scieee AI-readable full text Open interactive document viewer

"OCHIQ MA'LUMOTLAR PORTALI" NING ELEKTRON HUKUMAT RIVOJLANISHIDAGI O'RNI.

Yunusova Minavvarxon Sabirovna, Narzullayev Azizbek Ziyodullo o'g'li

Abstract

Ushbu maqolada elektron hukumat tizimida ochiq ma’lumotlar tushunchasi, ularning ahamiyati, boshqarilishi, tartibga solinishi va davlat boshqaruvidagi ahamiyati yoritiladi. Shuningdek, ochiq ma’lumotlar xavfsizligini ta’minlash, ularni standartlashtirish hamda integratsiyalash muammolari va ularni hal etish yo‘llari haqida so‘z yuritiladi. Bu jarayonda tadqiqotlar va xorij tajribasini o‘rganish orqali ushbu tizimning samaradorligini oshirish bo‘yicha taklif va xulosalar keltiriladi.

Full text

INTERNATIONAL JOURNAL OF SCIENTIFIC RESEARCHERS ISSN: 3030-332X Impact factor: 8,293 Volume 14, issue 2, November 2025 https://wordlyknowledge.uz/index.php/IJSR worldly knowledge Index: google scholar, research gate, research bib, zenodo, open aire. https://scholar.google.com/scholar?hl=ru&as_sdt=0%2C5&q=wosjournals.com&btnG https://www.researchgate.net/profile/Worldly-Knowledge https://journalseeker.researchbib.com/view/issn/3030-332X 68 “OCHIQ MA’LUMOTLAR PORTALI” NING ELEKTRON HUKUMAT RIVOJLANISHIDAGI O’RNI. Yunusova Minavvarxon Sabirovna, Toshkent davlat yuridik universiteti, Umumta’lim fanlar va madaniyat kafedrasi professori. e-mail: ymi[email protected], +998903171420 Narzullayev Azizbek Ziyodullo o'g'li Toshkent davlat yuridik universiteti, talaba email: narzullayevaziz[email protected] , +998945468353 Annotatsiya: Ushbu maqolada elektron hukumat tizimida ochiq ma’lumotlar tushunchasi, ularning ahamiyati, boshqarilishi, tartibga solinishi va davlat boshqaruvidagi ahamiyati yoritiladi. Shuningdek, ochiq ma’lumotlar xavfsizligini ta’minlash, ularni standartlashtirish hamda integratsiyalash muammolari va ularni hal etish yo‘llari haqida so‘z yuritiladi. Bu jarayonda tadqiqotlar va xorij tajribasini o‘rganish orqali ushbu tizimning samaradorligini oshirish bo‘yicha taklif va xulosalar keltiriladi. Kalit so‘zlar: Elektron hukumat, ochiq ma’lumotlar, raqamli boshqaruv, shaffoflik, ma’lumotlarni boshqarish, integratsiya, ochiq ma’lumotlar portali, davlat xizmatlari, raqamlashtirish. Abstract: In this article, the concept of open data in the e-government system, their importance, management, regulation and significance in public administration are highlighted. In addition, the issues of ensuring open data security, standardization and integration, as well as the ways to solve them are discussed. In this process, through studying research and foreign experience, proposals and conclusions are presented to improve the efficiency of this system. Keywords: e-government, open data, digital governance, transparency, data management, integration, open data portal, public services, digitalization. Kirish. “Axborot asri” deb atalmish bir davrda yashayotgan ekanmiz, albatta, uning butun insoniyat hayotining o‘zgarishida katta rol o‘ynayotganligini rad etmay ilojimiz yo‘q. Elektron tizimlarning keng ko’lamda tarqalishi, bularning nafaqat ijtimoiy, iqtisodiy, siyosiy sohalarga kirib kelishi, balki davlat boshqaruvi sohasida ham qo’llanilishi barchamizga ayon bo‘lsa kerak. Ko‘plab davlatlar tomonidan aynan davlat boshqaruvida “Elektron hukumat “ atamasining ishlatilishi yuz bermoqda. Buning natijasi o‘laroq, hukumat mamlakat fuqarolariga avvalgidan