhofaza qilish xizmatini takomillashtirish, demografik ko’rsatkichlarni barqarorlashtirish, yuqumli kasalliklarni kamaytirishga qaratildi. Keyingi bosqichda (1994-1998 yillar) dorixonalar va bir qancha davolashprofilaktika muassasalari xususiylashtirildi, ambulatoriyapoliklinika xizmati rivojlantirilib qayta tuzildi. O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Maxkamasining ,,O’zbekiston Respublikasi qishloqlari INTERNATIONAL JOURNAL OF SCIENTIFIC RESEARCHERS ISSN: 3030-332X Impact factor: 8,293 Volume 14, issue 2, November 2025 https://wordlyknowledge.uz/index.php/IJSR worldly knowledge Index: google scholar, research gate, research bib, zenodo, open aire. https://scholar.google.com/scholar?hl=ru&as_sdt=0%2C5&q=wosjournals.com&btnG https://www.researchgate.net/profile/Worldly-Knowledge https://journalseeker.researchbib.com/view/issn/3030-332X 24 ijtimoiy infrastrukturasini 2000-yilgacha bo’lgan davrda rivojlantirish dasturida to’grisida’’gi qaroriga(1996-yil 21 may) muvofiq, sog’liqni saqlash sohasida yangi muassasaqishloq vrachlik punktlari tashkil etish va aholiga birinchi feldsherlik yordami emas, balki malakali vrachlik yordami ko’rsatish ko’zda tutildi. Bu davrda yangi poliklinika va shifoxonalarni qurish, mavjudlarini qayta ta’mirlash bo’yicha kompleks dasturlarni amalga oshirdi. 20052010 yillarda aholini onalik va bolalikni himoya qilish tizimi kuchaytirildi, qishloq joylarda vrachlik punktlari va oilaviy poliklinikalar tarmog’i kengaytirildi. Shu bilan birga, xalqaro tashkilotlar bilan hamkorlikda sog’liqni saqlashni moliyalashtirish mexanizmlarini yaxshilashga qaratilgan dasturlar joriy etildi. Shuningdek, 2010-yillarning o’rtalariga kelib, tibbiy ta’lim tizimi ham yangilanish bosqichiga kirdi. Tibbiyot oliygohlari o’quv dasturlariga amaliy mashg’ulotlar ko’paytirildi, zamonaviy simulyatsiya texnologiyalari joriy etila boshlandi. Kadrlar malakasini oshirish va qayta tayyorlash ishlari tizimli ravishda yo’lga qo’yildi. Sog’liqni saqlash sohasida davlat va xususiy sektor o’rtasidagi hamkorlik ham asta-sekin kengaydi. Ayniqsa, farmatsevtika sanoatini yanada rivojlantirsh bu davrda muhim yo’nalishlardan biriga aylandi. 2013-2016yillar oralig’ida mahalliy ishlab chiqaruvchilarni qo’llab-quvvatlash bo’yicha davlat dasturlari ishlab chiqildi. Shu asosda ‘‘Jurabek Laboratories”, “ Nobel Pharmsanoat’’, “ Uzmedimpleks” kabi korxonalar faoliyati kengaydi, ishlab chiqarish jarayonida xalqaro GMP(Good Manufacturing Practise) standartlari joriy etildi. Bu esa ichki bozorda dori vositalari ta’minotini yaxshilab, aholining import mahsulotlarga qaramligini kamaytirdi. 2016-yil sog’liqni saqlash tizimi uchun alohida ahamiyat kasb etdi. Shu yilda mamlakatda “Sog’lom ona va bola yili” davlat dasturi e’lon qilinib, onalik va bolalikni himoya qilishga qaratilgan keng ko’lamli ishlar amalga oshirildi. Yangi tug’ruq majmualari, perinatal markazlar, bolalar ixtisoslashgan shifoxonalari barpo etildi. Natijada, onalar va bolalar o’limi darajasi pasaydi, birlamchi tibbiy xizmat qamrovi kengaydi. 2017-yildan boshlab O’zbekistonda so’liqni saqlash tizimi tubdan o’zgarish davriga kirdi. Bu davr mamlakat hayotida birinchi ma’muriyat davridan ikkinchisiga o’tish, ya’ni yangi siyosiy rahbariyat shakllangan yillar sifatida e’tirof etiladi. Yangi rahbariyat tomonidan ilgari surilgan Harakatlar strategiyasi doirasida tibbiyot sohasi davlat siyosatining ustuvor yo’nalishlaridan biri sifatida belgilandi. Shu davrda aholiga tibbiy xizmatlarni yaqinlashtirish, ularning sifati va samaradorligini oshirish maqsadida keng ko’lamli islohotlar amalga oshirildi. Tibbiyot muassasalarini raqamlashtirish, elektron tibbiy kartalar tizimini joriy etish kabi yangiliklar sog’liqni saqlash tizimini zamonaviy bosqichga olib chiqdi. Ayniqsa, oilaviy shifokorlar faoliyatini takomillashtirish orqali birlamchi tibbiy yordam tizimi mustahkamlandi. 