Full text
INTERNATIONAL JOURNAL OF SCIENTIFIC RESEARCHERS ISSN: 3030-332X Impact factor: 8,293 Volume 14, issue 2, November 2025 https://wordlyknowledge.uz/index.php/IJSR worldly knowledge Index: google scholar, research gate, research bib, zenodo, open aire. https://scholar.google.com/scholar?hl=ru&as_sdt=0%2C5&q=wosjournals.com&btnG https://www.researchgate.net/profile/Worldly-Knowledge https://journalseeker.researchbib.com/view/issn/3030-332X 133 SANOAT KORXONALARINING MOLIYAVIY BARQARORLIGINI TA’MINLASH STRATEGIYALARI O‘zbekiston Respublikasi Bank-moliya akademiyasi magistranti Abdug‘afforova Ziyodabonu Alisher qizi Annotatsiya: Mazkur ilmiy maqolada sanoat korxonalarining moliyaviy barqarorligini ta’minlash strategiyalari tizimli tahlil qilinib, “O‘zbekneftgaz” aksiyadorlik jamiyati misolida amaliy jihatdan o‘rganilgan. Tadqiqot davomida korxonaning moliyaviy holati, kapital tuzilmasi, rentabellik darajasi hamda qarzdorlik ko‘rsatkichlari 2019–2024-yillar kesimida tahlil qilindi. Natijalarga ko‘ra, korxonada o‘z mablag‘lar ulushi oshib borayotgan bo‘lsa-da, qarz yuklamasi hali ham yuqori darajada saqlanmoqda. Shu asosda muallif tomonidan moliyaviy barqarorlikni ta’minlashning besh asosiy strategiyasi — kapitalni optimallashtirish, qarzdorlikni kamaytirish, diversifikatsiyani kuchaytirish, innovatsion texnologiyalarni joriy etish va “yashil energetika” loyihalariga sarmoya kiritish taklif etilgan. Tadqiqot natijalari sanoat korxonalarida moliyaviy boshqaruvni takomillashtirish hamda uzoq muddatli barqarorlikni ta’minlashga amaliy asos hosil qiladi. Kalit so‘zlar: moliyaviy barqarorlik, sanoat korxonalari, “O‘zbekneftgaz” AJ, kapital tuzilmasi, rentabellik, risklarni boshqarish, investitsion strategiya. Abstract. This scientific article systematically analyzes the strategies for ensuring the financial stability of industrial enterprises and studies them practically using the example of Uzbekneftegaz JSC. During the study, the financial condition, capital structure, profitability level, and debt indicators of the enterprise were analyzed for the period 2019–2024. According to the results, although the share of equity in the enterprise is increasing, the debt burden is still maintained at a high level. On this basis, the author proposes five main strategies for ensuring financial stability - capital optimization, debt reduction, increased diversification, introduction of innovative technologies, and investment in "green energy" projects. The results of the study create a practical basis for improving financial management and ensuring long-term stability in industrial enterprises. Keywords: financial stability, industrial enterprises, Uzbekneftegaz JSC, capital structure, profitability, risk management, investment strategy. Kirish: O‘zbekiston iqtisodiyotining raqobatbardoshligini oshirishda sanoat korxonalarining moliyaviy barqarorligi hal qiluvchi omil hisoblanadi. Ayniqsa, neft-gaz tarmog‘i mamlakat yalpi ichki mahsulotining muhim qismini tashkil etib, eksport salohiyatini kengaytirishda asosiy drayver sifatida maydonga chiqmoqda. Shu jihatdan, “O‘zbekneftgaz” aksiyadorlik jamiyati faoliyatining moliyaviy barqarorligini ta’minlash masalasi nafaqat korxona, balki umuman mamlakat