ham ko‘ra yaqinlashmoqda, ularning ishlarini yengillashtirmoqda, vaqtlarini tejamoqda. O’zi elektron hukumat tushunchasi qanday paydo bo’lgan? Nega boshqaruvni tashkillashtirishda aynan elektron tizimdan foydalanilishga ehtiyoj paydo bo‘ldi? Elektron hukumat tushunchasi dastavval, XX asr oxirlarida AQShda paydo bo‘lgan. O‘sha paytda AQSh prezidenti hisoblangan Bill Klinton internet va umuman axborot kommunikatsiya texnologiyalarning rivojlanishiga davlat darajasida e’tibor qaratgan. Klinton ma’muriyati davrida davlat idoralari hujjatlari orqali OAVga tarqalgan “Elektron hukumat” tushunchasi, 1999-yildan boshlab okean orti va Yevropaning yetakchi nashriyotlarida davriy ravishda uchray boshlaydi.1 Keyingi 1https://mustaqiltalim.uz INTERNATIONAL JOURNAL OF SCIENTIFIC RESEARCHERS ISSN: 3030-332X Impact factor: 8,293 Volume 14, issue 2, November 2025 https://wordlyknowledge.uz/index.php/IJSR worldly knowledge Index: google scholar, research gate, research bib, zenodo, open aire. https://scholar.google.com/scholar?hl=ru&as_sdt=0%2C5&q=wosjournals.com&btnG https://www.researchgate.net/profile/Worldly-Knowledge https://journalseeker.researchbib.com/view/issn/3030-332X 69 davrda esa axborot kommunikatsiya texnologiyalari borasida rivojlangan, yetakchi davlatlar hukumatlarining maxsus qarorlari orqali amaliy ishga o’tildi. Bu borada, mamlakatimizda ham bir necha yillardan buyon, maqsadli ravishda interaktiv davlat xizmatlarini aholi va yuridik shaxslarga davlat organlari vebsaytlari va O’zbekiston Respublikasi Hukumat portali orqali taqdim etish uchun axborot-kommunikatsiya texnologiyalari joriy etilmoqda. Mamlakatimizning elektron hukumat shakllantirish borasidagi yo’li 2013-yil 18-yanvarda bo’lib o’tgan 2012-yil ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish yakunlari va 2013-yilgi iqtisodiy dasturning eng muhim ustuvor yo’nalishlariga bag’ishlangan hukumat majlisi bilan bog’liq. Aynan shu majlisda O’zbekiston Respublikasi birinchi prezidenti Islom Karimov mamlakatda “Elektron hukumat” tizimini shakllantirish Konsepsiyasi va kompleks dasturini ishlab chiqish muhimligini qayd etib o’tgandi. Shundan so’ng, bu mavzu qamrovidagi ishlar davom ettirilib, 2013-yil 1-iyulda “Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali” ishga tushirildi (www.my.gov.uz). Keyinchalik, 2015-yilning 17-martidan boshlab, “Ochiq ma’lumotlar portali” foydalanishga topshirildi (www.data.egov.uz). Umuman olganda, raqamli texnologiyalar yordamida davlat xizmatlari ko’rsatish jarayonlarini soddalashtirish, shaffoflikni ta’minlash va fuqarolarning ishonchini oshirish zamon talabi hisoblanadi. Shu nuqtayi nazardan ham elektron hukumatning muhim tarkibiy qismi sifatida ochiq ma’lumotlar instituti alohida ahamiyat kasb etadi. Ochiq ma’lumotlar orqali fuqarolar davlat xizmatlari to’g’risida axborot olish imkoniga ega bo’ladi, tadbirkorlik subyektlari esa, xizmatdan innovatsion yechimlar yaratishda foydalanishadi. Materiallar va usullar. “Ochiq ma’lumotlar portali” Internet tarmog’idagi O’zbekiston Respublikasining hukumat portali doirasida faoliyat ko’rsatuvchi hamda davlat va xo’jalik organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlarining ochiq ma’lumotlar joylashtirish uchun mo’ljallangan, ochiq ma’lumotlarni e’lon qilishda va ulardan foydalanishda, ochiq ma’lumotlarni yetkazib beruvchilar va foydalanuvchilar o’rtasidagi o’zaro hamkorlikni