O'ZBEKISTON RESPUBLIKASI KONSTITUTSIYASIDA MIRANDA QOIDASI
Abstract
O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining jinoyat protseduralarida “Miranda qoidasi” deb ataladigan protsessual huquqiy tamoyillarning konstitutsiyaviy asoslari belgilab qo’yilgan. Hozirda fuqarolarning ushlangan chog’ida o’z huquqlaridan xabardor qilinishi, adolatni ta’minlashning eng muhim garovi sifatida e’tirof etilmoqda. Shu bois, ushbu maqolada “Miranda qoidasi” tushunchasi yoritiladi, so’nggi konstitutsiyaviy islohotlar doirasida bu tamoyillarning O’zbekistonda qanchalik aniq moddiylashtirilgani ko’rib chiqiladi.
Full text
ISSN: 2181-3906 2025 International scientific journal «MODERN SCIENCE АND RESEARCH» VOLUME 4 / ISSUE 11 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ 555 O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI KONSTITUTSIYASIDA MIRANDA QOIDASI Raximov Nodirbek Mutalliyevich Namangan Davlat Universiteti Yuridik fakulteti o’qituvchisi. Toshpo’latov Javohir Nuriddinjon o’g’li Namangan davlat universiteti Yuridik fakultet 1-kurs talabasi. https://doi.org/10.5281/zenodo.17653664 Annotatsiya. O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining jinoyat protseduralarida “Miranda qoidasi” deb ataladigan protsessual huquqiy tamoyillarning konstitutsiyaviy asoslari belgilab qo’yilgan. Hozirda fuqarolarning ushlangan chog’ida o’z huquqlaridan xabardor qilinishi, adolatni ta’minlashning eng muhim garovi sifatida e’tirof etilmoqda. Shu bois, ushbu maqolada “Miranda qoidasi” tushunchasi yoritiladi, so’nggi konstitutsiyaviy islohotlar doirasida bu tamoyillarning O’zbekistonda qanchalik aniq moddiylashtirilgani ko’rib chiqiladi. Kalit so’zlar: “Miranda qoidasi”, konstitutsiyaviy tamoyillar, konstitutsiyaviy islohotlar, protsessual qonunchiliklar va “Miranda qoidasi” mexanizmlari. ПРАВИЛО МИРАНДЫ В КОНСТИТУЦИИ РЕСПУБЛИКИ УЗБЕКИСТАН Аннотация. Конституционный суд Республики Узбекистан заложил конституционные основы процессуально-правовых принципов, известных как «правило Миранды» в уголовном судопроизводстве. В настоящее время информирование граждан о их правах при задержании признано важнейшей гарантией обеспечения правосудияю. В связи с этим в данной статье будет рассмотрено понятие «правила Миранды» и рассмотрено. Насколько наглядно эти принципы были реализованы в Узбекистане в рамках последних конституционных реформ. Ключевые слова: «правило Миранды», конституционные принципы, конституционные реформы, процессуальные законы и механизмы «правила Миранды». MIRANDA RULE IN THE CONSTITUTION OF THE REPUBLIC OF UZBEKISTAN Abstract. The Constitutional Court of the Republic of Uzbekistan has estabilished the constitutional foundations of the procedural legal principles known as the “Miranda rule” in criminal procedures. Currently informing citizens of their rights upon arrest is recognized as the most important guarantee of ensuring justice. Therefore, this article will shed light on the concept of the “Miranda Rule” and examine how clearly these principles have been materialized in Uzbekistan within the framework of recent constitutional reforms. Keywords: ‘Miranda rule’, constitutional principles, constitutional reforms, procedural laws and “Miranda rule” mechanisms. Hozirgi kunda inson huquqlari va erkinliklarini himoya qilish zamonaviy jamiyatning asosiy mezonidir. “O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi” inson huquqlarini ta’minlashga mas’ul huquqiy hujjatlardan biri hisoblanadi. Shuningdek, hozirda yangilangan O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining asosiy vazifalari ham inson huquqlari erkinliklarini himoya qilishga qaratilgan.