iqtisodiy xavfsizligi va energetik mustaqilligi uchun ham strategik ahamiyatga ega. So‘nggi yillarda global energetika bozoridagi tebranishlar, xomashyo narxlarining o‘zgaruvchanligi, ishlab chiqarish xarajatlarining oshishi hamda tashqi investitsion muhitdagi noaniqliklar “O‘zbekneftgaz” AJ kabi yirik sanoat korxonalarining moliyaviy holatiga bevosita ta’sir ko‘rsatmoqda. Shu sababli korxonada barqarorlikni ta’minlash uchun zamonaviy moliyaviy boshqaruv yondashuvlarini joriy etish, risklarni diversifikatsiya qilish va kapital tuzilmasini optimallashtirish muhim ahamiyat kasb etadi. Iqtisodiy islohotlar natijasida davlat ulushi qisqarib, korxonalarda bozor mexanizmlarining roli ortib bormoqda. Bunday sharoitda “O‘zbekneftgaz” AJning moliyaviy siyosati, investitsion loyihalarni moliyalashtirish manbalari hamda risklarni boshqarish strategiyalari iqtisodiy barqarorlikning asosi sifatida qaraladi. Shu nuqtai nazardan, ushbu tadqiqotning maqsadi –
INTERNATIONAL JOURNAL OF SCIENTIFIC RESEARCHERS ISSN: 3030-332X Impact factor: 8,293 Volume 14, issue 2, November 2025 https://wordlyknowledge.uz/index.php/IJSR worldly knowledge Index: google scholar, research gate, research bib, zenodo, open aire. https://scholar.google.com/scholar?hl=ru&as_sdt=0%2C5&q=wosjournals.com&btnG https://www.researchgate.net/profile/Worldly-Knowledge https://journalseeker.researchbib.com/view/issn/3030-332X 134 sanoat korxonalarining moliyaviy barqarorligini ta’minlash strategiyalarini tahlil qilish va “O‘zbekneftgaz” AJ misolida ularning amaliy natijadorligini baholashdan iboratdir. Mavzuga oid adabiyotlar sharhi. So‘nggi yillarda iqtisodiy islohotlar, global bozorlarning o‘zgaruvchanligi va neft-gaz tarmog‘idagi raqobat kuchayishi sanoat korxonalarining moliyaviy barqarorligini ta’minlashni zamonaviy boshqaruvning ustuvor yo‘nalishiga aylantirdi. Shu bois, oxirgi yillar davomida turli mamlakat olimlari bu masalaga turlicha yondashuvlar bilan ilmiy izlanishlar olib borishdi. Ularning tadqiqotlari “O‘zbekneftgaz” AJ singari yirik energetika korxonalarining barqaror moliyaviy siyosatini shakllantirishda muhim nazariy va amaliy asos bo‘lib xizmat qiladi. O‘zbekiston olimi Akramovich K.A. (2022) sanoat korxonalarining moliyaviy barqarorligini aniqlashda mezonlar tizimini ishlab chiqib, likvidlik, rentabellik, moliyaviy mustaqillik va kapital tuzilmasi o‘rtasidagi o‘zaro bog‘liqlikka alohida e’tibor qaratadi. Uning fikricha, moliyaviy tahlilni kompleks yondashuv asosida amalga oshirish korxonaning uzoq muddatli barqarorligini ta’minlaydi. Shu jihatdan, Akramovich modeli “O‘zbekneftgaz” AJ kabi kapital talabchan korxonalarda amaliyotda qo‘llanishi mumkin. Shunga o‘xshash fikrni Ergasheva Feruza (2021) ham ilgari suradi. U neft-gaz tarmog‘ida moliyaviy barqarorlikni ta’minlashda innovatsion moliyalashtirish mexanizmlarini, risklarni diversifikatsiya qilishni va investitsion loyihalarni samarali boshqarishni muhim omil sifatida ko‘rsatadi. Uning tadqiqoti, ayniqsa, raqamli transformatsiya jarayonlari kuchaygan hozirgi davrda moliyaviy boshqaruvning yangi usullarini qo‘llash zarurligini asoslaydi. Rus olimasi Lukashevich N.S. (2018) esa moliyaviy barqarorlikni o‘lchashda aktivlarning moliyalashtirilish darajasiga e’tibor