ta’minlovchi axborot resursi2. Portalning asosiy maqsadi, foydalanuvchilarga internet tarmog’idagi ochiq ma’lumotlardan foydalanishning yagona nuqtasini taqdim etish va joylashtirilgan ochiq ma’lumotlarning dolzarbligi masalalari bo’yicha foydalanuvchilarning ochiq ma’lumot yetkazib beruvchilar bilan teskari aloqasini ta’minlash, shuningdek, foydalanuvchilar uchun ochiq ma’lumotlar olishda shart-sharoitlar yaratish, portalda joylashtirilgan ochiq ma’lumotlar asosida samarali iqtisodiy qarorlar qabul qilishlarida yordam berish maqsadida tashkil qilingan. Demak, portal elektron hukumatning G2C (ing. Government to Citizens) modeliga to’g’ri kelar ekan. Portalning infratuzilmasini tahlil qiladigan bo’lsak, uni avvalo interfeys qanday tuzilganidan boshlashimiz lozim. *Interfeys. Ochiq ma’lumotlar portalining interfeysi sodda, qulay, barchaga mos tushunarli tarzda tuzilgan. Interfeys o‘zi bu foydalanuvchi hamda qurilma o‘rtasidagi o‘zaro aloqa hisoblanadi. Masalan, buni portalning elementlardan iborat grafikasi (menyu,tugmalar,oynalar) deb olishimiz mumkin. Unda 4 ta til (O‘zbek, Ўзбек, Русский, English), imkoniyatlar, shriftlarni o‘zgartirish, oq,qora fonlar, tungi rejim mavjud. Foydalanuvchi birinchi marta portalga tashrif buyurganda, interfeysda qidiruv tizimi, real vaqt rejimida yangilanib turadigan statistika (Ma’lumotlar to’plamlari, tashkilotlar, yuklab olish, veb-xizmat) ishlab turadi. *Tashkilotlar. Mazkur bo‘lim orqali foydalanuvchilar tashkilotlarga tegishli bo‘lgan interaktiv ochiq ma’lumotlarni olishlari mumkin. Ularning tarkibi quyidagicha: -vazirliklar; -davlat qo‘mitalari va qo‘mitalar; 2https://lex.uz/uz/docs/-2718599#-2718642 INTERNATIONAL JOURNAL OF SCIENTIFIC RESEARCHERS ISSN: 3030-332X Impact factor: 8,293 Volume 14, issue 2, November 2025 https://wordlyknowledge.uz/index.php/IJSR worldly knowledge Index: google scholar, research gate, research bib, zenodo, open aire. https://scholar.google.com/scholar?hl=ru&as_sdt=0%2C5&q=wosjournals.com&btnG https://www.researchgate.net/profile/Worldly-Knowledge https://journalseeker.researchbib.com/view/issn/3030-332X 70 -agentliklar; -banklar -mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari; -boshqalardan iborat. *Yangiliklar. O‘zbekiston Respublikasi hududida va undan tashqarida mamlakatimizga tegishli bo‘lgan qanday qonunlar, qarorlar, yangiliklar bo‘lsa aynan shu bo‘limda berib o‘tiladi. Bo‘lim eng so‘nggi yangiliklar haqida foydalanuvchilarga ma’lumot beradi. *Statistika. Bu bo‘limda foydalanuvchilar qaysi ochiq ma’lumotlardan ko‘proq foydalanganligi, yuklab olganligi undan tashqari eng yuqori baholangan ma’lumotlar to‘plami, rad etilgan ma’lumotlar to‘plami kabi oynalari mavjud. *SI ma’lumotlari. Ushbu bo‘limda ma’lumotlarni sun’iy intellekt orqali berish tartibi yo‘lga qo‘yilgan. Bu o‘zida bir qancha sohalarga oid ma’lumotlarni mujassamlashtiradi. Iqtisodiyot, sog’liqni saqlash, ta’lim, ko’chmas mulk, biznes, turizm, sport va boshqalar shular jumlasidandir. *Ro‘yxatdan o‘tish. Ochiq ma’lumotlar portaliga kirishda ro‘yxatdan o‘tish talab etilmaydi. Agar shaxsiy identifikatsiya orqali kirmoqchi bo‘lsangiz “OneID” orqali kirishingiz mumkin. Bu borada portal o’zining “Foydalanish shartlari” bo‘limida aniq belgilab o‘tgan, Xususan, portalda shunday belgilab qo‘yilgan: Foydalanuvchi ochiq ma'lumotlardan erkin, muddatsiz, beg'araz va foydalanish hududini cheklamasdan foydalanishga (shu jumladan, qayta) haqli, shu jumladan ochiq ma'lumotlarni nusxalash, nashr qilish, tarqatish, ko’rinishini o'zgartirish va boshqa ma'lumotlar bilan birlashtirish, ochiq ma'lumotlardan tijorat maqsadlarida foydalanish, dasturiy mahsulotlar va ilovalar yaratish uchun foydalanish huquqiga ega. Boshqa saytlarga havolalar: Ushbu portaldagi bo'limlarda davlat organlarining boshqa veb-saytlari va portallariga turli havolalar topasiz. Ushbu havolalar foydalanuvchi tajribasini yaxshilash uchun hamda faqat ma’lumot sifatida taqdim etilgan. O'zbekiston Respublikasining Ochiq ma'lumotlar portali mazmun, qulaylik, mavjud imkoniyatlar, ishonchlilik, jumladan, veb-saytlardagi xavfsizlik bilan bog'liq masalalar uchun javobgar emas va ularda bildirilgan fikrlarni mutlaqo ma'qullamaydi. Biz ushbu havolalarning har doim ishlashiga kafolat bera olmaymiz va mos yozuvlar sahifalarining mavjudligi ustidan hech qanday nazorat yo'q. Sizning maxfiyligingiz biz uchun muhim. Har bir inson, odatda, shaxsiy ma'lumotlarni oshkor qilmasdan portalga kirishi mumkin. Statistik maqsadlarda foydalanuvchi tashriflari haqida quyidagi ma'lumotlarni to'playmiz va saqlaymiz: • xizmat ko'rsatuvchi provayderning domenlari va foydalanuvchi bizning veb-saytimizga kirgan IP-manzili • portalimizga kirish uchun ishlatiladigan brauzer va operatsion tizim turi • tashrif sanasi va vaqti • tashrif buyurilgan sahifalar va havolalar; • agar mehmon boshqa saytdan portalga kirsa, ushbu sayt manzili (yo'naltiruvchi havola). Biz ushbu manzillarni bizning saytimizga tashrif buyuradigan odamlarning identifikatsiyasi bilan bog'lamaymiz, Shuning uchun portalga zarar yetkazmaslikkaga harakat qilamiz.3 *Ko‘p beriladigan savollar. Saytdagi ma`lumotlardan qanday qilib yuklab olish mumkin? 3https://data.egov.uz/copyrights INTERNATIONAL JOURNAL OF SCIENTIFIC RESEARCHERS ISSN: 3030-332X Impact factor: 8,293 Volume 14, issue 2, November 2025 https://wordlyknowledge.uz/index.php/IJSR worldly knowledge Index: google scholar, research gate, research bib, zenodo, open aire. https://scholar.google.com/scholar?hl=ru&as_sdt=0%2C5&q=wosjournals.com&btnG https://www.researchgate.net/profile/Worldly-Knowledge https://journalseeker.researchbib.com/view/issn/3030-332X 71 -saytga joylangan har bir ma’lumotning pastki qismida formatlar keltirilgan yangiliklar havolaga birlashirilgan ularni yuklab olish uchun esa ma’lumotning pastki qismida keltirilgan formatlardan o’zingizga qulayini tanlashingiz va yuklab olishingiz mumkin. Sun`iy intellekt ma`lumotlaridan qanday foydalansa bo`ladi? -bosh sahifada keltirilgan “Sun’iy intellekt ma’lumotlari” ruknida har bir ma’lumot tarkibida havola keltirilgan havoladan foydalangan holda ma’lumotlar bilan batafsil tanishishingiz va o’zingizga qulay formatda yuklab olishingiz mumkin. Ma’lumotlarni eskirganligi yoki aktualligini qanday aniqlasa bo`ladi? -ma’lumotlarning qanchalik yangi va aktualligini aniqlash uchun bosh sahifada joylashgan “Monitoring“ ruknidagi “Hisobot” bo’limi orqali Tashkilotlar joylashtirgan ma’lumotlar ro’yxatini ko’rish mumkin. Huquqiy asoslar. Ochiq ma’lumotlar portali yuqorida berib o’tilganidek, 2015-yil 17-martdan boshlab foydalanishga topshirilgan. 