ISSN: 2181-3906 2025 International scientific journal «MODERN SCIENCE АND RESEARCH» VOLUME 4 / ISSUE 11 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ 556 Xususan, jinoyat sudlarida umuman olganda hamma sudlarda gumonlanuvchi yoki ayblanuvchiga huquqlari to’liq tushuntirilishi lozim. Ya’ni o’ziga qarshi guvohlik bermaslik, sukut saqlash hamda o’z sha’ni va qadr-qimmati hurmat qilinishi huquqi kabi tamoyillar Konstitutsiyamizda aniq belgilab qo’yilgan. 1 Ana shu kabi tamoyillar xalqaro huquqda “Miranda qoidasi” deb ataluvchi prinsiplarga mos keladi. Shuningdek, ushbu norma O’zbekiston Konstitutsiyasida va amaliy huquqiy rejimda huquqiy himoya ta’minlanishi bilan birgalikda takomillashtirilmoqda. Ta’kidlab o’tish joizki, “Miranda qoidasi” bugungi kunda barcha davlatlar Konstitutsiyasi va qonunlarida hamda inson huquqlariga oid bo’lgan xalqaro hujjatlarda umume’tirof etilgan norma sifatida belgilangan. 2 Aslida, “Miranda qoidasi” nima va u qanday amalga oshiriladi? “Miranda qoidasi” atamasi asosan AQSh huquqidan kelib chiqqan bo’lib – gumonlanuvchi hibsga olingan paytda huquqlaridan xabardor qilinishi, jim turish huquqiga ega bo’lishi, advokat bilan bog’lanish huquqi va o’ziga qarshi guvohlik bermaslik huquqi kabi tamoyillarni o’z ichiga oladi. 3 Shuningdek bu institutning asosiy maqsadi – jinoyat sudlarida adolatli jarayonni ta’minlash, xolis tergov qilinishi va tergov organlari tomonidan har qanday g’ayriqonuniy harakatlar va taqiqlangan usullar qo’llanilishining oldini oladi hamda shaxsning huquqlarini ta’minlab beradi. Bundan tashqari bu jarayon kuch bilaan olingan guvohlikdan voz kechishni va adliya huquqining “begona kuchlar”dan himoyalanishini ham kafolatlashni ta’minlab beradi. Xalqaro huquqiy standartlar va milliy huquq mazmunida bu tamoyillar “jim turish huquqi”, “aybsizlik prezumpsiyasi”, “o’ziga qarshi guvohlik bermaslik” kabi tushunchalar sifatida e’tirof etiladi. Ushbu “Miranda qoidasi” O’zbekiston qonunchilik amaliyotida qanday holatlarda mujassam bo’lmoqda?” - degan savol kelib chiqmoqda, xo’sh “Miranda qoidasi” O’zbekiston Konstitutsiyasi va tegishli qonunchilik hujjatlarida qanday qo’llanilmoqda? O’zbekiston Respublikasi qonunchiligida ham gumonlanuvchining va ayblanuvchining himoya qilish hamda ta’minlash uchun moddiy-huquqiy normalar belgilab qo’yilgan. O’zbekiston Konstitutsiyasining 26-moddasida “Hamma insonning shaxsiy erkinligi va daxlsizligi kafolatlanadi. 4 Hech kim qonunda belgilangan asoslarsiz hibsga olinishi, saqlanishi va boshqa ravishda erkinliklari cheklanishi mumkin emas” – kabi “Miranda qoidasi” normalari belgilab qo’yilgan. Bundan tashqari 29-moddada ham “… hibsga olingan shaxs ayblovning mohiyati va asoslari to’g’risida xabardor qilinishi hamda tarjimon yordamidan foydalanish huquqiga ega’’ kabi inson huquqlarini himoya qilishga qaratilgan normalar belgilab qo’yilgan. 5 “Miranda qoidasi”ga mos ravishda Konstitutsiyamizning 28-moddasida “Gumon qilinuvchi, ayblanuvchi va sudlanuvchi o’zining aybsizligini isbotlashi shart emas va istalgan vaqtda sukut saqlash huquqidan foydalanishi mumkin” degan norma belgilab qo’yilgan. 