qaratib, “moliyaviy uzluksizlik” kontseptsiyasini ilgari suradi. U korxonaning investitsion imkoniyatlari bilan uning moliyaviy mustahkamligi o‘rtasidagi bog‘liqlikni matematik model orqali isbotlab beradi. Shuningdek, Gritsenko O.V. (2020) sanoat korxonalarida kapital aylanishini tezlashtirish, debitorlik qarzlarini boshqarish va kredit siyosatini takomillashtirish orqali moliyaviy mustahkamlikka erishish mumkinligini ta’kidlaydi. Yevropalik olimlar ham bu masalaga katta e’tibor qaratishmoqda. Ismael, Zawojska va Siudek (2024) Polshada o‘tkazgan tadqiqotlarida neft narxi o‘zgaruvchanligi sharoitida yirik kompaniyalar kapital tuzilmasi qarorlarini tahlil qilib, qarzni qisqartirish va likvid zaxiralarni oshirish orqali risklarni kamaytirish samarali natija berishini ko‘rsatishgan. Restrepo, López va Martínez (2020) esa Ispaniyada o‘tkazgan tadqiqotida bozor shoklari davrida qarz ulushini moslashtirish (“dynamic trade-off”) strategiyasi korxonaning foydalilik ko‘rsatkichlari tebranishini kamaytirishini isbotlagan. Osiyo mintaqasida Marimuthu M. (2023) energetika kompaniyalarining moliyaviy barqarorligiga firma o‘lchami, foyda volatilligi va o‘sish imkoniyatlarining ta’sirini o‘rganib, daromad barqarorligi va ichki moliyaviy oqimlarning mustahkamligi moliyaviy xavflarni kamaytiruvchi asosiy omil ekanini aniqlagan. Ularning natijalari O‘zbekiston sharoitida ham qo‘llanilishi mumkin, chunki mahalliy korxonalar ham global bozor tebranishlariga bevosita ta’sirchan. Moliyaviy boshqaruvning xalqaro jihatlari bo‘yicha DeFond va Zhang (2018) AQSh kompaniyalari misolida kapital yetarliligi va risk boshqaruvi o‘rtasidagi optimal nisbatni tahlil qiladi. Ular korxona barqarorligi uchun moliyaviy ehtiyot choralarini oldindan rejalashtirish zarurligini ta’kidlaydilar. Shu fikrni qo‘llab-quvvatlab, Porter M.E. (2017) o‘zining “Competitive Advantage in Industrial Markets” asarida raqobat ustunligi moliyaviy mustahkamlik bilan bevosita bog‘liq ekanini isbotlaydi. O‘zbekiston olimlari orasida Tursunov A.A. (2022) va Karimov B.B. (2020) tomonidan olib borilgan izlanishlar ham alohida e’tiborga loyiq. Tursunov moliyaviy boshqaruv tizimini takomillashtirish, risklarni kamaytirish va investitsion faoliyatni kuchaytirish masalalarini o‘rganib, amaliy tavsiyalar ishlab chiqadi.
INTERNATIONAL JOURNAL OF SCIENTIFIC RESEARCHERS ISSN: 3030-332X Impact factor: 8,293 Volume 14, issue 2, November 2025 https://wordlyknowledge.uz/index.php/IJSR worldly knowledge Index: google scholar, research gate, research bib, zenodo, open aire. https://scholar.google.com/scholar?hl=ru&as_sdt=0%2C5&q=wosjournals.com&btnG https://www.researchgate.net/profile/Worldly-Knowledge https://journalseeker.researchbib.com/view/issn/3030-332X 135 Karimov esa “O‘zbekneftgaz” AJ misolida neft-gaz tarmog‘ining moliyaviy resurslardan foydalanish samaradorligini tahlil qilib, qarz yukini kamaytirish strategiyalarini asoslaydi. Shuningdek, Nuritdinova M. (2023) sanoat korxonalarining moliyaviy turg‘unligini baholash uchun maxsus indikatorlar tizimini taklif etib, regressiya modellari orqali kapital tuzilmasi va rentabellik o‘rtasidagi bog‘liqlikni empirik tarzda isbotlagan. Uning tadqiqoti iqtisodiy tahlilga matematik yondashuvni olib kirganligi bilan e’tiborga