2020-yilda butun dunyo bo’ylab tarqalgan COVID-19 pandemiyasi O’zbekistonda sog’liqni saqlash tizimining barqarorligini sinovdan o’tkazdi. Shu davrda mamlakatda bir qancha chora-tadbirlar amalga oshirildi: favqulodda tibbiy xizmatlarni tashkil etish, laboratoriya tarmoqlarini kengaytirish va epidemiologik nazoratni kuchaytirish bo’yicha kompleks choralar ko’rildi. Tibbiyot xodimlarining fidokorona mehnati sog’liqni saqlash tizimining qanchalik muhimligini yana bir bor isbotladi. Shu voqealardan keyin 2021-yilda “Sog’liqni saqlash tizimini rivojlantirishning 2021-2025yillaraga mo’ljallangan strategiyasi” qabul qilindi. Bu strategiya pandemiyadan olgan saboqlarga asoslanib, sog’liqni saqlash tizimini yanada mustahkamlashga, tibbiy xizmatlarning sifatini oshirishga va ularni aholiga yaqinlashtirishga qaratildi. Bu yillarda mamlakat bo’ylab raqamli tibbiyot tizimini keng joriy etish ishlari boshlandi. Shifokorlar faoliyatida elektron tibbiy kartalar, onlayn maslahat, masofaviy tashxis xizmatlari va yagona ma’lumotlar bazasi yo’lga qo’yildi. Bu chora-tadbirlar sog’liqni saqlash sohasida ma’lumot almashinuvini tezlashtirish, resurslardan samarali foydalanish va xizmat sifati ustidan nazoratni kuchaytirishga xizmat qilmqoda. 2025-yilda hujjat bilan tibbiyot tizimini boshqarishning yangi modeli joriy INTERNATIONAL JOURNAL OF SCIENTIFIC RESEARCHERS ISSN: 3030-332X Impact factor: 8,293 Volume 14, issue 2, November 2025 https://wordlyknowledge.uz/index.php/IJSR worldly knowledge Index: google scholar, research gate, research bib, zenodo, open aire. https://scholar.google.com/scholar?hl=ru&as_sdt=0%2C5&q=wosjournals.com&btnG https://www.researchgate.net/profile/Worldly-Knowledge https://journalseeker.researchbib.com/view/issn/3030-332X 25 etilishi belgilandi. Endilikda ushbu tizimda davlat va xususiy sektor o’rtasida hamkorlik kengaytiriladi, tibbiyot muassasalari faoliyatida raqobat, natijadorlik va bemorlar ishonchini oshirish tamoyillari ustuvor yo’nalish sifatida belgilandi. Farmonda, shuningdek, majburiy tibbiy sug’urta tizimini 2026-yilga qadar to’liq joriy etish, profilaktik tibbiyot va raqamli boshqaruv mexanizmlarini kuchaytirish vazifalari ham qayd etilgan. Xulosa o’rnida shuni takidlash mumkini, 1991-2025yillar davomida O’zbekistonda sog’liqni saqlash tizimida katta o’zgarishlar amalga oshirildi. Eng avval tizimni tiklash va aholiga tibbiy xizmatni yaxshilashga e’tibor qaratilgan bo’lsa, keyingi bosqichlarda raqamlashtirish, tibbiy sug’urta va zamonaviy texnologiyalar joriy etildi. Bu islohotlar aholining salomatligini yaxshilash va tibbiyot xizmatini sifatini yuqori darajaga olib chiqishga xizmat qiladi. Adabiyotlar 1. Ozbekiston Respublikasi Sog’liqni Saqlash Vazirligi – rasmiy veb-sayti. 2. PQ – 216(2022) – onalik va bolalikni muhofaza qilishni kuchaytirish to’g’risida. 3. PF– 4947/ PF–88 4. World Health Organization(WHO) – Jahon sog’liqni saqlash tashkilotining O’zbekistondagi sog’liqni saqlash tizimi haqidagi ma’lumotlari. 5. O’zbekiston milliy ensiklopediyasi 6. Gazeta.uz– tibbiy sug’urta tizimi 2026-yilning yakuniga qadar joriy etilishi.