6 Shu bilan birga, O’zbekiston Respublikasi Jinoyat-protsessual kodeksida ham tegishli huquqlar mustahkamlangan. 1 O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi 30.04.2023.www.lex.uz 2 https://samarqand.adliya.uz/uz/news/detail.php?ID=56724 3 https://toshkent-vil.adliya.uz/uz/news/detail.php?ID=51937 4 O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi Konstitutsiya 30.04.2023.www.lex.uz 5 O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi Konstitutsiya 30.04.2023.www.lex.uz 6 O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi Konstitutsiya 30.04.2023.www.lex.uz
ISSN: 2181-3906 2025 International scientific journal «MODERN SCIENCE АND RESEARCH» VOLUME 4 / ISSUE 11 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ 557 Jinoyat-protsessual kodeksining 23-moddasida aybsizlik prezumpsiyasi, 46-va 48moddalarida esa ayblanuvchining shaxsiga oid bo’lgan huquqlari haqida ogohlantirshlar belgilab berilgan. 7 Shunday qilib, O’zbekistonda “Miranda qoidasi” deb ataladigan protsessual huquqiy institut Konstitutsiya va qonunchilik darajasida mustahkamlangan deb hisoblash mumkin. Shuningdek, qonunchiliklarda huquqiy baza mavjud bo’lsada, uni amalda to’liq ro’yobga chiqarish uchun tizimli ishlar talab qilinadi. Buning sababi shundan iboratki, hibsga olingan gumonlanuvchi yoki ayblanuvchiga huquqlari tushuntirilishi jarayonida tilni tushunmaslik holatlari ko’p uchraydi. Yoki huquqiy yordamga ya’ni advokat bilan bog’lanish hamda huquqshunos bilan suhbatga erishishdagi kechikishlar ma’lum darajada inson huquqlarining buzilishiga ham sabab bo’lib qolmoqda. Bundan tashqari, suddan oldingi tergov bosqichida jim turish yoki guvohlik bermaslik huquqi haqida yetarlicha tushuntirish yo’qligi qonunchilikda belgilangan normalarga zid holda talqin etilmoqda. Albatta, har bir qonunning ijrosini ta’minlash maqsadida ma’lum bir mexanizmlar joriy qilingan. Ana shu mexanizmlarning faoliyatiga qarab qonunchilikda belgilangan qoida va normalar qanchalik amalda qo’llanilayotgani haqida ma’lumot olish mumkin. Sud jarayonlarida yuqoridagi holatlarning sodir bo’layotganiga asosiy sabablardan yana biri – inson huquqlarining himoyasi va nazorat mexanizmlarining zaifligi hisoblanadi. Chunki ularning asosiy faoliyati qonunlar ijrosini ta’minlashdan iborat, shunday ekan ularning samarali faoliyati ko’plab shaxslarning huquq va erkinliklariga oid bo’lgan qonunchiliklar buzilishining oldini olishi mumkin. Aytib o’tish joizki, albatta bu masalalarga huquqiy jihatdan yechim topish mumkin. Misol uchun hibsga olingan shaxsga huquqlari tushuntirilishi uchun standart belgilangan nizomlar tayyorlash, til huquqlari ya’ni mahalliy tillarda so’zlashish jihatdan kafolat berish kabi imkoniyatlar ta’minlanishi zarur. Ayniqsa hozirgi yangilangan davrda advokatlar maqomi yuksak darajada baholanmoqda hamda ularning huquqlari va erkinliklari qonun yo’li bilan himoya qilinishi belgilab