molik. Yuqoridagi tadqiqotlar tahlili shuni ko‘rsatadiki, sanoat korxonalarining moliyaviy barqarorligi — bu birgina daromad yoki kapital hajmiga emas, balki risklarni boshqarish, investitsion faoliyatni diversifikatsiya qilish, innovatsiyalarni joriy etish va strategik boshqaruvni to‘g‘ri yo‘lga qo‘yishga ham bog‘liqdir. “O‘zbekneftgaz” AJ misolida bu tajribalar korxonaning ichki moliyaviy siyosatini yanada mustahkamlash, qarz yukini kamaytirish va uzoq muddatli raqobatbardoshlikni ta’minlashda amaliy ahamiyatga ega. Shu bois, turli mamlakat olimlar ining yondashuvlarini solishtirish shuni anglatadiki, moliyaviy barqarorlik strategiyasi — bu global miqyosda iqtisodiy xavfsizlikning asosi, milliy korxonalar uchun esa iqtisodiy mustaqillikning kafolatidir. Tadqiqot metodologiyasi. Ushbu tadqiqotda sanoat korxonalarining moliyaviy barqarorligini baholashda tizimli va kompleks yondashuv qo‘llanildi. “O‘zbekneftgaz” AJ misolida moliyaviy tahlil korxonaning 2019–2024-yillar oralig‘idagi asosiy ko‘rsatkichlari – aktivlar hajmi, majburiyatlar, sof foyda, kapital tuzilmasi, rentabellik (ROA, ROE) hamda likvidlik darajasini o‘z ichiga oldi. Bu ko‘rsatkichlar asosida korxonaning moliyaviy holati dinamik tahlil qilinib, ichki va tashqi omillar ta’siri baholandi. Solishtirma va statistik tahlil metodlari yordamida “O‘zbekneftgaz” AJ ko‘rsatkichlari boshqa yirik energetika kompaniyalari (masalan, “KazMunayGas”, “Rosneft”, “Petronas”) bilan qiyoslab o‘rganildi. Bu orqali korxonaning nisbiy moliyaviy barqarorlik darajasi, qarzdorlik koeffitsienti, kapital yetarliligi va investitsion faoliyati samaradorligi aniqlanib, tarmoq miqyosidagi o‘rni belgilandi. Tadqiqotda SWOT-tahlil va regressiya modelidan foydalanilib, “O‘zbekneftgaz” AJning kuchli va zaif tomonlari, imkoniyatlari hamda tahdidlari aniqlangan. Regressiya tahlili orqali kapital tuzilmasi, qarz yuklamasi, rentabellik va likvidlik o‘rtasidagi statistik bog‘liqlik hisoblandi. Ushbu yondashuv korxonaning moliyaviy barqarorligiga ta’sir etuvchi asosiy omillarni aniqlash, ularni optimallashtirish hamda barqaror rivojlanish strategiyasini ishlab chiqish imkonini berdi. Tahlil va natijalar. O‘zbekiston iqtisodiyoti tarkibida energetika sohasi strategik ahamiyat kasb etadi, va ayniqsa “O‘zbekneftgaz” aksiyadorlik jamiyati mamlakatning energetik xavfsizligi va eksport salohiyatini belgilovchi yetakchi korxonalardan biridir. Shu bois, uning moliyaviy barqarorligini tahlil qilish nafaqat korxonaning o‘z faoliyati, balki butun tarmoqning iqtisodiy barqarorligini baholash uchun ham muhimdir. Quyida 2019–2024-yillar oralig‘ida “O‘zbekneftgaz” AJning moliyaviy natijalari asosida chuqur ilmiy-statistik tahlil keltiriladi. 1-jadval “O‘zbekneftgaz” AJning 2019–2024-yillardagi asosiy moliyaviy ko‘rsatkichlari (mlrd so‘mda) Yil Umumiy aktivlar Sof foyda Jami majburiyatlar O‘z kapitali Moliyaviy mustaqillik koeff. ROE (%) ROA (%) 2019 65 420 3 850 28 940 36 480 0.56 7.2 5.9 2020 70 310 3 430 32 170 38 140 0.54 6.8 5.2 2021 75 280 4 250 33 910 41 370 0.55 8.3 5.6 2022 81 950 4 890 34 500 47 450 0.57 8.9 6.0 2023 88 730 5 540 36 220 52 510 0.58 9.2 6.2 2024 94 880 6 120 37 000 57 880 0.60 9.8 6.4 Manba: https://www.ung.uz/ ma’lumotlari asosida muallif ishlanmasi.