2015-yil 17-avgustda esa O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Ochiq ma’lumotlar taqdim etilishini hisobga olgan holda Internet tarmog’ida O’zbekiston Respublikasi hukumat portalini yanada takomillashtirish choratadbirlari to’g’risidagi qarori qabul qilingan. Unda portalning nizomi qabul qilinib, portalga Axborot texnologiyalar va kommunikatsiyalarni rivojlantirish vazirligi mas’ul organ etib belgilandi. Mazkur hujjatda portalning asosiy vazifalari ham belgilab o’tilgan. Quyidagilar Portalning asosiy vazifalari hisoblanadi: -yetkazib beruvchi faoliyatining ochiq-oshkoraligini oshirish; -ochiq maʼlumotlarni eʼlon qilishning yagona texnologik va metodologik prinsiplarini yoyish; -joylashtirilgan ochiq maʼlumotlardan koʻp marotaba, erkin va bepul foydalanishni taʼminlash; -foydalanuvchilarning yetkazib beruvchilar bilan oʻzaro hamkorligi samaradorligini oshirish; -yetkazib beruvchilar va ularning faoliyati toʻgʻrisida hamma erkin foydalanishi mumkin boʻlgan axborotni olishda foydalanuvchilar uchun byurokratik toʻsiqlar va toʻgʻanoqlarni qisqartirish va bartaraf etish; -maʼlumotlar yangilanishi ustidan nazorat qilishning yagona texnologik platformasini, shuningdek maʼlumotlarni dolzarb holatda saqlab turish maqsadida ochiq maʼlumotlarni eʼlon qilish natijalari monitoringi olib borilishini tashkil qilish. Undan tashqari, O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 10-apreldagi “Davlat boshqaruvining ochiqligi va shaffofligini ta’minlash hamda mamlakatning statistika salohiyatini oshirish yuzasidan qo’shimcha chora-tadbirlar to’g’risidagi qarori ham qabul qilingan. Mazkur qarorda berilishicha, mamlakatda statistika axborotidan foydalanish samaradorligini oshirish, davlat statistika hisobotini ishonchli ravishda yuritishni shakllantirish yuzasidan izchillik bilan choralar koʻrilmoqda. Internetdagi yigʻma maʼlumotlarning milliy sahifasi Xalqaro valyuta jamgʻarmasi maʼlumotlarini tarqatishning kengaytirilgan umumiy tizimi bilan uygʻunlashtirildi. Shu bilan birga, axborotlarning umumfoydalanish uchun ochiqlik holati, ochiq maʼlumotlarning oshkoralik va sifat darajasi, ularni fuqarolarga va jahon hamjamiyatga yetkazishning amaldagi mexanizmlari qabul qilingan xalqaro talablarga toʻliq javob bermasligi va natijada mamlakatimizning statistika salohiyati indeksidagi oʻrni pastligicha qolayotganligi haqida yoziladi. Undan tashqari, mazkur qarorda: a) Oʻzbekiston Respublikasi Davlat statistika qoʻmitasi (keyingi oʻrinlarda — Davlat statistika qoʻmitasi) davlat organlari va tashkilotlarining ochiq maʼlumotlar toʻplamlari roʻyxatini (keyingi oʻrinlarda — Roʻyxat) shakllantirish, yuritish va yangilash hamda tegishli axborotlarning Portalda oʻz vaqtida aks ettirilishi boʻyicha faoliyatini muvofiqlashtiradi; INTERNATIONAL JOURNAL OF SCIENTIFIC RESEARCHERS ISSN: 3030-332X Impact factor: 8,293 Volume 14, issue 2, November 2025 https://wordlyknowledge.uz/index.php/IJSR worldly knowledge Index: google scholar, research gate, research bib, zenodo, open aire. https://scholar.google.com/scholar?hl=ru&as_sdt=0%2C5&q=wosjournals.com&btnG https://www.researchgate.net/profile/Worldly-Knowledge https://journalseeker.researchbib.com/view/issn/3030-332X 72 b) Oʻzbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi (keyingi oʻrinlarda – Vazirlik) Portalni texnik qoʻllab-quvvatlash va taʼminlash hamda uzluksiz ishlab turishi uchun javobgar hisoblanadi; v) Portaldagi axborotlar: faqat davlat organlari va tashkilotlarining respublika darajasidagi yuqori turuvchi tuzilmalari, shu jumladan Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari tomonidan eʼlon qilinadi; oʻzbek, rus va ingliz tillarida, shu jumladan mashinada oʻqiladigan va boshqa formatlarda eʼlon qilinadi; davlat organlari va tashkilotlarining rasmiy saytlarida eʼlon qilinadigan axborot bilan aynan bir xil va oʻzaro bogʻlangan boʻlishi lozim ekanligida haqida ham berib o’tilgan. Natijalar. Endi portalning boshqa davlatlar bilan taqqoslash orqali uni tahlil qilsak. Birinchidan, Amerika Qo’shma Shtatlarining data.gov portalini ko’rib chiqadigan bo’lsak, unda umumiy 364,131 ta ma’lumotlar foydalanishga tayyor holda ekan. Elektron hukumat indeksi bo’yicha 19-o’rinda borayotgan AQShda mazkur portal juda kuchli datasetga ega bo’lib, infratuzilma va interaktiv grafikalari ham yaxshi ishlangan. Turfa xil ochiq ma’lumotlarni o’zida birlashtirgan mazkur portalda jamoatchilik va developer ekotizimi mavjud bo’lib, bu portalning foydalanuvchilari faol ekanligini, portaldan ilovalar yaratishda foydalanishlarini ko’rsatib beradi. Bu portal 2009-yil tashkil qilingan bo’lib, 2014-yil hozirga ko’rinishga kelgan. Uning eng ustun taraflaridan bir bu undagi har bir federal agentlikning portal katalogida kunlik/haftalik/oylik kabi belgilangan jadval bo’yicha tekshiradigan kombayni mavjudligida. Ma’lumotlar to’plamining metama’lumotlariga kiritilgan har qanday qo’shimchalar, tahrirlar, o’chirishlar portalda aks etadi. Natijada, portal federal ma’lumotlar to’plamining jamlangan, doimiy yangilanadigan katalogiga mos keladi. Muhokama. Yuqorida portal bo’limlaridagi barcha imkoniyatlar, ustunliklar, grafika haqida so’z bordi. Undan tashqari mazkur portalning yana bir qancha qulay va foydalanuvchilarga foydali bo’ladigan oynalari xizmatlari mavjud. Masalan, portalning “Lug’at” bo’limida ochiq ma’lumotlarga aloqador bir nechta sharhga muhtoj bo’lgan so’zlar sharhlab berilgan. Bu ko’rinib turibdiki, portalning asosiy maqsadi ma’lumotlar taqdim qilishni nafaqat tashkilotlar, yoki ma’lum soha vakillariga nisbatan balki oddiy fuqarolarga ham so’zlarning asl ma’nosini sharhlab berib, ularni tushuntirishga xizmat qiladi. Yana bir afzallik jihatlaridan biri undagi “Foydalanuvchilar so’rovnomasi” bo’limi mavjudligi. Mazkur bo’limda foydaluvchilar portal haqidagi o’zlarining shaxsiy fikrlarini bildirishadi. So’rovnomada uchta asosiy savol qo’yilgan: 1. Bizning saytimizni topish oson bo’ldimi? 2. Izlaganingizni topdingizmi? 3. Quyidagilardan qaysi sizning data.egov.uz dan foydalanishingiz sababini belgilaydi? -OAV -Shaxsiy maqsadlar -Ilovalar ishlab chiqish -Tadqiqot ishlari -Boshqa Undan tashqari portalning interfeysi, oynalari, grafikasi, qidiruv tizimida deyarli kamchiliklar uchramaydi. Lekin portalda ba’zi bir kamchiliklarni ham kuzatishimiz mumkin. Birinchidan, portaldagi “Qayta aloqa” bo’limida foydalanuvchilar o’z taklif va so’rovlarini jo’natishadi. Bunga esa javobning tezkor kelmasligini ko’rishimiz mumkin. Ikkinchidan, portal mavjud, unda vazirliklar, qo’mitalar turli tashkilotlarning ochiq ma’lumotlari joylashtirilgan. Lekin INTERNATIONAL JOURNAL OF SCIENTIFIC RESEARCHERS ISSN: 3030-332X Impact factor: 8,293 Volume 14, issue 2, November 2025 https://wordlyknowledge.uz/index.php/IJSR worldly knowledge Index: google scholar, research gate, research bib, zenodo, open aire. https://scholar.google.com/scholar?hl=ru&as_sdt=0%2C5&q=wosjournals.com&btnG https://www.researchgate.net/profile/Worldly-Knowledge https://journalseeker.researchbib.com/view/issn/3030-332X 