qo’yildi. Shuning uchun advokat bilan shaxs o’rtasidagi munosabatlar ham lozim darajada ta’minlanishi kerak, ya’ni advokat bilan bog’lanish imkoniyatini tezlashtirish va himoya tarafning erkin ishlashini ta’minlash fuqarolarning shaxsiy daxlsizlik huquqi belgilangan normalarga asosan amalga oshirilayotganini ta’minlab beradi. Shuningdek, har bir holatda jim turish va o’ziga qarshi guvohlik bermaslik huquqi to’g’risida yozma, majburiy tartibda ogohlantirishni joriy qilish, ko’rilayotgan ish jarayonida muammolarning yuzaga kelishini oldini oladi hamda bu bevosita shaxslarning foydasiga talqin etiladi. Bundan tashqari huquqiy himoyani ta’minlash bo’yicha mustaqil nazorat organlarini mustahkamlsh ham fuqarolarning huquq va erkinliklarini himoya qilishda samarali mexanizmlardan biri hisoblanadi. “Miranda qoidasi” – huquqiy nazarda, bu jinoyat protseslarida gumonlanuvchi, ayblanuvchi shaxsning asosiy huquqlarini himoya qilishga qaratilgan asosiy tamoyillardan biridir. Xalqaro huquqiy standartlarda – jim turish huquqi, huquqlari haqida ogohlantirish, o’ziga qarshi guvohlik bermaslik – bularning barchasi adolatli sudlovning muhim ustunlaridan hisoblanadi. 8 7 Jinoyat-protsesual kodeksi / 28.02.2024 /Toshkent 8 https://toshkent-vil.adliya.uz
ISSN: 2181-3906 2025 International scientific journal «MODERN SCIENCE АND RESEARCH» VOLUME 4 / ISSUE 11 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ 558 Hayotiy jihatdan ko’rinib turibdiki, huquqiy bazaning mavjudligi yetarli emas – uni amalda tatbiq etish va himoya mexanizmlarini mustahkamlash zarur. Mazkur tamoyillarning to’liq ro’yobga chiqmasligi adliya tizimida shaffoflik, fuqarolarning ishonchi, huquqni qo’llashdagi adolat masalasida jiddiy tahdidlar tug’diradi. Shu nuqtai nazardan, “Miranda qoidasi” ning konstitutsiyaviy garovlari amalda texnik jihatdan ishlab chiqilishi, haqiqatdan himoya mexanizmlariga aylanishi lozim. Buning uchun davlat organlari, sud-tergov idoralari hamda huquqni muhofaza qilish tizimi hamkorligi, malaka oshirish, monitoring tajribasi va fuqarolarning huquqiy jihatdan ongli ravishda tayyorlash muhim ahamiyat kasb etadi. Xulosa o’rnida shuni ta’kidlash lozimki, kelgusida O’zbekiston huquqiy davlat sifatida yanada rivojlanishi talab etiladi hamda ushbu tamoyillarga rioya etishi, fuqarolarning huquqlari amalda kafolatlanishi va sud-tergov organlarida adolat va ochiqlikning mustahkamlanishi muhim ro’l hisoblanadi. Shu sababli, yuqorida ko’rsatib o’tilgan takliflar hayotga tatbiq etilishi va huquqni qo’llash tizimida sifat jihatdan muhim o’zgarishlarni rag’batlantirish talab etiladi. Foydalanilgan adabiyotlar 1. O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi Konstitutsiya 30.04.2023.www.lex.uz 2. O’zbekiston Respublikasi Jinoyat-protsessual kodeksi.www.lex.uz 3. https://kun.uz – “Konstitutsiyaga taklif etilayotgan o’zgarishlar ro’yxati”. 4. https://toshkent-vil.adliya.uz 5. https://parliament.gov.uz 6. https://qoshrabot.uz/ru/news/Miranda-qoidasi-haqida-eshitganmisiz 7. https://samarqand.adliya.uz