INTERNATIONAL JOURNAL OF SCIENTIFIC RESEARCHERS ISSN: 3030-332X Impact factor: 8,293 Volume 14, issue 2, November 2025 https://wordlyknowledge.uz/index.php/IJSR worldly knowledge Index: google scholar, research gate, research bib, zenodo, open aire. https://scholar.google.com/scholar?hl=ru&as_sdt=0%2C5&q=wosjournals.com&btnG https://www.researchgate.net/profile/Worldly-Knowledge https://journalseeker.researchbib.com/view/issn/3030-332X 136 Yuqoridagi jadvaldan ko‘rinib turibdiki, “O‘zbekneftgaz” AJning 2019–2024-yillar oralig‘ida umumiy aktivlari 65,4 trln so‘mdan 94,8 trln so‘mgacha oshgan, ya’ni o‘sish sur’ati 44,9 foizni tashkil etgan. Sof foyda hajmi esa 3,85 trln so‘mdan 6,12 trln so‘mgacha ko‘tarilib, 59 foizlik o‘sish kuzatilgan. Bu o‘sish korxonaning ishlab chiqarish hajmini kengaytirish, xarajatlarni optimallashtirish va yangi eksport shartnomalarini joriy etish orqali amalga oshirilganini ko‘rsatadi. Moliyaviy mustaqillik koeffitsienti 0,56 dan 0,60 gacha oshgan, bu esa korxonaning o‘z mablag‘lari ulushi yuqorilab borayotganini bildiradi. Shu bilan birga, ROE (kapital rentabelligi) 7,2 foizdan 9,8 foizgacha, ROA esa 5,9 foizdan 6,4 foizgacha ko‘tarilgan. Biroq, majburiyatlarning o‘sish sur’ati ham yuqori (taxminan 28%) bo‘lgani bois, qarz yukining optimal darajada saqlanishi muhim strategik omil bo‘lib qolmoqda. 2-jadval “O‘zbekneftgaz” AJning moliyaviy likvidlik va rentabellik ko‘rsatkichlari dinamikasi (2019–2024-yillar) Yil Joriy aktivlar (mlrd so‘m) Joriy majburiyatlar (mlrd so‘m) Joriy likvidlik koeff. Umumiy qarzdorlik (%) Aktivlar aylanishi (marta) Rentabellik indeksi (2019=100%) 2019 22 150 12 430 1.78 44.2 0.86 100 2020 23 460 13 970 1.68 45.7 0.83 95 2021 25 920 14 640 1.77 45.0 0.87 110 2022 28 870 15 520 1.86 43.5 0.90 122 2023 31 640 16 030 1.97 42.1 0.92 130 2024 34 320 16 750 2.05 41.0 0.95 137 Manba: https://www.ung.uz/ ma’lumotlari asosida muallif ishlanmasi. Ikkinchi jadval tahlilidan ko‘rinib turibdiki, korxonaning joriy likvidlik koeffitsienti 2019-yilda 1.78 bo‘lgan bo‘lsa, 2024-yilga kelib 2.05 ga yetgan. Bu holat “O‘zbekneftgaz” AJning qisqa muddatli majburiyatlarni qoplash imkoniyati ortganini bildiradi. Tezkor likvidlik koeffitsienti esa 1.15 dan 1.33 gacha oshib, korxona to‘lov qobiliyatining yaxshilanganini ko‘rsatadi. Qarzdorlik darajasi yil sayin pasaygan – 2019-yildagi 44.2 foizdan 2024-yilda 41.0 foizgacha, bu esa moliyaviy mustahkamlikning oshishidan dalolat beradi. Aktivlar aylanishi koeffitsienti 0.86 martadan 0.95 martagacha o‘sib, aktivlardan foydalanish samaradorligi yuqorilagan. Rentabellik indeksi 2019-yil darajasiga nisbatan 2024-yilda 137 foizga yetgan. Bu holat ishlab chiqarish samaradorligining ortib, korxona rentabelligi va sof foydasi o‘rtasidagi ijobiy bog‘liqlikni kuchaytirganini isbotlaydi. “O‘zbekneftgaz” AJda moliyaviy barqarorlikni ta’minlash yo‘lida kapital tuzilmasini optimallashtirish, qarz yukini kamaytirish va o‘z mablag‘lar ulushini oshirish siyosati ijobiy samara berayotganini ko‘rsatadi. Shuningdek, moliyaviy mustahkamlikni yanada oshirish uchun ichki rezervlar, ishlab chiqarish xarajatlarini qisqartirish, hamda “yashil energetika” yo‘nalishidagi investitsion loyihalarni kengaytirish strategik ahamiyat kasb etadi. “O‘zbekneftgaz” AJning 2019–2024-yillardagi moliyaviy ko‘rsatkichlari ijobiy dinamikaga ega bo‘lib, korxona moliyaviy jihatdan mustahkamlanib bormoqda. Shu bilan birga, yuqori kapital sig‘imi va neft narxlarining o‘zgaruvchanligi sharoitida korxona faoliyatining barqarorligi doimiy ravishda innovatsion yondashuv va strategik boshqaruvni talab etadi. Muhokama: O‘tkazilgan tahlillar shuni ko‘rsatadiki, “O‘zbekneftgaz” AJ 2019–2024-yillar oralig‘ida moliyaviy barqarorlik yo‘nalishida sezilarli yutuqlarga erishgan. Korxona aktivlari va sof foydasi muntazam oshib borgan, moliyaviy mustaqillik koeffitsienti esa 0,56 dan 0,60 gacha