73 ma’lumot olishda foydalanuvchilar faol emas. Portalda foydalanuvchilarni jalb qilish mexanizmlari yetishmaydi. Manfaatlar to’qnashuvi (takliflar). Portaldagi kamchiliklarni ko’rib chiqdik. Endi bularni qanday yaxshilashimiz mumkin? Agar biz yuqoridagi kamchiliklarni o’z vaqtida bartaraf etmasak, bu mamlakatimizning xalqaro maydondagi elektron hukumat indeksidagi o’rniga ta’sir qiladi. (EGDI) O’zbekiston E-Government Index da 2024 yil 18-sentyabr holatiga ko’ra 63-o’rinni qayd etib turibdi. O’z navbatida bu 2022-yil 69-o’rin bo’lgan. 4Kamchiliklarga keladigan bo’lsak, birinchidan aloqaga chiqgan foydalanuvchilarga real vaqt rejimida iloji boricha tezkor javoblarni yo’lga qo’yish tizimini yaratishimiz darkor. Bunday holatda, masalan, foydalanuvchining qaysi soha yoki tashkilotga nisbatan taklif yoki savollari kelib tushsa buni avtomatik tarzda o’sha tashkilot servisiga yuborish zarur. Shunda javoblarning tezlashishi hamda kim qaysi soha bo’yicha mas’ul bo’lsa shunga javob berishi aniq bo’ladi. Bu esa o’z navbatida foydalanuvchilarga ham hukumat va fuqaro o’rtasidagi ishonchni kuchaytirishga juda katta yordam beradi. Ikkinchidan, aynan statistika ma’lumotlari bo’limiga foydalanuvchilar qaysi sohaga tegishli ma’lumotlarni ko’proq so’rayotganliklarini ham berib o’tish lozim. Bu fuqarolarning aynan qaysi ma’lumotlar qiziqtirishi, tadqiqot maqsadida olishlarini ko’rsatib beradi. Shundan so’ng, agar qaysidir bir tashkilot ochiq ma’lumotlarini ko’rish, yuklab olish darajasi past bo’lsa shunga nisbat qilib olib, foydalanuvchilarni jalb qilish mexanizmlarini o’ylab topish kerak. Uchinchidan, foydalanuvchilarni jalb qilish masalasi o’ta muhim. Chunki hukumat fuqarolarning talab-istaklaridan kelib chiqib faoliyat ko’rsatadi, tashkilotlar qanday faoliyat ko’rsatayotganligi haqida ochiq ma’lumotlarni qo’yib boradi. Agar fuqarolar portalga kirmasa, qiziqmasa shundan so’ng, tashkilotlar o’zlari xohlagan ishlarni qilib, xohlagan ma’lumotlarini joylashtiradi. Bu esa albatta, davlat rivojidagi asosiy to’siq bo’lib qolishi hech gap emas. Xo’sh, unda foydalanuvchilarni bunga qanday qilib jalb qilish mumkin? Bunda, ko’pgina tashkilotlar fuqarolarning huquqiy savodxonligini oshirishga qaratilgan turli tadbirlar, targ’ibotlar, so’rovnomalar o’tkazishi maqsadga muvofiq bo’ladi. Bu o’z navbatida fuqarolarni mazkur portalga nisbatan qiziqishini orttirib, undan foydalanishga jalb qiladi. Zero kuchli davlatni kuchli fuqarolik jamiyati tashkil qiladi. To’rtinchidan, “Ochiq ma’lumotlar portali” ning mobil versiyasini ishlab chiqishimiz zarur. Bundan ko’zlangan maqsad, qulaylikni oshirish, fuqarolarni yanada portalning mobil ilovasidan foydalanishga jalb qilishdan iborat. Oltinchidan esa, portalning ishlashida zamonaviy sun’iy intellekt tizimlaridan foydalanishni yo’lga qo’yish, qidiruv tizimi, ma’lumotlarni saralash, eski ma’lumotlarni aniqlashda hamda savol-javoblar bo’limida undan maqsadli foydalanish portalni yanada mukammalroq qiladi va EGDI dagi o’rnimizga ham sezilarli o’zgarish sodir bo’ladi. Natijalar va Statistika. Ochiq ma’lumotlar portalida statistika bo’limiga qaraydigan bo’lsak, unda portalda qancha ma’lumot borligi, yuklab olishlar soni, veb-xizmatlar qanchaligi ko’rsatilgan. Demak portalda ayni damda: -ma'lumotlar to'plamlari – 10450 -tashkilotlar – 162 -yuklab olish – 848279 -veb xizmat – 69809 tani tashkil qilmoqda. Shulardan eng ko’p ma’lumotlar “Orol bo’yi mintaqasi”ga tegishli ma’lumotlar bo’lib, ular ayni holatda 4501 ta ma’lumotni tashkil qilmoqda. Buning ichiga Qoraqalpog’iston Respublikasi, Xorazm viloyati, Buxoro hamda Navoiy viloyatlarining ta’lim, sog’liqni saqlash, madaniyat, turizm, qishloq xo’jaligi, moliya, savdo va boshqa tegishli sohalarga doir ma’lumotlar kiradi. 