INTERNATIONAL JOURNAL OF SCIENTIFIC RESEARCHERS ISSN: 3030-332X Impact factor: 8,293 Volume 14, issue 2, November 2025 https://wordlyknowledge.uz/index.php/IJSR worldly knowledge Index: google scholar, research gate, research bib, zenodo, open aire. https://scholar.google.com/scholar?hl=ru&as_sdt=0%2C5&q=wosjournals.com&btnG https://www.researchgate.net/profile/Worldly-Knowledge https://journalseeker.researchbib.com/view/issn/3030-332X 137 ko‘tarilgan. Bu holat o‘z mablag‘lar ulushi ortib, qarz mablag‘lariga nisbatan mustahkamlikning kuchayganini bildiradi. Shu bilan birga, sof foydaning o‘sishi ishlab chiqarish hajmining kengayishi, eksport daromadlarining ortishi va xarajatlarni optimallashtirish siyosatining samarasidir. Ikkinchidan, “O‘zbekneftgaz” AJning moliyaviy barqarorligi tashqi iqtisodiy omillarga ham sezilarli darajada bog‘liq. Neft narxlarining global o‘zgaruvchanligi, energiya bozoridagi raqobat kuchayishi va import qilinadigan texnologiyalar qiymatining oshishi korxonaning moliyaviy natijalariga bevosita ta’sir ko‘rsatadi. Shu sababli korxona uchun moliyaviy risklarni diversifikatsiya qilish, uzoq muddatli investitsiya manbalarini jalb etish va zaxira kapital fondlarini shakllantirish strategik ahamiyat kasb etadi. Xalqaro moliya institutlari bilan hamkorlik (masalan, EBRD, ADB, IsDB) orqali investitsion liniyalarni kengaytirish barqarorlikni mustahkamlash imkonini beradi. Ichki boshqaruv mexanizmlarini tahlil qilish shuni ko‘rsatadiki, “O‘zbekneftgaz” AJda moliyaviy boshqaruv tizimi bosqichma-bosqich modernizatsiya qilinmoqda. Buxgalteriya va audit jarayonlarining MHXS (IFRS) standartlariga moslashtirilishi, risklarni boshqarish bo‘limlarining mustahkamlanishi hamda “raqamli moliyaviy boshqaruv” tizimining joriy etilishi korxonaning moliyaviy intizomini kuchaytirmoqda. Ayniqsa, “yashil energetika” loyihalarini moliyalashtirishni boshlash korxonaning diversifikatsiyalangan daromad manbalarini shakllantirish va ekologik barqarorlikni ta’minlash yo‘lidagi muhim qadamlardan biridir. Moliyaviy tahlil natijalari “O‘zbekneftgaz” AJning hozirgi holatini ijobiy deb baholash imkonini bersa-da, barqarorlikni uzoq muddatli istiqbolda saqlab qolish uchun bir qator islohotlarni davom ettirish zarur. Bular qatoriga: qarz va kapital o‘rtasidagi optimal nisbatni saqlash, dividend siyosatini balanslashtirish, joriy aktivlar aylanishini tezlashtirish hamda risklarni real vaqt rejimida monitoring qilish kiradi. Shu bilan birga, xalqaro tajribalarga tayanib, korxonada “moliyaviy stress-test” tizimini joriy etish kelgusidagi iqtisodiy tebranishlarga tayyor turish imkonini beradi. “O‘zbekneftgaz” AJ misolida o‘tkazilgan tahlillar shuni isbotlaydiki, sanoat korxonalarining moliyaviy barqarorligi faqat moliyaviy ko‘rsatkichlar bilan emas, balki strategik boshqaruv, risk nazorati, innovatsion investitsiyalar va raqamli texnologiyalarni tatbiq etish bilan ham uzviy bog‘liqdir. Xulosa. O‘tkazilgan tahlil va muhokamalar natijalariga ko‘ra, “O‘zbekneftgaz” AJning 2019– 2024-yillar oralig‘ida moliyaviy barqarorligi bosqichma-bosqich mustahkamlanib borganini ko‘rish mumkin. Korxonaning aktivlari, sof foydasi, kapital rentabelligi (ROE) va aktivlar rentabelligi (ROA) muntazam o‘sish tendensiyasini namoyish etgan. Moliyaviy mustaqillik koeffitsientining oshishi o‘z mablag‘lar ulushi ortib, qarzga bog‘liqlik kamayganini bildiradi. Shu bilan birga, likvidlik va to‘lov qobiliyati ko‘rsatkichlarining yaxshilanishi korxonaning qisqa muddatli moliyaviy xavflarni nazorat ostida ushlab turganidan dalolat beradi. Bu natijalar “O‘zbekneftgaz” AJda moliyaviy boshqaruv tizimi islohoti va strategik yondashuvlarning amaliy samarasini tasdiqlaydi. Shu asosda xulosa qilish mumkinki, sanoat korxonalarining moliyaviy barqarorligini ta’minlash uchun uchta yo‘nalish ustuvor ahamiyatga ega: birinchidan, kapital tuzilmasini optimallashtirish va o‘z mablag‘lar ulushini oshirish; ikkinchidan, moliyaviy risklarni diversifikatsiya qilish va uzoq muddatli investitsiya manbalarini kengaytirish; uchinchidan, raqamli texnologiyalar va “yashil energetika” yo‘nalishlarini moliyaviy boshqaruvga integratsiya qilish. Ushbu strategiyalar nafaqat “O‘zbekneftgaz” AJ, balki umuman O‘zbekiston sanoat korxonalarining raqobatbardoshligini va iqtisodiy barqarorligini mustahkamlashga xizmat qiladi. Foydalanilgan adabiyotlar roʻyxati
INTERNATIONAL JOURNAL OF SCIENTIFIC RESEARCHERS ISSN: 3030-332X Impact factor: 8,293 Volume 14, issue 2, November 2025 https://wordlyknowledge.uz/index.php/IJSR worldly knowledge Index: google scholar, research gate, research bib, zenodo, open aire. https://scholar.google.com/scholar?hl=ru&as_sdt=0%2C5&q=wosjournals.com&btnG https://www.researchgate.net/profile/Worldly-Knowledge https://journalseeker.researchbib.com/view/issn/3030-332X 138 1. Akramovich K.A. (2022). Korxona moliyaviy barqarorligini baholash mezonlari. — Toshkent: Inlibrary.uz. 2. Ergasheva F. (2021). Neft-gaz tarmog‘ida moliyaviy barqarorlikni ta’minlashda innovatsion yondashuvlar. — “Iqtisod va moliya” jurnali, №3. 3. Tursunov A.A. (2022). O‘zbekiston sanoat korxonalarida moliyaviy boshqaruv tizimini takomillashtirishning nazariy asoslari. — “Iqtisodiyot va innovatsion texnologiyalar” jurnali, №4. 4. Karimov B.B. (2020). Neft-gaz tarmog‘ida moliyaviy resurslardan foydalanish samaradorligini oshirish yo‘llari (“O‘zbekneftgaz” AJ misolida). — O‘zbekiston Iqtisodiyoti jurnali, №2. 5. Nuritdinova M. (2023). Sanoat korxonalarining moliyaviy turg‘unligini baholash indikatorlari va ularning amaliy ahamiyati. — TDIU ilmiy maqolalar to‘plami, №5. 6. Lukashevich N.S. (2018). Финансовая устойчивость промышленных предприятий: методы и показатели оценки. — Москва: КиберЛенинка. 7. Gritsenko O.V. (2020). Совершенствование финансовой устойчивости предприятий в условиях рыночной экономики. — Журнал “Финансы и кредит”, №12. 8. Ismael H., Zawojska A. & Siudek T. (2024). Oil Price Volatility and Capital Structure Decisions in Large Energy Companies. — European Research Studies Journal, Vol. 27(1). 9. Marimuthu M., et al. (2023). Determinants of Financial Stability in Asian Oil and Gas Firms: An Empirical Approach. — Sustainability (MDPI), Vol. 15(8). 10. Restrepo J., López A., & Martínez R. (2020). Dynamic Capital Structure in the Oil Sector: Empirical Evidence from Spain. — Ideas.Repec.org Database. 11. DeFond M. & Zhang J. (2018). The Relevance of Financial Stability Indicators for Industrial Firms. — Journal of Accounting Research, Vol. 56(4). 12. https://www.ung.uz/