4https://www.uzdaily.uz/en/uzbekistan-ranks-63rd-in-e-government-index/ INTERNATIONAL JOURNAL OF SCIENTIFIC RESEARCHERS ISSN: 3030-332X Impact factor: 8,293 Volume 14, issue 2, November 2025 https://wordlyknowledge.uz/index.php/IJSR worldly knowledge Index: google scholar, research gate, research bib, zenodo, open aire. https://scholar.google.com/scholar?hl=ru&as_sdt=0%2C5&q=wosjournals.com&btnG https://www.researchgate.net/profile/Worldly-Knowledge https://journalseeker.researchbib.com/view/issn/3030-332X 74 Eng kam ma’lumot qamrovi esa “Sug’urta” bo’limiga qarashli bo’lib, unda atigi 4 ta ma’lumot turi kiritilgan. Ular: -sug’urta shartnomalar soni -sug’urta javobgarligi -sug’urta mukofotlar hajmi -sug’urta tovonlar to’lovi hisoblanadi 5 Undan tashqari eng ko’p yuklab olingan ma’lumotlarga qaraydigan bo’lsak, bunda “Xodimlar sifatida muvofiqlikni baholash sohasida ishtirok etishni talab qiladigan sertifikatlangan mutaxassislar ro‘yxati” birinchi o’rinda turibdi. Qo’llanilish sohasi esa asosan tadqiqot ishlari uchun deb foydalanilgan. 6 Qo’llanilish sohasidan ko’rinib turganidek, ilovalar ishlab chiqish uchun juda kam maqsadda portaldan foydalanilgan. Agar dasturchilar ko’proq ilovalar, mobil versiyalar ishlab chiqishsa, hamda ilovalarida aynan portalda berilgan ma’lumotlardan foydalanishsa, bu bizning rivojlanishimizga hamda elektron hukumat indeksida texnologiyalar bo’limida ancha o’sishimizga olib keladi. 5https://data.egov.uz/ 6https://data.egov.uz/statistics INTERNATIONAL JOURNAL OF SCIENTIFIC RESEARCHERS ISSN: 3030-332X Impact factor: 8,293 Volume 14, issue 2, November 2025 https://wordlyknowledge.uz/index.php/IJSR worldly knowledge Index: google scholar, research gate, research bib, zenodo, open aire. https://scholar.google.com/scholar?hl=ru&as_sdt=0%2C5&q=wosjournals.com&btnG https://www.researchgate.net/profile/Worldly-Knowledge https://journalseeker.researchbib.com/view/issn/3030-332X 75 Xulosa. Mazkur portalning ishga tushirilishi, takomillashib borishi, rivojlanib, hozirga ko’rinishga kelishi uzoq muddatli reja namunasi o’laroq, mamlakatimizda elektron hukumatning sezilarli o’sishini tezlashtirdi. Hukumatning fuqarolar bilan aloqalarining o’sishi, fuqarolar tomonidan hukumatga nisbatan ishonchning yuqorilashi, shaffoflik, oshkoralik kabi tushunchalarning shunchaki atama emasligini yana bir bor isbotladi. Rivojlanish bor joyda, harakat bor joyda albatta, xato va kamchiliklar ham bo’ladi. Muhimi, ularni aniqlab, monitoring qilib, eng to’g’ri yechimni aniqlashda. Eng mukammal yechimni qo’llab, yanada takomillashishda. Zero, jamiyat tomonidan hukumatga nisbatan faollik kuzatilsa, talabga nisbatan taklif vujudga keladi, chiqayotgan qonunlar, qarorlar, farmonlar adolatli va samarali ko’rinish oladi. Foydalanilgan adabiyotlar va manbalar: 1. O’zbekistonda elektron hukumat rivojlanishining nazariy-huquqiy asoslari. Igor Kudryavsev. 2. https://data.egov.uz/ 3. https://www.uzdaily.uz/en/ 4. https://lex.uz/uz/ 5. https://data.gov/ 6. https://gov.uz/oz/ 7. https://id.egov.uz/en